9 seminar Rahimova d


Download 101.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana02.01.2022
Hajmi101.46 Kb.
#199157
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9 seminar Rahimova d



                                                                                                    

1. Ishlab chiqarishda yuzaga keladigan jarohatlanishlar. 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 222-moddasiga muvofiq, ish beruchi ishlab 

chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni o‘z vaqtida tekshirish va hisobga olib borishi shart.

 

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil  



6  iyundagi  286-  sonli  qarori  bilan  “Ishlab  chiqarishdagi  baxtsiz  xodisalarni  va  xodimlar 

salomatligining  boshqa  xil  zararlanishini  tekshirish  va  hisobga  olish  to‘g‘risida”  Nizom 

tasdiqlangan  (kelgisida  Nizom).  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  mulkchilikning  barcha 

shaklidagi  korxona,  muassasa,  tashkilotlarda,  shuningdek  mehnat  shartnomasi  bo‘yicha 

ishlayotgan  ayrim  fuqarolarda  mehnat  faoliyati  bilan  bog‘liq  holda  xodimlar  bilan  ro‘y  bergan 

baxtsiz xodisalarni tekshirish va xisobga olib borish tartibi belgilab berilgan. Mazkur Nizom:

 

– sud hukmiga binoan jazoni o‘tayotgan fuqarolarga ishlab chiqarishdagi ish davomida;



 

– ish beruvchilarga;

 

–  pudrat  va  topshiriq  shartnomalari  bo‘yicha  fuqarolik-huquqiy  (kontraktlar)  bitimlar 



asosida ish bajarayotgan shaxslarga;

 

–  tabiat  xodisalari  va  texnogen  xarakteridagi  favqulodda  xodisalarning  oqibatlarini 



tugatishda ishtirok etayotgan shaxslarga;

 

–  yollanib  ishlayotgan  chet  el  fuqarolariga,  basharti  maxsus  xalqaro  shartnomalarda 



o‘zgacha holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa;

 

–  harbiy  xizmatni  o‘tash  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  qurilish,  qishloq  xo‘jaligi  va  boshqa 



ishlarni  bajarish  uchun  korxonalarga  ishlashga  yuborilgan  harbiy  xizmatchilarga,  shuningdek, 

muqobil xizmatni o‘tayotgan shaxslarga;

 

–  korxonada  ishlab  chiqarish  amaliyotini  o‘tayotgan  talabalar  va  o‘quvchilarga  nisbatan 



tadbiq etiladi, tekshirib ko‘riladi.

 

Nizomga  muvofiq,  korxona  hududida  hamda  uning  chegarasidan  tashqarida  mehnat 



vazifalarini  bajarish  vaqtida,  shuningdek,  ishlab  chiqarish  manfaatlarini  ko‘zlab  qilingan 

harakatlar natijasida yuz bergan xodisalar, korxona transportida ishga kelish va qaytish vaqtida 

yo‘lda,  korxona  territoriyasida  (tanaffus  vaqti  ham  shunga  kiradi),  shanbaliklarni  o‘tkazish 

vaqtida,  ishlab  chiqarish  ob’ektlarida  yuz  bergan  avariyalar,  vaxta  usulida  ish  tashkil  qilingan 

posyolka  territoryasida  yoki  smena  tugagan,  dam  olish  vaqtida,  ish  vaqtida  o‘zining  shaxsiy 

transportida, basharti bunga ish beruvchi tomonidan ruxsat berilgan bo‘lsa, yuz bergan xodisalar 

ish  beruvchining  topshirig‘i  bo‘yicha  transportda  yoki  yayov  kelayotgan  xodim  bilan, 

shuningdek faoliyati xizmat ko‘rsatish ob’ektlari o‘rtasida qatnash bilan bog‘liq xodimlar bilan 

ish  vaqtida  yuz  bergan,  shanbaliklar  vaqtida  uning  joyidan  qat’iy  nazar,  otalikka  olingan 

korxonalarga yordam ko‘rsatish vaqtida, o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda xodimga boshqa 

shaxs tomonidan ish vaqtida etkazilgan tan jarohati va boshqalar baxtsiz xodisalar sanaladi.

 

Tabiiy  o‘lim,  o‘z-o‘zini  o‘ldirish,  jabrlanuvchi  o‘z  sog‘lig‘iga  qasddan  shikast 



etkazilganligi, shuningdek jabrlanuvchi jinoyat qilayotgan paytda olgan jarohatlar kabi xodisalar 

tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.

 

Nizomga ko‘ra, ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa tufayli xodim kamida bir kun mehnat 



qobiliyatini yo‘qotsa yoki uni tibbiy xulosaga muvofiq boshqa engilroq ishga o‘tkazish zarurati 

kelib chiqsa, bunday baxtsiz xodisa N-1 shaklidagi akt bilan rasmiylashtiriladi.

 

Jabrlanuvchining talabiga binoan, tekshiruv tugagan kundan e’tiboran, uzog‘i bilan 3 kun 




                                                                                                    

ichida ish beruvchi shu baxtsiz xodisa to‘g‘risida dalolatnoma berishi shart (Mehnat kodeksining 

222-moddasi).

 

Ish  beruvchining  buyrug‘iga  asosan,  ish  beruvchining  vakillari  hamda  kasaba  uyushmasi 



qo‘mitasi  yoki  xodimlarning  boshqa  vakillik  organi  xodimlaridan  iborat  tarkibda  komissiya 

tuziladi. Komissiya 3 kun ichida tekshiruv o‘tkazib, uch nusxada akt tuziladi va bunda baxtsiz 

xodisaning  kelib  chiqish  sababi,  kimning  aybi  bilan  ro‘y  berganligi  va  uning  oldini  olish 

choralari  ko‘rsatiladi.  Akt  ish  beruvchi  tomonidan  tasdiqlanadi  va  jabrlanuvchiga  yoki  uning 

manfaatlarini  himoya  qiluvchi  shaxsga,  korxonadagi  mehnat  muhofazasi  xizmati  rahbariga 

(muhandis,  mutaxassis),  barcha  tekshirish  materiallari  bilan  davlat  mehnat-texnika 

inspektsiyasiga yuboriladi.

 

Guruh tarzidagi (ikki va undan ortiq) xodimlar bilan roy bergan baxtsiz xodisalar alohida 



tartibda tekshiriladi. Shuningdek, baxtsiz xodisa tufayli o‘lim sodir etilgan yoki nogironlik kelib 

chiqqan bo‘lsa, shunday alohida tekshiruv o‘tkaziladi.

 

Mehnat  muhofazasi  bo‘yicha  davlat  inspektori  zarur  hollarda:  shikoyatga  asosan,  baxtsiz 



xodisa ochiq qolganda va boshqa sabablarga ko‘ra uning qachon sodir bo‘lgan vaqtidan qat’iy 

nazar,  mustaqil  ravishda  tekshiruv  o‘tkazilishi  mumkin.  Davlat  inspektori  tekshiruv  natijalari 

bo‘yicha  xulosa  tuzadi,  bunda  u  baxtsiz  xodisa  va  unga  oid  holatlarga  xarakteristika  berib, 

baxtsiz  xodisaning  asosiy  sabablari  va  mehnat  muhofazasi  qoidalarini  buzgan  shaxslarni 

ko‘rsatib  o‘tadi.  Ro‘y  bergan  baxtsiz  xodisa  tufayli  besh  va  undan  ko‘p  bo‘lgan  kishilar  xalok 

bo‘lgan  bo‘lsa,  bunday  xodisa  Vazirlar  Mahkamasining  qaroriga  asosan  tuzilgan  komissiya 

tomonidan  tekshiruv  o‘tkaziladi.  Maxsus  tekshiruv  komissiyasi  15  kun  ichida  baxtsiz  xodisani 

tekshiradi,  korxonada  mehnat  muhofazasining  holati  yuzasidan  tekshirish  o‘tkazadi,  maxsus 

tekshiruv yuzasidan akt tuzadi va uni barcha materiallar bilan qo‘shib rasmiylashtiriladi. Davlat 

bosh mehnat texnika inspektori tomonidan barcha tekshiruv materiallari prokurorga, Bandlik va 

mehnat  munosabatlari  vazirligiga,  tegishli  vazirliklarga,  kasaba  uyushmalarining  yuqori 

organlariga yuboriladi.

 

Nizomga  ko‘ra,  barcha  baxtsiz  xodisalar  hamma  vaqt  hisobga  olinib,  maxsus  jurnalda 



ro‘yhatdan o‘tkaziladi.

 

Mazkur nizomda:



 

guruh tarzidagi baxtsiz xodisalar haqida xabar berish;

 

ishlab chiqarishda ro‘y bergan baxtsiz xodisani ro‘yhatga olish tartibi;



 

ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarning oqibatlari haqida ma’lumot berish;

 

baxtsiz xodisa haqidagi N-1 shaklidagi aktni to‘ldirish tartibi tasdiqlangan.



 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1997  yil  6  iyundagi  286-sonli  qarori 

bilan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa to‘g‘risida xabar berish sxemasi tasdiqlangan.

 

Bosh  davlat  texnika  inspektori  maxsus  tekshiruv  o‘tkazayotgan  komissiyaning  xulosasi 



bilan kelishmasa, zarur deb topgan hollarda, o‘zining xulosasini berishi mumkin.

 

Shuni  alohida  ta’kidlamoq  lozimki,  mehnat  qonunchiligida  baxtsiz  xodisalar  yuzasidan 



tuzilgan  xulosalar  xususida  kelib  chiqqan  nizolarning  qaysi  organ  tomonidan  va  qanday  hal 

qilish tartibi belgilanmagan.

 

2. Ishlab chiqarishda yuzaga kasb kasalliklari 




                                                                                                    

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotganda kasb kasalliklari alomatlari aniqlansa, xodimlar tashxis 

va  kasallikning  kasbga  aloqadorligini  oydinlashtirish  maqsadida  maxsus  tekshiruvga  tegishli 

tibbiyot korxonalariga, jumladan sanitariya-gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutlari 

va boshqa tibbiyot oliy o‘quv klinikalariga yuboriladilar.

 

Kasb  kasalligi  klinikasida  tekshiruv  davri  ichida  tekshiriluvchiga  kasallik  varaqasi 



berilmasdan, amaldagi qonunchilikka binoan uning ish haqi saqlanadi.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligining  2000  yil  6  iyundagi  300-sonli 



buyrug‘i  bilan  kasb  kasalliklarini  xabar  qilish,  tekshirish,  qayd  qilish,  va  hisobga  olish  tartibi 

haqida  Yo‘riqnoma  ham  tasdiqlangan.  Mazkur  yo‘riqnoma  barcha  davolash  profilaktika 

korxonalari uchun zaruriy va asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi.

 

O‘zbekiston  Respublikasida  kasb  kasalliklarini  hisobga  olish  tizimi  quyidagilar  uchun 



mo‘ljallangan:

 

– kasb kasalliklarini nazorat qiluvchi sanepidstantsiyalarga zudlik bilan xabar qilish;



 

– kasb kasalliklari xodisalarining maxsus tekshiruvini o‘tkazish;

 

–  zararli  ishlab  chiqarish  omillarining  odam  salomatligiga  ta’sirini  bartaraf  etish  va 



ularning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar o‘tkazish;

 

–  O‘zbekiston  Respublikasi  kasb  kasalligiga  chalinish  holatini  tahlil  etish  va  kasb 



kasalliklarini  profilaktika  qilishning  mukammal  dasturlarini  va  nazorat  etish  usullarini 

amaliyotga joriy etish;

 

–  aholi  salomatligi  haqidagi  ma’lumotlarning  umumiy  tizimida  ayrim  xastaliklar 



to‘g‘risida ma’lumotlar bilan ta’minlash.

 

Xulosa, Mazkur yo‘riqnoma xodimlar va aholi orasida kasb kasalliklarini tekshirish, qayd 



qilish va hisobga olishning umumiy tartiini belgilab beradi.

 

Bugun O‘zbekiston hududida kasb kasalliklari hodisalari maxsus ravishda hisobga olinadi 



va  tekshiriladi.  Bu  xastaliklar  ro‘yxati  yuqorida  ta’kidlanganidek,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2000 yil 6 iyundagi 300-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

 

Yuqorida  eslatilgan  Sog‘liqni  saqlash  vazirligining  buyrug‘i  bilan  kasb  kasalliklari 



ro‘yhatini qo‘llashga doir yo‘riqnoma ham tasdiqlangan.

 


Download 101.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling