9-sinf. Ona tili I chorak


Download 21.6 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi21.6 Kb.
#1304341
Bog'liq
9-sinf ona tili chorak test


9-sinf. Ona tili


I chorak

1.O’zbek tili til oilalarining qaysi turiga mansub?


A. Xom-som C. Xitoy-tibet
B. Turkiy D. Hind-yevropa
2. Nuqtalar o‘rniga mos kelishik qo‘shimchalarni qo‘ying.
Yaxshi tarbiya ko‘rgan odam … xislatlari … biri shuki, bunday odam o‘z faoliyati… boshqalar…bir qadam oldin o‘tsa, darrov orqaga qaraydi, sheriklari … yordam qo‘li … uzatadi, safi … kengaytirib, yangi g‘alaba … ko‘zlaydi.
A. 3 o‘rinda tushum, 1 o‘rinda qaratqich, 1 jo‘nalish, 1 o‘rin-payt. 2 o‘rinda chiqish.
B. 1 o‘rinda qaratqich 2 o‘rinda chiqish, 2 o‘rinda o‘rin- payt , 2 o‘rinda jo‘nalish.
C. 2 o‘rinda qaratqich, 2 o‘rinda tushum, 2 o‘rinda jo‘nalish
D. Barcha o‘rinda faqat jonalish va o‘rin-payt kelishigi qo’shimchasi.
3. Kesim tuzilishiga ko’ra necha xil bo’ladi?
A 2 xil, fe’l kesim, ot kesim
B. 2 xil, sodda kesim, murakkab kesim
C. 2 xil, juft kesim, qo’shma kesim
D. 2 xil, sodda kesim, ot kesim
4. Fe’lli so‘z birikmasi qaysi qatorda?
A. Ertakni tinglab C. O’qigan bola
B. Guldan nozik D. B va c javoblar to’g’ri
5. So’z birikmasi berilgan qatorni toping.
A. Erta bahor C. Ukam uchun
B. Men o’qidim D. Imzo chekmoq
6. Buvimning hikoyasini zavq bilan tinglardik.Ushbu gapdagi ” zavq bilan” birligi qanday gap bo`lagi vazifasida kelgan?
A.To`ldiruvchi C. Sabab holi
B.Aniqlovchi D. Ravish holi
7. Onam,opam va singlim bilan mehmonga bordim.Qaysi gap bo`lagi uyushgan?
A.Ega C. Ot
B.To`ldiruvchi D.Aniqlovchi
8. Qismlarining qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanishiga ko'ra qo'shma gap nechaga bo'linadi?
A. 4 B. 3 C. 2 D. 5
9. Bog 'langan qo' shma gap qismlari qaysi vositalar orqali bog 'lanadi?
A. Bo'lsa, esa, va C.-sa,-ki,-u
B.-u,-yu.-da D. A,B
10.Biriktiruv bog 'lovchisi qo 'shma gapning qanday munosabatlarda bo'lgan qismlarini bog'lab keladi?
A. Payt, sabab-natija B. Payt, sabab-maqsad
C. Shart, holat, natija D. O'rin,payt,natija
11. Zidlov munosabatli bog'langan qo'shma gap berilgan qatorni toping.
A.Termometr hamshiraning qo'lidan tushib ketdi-yu, bir tomchi simob yaltirab polga dumaladi.
B.Inobat qizishib ketib, pisandaga o'tganini endi payqadi-yu, uyalib yerga qaradi.
C.Oradagi masofa yirog' -u, mehr bizni bog' lab turardi.
D.Gulchehra "piq" etib kuldi-da, cho'zilib tugunni oldi.
12. Chunki, negaki, toki vositalari ergashgan qo’shma gapning qaysi gapi tarkibida keladi?
A. Ergash gapda C. Muallif gapida
B. Bosh gapda D. B va C
13. Bosh gapga agar bog’lovchisi yordamida bog’langan ergash gap bosh gapning qanday ma’nosini ifodalaydi?
A. Payt C. O’rin
B. Shart D. Sabab
14. Qaysi javobda kesimlik belgisining miqdori bitta bo'lgan gap berilgan?
A. Haqiqiy do'stlarning sadoqati boshga ish tushganda bilinadi.
B. Odamlar siz bilan dardini yoki quvonchini o'rtoqlashsa, diqqat bilan tinglang.
C. Odamning turli fe'l-atvorli do'stlari bo'ladi, hammasi bilan fe'liga, tabiatiga qarab, yaxshi muomala qilish zarur.
D. G'ayratlining yuragi qaynar, G'ayratsizning yuragi o'ynar.
15. Zidlov bog'lovchilari qo'shma gaplarning qaysi qismida keladi?
A. Birinchi qism boshida C. Ikkinchi qism boshida
B. Birinchi qism oxirida D. Ikkinchi qism oxirida
16. -u (-yu), -da yuklamalari zidlov bog'lovchilari o'rnida kelganida qo'shma gap qismlari orasida qanday munosabatlar mavjudligini ko'rsatadi?
A. Zidlash va ketma-ketlik C. Zidlash va inkor
B. Zidlash va tenglik D. Zidlash va bir paytda bo'lganlik
17. Ayiruv bog'lovchilari qo'shma gap qismlarini bog'lash bilan birga yana qanday vazifalarni bajaradi?
A. Qo 'shma gap qismlarida ifodalangan voqea-hodisalardan faqat birining roy berishini
B. Qo'shma gap qismlarida ifodalangan voqea-hodisalarning navbat bilan yuz berishini
C. Qo'shma gap qismlarida ifodalangan voqea-hodisalarning bir paytda roy berishini D. A, B.
18. Ayiruv bog'lovchilaridan qaysi biri ham yakka, ham takror holda qo'l lanishi mumkin?
A. Bir, yo C. Yo, yoki
B. Ba 'zan, yoki D. Dam, goh
19. Qismlari ergashtiruvchi bo’g’lovchilar yordamida bo’g’langan qo’shma qanday qo’shma gap hisoblanadi?
A. Bog'langan qo'shma gap C. Ergashgan qo'shma gap
B. Bog'lovchisiz qo'shma gap D. Murakkab qo'shma gaplar..
20.Bog 'lovchi vazifasidagi vositalarni toping.
A. Bo'lsa, esa, deb, -sa C. -u,-yu,-da,-ki
B. Nisbiy so'zlar, shuning uchun D. A,B,C
21. Qo’shma gap deb nimaga aytiladi?____________________________________________________________________________________________________________________________________________________
22. Qo’shma gap turlarini yozing.
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
23. Qanday bog’lovchilarni bilasiz?
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
24. Bog’langan qo’shma gapga misol keltiring.
­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­_______________________________________________________________________
25. Biriktiruv bog’lovchilarini sanang.
_____________________________________________________________________________
Download 21.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling