9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan


Download 0.69 Mb.
bet62/79
Sana03.06.2024
Hajmi0.69 Mb.
#1841777
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   79
Bog'liq
9-Sinf O‘zbekiston tarixi mavzu.1325

25-Jadidchilik harakatining vujudga kelishi (42)

Savollar va javobi


1. XIX asrning II-yarmidan kimlar Turkiston xalqi orasida ilg’or g’oyalarni tarqatishda maorif tizimini asosiy vosita deb bildilar?
ziyolilar
2. Qachondan boshlab Turkistonda ma’rifatparvarlik harakati vujudga keldi?
 XIX asrning II-yarmi
3. XIX asrning II-yarmidan mustamlaka zulmi ostidagi …..lar o’z xalqlarini ma’rifatli qilish va ularning taraqqiyot darajasini ko’tarishga qaratilgan harakatlarni boshladilar?
 ziyolilar
4. XIX asrning II-yarmida Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan qaysi hududlarda o’z xalqini ma’rifatli qilish g’oyalari tarqala boshlandi? 1.Qrim 2.Kavkazorti 3.Turkiston 4.Xiva 5.Buxoro 6.Qozoqlar yeri 7.Dog’iston 8.Boshqirdiston 9.Checheniston 10.Asetiya 11.Yoqutiston
 1,2,3,4,5
5. Butun turkiy xalqlar o’rtasida yoyilgan jadidchilik harakatining asoschisini aniqlang.
 Ismoil Gaspirali
6. Ismoil Gaspirali yashagan yillarni aniqlang.
 1851-1914
7. Ismoil Gaspirali qachon va qayerda I-jadid maktabiga asos soldi?
 1884-Qrimdagi Bog’chasaroyda
8. I.Gaspirali o’zi tuzgan dastur asosida 40 kun ichida qancha o’quvchining savodini chiqardi?
 12 ta
9. « «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh » asarining muallifi kim ?
 Ismoil Gaspirali
10. 1888-yilda …..
 I.Gaspirali “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh” asarini chop qildirdi
11. I.Gaspiralining xat-savod chiqarish usuli qanday ataladi?
 barcha javoblar to’g’ri
12. I.Gaspiralining “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh” asarida bayon bayon etilgan ta’lim tizimini ko’rsating. 1.ta’lim tizimi 2.dars o’tish 3.darsning tashkil qilinishi 4.zamonaviy ta’lim metodlari 5.o’quv xonalarining jihozlanishi 6.maktablarda o’tkaziladigan har xil tadbirlar 7.dars jadvali 8.ta’tillar 9.kundalik daftar 10.imtihonlar
 1,2,3,5,7,8,10
13. Jadid so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
 arabcha-yangi
14. Jadidlar musulmon xalqlarining maktab va madrasalarida yoshlarga o’qitilishi zarur deb topilgan fanlar xato berilgan javobni aniqlang.
 fiqh, falakiyot
15. Turkiston o’lkasida millat istiqbolini o’ylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning qaysi tabaqalarida mavjud edi?
 barcha javoblar to’g’ri
16. Jadidchilik g’oyalarining yoyilishida qaysi gazeta katta o’rin tutgan?
 “Tarjimon”
17. 1893-yilda…..
 Buxoro amirligida I-yangi usul maktabi ochildi
18. 1910-yilda O’rta Osiyolik jadid ma’rifatparvarlarining eng kichigi kim edi?
 Cho’lpon 13 yoshda
19. 1910-yilda O’rta Osiyolik jadid ma’rifatparvarlarining eng kattasi kim edi?
 Behbudiy 36 yoshda
20. O’rta Osiyoda taraqqiyparvarlik harakatining rivojlanishi necha bosqichda bo’ldi?
 2
21. O’rta Osiyo jadidchilik harakati qaysi yilga kelib o’zining II-bosqichi siyosiy ko’rinishdagi harakatga aylandi?
 1917
22. O’rta Osiyodagi milliya taraqqiyparvarlik harakati hududiy xususiyatlarga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
Turkiston, Xiva,Buxoro jadidlari
23. O’rta Osiyo taraqqiyparvarlik kuchlari qachon shakllangan?
 XX asr boshlari
24. Turkiston jadidchiligining asosiy tarkibini kimlar tashkil qilishgan?
 ziyolilar
25. Buxoro jadidchiligining asosiy tarkibi kimlardan iborat edi? 1.ziyolilar 2.mayda do’kondorlar 3.o’qituvchilar 4.hunarmandlar 5.savdogarlar 6.katta mulkdorlar 7.dehqonlar 8.chorvadorlar 9.mardikorlar
 1,2,3,4,5
26. O’rta Osiyodagi qaysi jadidchilik ayrim mutaasib mullalar, yangilik va islohotlarni xush ko’rmaydigan qadimchilar oqimi qarshiligiga uchradi?
 Buxoro
27. Qachondan boshlab Buxoro jadidchilik harakati tashkiliy tus olib, siyosiy tashkilot sifatida shakllana boshladi?
 1910
28. Qachondan Buxoro taraqqiyparvarlari vaziyatga tanqidiy yondashib, ichki boshqaruv tizimi zamon talablariga javob bermasligini, mehnatkash xalqning turmush darajasi nihoyatda past ekanligini chuqur anglay boshladilar?
 XX asr boshlari
29. Xiva xonligida jadidchilik necha oqimga bo’lingan?
 2
30. Xivada jadidchilikning o’ng oqimiga kim rahbarlik qilgan?
 bosh vazir Islomxo’ja
31. Xivada jadidchilikning so’l oqimiga kim rahbarlik qilgan?
qozikalon Bobooxun Salimov
32. Xivadagi jadidlarning o’ng oqimi o’z oldiga qanday g’oyalarni maqsad qilib qo’ydi?
 mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda islohotlar o’tkazilishini
33. Xivadagi jadidlarning so’l oqimi o’z oldiga qanday g’oyalarni maqsad qilib qo’ydi?
 yangi usul maktablarini tashkil qilish orqali xalq ommasining siyosiy faolligiga erishish
34. 1898-yilda…..
 Qo’qon shahrida Salohiddin domla II-jadid makltabini ochdi
35. 1899-yilda Andijonda kim jadid maktabini ochdi?
Shamsiddin domla
36. 1899-yilda Toshkentda kim jadid maktabini ochdi?
 Mannon qori
37. O’rta Osiyodagi I-jadid maktabi qachon va qayerda ochildi?
 1893-Buxoro
38. O’rta Osiyodagi II-jadid maktabi qachon va qayerda ochildi?
 1898-Qo’qon
39. Andijon va Toshkentda qachon jadid maktabiga asos solindi?
 1899
40. O’rta Osiyoda jadid maktablariga asos solgan shaxslar xato berilgan javobni aniqlang.
 I.Gaspirali
41. Qaysi hududda milliy ziyolilarning harakati Turkiston o’lkasiga nisbatan og’ir ijtimoiy sharoitda yuzaga keldi?
 Buxoro
42. Insonlarning bilimi va tafakkurini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya bu….
maorif



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling