9-sinf ona tili monitoring testi
Download 24.15 Kb.
|
9-sinf ona tili monitoring testi 2-variant
9-SINF ONA TILI MONITORING TESTI 2-VARIANT 1. Qaysi so‘zlarda qator kelgan undoshlar til oldi jarangli undoshlardan iborat? A) sabr, hukm, darz B) darz, davr, fayz C) zulm, fayz, farzand D) farzand, darz 2. So’z birikmasi berilgan qatorni toping. A. Erta bahor B. Men o’qidim C. Ukam uchun D. Imzo chekmoq 3. Quyida berilgan qo’shma so’zlardan qay biri ajratib yoziladi? A)xom//semiz B)besh//kokil C)bir//zum D)umum//davlat 4. Quyidagi qaysi fe’llarga –q qo’shimchasi qo’shib so’z yasalganda tovush o’zgarishi ro’y bermaydi? A)og’rimoq, ilimoq, qavimoq; B)sovimoq, sasimoq, qayramoq; C)sanamoq, isimoq, taramoq; D)qaynamoq, charchamoq, bo’yamoq 5. Izohlovchi berilgan gapni toping A)Muhandis Rustamov B)Ko’rganni eshitgan yengibdi C) Sen yaxshisan D) Izohlanmish bor 6.Javоblarning qaysi birida uyushiq bõlaklar kеngaygan birikmalar qõshilmasi bilan ifоdalangan? A) Õquvchilar maktab bоg‘ida va хõjalik õrikzоrida yеtilgan õriklarni tеrdilar. B) Õquvchilar va õqituvchilar õrik va оlmalarni tеrdilar. C) Õquvchilar bargak qilish uchun yaraydigan va pishib yеtilgan õriklarni tеrdilar. D) Ichkaridagi va tashqaridagi gilоs daraхtlari qiyg‘оs gullagan. 7. Lablari tabassum bilan ochilib, uning ichki sirini ... bu she’rni yaxshi bilishini va yoqtirishini sezdirib qo‘ydi. Tushirib qoldirilgan tinish belgini aniqlang. A)vergul B)ikki nuqta C)tire D)nuqtali vergul 8. To’g’ri yozilgan so’zlarni aniqlang. A)temiryo’l, jigarrang, tim qora B)kunbotar, kuyganyor, qaynota C)Yangiobod, anashu, Bodomqovoq D)poyafzal, o’rinbosar, Oltinko’l 9. Quyidagi qaysi gapda so'z qo'llash bilan bo‘g‘liq xato mavjud? A) Mazkur xabarni eshitgach saroyga butun arkoni davlat yig'ilgan. B) Raqs kechasida, ya’ni ballda qizlar sochlariga band taqib olishlari lozim. C) Bahor kelib, qaldirgo'chlar yana yangi uy qura boshladi. D) Mo‘g‘ul lashkarlari Jaloliddinni ta’qib qilib yeta olmadi. 10. Misol uchun, tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat, mehr-shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur ma’no-mazmuni bilan boyitadigan va to‘ldiradigan iboralarni olaylik. Ushbu gapda fe’lning qaysi vazifa shakli orttirma nisbat qo‘shimchasini olgan? A) sof fe’l B) harakat nomi C) sifatdosh D) ravishdosh 11. IZTIROB so’zining ma’nosi to’g’ri berilgan qatorni toping. A. Iltifot, marhamat, oliyjanoblik B. Ruhan ezilish, siqilish holati; ruhiy azob C. So‘z yoki gapni bir necha ma’noda ishlatishga asoslangan so‘z o‘yini; qochirim D.Shon-sharaf hissi 12. Kiritmali gapni toping. A)Xayriyat, vaqtida yetib keldik B)O’zim muhandisman C)Lolaning ko’ziga yosh keldi D)Odam borki,odamlarning naqshidir 13.–in qo‘shimchasi qaysi qatordagi so‘zlarga qo‘shilsa, sifat yasovchi hisoblanadi? A) to‘k, yuv B) ek, yig‘ C) yog‘, art D) sog‘, to‘k 14. Men bilgan yovuz kishilar u yerda bor, shuning uchun men bormayman. Berilgan gap qismlarining qanday bog‘lovchi yordamida bog‘langanini aniqlang. A)shart mayli vositasida B)ergashtiruvchi bog‘lovchi yordamida C)nisbiy so‘zlar D)ko‘makchili qurilma yordamida 15. Biriktiruv bog 'lovchisi qo 'shma gapning qanday munosabatlarda bo'lgan qismlarini bog'lab keladi? A. Payt, sabab-natija B. Payt, sabab-maqsad C. Shart, holat, natija D. O'rin,payt,natija
Download 24.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling