9-sinf ona tili fanidan test savollari
Download 27.73 Kb.
|
9-sinf test
9-sinf ona tili fanidan test savollari 1. Qanday gaplar tarkibida bosh gaplar mavjud bo’ladi? A. Bog’langan qoshma gaplarda. B. Ergashgan qoshma gaplarda. C. Bog’lovchisiz qoshma gaplarda. D. Qo‘shma gaplarning barcha turlarida. 2. Ergash gapning qaysi turida bosh gapning kesimi ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalanadi? A. Ega ergash gaplarda. B. Kesim ergash gaplarda. C. Toldiruvchi ergash gaplarda. D. Natija ergash gaplarda. 3. Har kimki o'ziga ebtiyot bol’sa, birovni o’g’ri tutmas. A. Natija ergash gapli qo’shma gap. B. Sabab ergash gapli qo‘shma gap. C. Shart ergash gapli qo‘shma gap. D. Ega ergash gapli qo‘shma gap. 4. Quyidagi'gap ergash gapning qaysi turiga mansub? Xatolari, nuqsonlari ko‘p boisa ham ishdan chetlatlshmadi. A. Ergash gapli qo‘shma gap. B. Natija ergash gapli qo'shma gap. C. Sabab ergash gapli qo’shma gap. D. To'siqsiz ergash gapli qo'shma gap. 5. Ergash gapli qo'shma gapni aniqlang. A. Qayerda do'stlik bo’lmasa, shu yerda ishning rivoji ham bolmaydi. B. Muhabbat eski narsa, ammo har bir yurak uni yangilaydi. C. Orzular buyukdir, umrlar qisqa. D. Yo‘qolgan moddiy boylikning o'rnini toidirish mumkin, ma'naviy boylikdan judo bo’lish –ulug’ fojia. 6. Ega ergash gapli qo'shma gapni ko'rsating. A. Daraxini yer ko'kartiradi, odamni el ko‘kartiradi. B. Agar seni aldasa hayot, Sen noumid boim a hech qachon. C. Mirzakarim boy qishloqi jiyani bilan so'zlashishdan to‘xtagan bo’lsa ham, fikri yigitni o'rganish bilan mashg'ul edi. D. Kim mehnatni sevsa, u qadrli bo’ladi. 7. To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gapni aniqlang. A. U tarixchilar, shoirlar, adabiyotshunoslar, tabiblar, binokorlami o’z atrofiga yig‘di. B. Yigitlar yuzlarini bekitsa ham, qumlar yuzlariga qadalardi. C. Odaiim shu: chala ishni yomon koraman. D. Uydagilar nimani buyursa, shuni bajar. 8. Aniqlovchi ergash gapli qo'shma gapni belgilang. A. Sevgi shunday navbahorki, U tikandin gul qilur. B. Biz istaymiz: barcha ellar bir-biriga yaqinroq bo‘lsin. C. Oq, pushti, sarg’ish, qip-qizil gullarga qara, dilimiz yayraydi. D. Do'stlarning haq so’zi achchiq bo’lsa ham, aqlli odam uni shirin so’zdan ustun qo'yadi. 9. To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan? A. Odamlarda insof, iymon, e,tiqod, mulkka egalik huquqi bo’lsa, jinoyatga o‘rin qolmaydi. B. Baytni oqib berganimda, uni hech kim sharh qilolmadi. C. Mol ketsa ketsinki, bosh ketmasin. D. Hunar yoddan chiqmaydi, lekin nozik tomonlari unutiladi. 10. Payt ergash gapli qo'shma gapni aniqlang. A. Saida bir lahza nafasi ichiga tushib, noqulay ahvolda qoldi. B. Agar odamlar chekmay qo’ysalar rak kasali uch hissa, yurak kasali to’rt hissa kamaygan bo’lardi. C. Inson o‘zi haqida qanchalik kam o'ylasa, u shunchalik baxtliroqdir. D. Bo‘ron bo’ls a, zo’r dengizlar chayqalar. 11. Qaysi qatordagi birik tiruvchi vosita payt ergash gapli qo'shma gapga xos emas? A. -gach, -guncha. -may. -(i)b qo'shimchalari, ravishdosh. B. - da kelishik qo'shimchasi bilan qo’llangan sifatdosh. C. -dan qo'shim chali sifatdoshdan keyin buyon, bari, so'ng, keyin kabi so'zlar. D. -gan qo'shimchali sifatdoshdan keyin, uchun, tufayli kabi ko'makchilar. 12. Javoblaming qaysi birida ravish ergash gapli qo'shma gap berilgan? A. Oftob tegmay, olma pishmas. B. Vaqtlar o'tishi bilan ba'zi adabiy shakllar o’z umrini tugatadi. C. Yuragi hovliqib, k o ‘chaning u boshidan bu boshiga necha m arta borib keldi. D. Er kishini qo’llasa el, iqbol quvar izidan. 13. O'xshatish ergash gapli qo'shma gapni toping. A. Katta orzu amalga oshmagani uchun Navoiy qattiq qayg'urdi. B. Yigit kishining boshi egilguncha, ho'kizning shoxi sinsin. C. Boshda aql bo’lmasa, oyoqda tinim yo’q D. Odam qancha ulg‘aysa, tashvishlari ham shuncha ko‘payadi. 14. Maqsad ergash gapli qo'shma gap berilgan qatomi toping. A. Yo’lchining ko'ngli quvonch bilan to la, chunki Gulnor yonida edi. B. Maqsad aniq bolmasa, hech bir ishni ko'ngildagidek bajarib bo’lmaydi. C. Adirlarga qip-qizil gilam yoyilgandek, lolalar chaman bo’lib ochilib yotibdi. D. Tol ekdim suv bo‘yiga. Soya salqin bolsin deb. 15. Sabab ergash gapli qo‘shma gapni loping. A. Nonni e’zozlasang, el e’zozlaydi. B. Bola bir narsa chaqib oldimi, birdan g'ingshib qoldi. C. Kimning do‘sti ko‘p bo’lsa, uning nomi yoyiladi. D. Xullas, Yassaviyning xulosalari shuki, nafs- ichki, lekin juda katta dushman. 16. Shart ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang. A. Biliming osmonga yetgan bo’lsa ham, Boshqalar ilmiga quloq sol har dam. B. Dutor chalib o‘tirsam, tori uzilib ketdi. C. Qayerda ahillik bo’lsa, shu yerda baraka bor. D. Mehnat qilsang, baxling ochiladi. 17. Shart ergash gapli qo‘shma gap bo’lmagan qatomi toping. A. Hamma bir-birining fikriga qo‘shilaverganda, hech qanday taraqqiyot bo’lmas edi. B. O'zgalar g'amini chekmasa odam. Unga noloyiqdir inson degan nom. C. Agar kasallik bo’lmaganda edi, kishi sog’lik qadrini bilmagan bo’lar edi. D. O ftob qanchalik bo‘lsa ham ravshan. Bir parcha bulut ham bekitar ba’zan. 18. Natija ergash gapli qo’shma gapni toping. A. Uning vujudini shunday xursandchilik egallab olgan ediki, u hatto azob-uqubatlarini ham yodidan chiqardi. B. Yerlar loy bo'ldi, chunki hozirgina do'l yog'ib o'tdi. C. Do'stlaring harqancha ko'p bo'lsa-da, dushman orttirma. D.Kimning ruhi tushsa. u albatta vengiladi. 19. Bosh gapda qo‘llanmagan to'ldiruvchini izohlab kelgan to'ldiruvchi ergash gap qaysi qatorda berilgan? A. Biz shuni yaxshi anglaymizki, o'z izzati va qadrini bilgan inson millat ajratmaydi. B. Bilib qo'yki, seni vatan kutadi. C. Chaqimchidan qo'rqqin, chunki uning bir soatda buzgan ishini bir yilda ham tuzatib bo'lmaydi. D. Sen tabiatga to'pponchadan o'q uzsang, tabiat senga to'pdan o’q uzadi. 20. Berilgan gap ergash gapning qaysi luriga mansub? U menga shunday kuch bo‘lib tuyuldiki, bu kuch oldida o'lim ham, dushman ham ojiz. A. Ega ergash gapli qo'shma gap. B. Kesim ergash gapli qo'shma gap. C. Natija ergash gapli qo'shma gap. D. Aniqlovchi ergash gapli qo'shma gap. 21. Quyidagi gap ergash gapning qaysi turiga mansub? Oftob toblanib tursada, yomg'ir yog'moqda edi. A. Sabab ergash gapli qo'shma gap. B. Shart ergash gapli qo'shma gap. C. To'siqsiz ergash gapli qo'shma gap. D. Payt ergash gapli qo'shma gap. 22. Quyidagi gap ergash gapning qaysi turiga mansub? Bizning turmushimiz unga yoqmadi, shuning uchun men rozi bo‘lmayman. A. Natija ergash gapli qo'shma gap. B. Maqsad ergash gapli qo'shma gap. C. Shart ergash gapli qo'shma gap. D. Sabab ergash gapli qo'shma gap. 23. Mening jismim tirik bolsa ham, qalbim o'lik edi. Ushbu gap ergash gapli q o 'sh m a gapning qay biriga mansub? A. Sabab ergash gapli qo'shma gap. B. Maqsad ergash gapli qo'shma gap. C. Shart ergash gapli qo'shma gap. D. To'siqsiz ergash gapli qo'shma gap. 24. Bosh gapda qo'llanmagan to'ldiruvchini izohlab kelgan to'ldiruvchi ergash gapli qo'shma gapni toping. A. Shuni bilingki. moshkichirining yaxshisi, palovdan a'lo! B. Kun issiq edi, shuning uchun cho'milgani ketishdi. C. Ona biladiki, endi har nahor, Butun vatan bo'ylab to'lishar bahor. D. Yo'qlama tugasa ham, ro'yhatdan nomi chiqmadi. 25. Payt ergash gapli qo'shma gapni toping. A. Esing boride, etagingni yop. B. Ming yil chaqmoq chaqsa ham, ulkan tog' gerdayib turaveradi. C. Q ayerda g'o'zaga asalari ko'p yopishsa, o'sha yerda paxta hosili mo'l bo'ladi. D. Quyoshning jamoli yer yuzini yoritganiday, ilm ham qalblarni yoritadi. Download 27.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling