9-sinf geografiyasi Sana O’qituvchi: Nurmuhammedov Shahbozbek Mavzu: Jahon transporti geografiyasi. Xalqaro iqtisodiy aloqalar
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
Download 149.76 Kb.
|
1 2
Bog'liqOchiq dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning blik sxemasi
- Tarbiyaviy maqsad
- Dars turi
- II. O`tgan mavzuni so`rab baholash.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :
A2 geografiyaga oid adabiyotlardan samarali foydalana olish, ular asosida mavzuli axborotlarni tayyorlay olish, geografik xarita va atlaslardan ma’lumot manbalari sifatida foydalana olish, ommaviy axborot vositalari hamda Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish va ularni tahlil qila bilish, kundalik hayotda duch keladigan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlar, jumladan, mamlakat iqtisodiyotiga doir yangiliklar haqidagi lavhalarning mohiyatini anglay olish. A2+ Internet-saytlaridan mamlakat iqtisodiyotiga doir yangiliklar haqidagi lavhalarni topa olish va mohiyatini tushuntirib bera olish. Darsning blik sxemasi
Darsning maqsadi: Ta’limiymaqsad: O`quvchilarga Jahon transporti geografiyasi. Xalqaro iqtisodiy aloqalar haqida tushuncha berish. Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish, Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish. Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozir javoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. Dars turi: Ta’lim beruvchi, interfaol. Dars o`tish metodi: Aralash Dars jihozi:, Dunyo siyosiy kartasi, 9-sinf darsligi, atlasi, yozuvsiz xaritasi, jadvallar, tarqatma materiallar, Kompyuter media qurilma vositalari. Texnik jixozlar:Kompyuter, multimedia, slaydlar. I. Tashkiliy qism. 1.O`qituvchining kirish so`zi. Davomatni aniqlash. O`quvchilarni darsga hozirlash II. O`tgan mavzuni so`rab baholash. 3.Biz bilgan bilimlar. O’tgan mavzu bo’yicha qiziqarli topshiriq III. Yangi mavzu bayoni : Ma’lumki, transport iqtisodiyotning muhim tarmog‘i bo‘lib, ishlab chiqarish va aholining yuklarga ehtiyojlarini o‘z vaqtida muttasil ta’minlab turadi. Shu bilan birga u davlatlararo mahsulot va xizmatlar almashinuvini ta’minlab, xalqaro iqtisodiy aloqalarning amalga oshirilishida asos bo‘lib xizmat qiladi. Transport tizimini haqli ravishda jahon iqtisodiyotining «qon tomiri» deb ham nomlashadi. FTI transportning yanada rivojlanishiga, uning yangi turlari paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Transport tarmoqlari rivojlanishi davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, maydoni, hududining o‘zlashtirilganligi kabi omillar bilan bog‘liq. Tez rivojlanib borayotgan jahon transporti murakkab va o‘ziga xos tarmoqlar tizimini tashkil etadi. Ular quruqlik (temiryo‘l, avtomobil va quvur), suv (dengiz va daryo) hamda havo transporti tarmoqlariga bo‘linadi. Avtomobil transporti keng tarqalgan transport turi hisoblanib, u XX asrda keng rivojlandi. Mazkur transport turida «eshikdan-eshikkacha» olib borib qo‘yish imkoniyatining mavjudligi uning eng ommabop transport turiga aylanishiga sababchi bo‘ldi. Avtomobil yo‘llarning jahon bo‘yicha umumiy uzunligi 28 mln. km dan ortiq bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichga ko‘ra AQSH, Hindiston, Xitoy, Braziliya, Rossiya kabi davlatlar yetakchilik qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jahon davlatlaridagi avtomobillarning umumiy soni 1 mlrd.dan ortiq bo‘lib, ularning katta qismi rivojlangan davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Temir yo‘l transporti sanoat inqilobi davrida paydo bo‘lgan, FTI yutuqlari natijasida zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan quruqlik transport tarmog‘iga aylandi. Katta miqdordagi sanoat va qishloq xo‘jaligi yuklarini uzoq masofalarga yetkazib berish xususiyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Temir yo‘llar umumiy uzunligi jahonda, taxminan, 1,2 mln. km bo‘lib, AQSH, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Kanada davlatlari bu borada peshqadam hisoblanadi Xalqaro iqtisodiy aloqalar deb, davlatlar o‘rtasidagi, xalqaro tashkilot va korporatsiyalar ishtirokidagi xo‘jalik aloqalariga aytiladi. Unga ilmiytexnik taraqqiyot, davlatlararo ijtimoiy-iqtisodiy tafovut, jahon mintaqalaridagi siyosiy vaziyat, xalqaro iqtisodiy integratsiya kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro iqtisodiy aloqalarning xalqaro savdo, kredit-moliya munosabatlari, xalqaro turizm, mehnat resurslarining xalqaro migratsiyasi, xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik kabi ko‘rinishlari mavjud. Ular orasida xalqaro savdo eng katta ahamiyatga ega. U davlatlar o‘rtasida xomashyo, mahsulot va xizmatlarni o‘zaro ayirboshlashga asoslangan xalqaro savdo munosabatlari tizimidir. Davlatlarning tashqi savdo hajmi tashqi savdo aylanmasi orqali aniqlanadi. AQSH, Xitoy, Germaniya, Yaponiya, Fransiya tashqi savdo aylanmasi hajmiga ko‘ra jahonda yetakchilik qiladi. Xalqaro savdoning 3/4 qismini mahsulotlar savdosi tashkil qiladi. Mashina va jihozlar, transport vositalari, kimyoviy mahsulotlar kabilar xalqaro savdoda talab yuqori bo‘lgan tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Jahonning rivojlangan davlatlari xalqaro savdoning 60 % dan ortig‘ini ta‘minlaydi. Tashqi savdoda globallashuv jarayoni tez sur’atlarda o‘sib borishiga qaramay, davlatlar va mintaqalar orasida katta hududiy tafovutlar saqlanib qolmoqda. Tashqi savdoning deyarli 90 % i G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo-Tinch okean mintaqasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu mintaqalar, asosan, tayyor mahsulotlar va yuqori sifatli xizmat bilan savdo aloqalarini o‘rnatsa, Afrika, Lotin Amerikasi hamda Osiyoning rivojlanayotgan davlatlari jahon bozoriga, asosan, mineral resurslar, o‘rmon va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini olib chiqadi. So‘nggi yillarda xorijda o‘z ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish maqsadida kapital qo‘yilma kiritish hamda foyda olish jarayoni – kapital eksporti kuchayib bormoqda. Katta miqdordagi kapital rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotiga yo‘naltirilmoqda. AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabilar jahonning eng yirik kapital eksportyorlari hisoblanadi. Xalqaro turizm ham tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Turizm jahon YMMning deyarli 10% ini, xizmatlar eksportining esa 1/3 qismini beradi. Ispaniya, Gretsiya, Italiya, Kipr kabi davlatlar mazkur sohani o‘z milliy iqtisodiyotlarining ixtisoslashgan tarmog‘iga aylantirishgan. Jahon mintaqalari orasida Yevropa turistik oqimning eng katta qismini o‘ziga yo‘naltirganligi bilan ajralib turadi. Ushbu qit’a davlatlari orasida Fransiya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Buyuk Britaniya yillik tashrif buyuruvchi sayyohlar soniga ko‘ra jahonning birinchi o‘ntalik davlatlari orasidan o‘rin olgan. So‘nggi yillarda Osiyoning xalqaro turizmdagi ahamiyati ortmoqda. Ayniqsa, Sharqiy Osiyo, Janubi-sharqiy Osiyo va Janubi-g‘arbiy Osiyo davlatlari ko‘p sonli sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda. Download 149.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling