9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan


Download 0.69 Mb.
bet60/79
Sana03.06.2024
Hajmi0.69 Mb.
#1841777
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79
Bog'liq
9-Sinf O‘zbekiston tarixi mavzu.1325

23-Qoraqalpoqlar Turkiston general-gubernatorligi tarkibida (25)

Savollar va javobi


1. Qachon va qayerda chiqqan gazetada “Bu xalqning asosiy va birdan bir hunari dehqonchilikdir, mehnatsevarlik sharofatidan qoraqalpoq yerlari yaxshi sug’oriladi va hech qayerda hatto chig’ir bilan ko’tariladigan joylarda ham suv taqchilligi sezilmaydi” so’zlari yozilgan?
 1868-yil Rossiyada
2. Gandimiyon shartnomasidan keyin qayerda joylashgan qoraqalpoqlar yashaydigan yerlari Rossiya imperiyasi tarkibiga qo’shib olindi?
 Amudaryoning o’ng qirg’og’i
3. Amudaryo bo’limi turkiston general-gubernatorligiga kiruvchi qaysi viloyat tarkibida tashkil qilingan?
 Sirdaryo
4. Gandimiyon shartnomasidan keyin Xiva xonligi tarkibida qolgan qoraqalpoqlar joylashgan hududni aniqlang.
 Amudaryoning chap qirg’og’i
5. Amudaryo bo’limida qoraqalpoqlar soni qancha edi?
 70 ming
6. Rossiyadan Amudaryo bo’limiga ko’chib kelganlar soni qancha edi?
 1 ming
7. Rossiyadan Amudaryo bo’limiga ko’chib kelib yashagan aholi hududlari xato berilgan javobni aniqlang.
Chimboy shahri
8. Ural kazaklari asosan qaysi soha bilan shug’ullanishgan?
 baliqchilik
9. Ural kazaklari qachon va nima sababdan Amudaryo bo’limiga surgun qilingan?
 1875-armiya to’g’risidagi yangi nizomga bo’ysunmagani uchun
10. Xiva xonligi hududida qoraqalpoqlar qancha kishini tashkil etar edi?
 25 ming
11. Xiva xonligi hududida qoraqalpoqlar necha %ni tashkil etar edi?
 3,8 %
12. Amudaryo bo’limi va Xiva xonligi tarkibida yashovchi qoraqalpoqlarning qancha qismi yersiz dehqonlar bo’lib, ular asosan yollanib mehnat qilishar edi?
 70 %
13. Qoraqalpoqlarda Tovar-pul munosabatlarni rivojlantirib yuborgan sabablarni aniqlang.
 qoraqalpoqlar yashab turgan hududga Rossiya kapitalining kirib kelishi
14. Qoraqalpoqlarda qaysi sohalarda dastlabki sanoat korxonalari paydo bo’ldi?
 paxta tozalash va baliqchilik
15. Qaysi davrda qoraqalpoqlarda savdo-sotiq munosabatlari rivojlanib bordi?
 XIX asrning 70-yillari
16. XIX asrning 70-yillarida qoraqalpoqlarning qaysi shahrida aholi yashaydigan tumanlarni iqtisodiy jihatdan birlashtirgan shahar bozori vujudga keldi?
Chimboy
17. Qoraqalpoq dehqon va hunarmandlari bozor bo’ladigan kunlarda o’z mahsulotlarini sotish uchun qayerga borishgan?
 Chimboy
18. Rossiya imperiyasini Xiva xonligining asosiy iqtisodiy markazlari bilan bog’lagan shahar qaysi?
 Chimboy
19. 1914-yilda qoraqalpoqlar yashaydigan hududlarda xizmat ko’rsatish sohalari xato berilgan javobni aniqlang.
 1 ta universitet tashkil qilingan edi
20. 1 tanob qanchaga teng?
 2500 kv,m
21. Qoraqalpoqlarda ayrim biylar, yuzboshilar, mulla va eshonlarning yer-mulklari qancha bo’lgan?
 15 ming tanob
22. Qoraqalpoqlarda oddiy xalq tomorqalari qancha bo’lgan?
 1-2 tanob
23. Qachongi ma’lumotga ko’ra qoraqalpoqlarda urug’ning aksariyat oddiy a’zolari chorvaga ega bo’lishmagan?
 1871-1872-yillarda
24. Qoraqalpoqlarning boy-badavlat a’zolari yordam sifatida o’z qarindoshlariga yerni hosilning teng yarmi-……..sharti bilan berishardi?
 jarmshi
25. 1871-1872-yil ma’lumotlariga ko’ra urug’ning ayrim boylari qancha qoramol va qo’y-qo’ziga ega bo’lishgan?
 ming bosh qoramol va 1,5 ming qo’y-qo’zi



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling