9-sinf jismoniy tarbiya fanidan nazariy savollarga


Download 124.99 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.08.2017
Hajmi124.99 Kb.
#14119

 

 

9-SINF JISMONIY TARBIYA FANIDAN NAZARIY SAVOLLARGA 



JAVOBLAR 

 

1. 



Inson salomatligiga salbiy ta'sir qiluvchi odatlar va ularning oqibatlari. 

Inson salomatligiga ta’sir qiluvchi odatlarga quyidagilar kiradi: -Chekish va ichish sportchi va uning 

tabiatiga mutlaqo ziddir. Sport bilan muntazam shug‘ullanib, yaxshi natijalami qo‘lga kiritish uchun 

yuklamalar bosqichma-bosqich yengib o‘tiladi. Asosiy ishni bajarishda yuklama yurak va nafas olish 

a’zolariga  tushishini  bilgan  sportchilar  chekish  va  spirtli  ichimliklaming  yaqinigayo‘lamasliklari 

lozim.  Agar  nikotinning  o‘zinigina  olib  qaraydigan  bo‘lsak,  u  xotirani  susaytirishi,  irodani 

bo‘shashtirishi  hamda  ishchanlik  qobiliyatini  pasaytirib  yuborishi  aniqlangan.  Masalan,  sport 

ustasiga 1 dona sigaret chektirib, so‘ng miltiqdan nishonga aniq otish mashqi topshirilganda, u 15 — 

20 ochkodan nari o‘ta olmagan. Chekadigan odamlarda parishonxotirlik, tajanglik, tez asabiylashish 

holatlari ko‘p kechadi. Bulardan tashqari, o‘z tengqurlaridan o‘qishda, sport sohasida va jismoniy 

rivojlanishda sezilarli orqada qolishi kuzatilgan. Shuningdek, chekuvchilaming ko‘pchiligida bosh 

og‘rig‘i,  tez-tez  yo‘talish,  koordinatsiyaning  buzilishi,  surunkali  bronxit,  o‘pka  raki  va  boshqa 

kasalliklar uchrab turadi. Alkogolning oz miqdori ham asab tizimiga yomon ta’sir ko‘rsatib, tezlik 

reaksiyasining  yo‘qolishiga,  chidamlilik  sifatlarining  susayib  ketishiga  va  nihoyat,  ko‘rish  va 

eshitish sezgilarining ishdan chiqishiga olib kelishi isbotlangan. Bulardan ham yomon bir illat borki, 

bu  narkotik  moddalarga  bog‘lanib  qolishdir.  U  kundalik  hayotda  insonni  qay  ahvolga  solishi 

ma’lum.  Bu  ham  yetmagandek,  kuzatuvlar  kishini  ham  ruhan,  ham  jismonan  majruh  holga 

keltirishini  ko‘rsatmoqda.  Shulardan  tegishli  xulosa  chiqarib,  har  xil  gaplarga  uchmaydigan, 

mustaqil fikrli, kuchli, irodaliligingizni ko‘rsating’ 

2. 


Gimnastika  sport  turi  haqida.  Gimnastikada  foydalaniladigan  sport  anjomlarni  sanab 

bering’ 


-  Insonning  chaqqon,  harakatchan  bo‘lishida  gimnastikaning  ahamiyati  kattadir.  Gimnastika 

mashqlari xilma-xil bo‘lib, sport turlarining barchasida bu mashqlardan foydalaniladi. Ular gavda 

mushaklarini  rivojlantirishga  yordam  berib,  to‘g‘ri  qomatni  shakllantiradi.  Shuning  uchun  ham 

o‘quv  muassasalarida,  davolash-  profilaktika  ishlarida  va  ishlab  chiqarish  sohalarida,  harbiy 

xizmatda  keng  qo'llanadi.  Gimnastika  har  qanday  sport  turining  tashkiliy  qismiga  kiruvchi 

mashqlaming bajarilishidir. Gimnastika mashqlari shunchalik xilma-xilki, sport turlarining birortasi 

ham usiz bo'lmaydi. Masalan, organizmni asosiy ishga tayyorlovchi umumrivojlantiruvchi mashqlar, 

egiluvchanlik, tezkorlik va harakatlami boshqarishga qaratilgan mashqlar, tirmashib chiqish va oshib 

o‘tish, akrobatika gavda mushaklarini rivojlantirishga, to‘g‘ri qomatni shakllantirishga, organizmni 

sog‘lomlashtirib,  asosiy  jismoniy  sifatlar  (kuch,  tezkorlik,  chidamlilik,  abjirlikjni  rivojlantirishga 

yordam beradi. 

Gimnastikada  foydalaniladigan  sport  aniomlariga  tumik,  qo‘shpoya  (brus),  yakkacho‘p  (brevno), 

,jcon“larda mashqlar bajarish, arqonga tirmashib chiqish, tayanib sakrash va chambarak bilan hamda 

trenajorlarda mashqlar bajarishlar kiradi. 

3. 

Egiluvchanlik  deb  nimaga  aytiladi?  Egiluvchanlikni  rivojlantirish  uchun  beriladigan 



mashqlarni tushuntirib bering? 

Egiluvchanlik  —  mushak  va  oyoqlami  koordinatsion  (birlamchi)  ishlatish,  jarohat  olishdan 

saqlanish va pastdan, tepadan keng zarbalar berish uchun.Egiluvchanlik sportning tennis, voleybol, 

gimnastika,  gandbol,  yengil  atletika  turlarida  foydalanish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 

Egiluvchanlikni  rivojlantirish  uchun  oyoq,  bel,  qo‘l  mushaklarini  cho‘zish  mashqlari,  egilishlar, 


 

 

oyoqlami silkitish (gavdani orqaga va oldinga bukib), gilamchada yotgan holda ,,ko‘prik“ mashqi va 



boshqalar tavsiya etiladi. Agar siz qayd etib o‘tilgan mana shu mashqlarni (51,52- rasmlar) doimo va 

muntazam  bajarib  borsangiz,  ko‘zlagan  maqsadingizga,  albatta,  yetasiz.  Buning  uchun  faqatgina 

xohish, iroda va sabr-toqat kerak, xolos. 

4. 


Basketbol o‘yini haqida (qachon, qayerda va kim tomonidan o‘ylab topilgan hamda o‘yin 

maydoni o‘lchami, to‘pining og‘irligi, aylanasi) yozing’ 

Aslida, bu o‘yin bundan 110 yil muqaddam AQSHda paydo bo‘lgan. Uni Springfild kolleji jismoniy 

tarbiya o‘qituvchisi Jeyms Neysmit o‘ylab topgan va o‘z talabalari bilan o‘ynagan. 0‘sha paytlarda 

to‘pni  hozirgidek  halqaga  otilmas,  balki  oddiy  savatga  tashlanardi.  ,,Basketbol“  inglizcha  so‘z 

bo‘lib, u „basket" — ,,savat“, ,,bol“—,,to‘p“ degan ma’noni anglatadi. Basketbol juda qiziqarli va 

serqirra,  harakatlarga  boy  o‘yindir.  0‘yin  chog‘ida  tezlik  bilan  oldinga  chiqishlar,  birdaniga  yon 

tomonlarga  burilib  to‘xtab  qolishlar,  to‘pni  bir  holatdan  boshqa  holatga  o‘tkazib,  to‘satdan  uni 

sherigiga uzatib yuborishlar, o‘zi tezlik bilan bo‘sh joyga chiqib, yana o‘sha to‘pni ilib olib savatga 

otishlar  yoki  himoya  to‘siqlariga uchrab,  to‘pni  qaytarib  berishlar ungagina xosdir.  Son-sanoqsiz 

sakrashlar,  shit  tagida  hujumda  bo‘lib,  undan  chiqib  savatga  to‘p  tashlashlar  ungagina  tegishli. 

Basketbol o‘yinida besh kishidan iborat ikkita jamoa ishtirok etadi. Basketbol to‘pining og‘irligi 567 

grammdan  650  grammgacha.  Chunonchi,  yeming  katta-  kichikligiga  qarab,  maydonning  hajmini 

28—15 metr yoki undan kichikroq — 

22—24 metr, yoki 12 — 14 metr qilib tayyorlash mumkin. Maydonning yuzini yaxshilab tekislab 

urib chiqish kerak, chunki koptok yerga tekkanda sakrashi lozim. Mini-basketbol o‘yini uchun 12 

yoshgacha bo‘lgan bolalarga ham kattalarga mo‘ljallangan (28—15 metrli) maydon ajratiladi, ammo 

jarima to‘pini tashlash uchun savatdan 4 metrli masofa belgilanadi. Shitning o‘lchovi 90 □ □ 120 sm 

bo‘lib, unga savat yerdan 2 metr 60 sm balandlikda o‘matiladi. To‘pning og‘irligi 450—500 gramm 

bo‘ladi. Basketbol savati rasmiy maydonda temir halqali bo‘lib, halqaning aylanasi 45 sm bo‘ladi, 

unga savat ingichka arqonchadan to‘qiladi. 

5. 


Gandbol o‘yinining asosiy qoidalari. 

Bundan yuz yillar muqaddam daniyalik o‘qituvchi Xolger Nilson yangi sport o‘yini—„Xandboll“ni 

o‘ylab topdi. Qo‘l to‘pi, deb nom olgan bu o‘yin dastlab qizlar uchun mo‘ljallangandi. 0‘yin qiziqarli 

bo‘lganligi  uchun  keyinroq  o‘g

£

il  bolalar  ham  shug‘ullana  boshladilar.  Bu  sport  turida  о‘yin 



boshlanishidanoq har bir o‘yinchi faol va to‘laqonli ishtirokchi bo‘lib qoladi. Maydonda 7 kishidan 

iborat ikki jamoa o‘ynaydi (bir darvozabon va 6 maydon o‘yinchisi). Bir jamoadan o‘yinda hammasi 

bo‘lib 12 o‘yinchi ishtirok etishi mumkin (10 o‘yinchi va 2 darvozabon). Ammo o‘yinchilar maydon 

markazida almashsalarda, to‘g‘ridan to‘g

£

ri almashtirilaverma^dilar. Jamoa tarkibida besh o‘yinchi 



bo

£

lsa, o



£

yin boshlanaveradi. 0

£

yinchi biror sababga ko



£

ra maydondan chiqarib yuborilganda ham 

o

£

yin  to



£

xtatilmaydi.  Darvozabon  o

£

yinchilami  almashtira  olmaydi,  ammo  o



£

yinchilar 

darvozabonning o

£

miga turishlari mumkin. 0



£

yin 15 daqiqadan 2 taym davom etadi (orada 10 daqiqa 

tanaffus bo

£

lib, darvozalar almashiladi). Gandbol o



£

yini har qanday to

£

p bilan har qanday maydon va 



hatto ko

£

cha maydonlarida ham o



£

ynalishi mumkin. Faqat maydon chizig

£

i hamda 2 113mhajmdagi 



darvoza belgilansa kifoya. 

6. 


Shaxsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga qanday rioya qilish kerak. “Sog‘lom turmush 

tarzi“ deganda nimani tushunasiz? 

Nima uchun ba’zi odamlar sovuqdan kasal bo

£

lishadi-yu, ba’zilar esa qahraton sovuqda ham yupqa 



kiyimda  yurishadi  va  sovuq  suvda  cho'milishadi?  Bu  haqda  hech  o

£

ylab  ko



£

rganmisiz?  Kimdir 



 

 

jazirama issiqda kun bo



£

yi mehnat qlllshi mumkin, kimningdir 2—3 soatlik ishdan so

£

ng oftobdan 



badani kuyadi. Sportda badani chiniqmagan kishi ozginajismoniy ish qilgandan so

£

ng tezda toliqadi 



va  o'zini  yomon  his  eta  boshlaydi.  Issiq  va  sovuqqa,  o'zgaruvchan  nam  havoga,  jismoniy 

yuklamalarga chidamli bo

£

Iish uchun gigiyena qoidalariga amal qilish, ilmiy asoslangan jismoniy 



yuklamalami muntazam bajarib borish muhimdir. Bu qoidalaming ko'pchiligini inson yoshligidan 

o'zlashtiradi. Masalan, ob-havoga qarab kiyinish, tishlami tozalash, ovqatdan oldin va keyin qo

£

llami 


yuvish va hokazolar. Shaxsiy gigiyenaning boshqa qoida va me’yorlari, ya’ni kun tartibi, dam olish 

hamda  mehnatni  to

£

g

£



ri  yo

£

lga  qo'yish,  teri  va  badanga  o



£

z  vaqtida  qarash,  me’yorida  uxlash  va 

ovqatlanish,  ust-bosh  va  oyoq  kiyimga  qarash  kabilar  butun  hayotimiz  davomida,  ta’lim-tarbiya 

jarayonida amal qilinishi lozimbo

£

lgan odatlardir. 



Kun  tartibi  doimiy  turish  vaqti,  ertalabki  gigiyenik  badantarbiya,  yuvinish,  nonushta  qilish, 

o

£



qishga  borish,  tushlik  qilish,  uyga  qaytish,  kechki  ovqat  va  dam  olish,  sport  mashqlari  va  uy 

vazifasini  bajarish,  kechki  sayr  va  uyquga  ketishni  belgilaydi.  Kun  tartibiga  rioya  qilmaslik 

organizmning ishga sekin kirishishiga, o

£

zini  yomon his qilishlikka olib keladi, sportchilarda  esa 



natijaning juda sekin sur’atda o

£

sishiga sabab bo



£

ladi. 


7. 

Respublikamizda joriy etilgan uch bosqichli sport musobaqalari haqida ma’umot bering’ 

“Umid  nihollari“  sport  musobaqalari  qachondan  boshlab  o‘tkazilib  kelinmoqda  va 

qanday sport turlarini o‘z ichiga oladi? 

"UMID  NIHOLLARI"  SPORT  0

£

YINLARI  -  0



£

zbekistonning  umumiy  o

£

rta  ta’lim  va 



bolalar-o

£

smirlar  sport  maktablari  o



£

quvchilari  o

£

rtasida  o



£

tkaziladigan  ommaviy  sport 

musobaqalari.  0‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  "0‘zbekiston  Respublikasi 

mustaqilligining 10 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida"gi (2001 y. 

19 yanvar) qarori asosida tashkil etilgan hamda "0‘quvchi va talaba yoshlami sportga jalb qilishga 

qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to‘g‘risida"gi (2003 y. 3 iyun) qaroriga 

binoan  bu  o‘yinlaming  respublika  final  bosqichlari  3  yilda  bir  marta  o‘tkazilishi  belgilangan. 

Maqsadi  —  umumiy  o‘rta  ta’lim  va  bolalar-o‘smirlar  sport  maktablari  o‘quvchilarini  jismonan 

yetuk,  axloqan  barkamol  hamda  vatanga  sadoqat  ruhida  tarbiyalash,  iqtidorli  sportchi  yoshlami 

nufuzli  musobaqalarga  tayyorlash,  yoshlar  o‘rtasida  jismoniy  tarbiya  va  sportni  yanada 

ommalashtirish.  "Umid  nihollari  sport  o‘yinlari"  s.o‘.dabadiiy  gimnastika,  basketbol.  voleybol, 

gandbol,  yengil  atletika,  sport  gimnastikasi.  stol  tennisi,  suzish,  tennis,  futbol  kabi  olimpiada 

o‘yinlari dasturiga kirgan va shaxmat, belbog‘li kurash, kurash singari ommalashgan sport turlari 

bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. Saralash musobaqalari umumiy o‘rta ta’lim va bolalar-o‘smirdar 

sport maktablari, tuman, shahar va viloyatlarda,  respublika final bosqichi bitta hududda tantanali 

ravishda tashkil etiladi. Birinchi "Umid nihollari sport o‘yinlari" s.o‘.ning respublika final bosqichi 

Farg‘ona (2002), ikkinchisi Xorazm (2003) viloyatlarida bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi "Umid nihollari sport 

o‘yinlari" s.o‘. saralash musobaqalarida 4 mln.dan ziyod, uning final bosqichida 2114 nafar o‘quvchi 

qatnashdi (2003). 

8. 


Jismoniy  mashg‘ulot  jarayonida  asosiy  texnika  xavfsizligi  va  shikastlanganda  birinchi 

yordam ko‘rsatish. 

Mashg‘ulotlar vaqtida mashqlami ehtiyotsizlik bilan bajarish natijasida favqulodda shikastlanishlar 

yuz berib turadi. Shuning uchun har qaysingiz o‘zingiz yoki o‘rtog‘ingizga shifokor kelgunga qadar 

birinchi yordam ko‘rsatishni bilishingiz kerak. Lat yeyish. Yiqilib yoki urilib ketishdan biron joy lat 


 

 

yeydi va u yerda shish paydo bo‘lib, qizarib ketadi. Shunda lat yegan joyga 20—30 daqiqa sovuq 



kompress qo‘yish, siqib boylab qo‘yish kerak. Ishqalanish. Ishqalanish yoki poyabzalning siqishi 

natijasida oyoq va qo‘llaming terisi qizarib ketadi. Bu joy maddalab ketmasligi uchun uni tozalab, 

doka  yoki bint bilan dori qo‘yib, boylab qo‘ymoq kerak. Ba’zida badanning u  yoki bu  yeri biror 

joyga tegib, shilinib, qonashi mumkin. Shunda bu joyni zudlik bilan toza suv yoki vodorod peroksid 

bilan yuvib, yod yoki zelyonka surib, dastlabki yordam bermoq lozim. Muskullarning tortishishi. 

Mashq  bajarib,  harakat  qilishda  paymushaklar  tortishib,  gohida  cho‘zilib  qolishi  mumkin.  U 

avvaliga qattiq og‘rib, biroz shishadi, keyin gematoma — ko‘karib qoladi. Bunday vaqtda og‘riq 

joyiga  sovuq  kompress  qo‘yish,  elastik  bint-dokani  qo‘yib  bog‘lash  lozim.  Shundan  so‘ng 

shifokorga  murojaat  qilinadi.  Chiqishlar.  Sport  mashg‘ulotlarida  qo‘l  va  oyoq  chiqishi  ko‘p 

bo‘lmasa-da,  ammo  uchrab  turadi.  Unda  chiqqan  yerdagi  suyak  bo‘g‘inida  shish  paydo  bo‘lib, 

yurgan-turganda  qattiq  og‘riq  bo‘ladi.  Shuning  uchun  shikastlangan  suyak  bo‘g‘inini 

qimirlamaydigan qilib taxtakachlab qo‘yish lozim. Keyin tezlikda travmatolog shifokorga jo‘natish 

kerak. Chiqqan oyoq-qo‘llami o‘zingizcha 

bilar-bilmas  tuzataman  demang’  Sinishlar.  Bunda  birinchi  yordam  —  bu  shikastlangan  joyni, 

ya’ni  singan  suyakni  qimirlab  ketmasligini  ta’minlashdan  iborat.  Buning  uchun  birinchi  galda 

singan suyakni ikki tomonidan shina yoki  taxta  qo‘yib, mahkam bog‘lab qo‘yish kerak. Qo‘lni 

gavdaga  siqib  bog‘lab  qo‘yish  ham  mumkin.  Umurtqa  pog‘onasi  shikastlanganda  bemomi 

ko‘ndalangiga shit yoki taxtaga yotqizib qo‘yib, „Tez tibbiy yordam“ni chaqirish lozim. 

9. 

Chaqqonlik  deb  nimaga  aytiladi?  Chaqqonlikni  rivojlantiruvchi  mashqlarni 



tushuntirib bering? 

Chaqqonlik - bu harakatni koordinatsiyalash, yangi harakatlami egallash, o’zgarib turuvchi sharoit 

talabiga  ko’ra  bir  harakatdan  ikkinchisiga  tezda  o’ta  olish  qobiliyatidir.  Chaqqonlik  murakkab 

gimnastika mashqlarini (erkin mashqlar, jihozlarda bajariladigan mashqlar, akrobatika) bajarishda, 

sport  o’yinlarida  suvga  sakrashda  va  chang’ida  yurishda,  balandlikka  sakrashda,  uloqtirishda, 

ayniqsa,  ko’proq  namoyon  bo’ladi.  Chaqqonlikni  rivojlantirish  uchun  shug’ullanuvchi  uchun 

yangilik va koordinatsion qiyinchilik dementi bo’lib ko’rinadigan har qanday jismoniy mashqdan 

foydalanish mumkin. 

10. 

Futbol o‘yini haqida (qachon, qayerda o‘ylab topilgan hamda о‘yin maydoni o‘lchami, 



to‘pining og‘irligi, aylanasi) yozing’ 

Futbol tarixi ham uzoq o‘tmishlarga borib taqaladi. Futbolga o‘xshash o‘yinlar eramizgacha Sharq 

va  antik  dunyo  davlatlarida  mavjud  bo‘lgan.  Futbol  —  inglizcha  ,,fut“  —  oyoq  va  ,,bol“  —  top 

so‘zlaridan  kelib  chiqqan.  Hozirgi  kundagi  futbol  qoidalari  100  yillardan  beri  o‘zgarishsiz  qolib 

kelmoqda. Futbol Yer  yuzida o‘ta sevimli va ommabop o‘yin hisoblanadi. Bu sport turi o‘zining 

oddiyligi  va  qulayligi,  o‘yinchilar  o‘z  mahorati  va  o‘zini  tutishlarini  namoyish  eta  olish  imkoni 

borligi bilan ishqibozlami jalb qiladi. 

Futbolda ikki jamoa 11 kishidan o'yinchi o‘ynaydi. Minifutbolda darvozabon bilan 4 — 8 kishi. 

0‘yin  chim  yotqizilgan  to‘g‘ri  to‘rtburchak  shakldagi  maydonda  o‘ynaladi.  Maydonning  uzunligi 

100 — 110 m, eni 69 — 75 metr (minifutbol maydonining uzunligi 18 — 50 m, eni 12 — 35 m) 

bo‘ladi. Ikki tomon darvozalaridan bir xil masofada maydon o‘rtasidan chiziq tortiladi va markaz 

belgilanadi. 

0‘yinchilar (darvozabondan tashqari) maydonda to‘pga qo‘l tekkizishlari mumkin emas. О‘yin 45 

daqiqadan ikki taym o‘ynaladi, o‘rtada 15 daqiqa tanaffus beriladi. Ikki taym davomida qaysi jamoa 



 

 

raqib darvozasiga ko‘proq to‘p kiritsa, o‘sha jamoa yutgan hisoblanadi. 



11. 

Yengil atletika nechta bo‘limga bo‘linadi va ularni sanab bering? 

„Atletika"  —  yunoncha  so‘z  bo‘lib,  bellashuv,  kurash,  mashq  ma’nolarini  anglatadi.  Qadim 

Yunonistonda kuch va chaqqonlik bo‘yicha bellashganlami atletlar deb nomlaganlar. Sportchilar 

mashqlarni  yengil  va  o‘z  xohishiga  ko‘ra  bajarganlar.  „Yengil  atletika“  atamasi  ham  shu  bilan 

bog‘liq ravishda vujudga kelgan bo‘lishi mumkin. Zamonaviy yengil atletika ham yuqoridagi sport 

turlari: yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va shu singari turlami qamrab olgan 

ko‘pkurashdan iboratdir. Qamrab olingan sport turlari hammabop bo‘lgani uchun Yer sharidagi 

millionlab odamlar yengil atletika bilan shug‘ullanmoqdalar 

12. 


Chidamlilik  deb  nimaga  aytiladi?  Chidamlilikni  rivojlantiruvchi  mashqlarni 

tushuntirib bering? 

Chidamlilik  -  organizmning  u  yoki  bu  harakat  faoliyatidan  toliqishga  bardosh  bera  olish 

qobiliyatidir.  Umumiy  va  maxsus  chidamlilik  farqlanadi.  Umumiy  chidamlilik  uzoq  vaqt 

davomida (masalan, davomli yurish, yugurish, suzish, kross yugurish, chang’ida yurish) o’rtacha 

sur’atda  tinimsiz  harakat  faoliyatiga  bardosh  berish  qobiliyatidir.  Maxsus  chidamlilik  esa 

muayyan faoliyatdagi chidamlilikdir. Sportda, masalan, tezkorlik va chidamlilik birikib keladigan 

(masalan,  qisqa  masofaga  yugurishda)tezkor  chidamlilik,  kuch,  chidamlilik  birikib  keladigan 

(masalan, cho’qqayishda, qo’lda tortilish, shtanga ko’tarish) kuch chidamliligi bo’lishi mumkin. 

O’rtacha  zo’r  berish,  jismoniy  mashqlar  (yurish,yurish-yugurish,  almashib  yugurish,  chang’ida 

uchish,  eshkak  eshish,  suzish,  arg’amchida  sakrash,  harakatli  va  sport  o’yinlari)  chidamlilikni 

o’stirishning vositalari bo’lib xizmat qiladi. 

13. 

Yugurish turlari va ularning bir-biridan farqi nimada? 



Ma’lum bo‘lishicha, yugurish sportning asosiy turi hisoblangan. Yengil atletikada qisqa masofaga 

(sprinterlik), ya’ni 60, 100, 200, 400 metrga; estafetali — 4 -100 m, 4 • 200 m, 4 • 400 m li masofaga; 

o‘rta va uzoq masofalarga, ya’ni 1000 m, 1500 m, 2000 m, 3000 m, 5000 m, 10000 m ga (stayerlik) 

yugurish; marafon (42 km 195 m) yugurish kabi yengil yugurish turlari mavjud. Bulardan tashqari, 

uzoq masofalarga (5 km dan 80 km gacha) ham yuguriladi. 

Mahalliy sharoitda yugurish kross yugurish deb yuritiladi. Yugurishni shartli ravishda quyidagi 

bosqichlarga bo‘lish mumkin: start, tezlanish, masofani o'tish, finish. 

14. 


Basketbol о‘ymining asosiy qoidalari. 

Basketbol 5 tadan o‘ymchilarga ega bo‘lgan ikki jamoaning to‘pni egallab olib, uni raqib savatiga 

tushirishga intilishidir. Eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘olib sanaladi. 0 ‘yin davomida to‘pni 

sherigiga oshirish, savatga taslilash yoki to‘p bilan uni yeiga urgan holda harakat qilish mumkin. 

Rasmiy  musobaqalar  28x15  m  li  maydonchada  o‘tkaziladi.  0‘yin  vaqti  o‘spirinlar  uchun  2x15 

daqiqa, o‘smirlar va qizlar uchun 2x18 daqiqa, kattalar uchun esa 4x10 daqiqa. Har 10 daqiqadan 

so‘ng  2  daqiqalik  tanaffus  mavjud.  0‘yin  davomida  jamoa  zaxiradan  xohlagancha  o‘yinchi 

almashtirishi, shuningdek, harbir bo‘limda (davrda) 2 daqiqalik tanaffusdan foydalanishi mumkin. 

0‘yin  maydonning  markaziy  aylanasida  ikki  jamoa  o'yinchilari  o‘rtasida  to‘p  tashlash  bilan 

boshlanadi. Bu paytda aylana ichiga boshqa o‘yinchilar kirishi mumkin emas. Savatga 6 metrli 

chegara tashqarisidan tushirilgan to‘p uchun 3 ochko, undan yaqin bo‘lgan masofadan tushirilgan 


 

 

to‘plar uchun 2 ochko, jarima to'pidan kiritilgan to'p uchun esa 1 ochko 



beriladi.  Himoyachilar  to‘pni  egallab  tuigan  va  uni  savatga  tashlayotgan  o‘yinchiga  raqib  jamoa 

o‘yinchilari tegmasliklari lozim (qo‘liga, gavdasiga va h. k.), buni hakamlar jiddiy kuzatib turishadi. 

To‘p  tashlayotgan  o‘yinchiga  tekkan  himoyachi  jarima  (fol)  bilan  jazolanadi  (jazo  о‘yin 

bayonnomasiga kiritiladi). 5 marta o‘yin qoidasini buzgan о ‘у in ch i maydonni tark etishga majbur 

bo‘ladi  va  maydonga  boshqa  qaytmaydi.  Qoida  buzilganda  jarima  to‘pi  belgilanadi  va  uni 

jabrlanuvchining  o‘zi  bajaradi  (agar  bajarishga  kuchi  yetsa).  Mabodo  o

£

yinchiga  nisbatan  qoida 



buzilsa-yu, to‘p savatga tushsa, u hisobga olinadi va yana bitta jarima to‘pi ham belgilanadi. Agar 

to‘p  tushmagan  boisa,  3  ta  jarima  to‘pi  belgilanadi.  0‘yin  qoidasiga  asosan,  to‘pni  maydon 

markazidan o‘tgandan keyin, ya’ni raqib zonasidan orqaga — o‘z zonangizga oshirishingiz mumkin 

emas. 


Bu  holatda  to‘p  raqiblaiga  olib  beriladi  va  ular  yon  chiziqdan  to‘pni  o‘yinga  kiritishadi.  To‘pni 

ushlab  olib  yugurish  mumkin  emas.  To‘p  bilan  faqat  2  qadam  tashlash  mumkin.  To‘pni  qo‘lda 

ushlab turgan holda siljish, joyda turib sakrash, uni ikki qo‘lda ushlab yeiga urish, yugurish, yugurib 

kelib  to‘xtagandan  keyin  yana  yugurishni  davom  ettirish  mumkin  emas.  Agar  to‘p  ikki  jamoa 

o‘yinchilarining  qo‘lidan  tashqariga  chiqib  ketgan  bo‘lsa,  u  holda  yon  chiziqdan  ikki  o‘yinchi 

o‘rtasida  bahsli  to‘p  o‘yinga  kiritiladi.  Agar  to‘p  yoki  to‘p  bilan  bo‘lgan  o‘yinchi  maydondagi 

chegaralangan chiziqdan tashqarini bossa, tashqaridagi buyumga yoki odamga tegib ketsa, hakam 

,,o‘yindan tashqari holat“ni bildiradi va ko‘rsatma beradi. Bu holatni aniqlash qiyin bo‘Isa, bahsli 

to‘p o‘yinga kiritiladi. To‘pni atayin oyoq bilan tepib yoki musht bilan urib yuborish man qilinadi. 

To‘p yon chiziq tomondan hakam hushtagi bilan o‘yinga kiritiladi. To‘p savatga aniq tushgandan 

so‘ng o‘yin boshlang‘ich chiziqdan boshlanadi. 

15. 


Jismoniy  sifatlari  va  uni  rivojlantirish  uslublariga  tushuncha  bering  Jismoniy  sifatlami 

(kuch,  tezlik,  chidamlilik,  egiluvchanlik,  chaqqonlik),  jismoniy  sifatlami  rivojlantimvchi 

alohida  mashqlami  bajarish  (arqonda  sakrash,  press,  chambaraklar  bilan  mashq  bajarish, 

qo‘llami bukib-yozish, tortilish, umbaloq oshish, kuraklarda tik turish va hokazo. Suvda suzish 

mashqlari nerv faoliyatini rivojlantiribgina qolmay, balki jismoniy sifatlaming oshishiga ham 

katta yordam beradi. 

16. 

Epchillik  deb  nimaga  aytiladi?  Epchillikni  rivojlantiriuvchi  mashqlarni  tushuntirib 



bering? 

Epchillik  -  bu  harakatni  koordinatsiyalash,  yangi  harakatlami  egallash,  o’zgarib  turuvchi  sharoit 

talabiga  ko’ra  bir  harakatdan  ikkinchisiga  tezda  o’ta  olish  qobiliyatidir.  Chaqqonlik  murakkab 

gimnastika mashqlarini (erkin mashqlar, jihozlarda bajariladigan mashqlar, akrobatika) bajarishda, 

sport  o’yinlarida  suvga  sakrashda  va  chang’ida  yurishda,  balandlikka  sakrashda,  uloqtirishda, 

ayniqsa,  ko’proq  namoyon  bo’ladi.  Chaqqonlikni  rivojlantirish  uchun  shug’ullanuvchi  uchun 

yangilik va koordinatsion qiyinchilik elementi bo’lib ko’rinadigan har qanday jismoniy mashqdan 

foydalanish mumkin. 

17. 

Olimpiya o‘yinlarining kelib chiqish tarixi. (MOQ, XOQ). 



OLIMPIADA  O'YINLARI  -  l)Yunonistonda  umumyunon  bayrami  va  musobaqalari  (2  g'ildirakli 

aravada  tez  yurish,  beshkurash,  mushtlashish  musobaqalari,  san'at  konkursi).  Mil.av.  776  y.dan 

boshlab milodiy 394 y.gacha har 4 yilda Olimpiya sh.da xudo Zevs sharafiga o'tkazilgan. Ana shu 4 

yillik davr Olimpiada deb atalgan. O'yinlar 5 kun davom etgan; 2) Yunonistonning O.o'.ni eslatuvchi 



 

 

jahon sport musobaqalari. 1896 y. (Olimpiadaning 1-yili) dan boshlab o'tkaziladi. O.o'.ni o'tkazish 



tartibi, qoidalari Olimpiya xartiyasida belgilab berilgan. Bu xartiyani zamonaviy olimpiya harakati 

asoschisi, frantsiyalik jamoat arbobi P'er de Kuberten (1863—1937) ishlab chiqqan. 1894 y. Parijda 

Xalqaro sport kongressi xartiyani tasdiqlagan (yangi tahriri 1999 y. qabul qilingan). O'yinlar Xalqaro 

Olimpiada  qo'mitasi  (XOQ)  tomonidan  tashkil  qilinadi.  O'yinlarda  musobaqalar  sportning  faqat 

olimpiya  turlari  bo'yicha  o'tkaziladi.  Olimpiya  sport  turi  xartiyaga  binoan  aniqlanib,  u  eng  keng 

tarqalgan (yozgi o'yinlaming erkaklar uchun sport turi 4 qit'aning kamida 75 davlatida va ayollar 

uchun  esa,  3  qit'aning  kamida  40  davlatida  tarqalgan)  bo'lishi  kerak.  Dasturga  yengil  atletika, 

gimnastika, suzish, og'ir atletika, kurash, boks, qilichbozlik, eshkak eshish, velosiped sporti, futbol, 

basketbol  musobakalari,  albatta,  kiritiladi.  Olimpiada  shiori  «Tezroq,  balandroq,  kuchliroq» 

O'zbekiston sportchilari O.o'.da 1952 y.dan buen (1992 y.gacha sobiq Ittifoq va MDH sportchilari 

jamoasi  tarkibida,  1996  va  2000  ylarda  mustaqil  davlat  vakillari  sifatida)  qatnashib  keladi. 

Olimpiada  harakatini  rivojlantirishdagi  alohida  xizmatlari  uchun  O'zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti I. A. Karimov XOQ tomonidan Olimpiada oltin ordeni b-n taqdirlangan (1996). 

18. 


Voleybol o‘yini haqida (qachon, qayerda va kim tomonidan o‘ylab topilgan hamda о‘yin 

maydoni o‘lchami, to‘pining og‘irligi, aylanasi) yozing’ 

Voleybol  1895-yilda  o’ylab  topilgan.  Amerika  Qo’shma  Shtatlarining  Massachusets  shtatidagi 

Geliaks kollejining jismoniy tarbiya o’qituvchisi Vilyam Morgan voleybol o’yinini kashf etdi. 0‘yin 

maydoni  (18-9m)  o‘rtasidan  ko‘ndalangiga  2—2,45  m  balandlikda  setka-to‘r  (eni  1  m)  tortiladi. 

Mashg‘ulotlar zal yoki ochiq havoda o‘tkazilishi ham mumkin. Ammo maydon atrofida turli xavfli 

narsalar:  to‘nkalar,  tunukalar  bo‘lmasligi  lozim.  Maydon  shundayjoyda  bo‘lishi  kerakki,  о‘yin 

chog‘ida  quyosh  nuri  ko‘zga  tushmasin.  Maydon  5  sm  kenglikdagi  chiziq  bilan  o‘raladi.  U  ham 

maydon sathiga kiradi. Maydon o‘rtasidagi chiziq uni ikkiga bo‘lib turadi. Har bir maydonchaning 

to‘g‘ri chizig‘i orqasidan to‘p o‘yinga iritiladi. 

0‘rta  chiziq  bo‘ylab  (chetki  chiziqdan  50—100  sm  uzoqlikda)  voleybol  ustunchalari  o‘matiladi. 

Ustunchada o‘g‘il bolalar uchun ilmoq balandligi 2 m 20 sm, qizlar uchun 2 m 10 sm; o‘smirlar 

uchun 2 m 35 sm, erkaklar uchun 2 m 43 sm, ayollar uchun 2 m 24 sm bo‘ladi.Voleybol to‘ri o‘rtadan 

tortiladi. To‘p bir xil rangda bo'ladi (zalda rang ochroq bo‘lgani ma’qul). Uning og‘irligi 270 — 280 

gramm bo‘ladi. 

19. 


Suzishning qanday usullarini bilasiz. 

Qulochkashlab „ krol“ usulida suzish — eng tez va keng tarqalgan sportcha suzish usulidir. Uning 

keng  tarqalishiga  yana  bir  sabab,  undan  suv  polosi,  sinxron  suzish,  ochiq  havzalarda  suzishda 

foydalaniladi.  Qulochkashlab  ko‘krakda  suzganda  gavda  gorizontal  holatda,  yuz  suv  yuzida 

bo‘lib,gavda erkin harakatlanadi. Oyoqlar erkin uzatilib bir tekis va tez navbatma-navbat balandga 

va  pastga  harakatlantiriladi.  Oyoqning  bir  tekis,  tinimsiz  harakati  harakat  texnikasini  yaxshi 

o‘zlashtirganlik belgisidir. Shuning uchun doimo taxta ustida yotib, faqat oyoqlami harakatlantirib 

suzish tavsiya qilinadi. Chalqancha yotib qulochkashlab suzish usulining o‘ziga xosligi shundaki, 

bunda  nafas  suv  ustida  olib,  chiqarilaveradi.  Chalqancha  yotib  qulochkashlab  suzishda  gavda 

gorizontal  holatda  bo‘ladi,  oyoqlar  ko‘krakda  qulochkashlab  suzgan  holatdagidek  harakatlanadi, 

ular erkin holatda suvga tezlik bilan, asosan, balanddan pastga bosim beradi. Qo‘llar havoda erkin 

harakat  qilib,  yuqoriga  va  yonga  cho‘ziladi,  suvga  yengil  tushiriladi,  suzishning  o‘rtasida  qo‘l 



 

 

bukiladi. Qo‘llar harakati tinimsiz takrorlanadi. 0‘ng qo‘l havoda bo‘lganda chap qo‘l suv ichida 



suzadi va hokazo’ 

20. 


Kurash  bilan  shug‘ullanishdan  oldin  qanday  jismoniy  tayyorgarlik  mashqlari 

bajariladi? 

Mashqlar  yakka  tartibda  bajariladigan,  juftlikda,  qo‘g‘irchoqda,  trenajorda  chorak  kuch  bilan, 

yarim kuch bilan, to‘la kuch bilan bajariladigan, raqib usullaridan himoyalanish mashqlaridan iborat. 

Tashlashlar va usullardan himoyalanishni mashqlarda o‘rganib olishdan awal „soya bilan kurashish“ 

ko‘rinishidagi usullami mashq qilib olish lozim. Masalan: 1. „Soya bilan kurashish“ usulini aloqasiz 

ifodalash  kerak:  oldinga,  orqaga,  chapga,  o‘ngga  qadam  tashlashlar  bilan.  Qadamlami  turli 

kenglikda, tezligi va maromini o‘lchab tashlash lozim (1 daqiqa). 

2. 

Holatni (baland, o‘rta, past) o‘zgartirib, aldamchi harakatlar va ushlab olishlami ko‘rsatgan 



holda turli tomonlarga harakatlanish (2 daqiqa). 

3. 


Ushlab  olish,  aldash,  muvozanatdan  chiqarish,  oyoqlar  bilan  harakatlanish,  tashlash, 

usullardan himoyalanish kabilami ifodalagan holda harakatlanishlar. 

4. 

Kiyimdan ushlagan holda muvozanatdan chiqarish, chalish yoki tashlashni (raqibga jarohat 



yetkazmagan  holda)  ifodalab  harakatlanish.  „Soya  bilan  kurashish“da  xohlagan  usulni  qo‘llash 

mumkin. 


21. 

“Alpomish  ”  ва  “Barchinoy”  maxsus  test  sinovlari  qachon  va  nima  maqsadda 

Respublikamizga joriy etildi hamda u o‘z ichiga necha yoshda bo‘lgan aholini qamrab 

oladi? 


0‘quvchilaming  jismoniy  tayyorgarligini  oshirishda  “Alpomish”  va  “Barchinoy”  maxsus 

testlardan  foydalanish  usullari  (texnologiyalari)  0‘zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim 

to‘g‘risida”gi  qonuni  (1997)  asosida  ta’limning  uzluksizligi  tizimida  ko‘p  bosqichli  (maktab, 

tuman-shahar viloyat va Respublika miqiyosi) “Umid nihollari” sport o‘yinlarining tashkil etilishi 

(ilk bor 2000 q. Toshkentda) xalq ta’limi sohasida katta burilish yasadi. Alpomish” va “Barchinoy” 

maxsus testlari nizomiga (1999 yil dekabr) ko‘ra testlar bilan shug‘ullanish va tayyorgarlik hamda 

talablami  bajarish  I  sinf  (6-7  yosh)  o‘quvchilaridan  boshlanadi.  Test  talablarini  bajargan 

o‘quvchilarga guvohnoma va nishonni topshirish rahbar tomonidan o‘z vaqtida amalga oshirilishi 

lozim.  Maxsus  testlaming  I  bosqichi  5  yoshdan  18  yoshgacha  boTgan  bolalar  va  o‘smirlarga 

mo‘ljallangan. 5-6 yoshlilar, 7-8 yosh, 9-10, 11-12, 13-14, 15-16 yoshvah 

22. 

Voleybol o‘yinining asosiy qoidalari. 



О‘yin biron-bir jamoaning to‘p uzatishidan boshlanadi ( awal jamoa sardorlari o‘rtasida qur’a 

tashlanadi).  To‘pni  uzatishga  5  soniya  ajratiladi.  Uzatishda  kaftdagi  to‘pga  urish  mumkin 

emas ( uni, albatta, yuqoriga otish zarur). Agar to‘p urayotgan o‘yinchi to‘pni yuqoriga otgach, 

u  gavdaning  biron  joyiga  tegsa  yoki  ushlansa,  to‘p  uzatilgan  hisoblanib,  u  raqib  jamoaga 

beriladi.  To‘p  urish  huquqini  qoTga  kiritgan  jamoa  o‘yinchilari  soat  millari  bo‘yicha  o‘rin 

almashadilar.  To‘p  o‘yinchilararo  oshirilganda  yoki  hujumkor  zarbda  to‘rga  tegsa,  xato 

hisoblanmaydi. 

Har  bir  jamoa  o‘z  maydonida  to‘pni  faqat  uch  marta  uradi,  xolos  (so‘ngra  raqib  tomonga 

yo‘naltirishi kerak). To‘pni gavdaning beldan yuqori har qanday a’zosi bilan urish mumkin. 

To‘pga qisqa va uzuq-yuluq tegish kerak. To‘siq qo‘yilgandan keyin jamoa uch zarb huquqiga 

ega. Raqib maydoni va to‘rga gavdaning har qanday a’zosi bilan tegish xato hisoblanadi. 


 

 

23. 



Yugurib kelib uzunlikka sakrashni bajarishda nechta faza amalga oshiriladi? 

0‘quvchilar  jismoniy  tarbiya  mashg‘ulotlarida  yugurib  kelib  uzunlikka  sakrash  mashqini 

bajaradilar.  Bu  yugurib  kelib  „oyoqlami  bukkan“  holda  uzunlikka  sakrash  bo  Tib,  u  oddiy  va 

hammaga  ma’qul  boTgan  mashq  turidir.  Uzunlikka  sakrashning  tarkibiy  qismlari  yugurish, 

depsinish, uchish va qo‘nish bo Tib, o‘zaro uzviy bogTiq, ajralmas va bir xilda muhimdir. 

24. 


Arqonga tirmashib chiqish usullari va ularni bajarish tartibi. 

Arqonga tirmashib chiqishning 2 usuli mavjud: 

Uchta harakat bilan tirmashib chiqish. QoTlami tepaga ko‘tarib, arqon mahkam ushlanadi. ,,Bir“ 

deganda  arqonga  osilib,  oyoqlami  tizzadan  bukib,  ko‘krak  tomon  tortiladi  va  oyoqlar 

chalishtiriladi. ,,Ikki“ deganda qoTlami bukib, oyoqlar bilan arqonni qattiq qisib olinadi. ,,Uch“ 

deganda oyoqlar bilan arqonni qisib olgan holda qoTlar bilan arqonni ketma-ket ushlab, tepaga 

tortilib harakatlaniladi. 

Ikki harakatda tirmashib chiqish. ,3ir“ deganda oyoqlami to‘g‘rilab, arqonni qoTlar bilan ushlab, 

ketma-ket  yuqoriga tirmashib chiqiladi. ,,Ikki“ deganda  yana oyoqlami tortib, arqonni mahkam 

siqib ushlanadi. Mashq shu tarzda davom ettiriladi. 

25. 

Kurash atama va iboralari, 15 ta usulni sanab bering’ Kurash jahon xalqlari ko'ngil 



to‘ridan joy oldi va ulaming leksikalarida ,,Ta’zim“, „Kurash", ,,Yonbosh“, ,,Halol“, ,,Chala“ kabi 

o‘zbek  so‘zlari  jaranglay  boshladi.  Kurashda  yelkadan  oshirib  tashlash,  oyoq  bilan  ilib  tashlash 

(chil), chalish, xavfsizlikni saqlash, himoya, qarshi hujum usullari va hokazo’ 

Chil usuli (ilib olgan holda tashlash). Chil kurash usullaridan bin bo‘lib, unda kurashchi bukilgan 

oyog‘i, panjasi, tovoni bilan raqib oyog‘ini ushlab turadi yoki o‘ziga tortadi. Kurashchi oyoqlarini 

tizzadan bukkan holda bukish joyini raqibning tizzasiga qo‘yadi, panjalari bilan ko‘targan holda uni 

raqib  oyog‘iga  olib  boradi  hamda  qo‘l  va  gavda  harakatlari  bilan  raqibni  gilamga  tashlaydi. 

Yonbosh. Raqibning qo‘li va belbog‘idan ushlagan holda oyoq yordamida siltab ko‘tarib (xoh o‘ng, 

xoh chap qo‘lda, o‘ng yoki chap tomonga) tashlash. Oyoqlar yordamida raqib oyoqlarini tashqi va 

ichki  tomondan  ko‘tarib,  yonboshni  amalga  oshirish  ham  mumkin.  Oyoqda  tashqi  tomondan 

supurma.  Oyoq  bilan  supurma  kurash  elementlaridan  biri  hisoblanib,  unda  kurashchi  oyoqlami 

tezkor silkitma harakat bilan raqib oyog‘iga, og‘irlik markazining pastrog‘iga qo‘yadi, qo‘llari va 

gavdasini  qarama-qarshi  tomonga  harakatlantiradi.  Oyoq  bilan  supurma  tashlashning  bir  qancha 

turlari  bor:  xohlagan  oyoqda  oldindan,  orqadan,  yondan  ilish,  bu  o‘z  oyog‘i  va  raqib  oyog‘ining 

qanday  turganiga  bog‘liq.  Farg‘onacha  (belbog‘li)  kurash  qoidalariga  ko‘ra  chalish  va  qoqish 

(supurma) man etiladi. 

26. 

Gandbol  o‘yini  haqida  (qachon,  qayerda  va  kim  tomonidan  o‘ylab  topilgan 



hamda o‘yin maydoni o‘lchami, to‘pining og‘irligi, aylanasi) yozing’ Gandbol maydoni 

20  •  40  m  dan  iborat  (mini-gandbol  maydoni  esa  9  •  18  dan  12  •  24  gacha)  bo‘ladi. 

Darvozaning hajmimini-gandbolda 1,80-2,70 metr bo‘ladi. Darvoza ikki xil rangga bo‘yaladi, 

oq va qora (yoki qizil va havorang). Darvoza maydoni 6 metr (yaxlit chiziq bilan belgilanadi), 

erkin to‘p urish chizig‘i 9 metr qilib belgilanadi (jarima to‘pi 7 metrdan uriladi). U darvoza 

to‘g‘risidagi 6 m li chiziqdan 1 metr narida joylashadi. Qizlar to‘pi yengilroq (250 — 280 gr), 

o‘g‘il bolalar to‘pi og‘irroq (424 — 475 gr) bo‘ladi. 


 

 

27. 



Yoleybol o‘yinida hujum va himoya taktikasi nimalardan iborat? 

Voleybol o‘yini ko‘proq hujum va himoya texnikasiga asoslanadi. 0‘yin paytida hujumda ham, 

himoyada ham turish va siljish, to‘pni uzatish va qabul qilib olish, to‘pni bir yoki ikki qo‘llab olish 

va  qaytarish,  to‘pni  to‘sish  kabilardan  foydalaniladi.  О  ‘yinchining  turishi  va  siljishi.  Voleybol 

o‘yini  davomida  o‘yinchi  maydon  bo‘ylab  harakatda  bo‘lib  siljiydi.  Maqsad—to‘pni  qabul  qilib 

olish  va  boshqa  usullar  bilan  uni  uzatishdir.  To‘pni  uzatish.  0‘yinni  davom  ettirish  maqsadida 

sherikka yoki raqib tomonga yuborilgan to‘pni o‘tkazish uzatish usuli hisoblanadi. To ‘pni ikki qo 

‘llab yuqoridan uzatish. Bu usul ancha keng tarqalgan. Uzatishdagi ishonchlilik va aniqlik uning 

muhim  tomonidir.  Dastlabki  holatda  о‘yinchining  oyoqlari  tizzalardan  bukiladi,  qo‘llari  oldinga 

chiqqan  (tirsaklar  partada  turgandek),  kaftlar  ichkariga  qaragan,  panjalar  tarang  holatda  bo‘ladi. 

To‘p  yaqinlashganda  oyoqlar  to‘g‘rilanadi  va  gavda,  qo‘llar  ko‘tariladi  va  to‘pni  qabul  qilishga 

tayyorlanadi. Qo‘l, gavda va oyoq harakatlari bir-biriga muvofiqlashadi. Bu esa to‘pni tegishli joyga 

yuborish  imkonini  beradi.  To  ‘pni  qabul  qilib  olish.  Bu  raqiblar hujumidan  keyin  o‘yinda  to‘pni 

saqlab  qolishdagi  himoya  usulidir.  To‘pni  pastdan  ikki  qo‘llab  qabul  qilib  olish  zamonaviy 

voleybolda asosiy usul hisoblanadi. U hujumni, kuchli zarbni yengil o‘tkazishda asosiy usuldir. To 

‘pni  ikki  qo  ‘llab  yuqoridan  qabul  qilib  olish  uncha  kuchli  kelmayotgan  to‘plarga  nisbatan 

qoTlaniladi, shuningdek, boshqa usullardan foydalanish noqulay bo‘lganda ham shunday qilinadi. 

To ‘pni bir qo ‘llab pastdan qabul qilib olish. Bu usulda aniqlik kam bo‘lsa-da, ba’zan qo‘llaniladi. 

To‘g‘rilangan qo‘l, qattiq siqilgan panjalar to‘pning yo‘lini to‘sadi (to‘p musht, kaft yoki bilaklar 

bilan uriladi). Bu harakatlarda oyoq qatnashmaydi. 

To ‘pni oshirish. To‘pni o‘yinga kiritish oshirish deb nomlanadi. Zarb uchun qulay boTgan qat’iy 

turish, yuqoriga otish, qoTni siltab to‘pni urish va to‘pni urgandan keyingi o‘yinchining harakatlari 

oshirishning asosiy xususiyatlari hisoblanadi 

28. 


“O‘zbekiston iftixorlari” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan 20 nafar sportchilarni sanab, 

sport  turlarini  aytib  bering.  "O’zbekiston  iftixori"  fahriy  unvoni  1998  yil  28  avgustdagi 

O'zbekiston  Respublikasi  Qonuni  bilan  ta'sis  etilgan.  Bu  unvon  O'zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  fannoniga  asosan  Jahon  chempionati,  Olimpiya  o'yinlari  va  boshqa  sport 

o'yinlarida chempion unvonini olgan va o'zini  yutuqlari bilan Vatan shon-shuhratini yuqori 

ko'targan  O'zbekiston  Respublikasi  fuqarolariga  beriladi.  Bu  unvonga  sazovor  bo'lganlar 

shaxmatchi  Rustam  Qosimjonov,  boksyor  Artur  Grigoryan,  Ruslan  Chagaev, 

Muhammadqodir  Abdullayev,  dyuzdo  va  o'zbek  kurashi  ustasi  Kamol  Murodov,  fristayl 

bo'yicha  jahon  chempioni  Lina  Cheryazova,  O'zbekistonda  futbolini  ommalashishiga  va 

rivojlanishiga hissa qo'shgan, 1994 yil Osiyo o'yinlari g’olibi Birodar Abdurayimov, futbolchi 

Mirjalol  Qosimov,  2010  yil  Osiyoda  yilning  eng  zo'r  xakami,  2015  yilda  Yilning  eng  zo’r 

hakami  deb  topilgan  Ravshan  Ermatov  va  boshqalar.  Artur  Taymazov  -  Erkin  kurash, 

O’tkirbek Haydarov - Boks, Akobir Qurbonov-Sambo, Kamol  Murodov- Dyuzdo, Bahrom 

Avazov  -  Milliy  kurash,  Timur  To’lyakov  -  boks,  Shuhrat  Xo’jayev-  Sambo,  Mahtumquli 

Mahmudov-kurash, Lazizbek Zokirov - Boks, Rishod Sobirov-Dzyudo. 

29. 


Shaxsiy  va  jamoat  gigiyenasi  qoidalariga  qanday  rioya  qilish  kerak?  “Sog‘lom 

turmush tarzi“ deganda nimani tushunasiz? 

Nima uchun ba’zi odamlar sovuqdan kasal boTishadi-yu, ba’zilar esa qahraton sovuqda ham yupqa 


 

 

kiyimda  yurishadi  va sovuq  suvda cho'milishadi?  Bu  haqda  hech  o‘ylab  ko‘rganmisiz?  Kimdir 



jazirama issiqda kun bo‘yi mehnat qlllshi mumkin, kimningdir 2—3 soatlik ishdan so‘ng oftobdan 

badani  kuyadi.  Sportda  badani  chiniqmagan  kishi  ozginajismoniy  ish  qilgandan  so‘ng  tezda 

toliqadi va o'zini yomon his eta boshlaydi. Issiq va sovuqqa, o'zgaruvchan nam havoga, jismoniy 

yuklamalarga chidamli boTish uchun gigiyena qoidalariga amal qilish, ilmiy asoslangan jismoniy 

yuklamalami muntazam bajarib borish muhimdir. Bu qoidalaming ko'pchiligini inson yoshligidan 

o'zlashtiradi.  Masalan,  ob-havoga  qarab  kiyinish,  tishlami  tozalash,  ovqatdan  oldin  va  keyin 

qoTlami yuvish va hokazolar. Shaxsiy gigiyenaning boshqa qoida va me’yorlari, ya’ni kun tartibi, 

dam olish hamda mehnatni to‘g‘ri yo‘lga qo'yish, ten va badanga o‘z vaqtida qarash, me’yorida 

uxlash  va  ovqatlanish,  ust-bosh  va  oyoq  kiyimga  qarash  kabilar  butun  hayotimiz  davomida, 

ta’lim-tarbiya jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan odatlardir. 

Kun  tartibi  doimiy  turish  vaqti,  ertalabki  gigiyenik  badantarbiya,  yuvinish,  nonushta  qilish, 

o‘qishga borish, tushlik qilish, uyga qaytish, kechki ovqat va dam olish, sport mashqlari va uy 

vazifasini  bajarish,  kechki  sayr  va  uyquga  ketishni  belgilaydi.  Kun  tartibiga  rioya  qilmaslik 

organizmning ishga sekin kirishishiga, o‘zini yomon his qilishlikka olib keladi, sportchilarda esa 

natijaning juda sekin sur’atda o‘sishiga sabab bo‘ladi 

30. 


Yugurish turlari va ularning bir-biridan farqi nimada? 

Ma’lum bo‘lishicha, yugurish sportning asosiy turi hisoblangan. Yengil atletikada qisqa masofaga 

(sprinterlik),  ya’ni  60,  100,  200,  400  metrga;  estafetali  —  4  100  m,  4  •  200  m,  4  •  400  m  li 

masofaga; о ‘rta va uzoq masofalarga, ya’ni 1000 m, 1500 m, 2000 m, 3000 m, 5000 m, 10000 m 

ga  (stayerlik)  yugurish;  marafon  (42  km  195  m)  yugurish  kabi  yengil  yugurish  turlari  mavjud. 

Bulardan tashqari, uzoq masofalarga (5 km dan 80 km gacha) ham yuguriladi. 

Mahalliy sharoitda yugurish kross yugurish deb yuritiladi. Yugurishni shartli ravishda quyidagi 

bosqichlarga bo‘lish mumkin: start, tezlanish, masofani o'tish, finish. 



Download 124.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling