9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan


Download 0.69 Mb.
bet49/79
Sana03.06.2024
Hajmi0.69 Mb.
#1841777
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   79
Bog'liq
9-Sinf O‘zbekiston tarixi mavzu.1325

11-Qo'qon xonligining bosib olinishi (57)

Savollar va javobi


1. Rossiya imperiyasi…..yillarida harbiy istilochilik yo’li bilan Qo’qon xonligining bir qismini bosib oldi.
 XIX asrning 50-60-yillari
2. Kaufman qachon Qo’qon xoni bilan shartnoma tuzdi?
 1868-yil
3. Qachon Qo’qon xonligida ko’plab qo’zg’alonlar bo’lib o’tdi?
 XIX asrning 70-yillari
4. Po’latxon qo’zg’aloni qachon avj oldi?
 1875-yilning bahorida
5. Po’latxonning haqiqiy ismi kim?
 Mullo Is’hoq Mullo Hasan o’g’li
6. Qo’qon xoni Xudoyorxon Po’latxon qo’zg’alonini bostirish uchun kim boshchiligida qo’shin yubordi?
 A va B
7. Xudoyorxonning qo’zg’alonchilar tomoniga o’tgan o’g’li kim edi?
 Nasriddinbek
8. Abdurahmon Oftobachi va Iso avliyolar qachon qo’zg’alonchilar tarafiga o’tib ketdi?
 1875-yil 17 iyul
9. Xudoyorxon qachon Kaufmandan yordam so’rab murojat qildi?
 1875-yil 20 iyul
10. Qo’qonda Nasriddinbekni siqib chiqarib, hokimiyatni qo’liga olgan shaxsni aniqlang.
 Po’latxon
11. Xudoyorxonning ukasi va II-o’g’li ham qo’zg’alonchilar tomoniga o’tib ketgach, xon panoh istab qayerga boradi?
 Toshkent
12. Xudoyorxonning ukasi va II-o’g’li ham qo’zg’alonchilar tomoniga o’tib ketgach, xon panoh istab Kaufmanning huzuruga borgach Kaufman uni qayerga jo’natadi?
 Orenburg
13. Xudoyorxon Orenburgdan…..orqali Makkga boradi?
 Hindiston
14. Xudoyorxon Makkadan qaytib kelayotganida kasalga chalinib 1882-yilda ….da vafot etdi?
 Afg’oniston
15. Xudoyorxon taxtni tark etganidan so’ng uning o’rniga kim xon bo’ldi?
 Nasriddinbek
16. Nasriddinbek qachon taslim bo’lib Kaufman bilan shartnoma imzoladi?
 1875-yil 22-sentyabr
17. Nasriddinbek taslim bo’lgach, tuzilgan Namangan bo’limiga kim boshliq etib tayinlandi?
Skobelev
18. Nasriddinbek va Kaufman o’rtasidagi 1875-yil 22-sentyabrda tuzilgan shartnoma bandlari xato berilgan javobni toping.
 Qo’qon Rossiyaga 3 mln rubl tovon to’ladi
19. Po’latxon boshliq qo’zg’alonchilarning asosiy kuchi qaysi shaharda joylashgan edi?
 Andijon
20. Po’latxon qo’zg’alonini bostirish uchun kim boshchiligidagi qo’shin Andijonga hujum boshladi?
 Skobelev
21. Andijon shahri qachon ruslar tomonidan qiyinchilik bilan egallandi?
 1876-yil yanvar
22. General Skobelev qachon Andijonga yurish boshladi?
 1875-yilning oktyabr oyi boshlari
23. Quyidagi javobning tog’risini belgilang.
 1876-yil yanvarda uyishtirilgan II-hujum natijasida Andijon qiyinchilik bilan egallandi
24. Rossiya imperiyasi Skobelev boshchiligidagi qo’shini 1875-yil 18-oktyabrida qayerga joylashdi?
 Namangan
25. Mustamlakachi rus qo’shinlariga qarshilik harakatlari Namanganda qancha vaqt davom etdi?
 1 oy
26. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang.
 rus podsho hukumati harbiy qo’shini 2 kun davomida Namangan shahri qal’asida turdi
27. Qachon podsho hukumatining Qo’qon xonligi tugatilganligi to’g’tisida farmoni e’lon qilindi?
 1876-yil 19 –fevral
28. Qo’qon xonligining hududida Turkiston general-gubernatorligiga qarashli qanday viloyat tashkil qilindi?
 Farg’ona
29. Farg’ona viloyati gubernatori qilib kim tayinlandi?
 Skobelev
30. Qaysi voqeadan keyin Rossiya imperiyasi O’rta Osiyoga istilochilik yurishining III-bosqichi yakunlandi?
 Farg’ona vodiysining bo’ysundirilishi
31. Ruslarning O’rta Osiyoni bosib olishining IV-bosqichi kimlarga qarshi qaratildi?
 Amudaryo va Kopettog’ oralig’idagi Qoraqum sarhadlaridagi turkmanlarga qarshi qaratildi
32. Angliya qachon Afg’oniston hududining bir qismini bosib olib, O’rta Osiyoga yo’l ochdi?
 1879-yil iyul
33. Qachon Lazerev boshchiligidagi qo’shin turkmanlar ustiga jo’natildi?
 1879-yil iyul
34. Ruslarning turkmanlar ustiga qarshi II-yurishi qachon va kim tomonidan boshlandi?
 1880-yil may-Skobelev
35. 3 oy davom etgan janglar davomida ruslar tomonidan turkmanlarning qaysi qal’asi bosib olindi?
 Go’ktepa
36. Ruslar tomonidan turkmanlarning batamom bo’ysundirilishi qachongacha davom etdi?
 1885-yil
37. Ruslar turkmanlar qal’asi Go’ktepani necha oy qamal qilib qo’lga kiritdilar?
 3 oy
38. 1879-yil iyulda Lazerev boshchiligidagi harbiy qo’shin qayerdan turkmanlar ustiga jo’natildi?
 Krasnovodsk
39. Rossiya va Eron o’rtasidagi chegaralar qachon belgilandi?
 1881-yil
40. Qaysi voqeadan so’ng Rossiya va Eron o’rtasidagi chegaralar belgilandi?
 turkmanlarning asosiy qal’asi bo’ysundirilganidan so’ng
41. O’rta Osiyoda ruslar tomonidan istilo qilingan hududlarda qaysi viloyatlar tashkil qilinib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi?
 Sirdaryo, Yettisuv, Farg’ona, Samarqand, Kaspiyorti
42. Qayerdagi qo’zg’alon podsho hukumati qo’shinlari tomonidan bostirilganidan so’ng, Rossiya va Xitoy chegaralari ham belgilandi?
 Sharqiy Turkistonning Ili o’lkasidagi
43. O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinguncha bo’lgan Rossiya imperiyasi qal’alari asos solingan sanalari xato berilgan javobni toping.
 Oqmola-1831
44. O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinguncha bo’lgan Rossiya imperiyasi qal’alari asos solingan sanalari xato berilgan javobni toping.
 Karkaralinsk-1828
45. O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinguncha bo’lgan Rossiya imperiyasi qal’alari asos solingan sanalari xato berilgan javobni toping.
 Ulitov-1847
46. Novo-Aleksandrovsk istehkomi qachon tashkil qilingan?
 1834-1846-yillarda
47. Quyidagi hududlarning II-nomlari xato berilgan javobni toping.
 Embinsk-Elba
48. Quyidagi hududlarning II-nomlari xato berilgan javobni toping.
 Oqmachit-Oqo’rda
49. Quyidagi hududlarning II-nomlari xato berilgan javobni toping.
 Panda-Paxtabozor
50. Quyidagi hududlarning II-nomlari xato berilgan javobni toping.
 Chimkent-Ayagoz
51. Rus qo’shinlari 1860-1866, 1875-1876-yillarda qaysi xonlikka yurish qildi?
 Qo’qon
52. Rus qo’shinlari 1866-1868-yillarda qaysi xonlikka yurish qildi?
Buxoro
53. Rus qo’shinlari 1873-yilda qaysi xonlikka yurish qildi?
 Xiva
54. Rus qo’shinlari 1877-1881-yillarda qaysi hududga yurish qildi?
 turkmanlar
55. Rus qo’shinlari tomonidan 1860-yilgacha bosib olingan hududlar xato berilgan javobni toping.
 Suzak
56. Rus qo’shinlari tomonidan 1860-1870-yillarda bosib olingan hududlar xato berilgan javobni toping.
 Serdar
57. Rus qo’shinlari tomonidan 1860-1870-yillarda bosib olingan hududlar xato berilgan javobni toping.
 Kushka



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling