9-sinf Jahon tarixi bo’yicha umumiy test


Download 54.89 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi54.89 Kb.
#1645258
Bog'liq
9 jahon YAKUNIY TEST


9-sinf Jahon tarixi bo’yicha umumiy test
1. Avstriya-Vengriyadagi qaysi hudud doimo harbiy yoki favqulodda holatda tutildi, xalq noroziligi qattiq ta’qiblar bilan shavqatsiz bostirildi?
A) Galitsiya B) Xorvatiya C) Moraviya D) Bukovina
2. Irlandiya burjuaziyasining savdo-sanoat doiralari manfaatini ko‘zlovchi qismi rahbari A. Griffit “Shinfeyn” partiyasini tuzib qanday tashviqot olib bora boshladi? A) mustaqil hukumat tuzish
B)muhtoriyat huquqini berish
C)ijarachilarning shartlarini bajarmaslik
D)mustaqil parlament tuzish
3. …dan so‘ng AQSh janubidagi shtatlarning yangi hukumatlari tarkibida qora tanli aholi ham qatnasha boshladi.
A) 1863-yilda qulchilik bekor qilingani B) 1872-yilda Janubdagi sobiq isyonchilarga umumiy avf berilgani
C)1870-yilgi Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilgani
D)Respublikachilar partiyasi tuzilgani
4. Parij Kommunasi amalga oshirgan tadbirlardan xatosini aniqlang.
A)mehnatkashlarning uy-joy haqini to‘lash muddatlari kechiktirildi
B)ishsizlarni ish bilan ta'minlash idorasi tuzildi
C)qiz bolalar uchun litseylar ochildi
D)egalari tashlab ketgan korxonalar shu korxona
ishchilariga topshirildi
5. Germaniyada ...dan so‘ng xotin-qizlar uchun 11 soatlik ish kuni joriy qilindi.
A)GSDP 1912-yilda parlament saylovida muvaffaqiyat qozongani
B)GSDP ochiq holatda faoliyat ko‘rsata boshlagani
C)1900-1903-yillardagi iqtisodiy inqiroz
D)Bismark kansler etib tayinlangani
6. Qaysi yillar oralig‘ida AQShda fermerlar soni 3 marta ko‘paydi?
A) 1870-1914-yillar B) 1860-1910-yillar
C) 1900-1914-yillar D) 1906-1916-yillar
7. XX asr boshlarida qaysi davlatda diktatura davrida hindulardan g‘ayriqonuniy tortib olingan yerlarini qaytarib berishga va’da berilgan?
A) AQSH B) Argentina C) Braziliya D) Meksika
8. Qaysi AQSh prezidenti davrida bojxona tariflari to‘g‘risida yangi qonun qabul qilingan?
A) V.Vilson B) V.G.Taft C) T.Ruzvelt D) Ch.Artur
9. Quyidagi qaysi partiya(lar) dasturida ta’lim sohasini dindan ajratish mazmunidagi talabi ham bo‘lgan?
A) ASP va ASDP B) GSDP
C) GSDP va FSP D) RSDRP va GSDP
10. Quyidagi qaysi partiya dasturida cherkovni davlatdan, maktabni cherkovdan ajratish talabi ham bo‘lgan?
A) ASP B) ASDP C) GSDP D) RSDRP
11. Qaysi voqea munosabati bilan Hindistonga chiqadigan dengiz yo‘llari nazorati to‘la Britaniya qo‘liga o‘tdi? A) 1843-yilda Sind vodiysini bosib olishi
B)Suvaysh kanalining aksiyalarini sotib olishi
C)Quvayt ustidan protektoratning o‘rnatilishi
D)1907-yilgi Rossiya bilan bitimning tuzilishi
12. Buyuk Britaniyada qachon kasallik va ishsizlik sababli sug‘urta to‘lovi joriy etildi?
A) 1911-yilda B) U.Gladston davrida
C) B. Dizraeli davrida D) 1906-yilda
13. Qaysi voqea AQSh prezidenti Taftning boshqaruvi oralig‘ida yuz bergan?
A)Avstriya-Vengriya Bosniya va Gersogovinani bosib oldi.
B)Bolgariya Serbiya va Gretsiyaga hujum qildi.
C)Avstriya-Vengriyada parlament tarqatib
14. Nuqtalar o‘rniga mosini qo‘ying.
Dias idora qilgan davrning oxiriga borib, AQSHning Meksikaga qo‘ygan kapitali … dollardan oshdi. AQSH Meksikaning … o‘z qo‘liga oldi. Tashqi savdoning … foizini o‘z nazoratiga bo‘ysundirdi.
A)2 mlrd. / oltin konlarini / 75
B)3 mlrd. / olmos konlarini / 80
C)1 mlrd. / neft konlarini / 90
D)0,5 mlrd. / temir yo‘llarini / 95
15. AQShda hindular masalasi qanday yo‘l bilan hal qilindi?
A)hindularning fermerlik faoliyati bilan shug‘ullanishi to‘g‘risida qonun qabul qilinishi bilan
B)hindular yashaydigan rezervatsiyalarga “muxtor” huquqining berilishi bilan
C)hindularni qulga aylantirishning taqiqlanishi bilan
D)hindular joylashgan rezervatsiyalarning hukumat “vasiyligi”ga olinishi bilan
16. 1871-yil 18-mart kuni kechasi sodir bo‘lgan qaysi voqea Parij aholisini oyoqqa turg‘azdi?
A) Tyer boshchiligida yangi hukumatning tuzilishi
B) Germaniyaning imperiya deb e’lon qilinishi
C) hukumat qo‘shining Milliy gvardiyaga hujum qilishi
D) Tyer hukumati Germaniya bilan yarash bitimini imzolashi
17. Quyidagilarni muvofiq ravishda joylashtiring.
1) 1870-1914-yillar 2) 1860-1910-yillar 3) 1900-1914-yillar 4) 1906-1916-yillar
a)Buyuk Britaniya harbiy xarajatlari 3 marta ko‘paydi.
b)AQShda fermerlar soni 3 marta ko‘paydi.
c)Buyuk Britaniya vazirlarining uchdan ikki qismini elita bilim yurti bitiruvchilari tashkil etgan.
d)AQShga 25 mln kishi ko‘chib keldi.
A) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c B) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c
C) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c D) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a
18. Avstro-Vengriyada nechta umum imperiya vazirligi tashkil etilgan edi?
A) l ta B) 2 ta C) 3 ta D) 5 ta
19. Lotin Amerikasiga AQSh kapitali kirib kela boshlagan davrni aniqlang.
A) XIX asr oxiri B) XX asr boshlari
C) XIX asr o‘rtalari D) XIX asr boshlari
20. 1899-yilda AQSh davlat kotibi Xey qaysi davlatlarga ayni bir mazmunda nota yuborgan edi?
1) Ispaniya 2) Portugaliya 3) Rossiya 4) Avstriya
5) Fransiya 6) Germaniya 7) Yaponiya 8) Buyuk
Britaniya 9) Italiya
A) 1,3,5,6,7,8 B) 3,5,6,7,8,9
C) 2,3,4,5,7,8 D) 1,3,5,7,8,9
21. Quyidagi shartnomalarning qaysi davlat bilan imzolanganini aniqlang. 1) Parij 2) Frankfurt 3) Simoneseki a) Germaniya-Fransiya b) Xitoy-Yaponiya
c) AQSh-Ispaniya
A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-c, 2-a, 3-b
C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-a, 2-c, 3-b
22. 1899-yilda chetga 1 mlrd rubl capital chiqargan davlatni aniqlang.
A) Germaniya B) AQSh C) Rossiya D) Yaponiya
23. Podsho hukumati bilan Britaniya hukumati o‘rtasida O‘rta Osiyodagi ta’sir doiralarini aniqlash uchun muzokaralar boshlangan vaqtda ...
A)Britaniya parlamenti imperiya parlamenti deb atala boshlandi.
B)“Mehnatni ozod qilish” guruhi tuzildi.
C)AQSh sanoat mahsuloti hajmi jihatidan 4o‘rinda turgan.
D)Avstriya-Vengriya imperiyasi tashkil topdi.
24. Quyidagi qaysi AQSh prezidenti demokrat partiyadan emas?
A) Ch.Artur B) B.Garrison
C) S.Klivlend D) V.Vilson
25. AQsh prezidenti B.Garrison davrida …
A) Buyuk Britaniyadagi tred-yunionlarga a’zo bo‘lganlar soni 750 ming kishiga yetdi.
B)Buyuk Britaniya hukumati irlandlarga gomrul o‘rniga “Yer-suv akti”ni taklif qildi.
C)Braziliyada “Ozodlik manifesti” e’lon qilindi.
D) Buyuk Britaniyadagi tred-yunionlarga a’zo bo‘lganlar soni 1,5 mln kishiga yetdi.
26. 1911-yilda Buyuk Britaniyada „Ish haqi minimumi to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, …
A)ish haqi oshiriladigan bo‘ldi.
B)Konchilar uchun 9,5 soatlik ish kuni belgilandi.
C) ish tashlashlar vaqtida korxonalar ko‘rgan zararning tred-yunionlardan undirilishi taqiqlandi.
D) 65 yoshga to‘lgan kishilarga pensiya tayinlandi.
27. Qaysi davlatdagi birinchi inqilobdan keyin ish tashlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish bekor qilindi?
A) Xitoy B) Rossiya C) Eron D) Meksika
28. Argentina tarixiga oid xato ma’lumotni toping.
1)1870-yilda Argentinada 2 mln. aholi yashardi.
2)Uzoq davom etgan iqtisodiy inqiroz,
Urugvay bilan olib borilgan urush oqibatida Argentinada iqtisodiy hayot deyarli to‘xtab qoldi.
3)1872-yilda Rio-de-Janeyroda milliy bank ochildi.
4)Immigratsiya rag‘batlantirila boshlandi. Natijada, qisqa davr ichida Argentinaga 300 000 kishi ko‘chib keldi. 5) Rio-de-Janeyroda piyoda askarlar va harbiy dengiz maktabi ochilib, harbiy ta'limga asos solindi.
6) Hindularning hosildor yerlari tortib olinib, zobitlar va askarlarga bepul bo‘lib berildi.
A) 2,6 B) 1,2,3,4,6 C) 2,3,5 D) 5
29. Qaysi atamaning ma’nosi “bo‘lish” degan ma’noni bildiradi?
A) rezervatsiya B) segregatsiya
C) apparteid D) kontreformatsiya
30. Quyidagilarning qaysi davlatlarda sodir bo‘lgani bilan to‘g‘ri joylashtiring. 1) Germaniya 2) Buyuk Britaniya
3) Fransiya
a)13 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarni ishga qabul qilish ta’qiqlandi.
b)10 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarni ishga qabul qilish ta’qiqlandi.
c)13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun
majburiy bepul ta’lim joriy etildi.
A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-b, 2-a, 3-c
C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-a, 2-c, 3-b
31. XX asr boshida quyidagi qaysi davlatning ayrim siyosiy arboblari trializm (uchlik) talabi bilan chiqqan?
A) Avstriya-Vengriya B) Germaniya
C) Turkiya D) Rossiya
32. Quyidagilardan Xitoy milliy-ozodlik harakati rahbari Sun Yat Sen faoliyati bilan bog‟liq bo‟lganlarini aniqlang. 1) «Ixetuan» yashirin tashkiloti;
2) Gomindan partiyasi;
3) Manchjou-Go davlatining tuzilishi;
4) «Xitoy uyushmalari ittifoqi» siyosiy tashkiloti.
A) 1, 3 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 2, 3
33. Ikkinchi ingliz-afgon urushi Buyuk Britaniyaning magdubiyati
bilan tugagan yilda Afg'oniston taxtiga chiqqan hukmdorni
toping.
A) Ayubxon B) Sheralixon C) Abdurahmon D) Yoqubxon
34. AQSh sanoat ishchilarining soni jihatidan birinchi orinni egallagan davrda yuz bergan voqeani toping.
A) Rossiya va Buyuk Britaniya ortasida Orta Osiyodagi ta‟sir doiralar masalasida kelishuvga erishildi.
B) Meksikada dehqonlar galayoni boshlandi.
C) Buyuk Britaniyaning jami mustamlaka hududlari 33 mln km kv ni tashkil etdi.
D) AQSh-Ispaniya tinchlik shartnomasi imzolandi.
36. XX asr boshlarida Avstriya-Vengriyaga qaysi davlatlar banklari qarz berish, sanoatga mablaglar yonaltirish orqali mamlakatni oz kapitallari bilan toldirib tashladilar?
A) Germaniya, Ispaniya, Italiya
B) Fransiya, Belgiya, Germaniya
C) Angliya, Fransiya, Portugaliya
D) Germaniya, Angliya, AQSh
37. 1880-yil amir Abdurahmon va Buyuk Britaniya ortasidagi kelishuvga ko’ra, Afgoniston qanday majburiyatni olgan edi?
A) Osiyo davlatlari bilan mustaqil, Yevropa davlatlari bilan Buyuk Britaniya orqali aloqa ornatish
B) Rossiya bilan diplomatik aloqalarni tiklash, O‟rta Osiyo davlatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirish
C) Buyuk Britaniya hamda ingliz Hindistonidan boshqa biror chet el mamlakati bilan diplomatik aloqa qilmaslik D) Kobulda ingliz rezidensiyasini muhofaza qilish, faqat qoshni bo’lgan davlatlar bilan diplomatik aloqalar olib borish
38. Xitoy tarixiga oid quyidagi ma‟lumotlardan qaysi biri boshqalariga nisbatan keyinroq yuz berganini toping.
A) Xitoyning Shandun viloyati Germaniya ta‟sir doirasiga o’tdi.
B) Shimoliy Xitoyda birinchi temiryol ishga tushirildi.
C) Xitoy Buyuk Britaniya bilan imzolagan konvensiyaga muvofiq Buyuk Britaniya Xitoyning 10 dan ortiq bandargohlariga erkin kirish, qator viloyatlarda erkin savdo qilish huquqini oldi.
D) Xitoy Markaziy Vyetnam ustidan rasmiy hukmronligidan voz kechdi.
39. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida quyidagi qaysi davlatlar iqtisodiyotida monopolistik kapitalizm feodal-monarxiya qoldiqlari bilan chirmashib ketgan edi? 1) Yaponiya; 2) Buyuk Britaniya; 3) Fransiya; 4) Rossiya.
A) 1, 3 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 4
40. Rossiya tarixida birinchi inqilob boshlangan yilda...
A) Rossiya Koreyani Yaponiya ta‟sir doirasida deb tan oldi
B) Eron Buyuk Britaniya va Rossiyaning ta‟sir doiralari haqidagi bitimni tan olishga majbur bo’ldi
C) Yaponiya Kurill orollarini Rossiyadan ajratib, o’ziga qo„shib oldi
D) Yaponiya urush e‟lon qilmasdan Port-Arturdagi Rossiya harbiy dengiz kuchlariga hujum qildi
41. XX asr boshlarida Italiya hukumatini boshqargan J.Jolitti davrida qanday qonunlar qabul qilinganligini toping.
1) Ish haqi minimumi to„g„risida;
2) Kasaba uyushmalari tuzishga ruxsat etuvchi;
3) Ish tashlash o„tkazilishiga ruxsat beruvchi;
4) Tungi smenada bolalar va ayollar mehnatidan foydalanmaslik haqida;
5) Saylovchilarning mulk va savodxonlik senzini bekor qilish haqida;
6) Ko„ppartiyaviylik tizimi asosida saylovni tashkil etish haqida;
7) Pomeshchik yer egaligini tugatish haqida.
A) 1, 2, 4, 6 B) 4, 5, 6, 7 C) 1, 3, 5, 7 D) 2, 3, 4, 5
42. Quyidagi qaysi davlatlar Bolqon ittifoqiga birlashgan?
1) Bosniya; 2) Bolgariya; 3) Serbiya; 4) Sloveniya;
5) Albaniya; 6) Chernogoriya; 7) Ruminiya; 8) Gretsiya
A) 2, 3, 6, 8 B) 1, 2, 4, 8 C) 1, 4, 5, 7 D) 2, 5, 6, 7
43. Buyuk Britaniya va Afg„oniston o’rtasida "Buyuk Britaniyaning Afg’onistonda temir yo’l qurishiga rozilik berish, ingliz fuqarolarining Afg’onistonga erkin kirib-chiqishiga ruxsat berish" talablari ko’zda tutilgan bitim qachon imzolangan?
A)1901-yilda B) 1905-yilda C) 1907-yilda D)1910-yilda
44. 1878-yildagi Berlin kongressida Bolgariya masalasida qabul qilingan qaror to’g„ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) Bolgariya ega bo„lgan hududlarni qisqartirish
B) Bolgariya ega bo’lgan hududlar o’zgarishsiz qoldirish
C) Bolgariyaga Turkiya qo’l ostidagi yerlarning bir qismi qo’shib berish
D) Bolgariyaning davlat mustaqilligi tugatish
45. Yaponiya sanoat ishlab chiqarish hajmi bo„yicha Italiyadan o’zib ketib, Fransiyaga yaqinlashgan yillarda sodir bo’lgan voqealarni ko’rsating.
1. Buyuk Britaniyada parlament islohoti o„tkazildi.
2. Rossiyada agrar islohot o’tkazildi.
3. Skobelev boshchiligida rus qo’shinlari turkmanlarga qarshi harbiy harakatlar boshladi.
4. “Hindiston milliy kongressi” tuzildi.
5. Efiopiya va Sudan o’rtasida urush harakatlari boshlandi. 6. Sirdaryo magistral kanalini bunyod etish ishlari boshlandi.
A) 3, 4, 5 B) 1, 2, 6 C) 2, 4, 5 D) 2, 3, 6
46. XIX asrning so„nggi choragida Avstriya-Vengriya imperiyasining ilg’or Yevropa mamlakatlariga nisbatan sanoat taraqqiyoti sur‟atlarining sekinlashuviga nima sabab bo’lgan edi?
A) imperiya asosiy aholisining ishsizligi
B) mamlakatda feodalizm sarqitlarining saqlanib qolinganligi
C) mustamlakalarning mavjud emasligi
D) chet davlatlarga ko’plap sarmoya chiqarganligi
47. Janubiy va Shimoliy Bolgariyaning yangidan yagona davlatga birlashganligini e‟lon qilgan shaxsni aniqlang.
A)F.Koburg B)A.Battenberg C)X. Botev D)V. Levskiy
48 .Quyidagi mustamlakachi davlatlarning Xitoy hududidagi ta‟sir doiralari mos ravishda ko„rsatilgan javobni toping.
1) Germaniya; 2) Fransiya; 3) Rossiya; 4) Buyuk Britaniya.
5) Yaponiya; a) Futsiyan viloyati; b) Yanszi daryosi havzasi;
c) Shandun viloyati; d) Port-Artur; e) Yunan viloyati
A) 1-a, 2-b, 3-d, 4-e, 5-c B) 1-c, 2-e, 3-d, 4-b, 5- a
C) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c, 5-e D) 1-e, 2-c, 3-a, 4-d, 5-b
50. Buyuk Britaniyaning quyidagi qaysi bosh vaziri davrida maktab islohoti o„tkazilgan?
A) D. Lloyd-Jorj B) U. Gladston
C) B. Dizraeli D) Mak-Magon
51. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Hindiston qishloq xo‟jaligining eng serdaromad tarmoqlarini aniqlang.
A) choy, kanop, paxta
B) paxta, ipak, shakarqamish
C) choy, shakarqamish, bug‟doy
D) paxta, kanop, sitrus mevala
52. Fransiyadagi Uchinchi Respublika Konstitutsiyasiga ko‟ra, … 1) 14-iyul fransuz xalqining milliy bayrami deb e‟lon qilindi; 2) xotin-qizlarga saylov huquqi berildi;
3) matbuot va yig‟ilish o‟tkazish erkinligi e‟lon qilindi;
4) “Marseleza” qo‟shig‟i mamlakat madhiyasi etib belgilandi;
5) siyosiy tashviqot bilan shug‟ullanish erkinligi e‟lon qilindi;
6) 5 yil muddatga saylanadigan prezident vazirlarni tayinlash, respublika nomidan tashqi siyosat yuritish, urush e‟lon qilish va sulh tuzish, umumiy avf e‟lon qilish vakolatlariga ega bo‟ldi;
7) hukumat a‟zolarini prezident tayinlasa-da, ularning parlament oldida javobgarligi belgilab qo‟yildi.
A) 1, 3, 4, 5, 7 B) 1, 3, 4, 5, 6, 7
C) 1, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5,7
53. Argentinada 18 yoshga to‘lgan erkak fuqarolarga umumiy saylov huquqini berish to‘g‘risida qonun chiqariladi. Bundan qaysi toifa erkaklari mustasno edi?
A) jinoyatchilar va qarzdorlar
C) alohida kvartirada turmaydiganlar
B) ruhoniylar va harbiylar
D) alohida kvartirada turadiganla
54. … Fors viloyati, baxtiyorlar (qabilalar), Huziston xonlarini markazga, Eron shohi hukmronligiga qarshi gijgijlab turdilar.
A) Inglizlar B) Ruslar C) Afg‘onlar D) Ruhoniylar
55. Tilak “kuch ishlatmaslik” yo‘lini tanladi. Bu usulda asosiy e’tibor nimaga qaratildi?
A) ingliz tovarlarini boykot qilishga
B) yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilishga
C) dinga, uning ommani uyushtiruvchi kuchiga
D) tinch yo‘l bilan mustqaillikni egallashga
56. Quyidagilarning qaysi davlatlarda sodir bo‘lgani bilan to‘g‘ri joylashtiring. 1) Germaniya 2) Buyuk Britaniya 3) Fransiya
a) 13 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarni ishga qabul qilish ta’qiqlandi.
b) 10 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarni ishga qabul qilish ta’qiqlandi.
c) 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun majburiy bepul ta’lim joriy etildi.
A) 1-a,2-b,3-c B) 1-b,2-a,3-c
C) 1-b,2-c,3-a D) 1-a,2-c, 3-b
57. “Yerga, asosan, yirik zamindorlarning egalik qilishi saqlanib qoldi. Buning ustiga, yerdan foydalanishning qoloq shakllari hukm surardi. Pomeshiklar yerining katta qismi mayda uchastkalarga bo‘linib, juda og‘ir shartlar bilan (hosilning 3/4 qismini to‘lash sharti bilan) dehqonlarga ijaraga berilardi.” Bunday fikrlar qaysi davlatga oid?
A) Italiya B) Buyuk Britaniya C) Turkiya D) Eron
58. …dan so‘ng AQSh janubidagi shtatlarning yangi hukumatlari tarkibida qora tanli aholi ham qatnasha boshladi.
A) 1863-yilda qulchilik bekor qilingani
B) 1872-yilda Janubdagi sobiq isyonchilarga umumiy avf berilgani
C) 1870-yilgi Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilgani
D) Respublikachilar partiyasi tuzilgani
59 XX asr boshlarida qaysi davlatda diktatura davrida hindulardan g‘ayriqonuniy tortib olingan yerlarini qaytarib berishga va’da berilgan?
A) AQSH B) Argentina C) Braziliya D) Meksik
60. Qaysi voqea munosabati bilan Hindistonga chiqadigan dengiz yo‘llari nazorati to‘la Britaniya qo‘liga o‘tdi?
A) 1843-yilda Sind vodiysini bosib olishi
B) Suvaysh kanalining aksiyalarini sotib olishi
C) Quvayt ustidan protektoratning o‘rnatilishi
D) 1907-yilgi Rossiya bilan bitimning tuzilishi
61 Irlandiya burjuaziyasining savdo-sanoat doiralari manfaatini ko‘zlovchi qismi rahbari A. Griffit “Shinfeyn” partiyasini tuzib qanday tashviqot olib bora boshladi?
A) mustaqil hukumat tuzish
B) muhtoriyat huquqini berish
C) ijarachilarning shartlarini bajarmaslik
D) mustaqil parlament tuzish
62. Qaysi atamaning ma’nosi “bo‘lish” degan ma’noni bildiradi?
A) rezervatsiya B) segregatsiya
C) apparteid D) kontreformatsiya
63. Quyidagi qaysi davlat ichki siyosatida XIX asr oxirlarida anarxiyachilar va monarxiyachilar faoliyati kuchaydi?
A) Germaniya B) Italiya
C) Fransiya D) Rossiya
64. Qaysi davlatda 1914 yilda aholining 2% ni sarmoyadorlar tashkil etgan?
A)Fransiya B)AQSH
C)Germaniya D)Rossiya
65.Germaniya quyidagi qaysi hududni nisbatan oldinroq bosib olgan?
A) Toga B) Marshal
C) Zanzibar D)Angra-Peken

Download 54.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling