9-sinf adabiyot Dars mavzusi: Odil Yoqubov hayoti va ijodi Darsning maqsadi


Download 57.5 Kb.
Sana25.03.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1294633
Bog'liq
9-sinf adabiyot 3-chorak. Odil Yoqubov 1-soat


Sana ____ ___________

9-sinf adabiyot
Dars mavzusi: Odil Yoqubov hayoti va ijodi
Darsning maqsadi:


  1. tarbiyaviy maqsad- o’quvchilarda odamiylik, vijdonlilik tuyg’ularini shakllantirish;

  2. ta’limiy maqsad- Odil Yoqubov hayoti va ijodi bilan tanishtirish;

d)rivojlantiruvchi maqsad- o’qib xulosa chiqarish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsning jihozi: 9-adabiyot darsligi, mavjud texnika vositalari.
Darsning rejasi:

  1. Tashkiliy qism;

  2. O’tilgan mavzuni takrorlash;

  3. Yangi mavzuni tushuntirish;

  4. O’tilgan mavzuni mustahkamlash

  5. O’quvchilarni baholash;

  6. Uyga vazifra berish;

Darsning bosqichli jadvali:



Darsning bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

Guruhlarga topshiriqlar berish orqali o’tilgan mavzuni so’rash

10 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayon etish

15 daqiqa

4

Xotira mashqlari va mashqlar bajarish orqali mavzuni mustahkamlash.

10 daqiqa

5

Dars yakuni va o’quvchilarni baholash

5 daqiqa

6

Uyga topshiriq berish

2 daqiqa

Dars uslubi: muammoli o’qitish
Darsning borishi
Tashkiliy qism:

  1. salomlashish

  2. davomatni aniqlash

d)sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish
O’tilgan mavzuni so’rash:
O’tilgan mavzuni o’quvchilar bilan savol-topshiriqlar orqali suhbat orqali so’rayman.
Yangi mavzu bayoni

O’quvchilar e’tiborini Odil Yoqubov hayoti va ijodi yuzaidan quyidagi ma’lumotlarga qarataman:


ODIL YOQUBOV

Odil Yoqubov 1926 yili Qozog’istonning Turkiston viloyatida ziyoli oilasida tug’ilgan. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, urushda qatnashish uchun yoshini katta ko’rsatib, Yaponiya frontiga jo’nagan. 1945 yildan 1950 yilgacha haqiqiy harbiy xizmatda bo’ldi. 1951-1956 yillar mobaynida O’rta Osiyo Davlat universiiteti (hozirgi Milliy universitet)da ta’lim olgan. “Literaturnaya gazeta”ning O’zbekiston bo’yicha muxbiri, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bosh muharriri va boshqa mas’ul vazifalarda ishlagan.

O



Odil Yoqubov. Ulug'bek hazinasi
. Yoqubovning “Tengdoshlar” nomli birinchi qissasi 1951 yilda bosilib chiqqan. Keyinchalik yozuvchi “Muqaddas”, “Tilla uzuk”, “Bir feleton qissasi”, “Larza”, “Qanot juft bo’ladi”, “Matluba”, “Izlayman”, “Billur qandillar” kabi pishiq qissalar e’lon qildi.

O. Yoqubovning “Er boshiga ish tushsa...”, “Ulug’bek xazinasi”, “Diyonat”, “Ko’hna dunyo”, “Oq qushlar, oppoq qushlar”, “Adolat manzili” asarlari o’zbek adabiyotida psixologik roman maydonga kelishiga zamin bo’ldi. O. Yoqubov qalamiga mansub “Chin muhabbat”, “Olma gullaganda”, “Yurak yonmog’i kerak”, “Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim”, “Fotihi Muzaffar yohud bir parivash asiri”, “Bir koshona sirlari” kabi dramalar o’zbek teatrchiligi tarixida muhim ahamiyat kasb etadi.





Asarlari.
O. Yoqubov. Saylanma (3 tomlik). Toshkent. G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1985-1987.
O. Yoqubov. Diyonat. Toshkent. G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1978.

Adabiyotlar:
Xudoyberganov N. Parvoz davom etadi. Toshkent, G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980.
Mirvaliev S. O’zbek adiblari. –T.: “Yozuvchi”, 2000.
Karimov N. va boshqalar. 20 asr o’zbek adabiyoti tarixi. –T.: “O’qituvchi”, 1999.1


Yangi mavzuni mustahkamlash
Mustaqil o’zlashtirilgan ma’lumotlarni savollar orqali suhbat o’tkazish bilan mustahkamlayman.
Darsni yakunlash
O’quvchilarning fikrlarini umumlashtiraman. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilarni baholayman.

Uyga vazifa: “Ulug’bek xazinasi” romanidan olingan parchani o’qish

Ko’rib chiqildi,


foydalanishga ruxsat: __________O’TIBDO’
(imzo)



1 www.doc. uz sayridan olindi

Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling