9-sinf geografiyasi Sana O’qituvchi: Nurmuhammedov Shahbozbek Mavzu: Jahon transporti geografiyasi. Xalqaro iqtisodiy aloqalar


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi


Download 149.76 Kb.
bet2/2
Sana17.01.2023
Hajmi149.76 Kb.
#1096609
1   2
Bog'liq
Ochiq dars ishlanma

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :
A2
geografiyaga oid adabiyotlardan samarali foydalana olish, ular asosida mavzuli axborotlarni tayyorlay olish, geografik xarita va atlaslardan ma’lumot manbalari sifatida foydalana olish, ommaviy axborot vositalari hamda Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish va ularni tahlil qila bilish, kundalik hayotda duch keladigan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlar, jumladan, mamlakat iqtisodiyotiga doir yangiliklar haqidagi lavhalarning mohiyatini anglay olish.
A2+
Internet-saytlaridan mamlakat iqtisodiyotiga doir yangiliklar haqidagi lavhalarni topa olish va mohiyatini tushuntirib bera olish.



Darsning blik sxemasi



Darsningqismlari

Belgilanganvaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uygavazifa

2 daqiqa

Darsning maqsadi:
Ta’limiymaqsad: O`quvchilarga Jahon transporti geografiyasi. Xalqaro iqtisodiy aloqalar haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish, Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozir javoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
Dars turi: Ta’lim beruvchi, interfaol.
Dars o`tish metodi: Aralash
Dars jihozi:, Dunyo siyosiy kartasi, 9-sinf darsligi, atlasi, yozuvsiz xaritasi, jadvallar, tarqatma materiallar, Kompyuter media qurilma vositalari.
Texnik jixozlar:Kompyuter, multimedia, slaydlar.
I. Tashkiliy qism. 1.O`qituvchining kirish so`zi. Davomatni aniqlash. O`quvchilarni darsga hozirlash
II. O`tgan mavzuni so`rab baholash. 3.Biz bilgan bilimlar. O’tgan mavzu bo’yicha qiziqarli topshiriq
III. Yangi mavzu bayoni :
Ma’lumki, transport iqtisodiyotning muhim tarmog‘i bo‘lib, ishlab chiqarish va aholining yuklarga ehtiyojlarini o‘z vaqtida muttasil ta’minlab
turadi. Shu bilan birga u davlatlararo mahsulot va xizmatlar almashinuvini
ta’minlab, xalqaro iqtisodiy aloqalarning amalga oshirilishida asos bo‘lib
xizmat qiladi. Transport tizimini haqli ravishda jahon iqtisodiyotining «qon
tomiri» deb ham nomlashadi. FTI transportning yanada rivojlanishiga,
uning yangi turlari paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Transport tarmoqlari
rivojlanishi davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, maydoni, hududining o‘zlashtirilganligi kabi omillar bilan bog‘liq.
Tez rivojlanib borayotgan jahon transporti murakkab va o‘ziga xos
tarmoqlar tizimini tashkil etadi. Ular quruqlik (temiryo‘l, avtomobil va quvur), suv (dengiz va daryo) hamda havo transporti tarmoqlariga bo‘linadi.
Avtomobil transporti keng tarqalgan transport turi hisoblanib, u XX asrda keng rivojlandi. Mazkur transport turida «eshikdan-eshikkacha» olib
borib qo‘yish imkoniyatining mavjudligi uning eng ommabop transport
turiga aylanishiga sababchi bo‘ldi. Avtomobil yo‘llarning jahon bo‘yicha
umumiy uzunligi 28 mln. km dan ortiq bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichga
ko‘ra AQSH, Hindiston, Xitoy, Braziliya, Rossiya kabi davlatlar yetakchilik qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jahon davlatlaridagi avtomobillarning umumiy soni 1 mlrd.dan ortiq bo‘lib, ularning katta qismi rivojlangan davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Temir yo‘l transporti sanoat inqilobi davrida paydo bo‘lgan, FTI
yutuqlari natijasida zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan quruqlik transport tarmog‘iga aylandi. Katta miqdordagi sanoat va qishloq xo‘jaligi
yuklarini uzoq masofalarga yetkazib berish xususiyatiga ega ekanligi
bilan ajralib turadi. Temir yo‘llar umumiy uzunligi jahonda, taxminan,
1,2 mln. km bo‘lib, AQSH, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Kanada davlatlari
bu borada peshqadam hisoblanadi
Xalqaro iqtisodiy aloqalar deb, davlatlar o‘rtasidagi, xalqaro tashkilot
va korporatsiyalar ishtirokidagi xo‘jalik aloqalariga aytiladi. Unga ilmiytexnik taraqqiyot, davlatlararo ijtimoiy-iqtisodiy tafovut, jahon mintaqalaridagi siyosiy vaziyat, xalqaro iqtisodiy integratsiya kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Xalqaro iqtisodiy aloqalarning xalqaro savdo, kredit-moliya munosabatlari, xalqaro turizm, mehnat resurslarining xalqaro migratsiyasi,
xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik kabi ko‘rinishlari mavjud. Ular orasida
xalqaro savdo eng katta ahamiyatga ega. U davlatlar o‘rtasida xomashyo,
mahsulot va xizmatlarni o‘zaro ayirboshlashga asoslangan xalqaro savdo
munosabatlari tizimidir.
Davlatlarning tashqi savdo hajmi tashqi savdo
aylanmasi orqali aniqlanadi. AQSH, Xitoy, Germaniya, Yaponiya, Fransiya
tashqi savdo aylanmasi hajmiga ko‘ra jahonda yetakchilik qiladi.
Xalqaro savdoning 3/4 qismini mahsulotlar savdosi tashkil qiladi.
Mashina va jihozlar, transport vositalari, kimyoviy mahsulotlar kabilar
xalqaro savdoda talab yuqori bo‘lgan tayyor mahsulotlar hisoblanadi.
Jahonning rivojlangan davlatlari xalqaro savdoning 60 % dan ortig‘ini
ta‘minlaydi.
Tashqi savdoda globallashuv jarayoni tez sur’atlarda o‘sib borishiga
qaramay, davlatlar va mintaqalar orasida katta hududiy tafovutlar saqlanib
qolmoqda. Tashqi savdoning deyarli 90 % i G‘arbiy Yevropa, Shimoliy
Amerika, Osiyo-Tinch okean mintaqasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu
mintaqalar, asosan, tayyor mahsulotlar va yuqori sifatli xizmat bilan savdo
aloqalarini o‘rnatsa, Afrika, Lotin Amerikasi hamda Osiyoning rivojlanayotgan davlatlari jahon bozoriga, asosan, mineral resurslar, o‘rmon va
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini olib chiqadi.
So‘nggi yillarda xorijda o‘z ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish
maqsadida kapital qo‘yilma kiritish hamda foyda olish jarayoni – kapital
eksporti kuchayib bormoqda. Katta miqdordagi kapital rivojlanayotgan
davlatlar iqtisodiyotiga yo‘naltirilmoqda. AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabilar jahonning eng yirik kapital eksportyorlari
hisoblanadi.
Xalqaro turizm ham tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy ko‘rinishlaridan
biri hisoblanadi. Turizm jahon YMMning deyarli 10% ini, xizmatlar eksportining esa 1/3 qismini beradi. Ispaniya, Gretsiya, Italiya, Kipr kabi
davlatlar mazkur sohani o‘z milliy iqtisodiyotlarining ixtisoslashgan tarmog‘iga aylantirishgan. Jahon mintaqalari orasida Yevropa turistik oqimning eng katta qismini o‘ziga yo‘naltirganligi bilan ajralib turadi. Ushbu
qit’a davlatlari orasida Fransiya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Buyuk Britaniya yillik tashrif buyuruvchi sayyohlar soniga ko‘ra jahonning birinchi
o‘ntalik davlatlari orasidan o‘rin olgan. So‘nggi yillarda Osiyoning xalqaro
turizmdagi ahamiyati ortmoqda. Ayniqsa, Sharqiy Osiyo, Janubi-sharqiy
Osiyo va Janubi-g‘arbiy Osiyo davlatlari ko‘p sonli sayyohlarni o‘ziga
jalb qilmoqda.
Download 149.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling