9 sinf fan olimpiadasi maktab bosqich


Download 484.94 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi484.94 Kb.
#1744686
Bog'liq
9 sinf fan olimpiadasi maktab bosqich


9 sinf fan olimpiadasi maktab bosqich
1. Aholisi soni 250 ming kishidan ortiq boʻlgan shaharni belgilang.
A) Qarshi B) Qoʻqon C) Angren D) Margʻilon
2. Rasmda qaysi harf bilan belgilangan parallelda 22-dekabr kuni bir sutka davomida Quyosh botmaydi?



A) C B) E C) B D) A
3. O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasining eng shimoliy qismida qaysi tabiat zonasi joylashgan?
A) tundra B) tayga C) chalacho‘l D) dasht
4. Xarita-sxemada 1 raqami bilan qaysi iliq oqim ko‘rsatilgan?

A) Golfstrim B) Shimoliy Atlantika C) Braziliya D) Norvegiya
5. Surxondaryo viloyatidagi qaysi tumanlarda bogʻlar va uzumzorlar maydoni koʻp?
A) Sariosiyo, Uzun B) Boysun, Sherobod
C) Denov, Oltinsoy D) Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon
6. Quyidagi qaysi tabiiy geografik o‘lkaning relyefi shimol va sharqdan janub va g‘arbga tomon nishab?
A) Old Osiyo B) O‘rta Osiyo C) Janubiy Osiyo D) G‘arbiy Sibir
7. Rasmdagi holat quyidagi qaysi geografik obyekt uchun xos?

A) Dekan yassitog‘ligi B) Meksika tog‘ligi
C) Kamchatka yarimoroli D) Viktoriya sharsharasi
8. Mamlakatimizdagi qaysi viloyatlarda temir-beton buyumlari ishlab chiqariladi? 1) Xorazm; 2) Toshkent;
3) Andijon; 4) Samarqand; 5) Jizzax; 6) Fargʻona; 7) Surxondaryo; 8) Sirdaryo; 9) Buxoro.
A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 4, 6, 8 C) 1, 4, 6, 8 D) 2, 4, 6, 9
9. Quyidagi qaysi orol vujudga kelishiga ko‘ra rasmda tasvirlangan tipga xos emas?

A) Gavayi B) Tasmaniya C) Mariana D) Pasxa
10. Yarimorolda joylashgan davlatlar to‘g‘ri berilgan javobni belgilang. 1) Yaponiya; 2) Norvegiya; 3)
Ispaniya; 4) Shri-Lanka; 5) Vyetnam; 6) Koreya Respublikasi; 7) Islandiya; 8) Kuba; 9) Italiya.
A) 2, 4, 6, 7, 9 B) 2, 3, 5, 6, 9 C) 1, 4, 5, 6, 8 D) 1, 3, 5, 7, 8
2-qism: Har bir topshiriq 2,4 balldan baholanadi
11. Markaziy qismida Yozyovon cho‘li joylashgan botiq qaysi davrlarda quruqlikka aylangan?
A) neogenning oxiri va quyi antropogen B) antropogenning oxiri va neogen
C) yura davri oxiri va bo‘r D) paleogen va neogen
12. Quyidagi rasmda O‘rta Osiyo iqlimidagi qanday holat aks etgan?

A) Siklon B) Termik depressiya C) Antisiklon D) Front zonasi
13. 2018-yil ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropaning qaysi davlatlari yillik tashrif buyuruvchi sayyohlar soniga
koʻra jahonning birinchi oʻntalik davlatlari orasidan oʻrin olgan? 1) Gretsiya; 2) Fransiya; 3) Ispaniya; 4)
Shveysariya; 5) Italiya; 6) Germaniya; 7) Portugaliya; 8) Avstriya; 9) Buyuk Britaniya.
A) 2, 4, 6, 7, 9 B) 1, 4, 5, 6, 8 C) 2, 3, 5, 6, 9 D) 1, 3, 5, 7, 8
14. O‘rta Osiyoning qaysi hududlarida yer osti suvlarining asosiy qismi tog‘ jinslari yoriqlaridan va karst
yo‘laklaridan chiqadigan suvlar hisoblanadi?
A) Palaxsali tog‘lar tarqalgan hududda B) Qoldiq tog‘lar tarqalgan hududda
C) To‘lqinsimon tekisliklar tarqalgan hududda D) Burmali tog‘lar tarqalgan hududda
15. 10°–20° janubiy kengliklar oraligʻida joylashgan poytaxt shaharlarni aniqlang.
A) Vindxuk, Jakarta, Lilongve, Kito, Singapur B) Antananarivu, Lima, Lusaka, Brazilia, Xarare
C) La-Pas, Asunson, Santyago, Maputu, Kigali D) Luanda, Dili, Montevideo, Lusaka, Maseru
16. Asunson shahri 25,2° janubiy kenglikda joylashgan. Ushbu shahardan Shimoliy qutbgacha bo‘lgan
masofani gradus va kilometrlarda aniqlang.
A) 151,2° va 17298, 27 km B) 112,5° va 19278,72 km
C) 115,2° va 12798,72 km D) 115,2° va 19827,72 km
17. Aravansoy, Oqbura va Qurshab daryolarining to‘yinish tipini belgilang.
A) muz va qor B) qor va muz C) qor va yomg‘ir D) yomg‘ir
18. Quyidagi grafikdan foydalanib, soat 12:00 dagi havo harorati va atmosfera hodisasini aniqlang.

A) +20⁰C, shabada B) +21⁰C, shamol C) +24⁰C, patsimon bulut D) +18⁰C, qat-qat bulut
19. Quyidagi xarita-sxemada 1 va 2 raqamlari bilan qaysi suvosti ko‘tarilmalari ko‘rasatilgan?

A) Janubiy Tinch okean va Sharqiy Tinch okean
B) Bellinsgauzen va G‘arbiy Tinch okean
C) Janubiy va Shimoli-sharqiy Tinch okean
D) Avstraliya-Antarktida va Sharqiy Tinch okean
20. Islandiyadagi geyzerlardan birining grifonidan otilib chiqayotgan suvning harorati +93°C bo‘lsa, bu suv
qancha chuqurlikdan otilib chiqayotganligini aniqlang.
A) 2818,2 m B) 2182,8 m C) 8128,2 m D) 2188,2 m
21. Quyidagi rasmda 1 va 5 raqamlari bilan Kavkaz tog‘laridagi qaysi balandlik mintaqalari ko‘rsatilgan?

A) keng bargli o‘rmonlar, igna bargli o‘rmonlar
B) aralash o‘rmonlar, igna bargli o‘rmonlar
C) dasht, subalp va alp o‘tloqlari
D) dasht, qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar
22. Baliq ko‘p ovlanadigan va suvo‘tlar yig‘ib olinadigan dengizlar rasmda qaysi raqamlar bilan ko‘rsatilgan?

A) 1, 5, 6 B) 1, 3, 4 C) 2, 7, 8 D) 3, 5, 6
23. Toshkentda havo bosimi 720 mm Hg ga teng bo‘lsa, balandligi 3309 metr bo‘lgan Chotqol tizmasining
Katta Chimyon tog‘idagi atmosfera bosimini hisoblang.
A) 256 mm Hg B) 457 mm Hg C) 541 mm Hg D) 389 mm Hg
24. Quyidagi ma’lumotlar asosida Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan to‘g‘ri javobni toping.

25. Chizmada tasvirlangan orolning 1-gorizontalida havo bosimi 710 mm Hg, 3-gorizontalida esa 610 mm
Hg, 2-gorizontalda havo harorati +26єC ga, 4-gorizontalda nisbiy namlik 60% ga teng. A nuqtadagi 5 metr
kub havoda qancha suv bug‘i borligini aniqlang.

26. Shimoliy Amerika materigining 40° shimoliy kenglik bilan Meksika qo‘ltig‘i oralig‘idagi hududlarini
qaysi iqlim mintaqasi egallaydi?
27. Jahon elektr energetika sanoatining tarmoqlar tarkibida issiqlik elektr stansiyalarining ulushi qancha?
28. Gibraltar bo‘g‘izi qaysi materiklarni bir-biridan ajratib turadi?
29. Kema qatnovida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Qirg‘oqbo‘yi kanali qaysi mamlakat hududida qazilgan?
30. O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasining shimoli-g‘arbiy, shimoliy va shimoli-sharqiy chegaralarini
o‘tkazis hda qanday chegaralar asos qilib olingan?
Download 484.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling