9-sinf huquq "Konstitutsiya" so’zining ma’nosi?


Download 42.5 Kb.
Sana29.10.2020
Hajmi42.5 Kb.
#137788
Bog'liq
9-sinf TEST olimpiada HUQUQ


9-sinf HUQUQ

1. “Konstitutsiya” so’zining ma’nosi?

A) nizom qoidalar B) tuzilish, belgilash C) asosiy qonun D) B va S

2.“O’zbekiston Respublikasi fuqoroligi to’g’risida” gi qonun qachon qabul qilingan?

A) 1992-yil 2-iyun B) 1991-yil 2-iyul C) 1992-yil 2-iyul D) 1991-yil 2-iyun

3.Necha yoshdan bolalarning fuqoroligini o’zgartirish ularning roziligi bilan amalga oshiriladi?

A) 18 B) 16 C) 14 D) 15

4. Davlat hokimiyati vakolatlari qaysi organlar orasida taqsimlanadi?

A) Ijro etuvchi , prokuratura, sud C) Ichki ishlar, prokuratura, sud

B) Sud, qonun chiqaruvchi, sud D) Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud

5. O’zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilash kimning vakolatiga kiradi?

A) Prezident B) Oliy Majlis C) Vazirlar Mahkamasi D) Bosh vazir

6. Oliy Majlis palatalarining majlislari, agar ular ishida barcha deputatlar, senatorlar umumiy sonining qanchasi ishtirok etayotgan bo’lsa, vakolatli hisoblanadi?

A) kamida yarmi C) kamida uchdan bir qismi

B) kamida uchdan ikki qismi D) to’g’ri javob yo’q

7. Davlat qo’mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish va ularni tugatishga haqli…

A) Vazirlar Mahkamasi B) Prezident C) Senat D) Qonunchilik palatasi

8. Jinoyat kodeksi qachon kuchga kirgan?

A) 1994-yil 22-sentabr B) 1998-yil 1-sentabr C) 1995-yil 1-aprel D) 1997-yil 25-aprel

9. Qonunchilik palatasi majlislarini chaqirishga va ularda raislik qilishga kim haqli?

A) Prezident C) Markaziy saylov komissiyasi

B) Senat raisi D) Qonunchilik palatasi Spikeri

10. Hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini to’xtatish va bekor qilishga haqli…

A) Prezident B) Bosh vazir C) Oliy Majlis D) Sud

11. Vazirlar Mahkamasi kimning oldida javobgar hisoblanadi?

A) Prezident va Konstitutsiyaviy sud C) Oliy Majlis va Konstitutsiyaviy sud

B) Prezident va Oliy Majllis D) A va B

12. Viloyatlar, tuman va shahar prokurorlari kim tomonidan tayinlanadi?

A) Prezident B) Toshkent shahar prokurori C) Bosh prokuror D) Bosh vazir

13. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni joriy qilishga haqli …

A) Vazirlar Mahkamasi B) Prezident C) Ichki ishlar vazirligi D) Oliy Majlis

14. “Demokratiya” tusunchasi qayerda paydo bo’lgan?

A) Qadimgi Gretsiya B) Angliya C) AQSh D) Qadimgi Sharq

15. Vazirlar Mahkamasi tarkibini kim tuzadi?

A) Senat B) Bosh vazir C) Qonunchilik palatasi D) Prezident

16. Fuqarolar necha yoshdan ma’muriy javobgarlikka tortiladi?

A) 14 yosh B) 15 yosh C) 16 yosh D) 18 yosh

17. Ta’lim olish huquqi insonning qaysi huquqlari sarasiga kiradi?

A) shaxsiy B) siyosiy C) ijtimoiy-iqtisodiy D) madaniy

18. 14 yoshdan 16 yoshgacha bo’lganlar uchun haftasiga necha soat ish vaqti belgilangan?

A) 12 soat B) 36 soat C) 24 soat D) 40 soat

19. O’zbekiston Respublikasida o’lim jazosi qachon bekor qilingan?

A) 2005-yil 1-yanvar B) 2008-yil 1-yanvar C) 2006-yil 1-yanvar D) 2007-yil 1-yanvar

20. So’z erkinligi huquqi qaysi huquq guruhiga mansub?

A) shaxsiy huquq B) siyosiy huquq C) ijtimoiy-iqtisodiy huquq D) madaniy huquq

21. “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi Qonun qachon qabul qilingan?

A) 1995-yil 22-dekabr B) 1992-yil 10-dekabr C) 1993-yil 6-may D) 1996-yil 3-may

22. Federativ davlatlarni toping.

A) Pokiston, Belgiya, Kanada C) Meksika, Hindiston, Afg’oniston

B) Rossiya, Yaponiya, Xitoy D) Argentina, Braziliya, Chili

23. Prezident qayerda qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab o’z lavozimiga kirishgan hisoblanadi?

A) xalq oldida C) Senat yig’ilishida

B) Oliy Majlis yig’ilishida D) A, B

24. O’zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etishga kim haqli?

A) Prezident B) Ichki ishlar vazirligi C) Tashqi ishlar Vazirligi D) Konstitutsiyaviy sud

25. “Sudlar to’g’risida”gi Qonun qachon qabul qilingan?

A) 2003-yil 29-avgust B) 2005-yil 22-dekabr C) 2000-yil 14-dekabr D) 2000-yil 12-yanvar

26. O’zbekistonda sud ishlarini yuritish qaysi tilda olib boriladi?

A) o’zbek C) muayyan joyda ko’pchilik so’zlashadigan tilda

B) qoraqalpoq D) A,B.C

27. 1995-yil 22-dekabrda … Qonun qabul qilindi.

A) Sudlar to’g’risidagi

B) O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risidagi

C) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risidagi

D) Advokatura to’g’risidagi

28. Voyaga yetmaganlarga axloq tuzatish ishlari jazosi qancha muddatga tayinlanadi?

A) 1 oydan 3 oygacha C) 1 oydan 6 oygacha

B) 6 oydan 10 yilgacha D) 1 oydan 1 yilgacha

29. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-bobi qaysi moddalarni o’z ichiga oladi?

A) 53-55-moddalar B) 47-52- moddalar C) 63-66- moddalar D) 70-75- moddalar

30. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tayanch g’oyalaridan biri …

A) xalq hokimiyatchiligi B) huquqiy davlat C) qonun ustuvorligi D) davlat suvereniteti

31. 1993-yil 29-oktabrda O’zbekiston qaysi xalqaro tashkilotga a’zo bo’ldi?

A) UNISEF B) UNESKO C) BMT D) YXHT

32. “Hidoya” asarining muallifi kim?

A) Abu Ali ibn Sino B) Imom al-Buxoriy C ) Zamaxshariy D) Al-Marg’inoniy

33. O’zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik ma’lumotlarga ega pasporti qachon joriy etilgan?

A) 2009-yil 1-yanvardan C) 2012-yil 1-yanvardan

B) 2011-yil 1-yanvardan D) 2010-yil 1-yanvardan

34. Fuqarolik pasporti necha yoshdan beriladi?

A) 14 B) 15 C) 16 D) 18

35. Bir joydan ikkinchi joyga ko’chish huquqi qaysi huquq guruhiga kiradi?

A) shaxsiy huquq B) siyosiy huquq C) ijtimoiy-iqtisodiy huquq D)madaniy huquq

36. Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi qachon tashkil etilgan?

A) 1995-yil B) 1997-yil C) 1998-yil D) 1996-yil

37. Ma’lum bir siyosiy talablarni bildirish maqsadidagi ommaviy yurish- …

Javob : _________________________________

38. Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha Vakillik instituti – Ombudsman qachon tashkil etilgan?

Javob : _________________________________

39. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining I bobi qanday nomlanadi?

Javob : _________________________________

40. O’zbekiston Respublikasida demokratiyaning qaysi shaklidan foydalaniladi?

Javob : _________________________________

41. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qachon tashkil etilgan?

Javob : _________________________________

42. Onalik va bolalik muhofazasidan foydalanish huquqi qaysi huquq guruhiga mansub?

Javob : _________________________________

43. Oliy Kengashning 1990-yil 20-iyunda bo’lib o’tgan ikkinchi sessiyasida kim raisligida Konstitutsiya komissiyasi tuzildi?

Javob : _________________________________

44. Xalqaro muloqot jarayonda davlatlararo munosabatlarni tartibga solib turuvchi yuridik qoidalar majmui-…..

Javob : _________________________________

45. Qonunning butun kuchiga va cheksiz imkoniyatlariga ishonish – bu …

Javob : _________________________________

46. O’zbekistonda “Prezident” lavozimi qachon joriy etilgan?

Javob : _________________________________

47. Davlat organlari va mansabdor shaxslarga haddan tashqari ko’p vakolatlar beriladigan davlat - …

Javob : _________________________________

48. Jinoyat ishlari ko’rib chiqilayotganda kim sudda davlat ayblovchisi sifatida ish ko’radi?

Javob : _________________________________

49. Mulkdor bo’lish huquqi insonning qaysi huquqlari sarasiga kiradi?

Javob : _________________________________

50. Konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbayi - …



Javob : _________________________________

@ustozlar_uchun +9989 300-02-21 @rishton7

Download 42.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling