9-sinf fan olimpiadasi uchun geografiya fanidan tuzilgan test savollari
Download 39.5 Kb.
|
9-sinf-iktisod
9-sinf fan olimpiadasi uchun geografiya fanidan tuzilgan test savollari 1. “Iqtisodiyot” so’zini qanday tushunasiz? a) Insonning hayot kechirish uchun zarur ne’matlarni yaratishga qaratilgan xo’jalik yuritish tizimi b) insonning yashashi va kamol topish tizimi s) inson uchun zarur bo’lgan barcha nozu ne’matlar d) a va b javoblar to’g’ri 2. “Ekonomikos” – so’zining o’zbek tilida ma’nosi nima? a) Uy-joy planini tuzish b) Uy-joy xo’jaligini yuritish san’ati s) Tovar va xizmatlarni yaratish san’ati d) to’g’ri javob yo’q 3. Iqtisodiyotga oid 1-kitob kim tomonidan, qahcon yozilgan? a) Ksenofont 430-355-yil b) Arastu 440-340-y s) eratosfen 330-310 y d) to’g’ri javob yo’q 4. Ehtiyoj nima? a) Inson uchun turli xil ne’matlarni zarurligi b) Insonning muayyan sharoitda yashashi va kamol topishi uchun zarur bo’lgan narsalarga muhtojligi s) ishlab chiqariladigan narsalarga muhtojligi d) hamma javoblar to’g’ri 5. Jamiyat iqtisodiy hayotini tahskil qilish shakli qanday tizim deyiladi? a) ma’naviy tizim b) ijtimoiy tizim s) iqtisodiy tizim d) to’g’ri javob yo’q 6. Har qanday tizim oldida turgan eng asosiy muammo nima? a) ishlab chiqarish b) iste’mol s) cheklanganlik d) a va b javoblar to’g’ri 7. Aksiyalar qaysi bozorda sotiladi? a) Mehnat bozorida b) ishlab chiqarish bozorida s) moliya bozorida d) hamma javoblar to’g’ri 8. Pul qanday xususiyatga ega bo’lishi kerak? a) qulay b) ixcham s) pishiq, barqaror d) hammasi to’g’ri 9. Tadbirkorlik faoliyati natijasida qanday ko’rinishda daromad olinadi? a) foiz b) renta s) ish haqi d) foyda 10. Quyidagu xususiyatlarning qaysi biri tadbirkorlikka xosdir? a) tavakkalchilik b) erkin iqtisodiy faoliyat s) foyda olishga intilish d) yuqoridagilarni barchais 11. Oddiy aksiya egasi firmani boshqarishda … a) umuman qatnashmaydi b) Umumiy majlisda ovoz berish orqali qatnashishi mumkin s) qatnashishi shart d) aksiya paketiga ega bo’lgan taqdirdagina qatnashishi mumkin. 12. Firma yil davomida 5 000 000 so’m xarajat qilib, 1 250 000 so’m sof foyda oldi. Firma yillik faoliyatining samaradorligini toping. a) 125 % b) 50 % s) 25 % d) 150 % 13. Tovar tannarxi nima ? a) chakana savdo do’konining sotuv narxi b) ishlab chiqaruvchi korxonaning narxi s) ulgurji savdo firmasining sotuv narxi d) tovarning bozor narxi 14. Har qanday davlat iqtisodiyoti oldida qanday maqsadlar turadi? a) iqtisodiy erkinlik b) iqtisodiy samaradorlik s) iqtisodiy tenglik va xavfsizlik d) yuqoridagilarning barchasi to’g’ri 15. Quyidagilarning qaysi biri to’g’ri soliq turiga kirmaydi? a) yer solig’I b) daromar solig’I s) mulk solig’I d) QQS 16. Import bojining kamaytirilishi a) Davlat budjetining daromadini oshiradi b) mahalliy tovarlar sifatini oshiradi s) importning oshishiga olib keladi d) importning kamayishiga olib keladi. 17. Tashqi savdo hajmini nima aniqlaydi? a) import b) eksport s) import va eksport yi’indisi d) import va eksport farqi 18. Quyidagilarning qaysi biri jahon iqtisodiyoti muammolariga kirmaydi? a) tinchlikni saqlash muammosi b) atrof kuhitning ifloslanishi s) qo’shimcha tashqi ta’sirlar d) xomashyo va energiya tanqisligi 19. Milliy valyutamiz kursi qay holatda oshadi? Javob: Tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar berish ko’paysa 20. Inflatsiya paytida … Javob: Iste’mol tovarlari o’rtacha narxi oshadi 21. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning nechta bosqichlari mavjud? Javob: 5 ta 22. Qaysi tadbirlar mamlakatda ishsizlik darajasining kamayishiga olib keladi? Javob: Aholini yangi kasbga qayta tayyorlash 23. Qaysi hollarda pul qadri ko’tariladi? Javob: Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi oshsa 24. O’zbekiston qanday mamlakatlar guruhiga kiradi? Javob: Rivojlanayotgan va daromadlar darajasi o’rtacha bo’lgan davlatlar 25. Aholini turmush darajasini aniqlashda nima hisobga olinadi? Javob: Aholini savodxonlik darajasi, tibbiy xizmat darajasi, madaniy va maishiy tovarlar bilan ta’minlanganlik darajasi.
Download 39.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling