9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana09.10.2020
Hajmi1.76 Mb.
#132978
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI


 
 
10-Xiva xonligi ustidan Rossiya imperiyasi protektorati o'rnatilishi (26) 
Savollar va javobi 
1. Rossiya Xiva xonligiga qarshi harbiy yurishga necha yil tayyorgarlik ko’rdi? 
 5 yil 
2. Xivada A.Bekovich Cherkasskiy qo’shini qachon mag’lubiyatga uchradi? 
 1717-yil 
3. 1839-yilda kimning qo’shini Xivaga yetib borolmay orqaga qaytib ketdi? 
 Perovskiy 
4. Qaysi xonlikni bosib olish Rossiya imperiyasi uchun Amudaryoni qo’lga kiritish huquqini berar 
edi? 

 
 Xiva 
5. Rossiya Xivani bosib olib, Amudaryoni egallagach suvdan foydalanish imkoniyatlari xato 
berilgan javobni toping. 
 kuchli daryo floti tuzish 
6. Rossiya qaysi xonlikni bosib olish uchun 5 yil tayyorgarlik ko’rdi? 
 Xiva 
7. Rossiyaning Xiva xonligiga hujum okruglari xato berilgan javobni toping. 
 janubda-Krasnodar 
8. Rossiyaning Xiva yurishida ishtirok etgan qo’shin tarkibi xato berilgan javobni toping. 
 12 mingga yaqin askar 
9. Rossiyaning Xiva yurishiga kim boshchilik qildi? 
 Kaufman 
10. Xiva xonligini bosib olish uchun rus qo’shini-Toshkent, Orenburg, Mang’ishloq, 
Krasnovodskdan qachon deyarli bir vaqtda yo’lga chiqdi? 
 1873-yil fevral 
11. Xivani bosib olish uchun yo’lga chiqqan harbiy qo’shin bir qismining orqaga qaytib ketishi 
sabablari xato berilgan javobni toping. 
 Rossiya imperatorining chekinish haqidagi buyrug’i 
12. Quyidagi xato ma’lumotni toping. 
 Xivaga rus qo’shinlarining 8 mingi yetib borgan 
13. Rus qo’shinlari 1873-yil may oyida Xiva xonligining qaysi shaharlarida janglar olib borishdi? 
1.Hazorasp 2.Qo’ng’irot 3.Xo’jayli 4.Mang’it 5.Xiva shahri yaqini 6.Xonqa 7.Qiyot 8.Kegayli 
 1,2,3,4,5 
14. Rus hukumatining asosiy qo’shinlari qachon Xivaga yetib keldi? 
 1873-yil may oyi o’rtalari 
15. Rus qo’shinlarining Xivaga qarshi I-hujumiga kim boshchilik qildi? 
 Veryovkin 
16. Rus qo’shinlarining Xivaga qarshi I-hujumi tafsilotlari xato berilgan javobni toping. 
 hujumga boshchilik qilgan Chernyayev yarador bo’ldi 
17. Rus qo’shinlariga qachon Xivaning Hazorasp darvozasi ochib berildi? 
 1873-yil 29-may 
18. Xiva xonligi poytaxtining egallanish sababini ko’rsating. 
 Hazorasp darvozasining dushmanlarga ochib berilishi 
19. Gandimiyon shartnomasi qachon imzolandi? 
 1873-yil 12-avgust 
20. Gandimiyon shartnomasini kimlar imzoladi? 
 Kaufman va Muhammad Rahimxon II 
21. Qaysi shartnomadan so’ng Xiva xoni mustaqil ravishda dunyo, hatto yaqin qo’shnilari bilan 
ham aloqa o’rnatish imkoniyatidan ham mahrum etildi? 
 Gandimiyon 
22. Gandimiyon shartnomasi bandlari xato berilgan javobni aniqlang. 
 rus savdogarlarining xonlikda erkin yurishi, boj to’lovlarsiz savdo-sotiq qilishi ta’qiqlandi 
23. Daryolar sohilida qayiqlar, kemalar to’xtaydigan, maxsus jihozlangan joy-bandargoh-ruscha-
kelib to’xtamoq degan ma’noni anglatuvchi atama? 
 pristan 
24. Gandimiyon shartnomasi bandlari xato berilgan javobni aniqlang. 
 shartnomadan keyin Xiva xonligi hududi 4 baravar qisqardi 
25. Mag’lub davlatning g’olib davlat foydasiga to’lagan pul tovoni bu…… 
 kontributsiya 
26. Rossiya qo’shinlarining Xivaga hujumdan o’tgan okruglar mos keladigan javobni toping. 
1.g’arb 2.shimol 3.sharq 4.janub a.Mang’ishloq b.Orenburg c.Turkiston d.Krasnovodsk 
 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
 

 
 
11-Qo'qon xonligining bosib olinishi (57) 
Savollar va javobi 
1. Rossiya imperiyasi…..yillarida harbiy istilochilik yo’li bilan Qo’qon xonligining bir qismini 
bosib oldi. 
 XIX asrning 50-60-yillari 
2. Kaufman qachon Qo’qon xoni bilan shartnoma tuzdi? 
 1868-yil 
3. Qachon Qo’qon xonligida ko’plab qo’zg’alonlar bo’lib o’tdi? 
 XIX asrning 70-yillari 
4. Po’latxon qo’zg’aloni qachon avj oldi? 
 1875-yilning bahorida 
5. Po’latxonning haqiqiy ismi kim? 
 Mullo Is’hoq Mullo Hasan o’g’li 
6. Qo’qon xoni Xudoyorxon Po’latxon qo’zg’alonini bostirish uchun kim boshchiligida qo’shin 
yubordi? 
 A va B 
7. Xudoyorxonning qo’zg’alonchilar tomoniga o’tgan o’g’li kim edi? 
 Nasriddinbek 
8. Abdurahmon Oftobachi va Iso avliyolar qachon qo’zg’alonchilar tarafiga o’tib ketdi? 
 1875-yil 17 iyul 
9. Xudoyorxon qachon Kaufmandan yordam so’rab murojat qildi? 
 1875-yil 20 iyul 
10. Qo’qonda Nasriddinbekni siqib chiqarib, hokimiyatni qo’liga olgan shaxsni aniqlang. 
 Po’latxon 
11. Xudoyorxonning ukasi va II-o’g’li ham qo’zg’alonchilar tomoniga o’tib ketgach, xon panoh 
istab qayerga boradi? 
 Toshkent 
12. Xudoyorxonning ukasi va II-o’g’li ham qo’zg’alonchilar tomoniga o’tib ketgach, xon panoh 
istab Kaufmanning huzuruga borgach Kaufman uni qayerga jo’natadi? 
 Orenburg 
13. Xudoyorxon Orenburgdan…..orqali Makkga boradi? 
 Hindiston 
14. Xudoyorxon Makkadan qaytib kelayotganida kasalga chalinib 1882-yilda ….da vafot etdi? 
 Afg’oniston 
15. Xudoyorxon taxtni tark etganidan so’ng uning o’rniga kim xon bo’ldi? 
 Nasriddinbek 
16. Nasriddinbek qachon taslim bo’lib Kaufman bilan shartnoma imzoladi? 
 1875-yil 22-sentyabr 
17. Nasriddinbek taslim bo’lgach, tuzilgan Namangan bo’limiga kim boshliq etib tayinlandi? 
 Skobelev 
18. Nasriddinbek va Kaufman o’rtasidagi 1875-yil 22-sentyabrda tuzilgan shartnoma bandlari xato 
berilgan javobni toping. 
 Qo’qon Rossiyaga 3 mln rubl tovon to’ladi 
19. Po’latxon boshliq qo’zg’alonchilarning asosiy kuchi qaysi shaharda joylashgan edi? 
 Andijon 
20. Po’latxon qo’zg’alonini bostirish uchun kim boshchiligidagi qo’shin Andijonga hujum 
boshladi? 
 Skobelev 
21. Andijon shahri qachon ruslar tomonidan qiyinchilik bilan egallandi? 

 
 1876-yil yanvar 
22. General Skobelev qachon Andijonga yurish boshladi? 
 1875-yilning oktyabr oyi boshlari 
23. Quyidagi javobning tog’risini belgilang. 
 1876-yil yanvarda uyishtirilgan II-hujum natijasida Andijon qiyinchilik bilan egallandi 
24. Rossiya imperiyasi Skobelev boshchiligidagi qo’shini 1875-yil 18-oktyabrida qayerga 
joylashdi? 
 Namangan 
25. Mustamlakachi rus qo’shinlariga qarshilik harakatlari Namanganda qancha vaqt davom etdi? 
 1 oy 
26. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang. 
 rus podsho hukumati harbiy qo’shini 2 kun davomida Namangan shahri qal’asida turdi 
27. Qachon podsho hukumatining Qo’qon xonligi tugatilganligi to’g’tisida farmoni e’lon qilindi? 
 1876-yil 19 –fevral 
28. Qo’qon xonligining hududida Turkiston general-gubernatorligiga qarashli qanday viloyat 
tashkil qilindi? 
 Farg’ona 
29. Farg’ona viloyati gubernatori qilib kim tayinlandi? 
 Skobelev 
30. Qaysi voqeadan keyin Rossiya imperiyasi O’rta Osiyoga istilochilik yurishining III-bosqichi 
yakunlandi? 
 Farg’ona vodiysining bo’ysundirilishi 
31. Ruslarning O’rta Osiyoni bosib olishining IV-bosqichi kimlarga qarshi qaratildi? 
 Amudaryo va Kopettog’ oralig’idagi Qoraqum sarhadlaridagi turkmanlarga qarshi qaratildi 
32. Angliya qachon Afg’oniston hududining bir qismini bosib olib, O’rta Osiyoga yo’l ochdi? 
 1879-yil iyul 
33. Qachon Lazerev boshchiligidagi qo’shin turkmanlar ustiga jo’natildi? 
 1879-yil iyul 
34. Ruslarning turkmanlar ustiga qarshi II-yurishi qachon va kim tomonidan boshlandi? 
 1880-yil may-Skobelev 
35. 3 oy davom etgan janglar davomida ruslar tomonidan turkmanlarning qaysi qal’asi bosib olindi? 
 Go’ktepa 
36. Ruslar tomonidan turkmanlarning batamom bo’ysundirilishi qachongacha davom etdi? 
 1885-yil 
37. Ruslar turkmanlar qal’asi Go’ktepani necha oy qamal qilib qo’lga kiritdilar? 
 3 oy 
38. 1879-yil iyulda Lazerev boshchiligidagi harbiy qo’shin qayerdan turkmanlar ustiga jo’natildi? 
 Krasnovodsk 
39. Rossiya va Eron o’rtasidagi chegaralar qachon belgilandi? 
 1881-yil 
40. Qaysi voqeadan so’ng Rossiya va Eron o’rtasidagi chegaralar belgilandi? 
 turkmanlarning asosiy qal’asi bo’ysundirilganidan so’ng 
41. O’rta Osiyoda ruslar tomonidan istilo qilingan hududlarda qaysi viloyatlar tashkil qilinib, 
Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi? 
 Sirdaryo, Yettisuv, Farg’ona, Samarqand, Kaspiyorti 
42. Qayerdagi qo’zg’alon podsho hukumati qo’shinlari tomonidan bostirilganidan so’ng, Rossiya 
va Xitoy chegaralari ham belgilandi? 
 Sharqiy Turkistonning Ili o’lkasidagi 
43. O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinguncha bo’lgan Rossiya imperiyasi qal’alari asos 
solingan sanalari xato berilgan javobni toping. 
 Oqmola-1831 
44. O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinguncha bo’lgan Rossiya imperiyasi qal’alari asos 

 
solingan sanalari xato berilgan javobni toping. 
 Karkaralinsk-1828 
45. O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinguncha bo’lgan Rossiya imperiyasi qal’alari asos 
solingan sanalari xato berilgan javobni toping. 
 Ulitov-1847 
46. Novo-Aleksandrovsk istehkomi qachon tashkil qilingan? 
 1834-1846-yillarda 
47. Quyidagi hududlarning II-nomlari xato berilgan javobni toping. 
 Embinsk-Elba 
48. Quyidagi hududlarning II-nomlari xato berilgan javobni toping. 
 Oqmachit-Oqo’rda 
49. Quyidagi hududlarning II-nomlari xato berilgan javobni toping. 
 Panda-Paxtabozor 
50. Quyidagi hududlarning II-nomlari xato berilgan javobni toping. 
 Chimkent-Ayagoz 
51. Rus qo’shinlari 1860-1866, 1875-1876-yillarda qaysi xonlikka yurish qildi? 
 Qo’qon 
52. Rus qo’shinlari 1866-1868-yillarda qaysi xonlikka yurish qildi? 
 Buxoro 
53. Rus qo’shinlari 1873-yilda qaysi xonlikka yurish qildi? 
 Xiva 
54. Rus qo’shinlari 1877-1881-yillarda qaysi hududga yurish qildi? 
 turkmanlar 
55. Rus qo’shinlari tomonidan 1860-yilgacha bosib olingan hududlar xato berilgan javobni toping. 
 Suzak 
56. Rus qo’shinlari tomonidan 1860-1870-yillarda bosib olingan hududlar xato berilgan javobni 
toping. 
 Serdar 
57. Rus qo’shinlari tomonidan 1860-1870-yillarda bosib olingan hududlar xato berilgan javobni 
toping. 
 Kushka
 
 
12-Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-ma'muriy boshqaruvi (43) 
Savollar va javobi 
1. S.M.Duxovskoy qaysi yillarda Turkiston general-gubernatori bo’ldi? 
 1898-1901 
2. “Turkiston o’lkasi boshqa o’lkalarga nisbatan tarixiy o’tmishi, etnografik xususiyatlarini hisobga 
olgan holda alohida e’tibor berilishini talab qiladi” so’zlari kimga tegishli? 
 Duxovskoy 
3. Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so’ng Aleksandr II qachon “Turkiston viloyatini 
idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom”ni tasdiqlaydi? 
 1865-yil 6-avgust 
4. Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so’ng Aleksandr II tasdiqlagan “Turkiston 
viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom”ning bandlari xato berilgan javobni toping. 
 boshqaruv xalq qo’liga o’tadi 
5. Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so’ng Aleksandr II tasdiqlagan “Turkiston 
viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom”ga ko’ra boshqaruv kimlar qo’liga o’tadi? 
 harbiy zobitlar 
6. Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so’ng Aleksandr II tasdiqlagan “Turkiston 
viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom”ga ko’ra viloyat bo’limlarga bo’linib, ularning 

 
boshliqlari bir vaqtning o’zida kim hisoblangan? 
 harbiy komendant 
7. “O’lkada eng kichik boshqaruv ham harbiy boshliqlar qo’lida bo’lgan” so’zlari kimga tegishli? 
 Palen 
8. Qaysi yillarda senator Palen Turkiston o’lkasini podsho topshirig’I bilan taftish qilgan? 
 1908-1910 
9. Mahalliy aholi vakillariga ruslar tomonidan boshqaruvning eng quyi bosqichlaridagi lavozimlar 
berilgan.Bular qaysilar? 1.volost boshliqlari(mingboshilar) 2.qishloq oqsoqollari 3.ovul boshliqlari 
4.qozi 5.biy va ularning yordamchilari 6.yoshulli 7.qishloq oqsoqoli 8.hokim 9.uyezd boshlig’i 
 1,2,3,4,5 
10. Volost boshliqlarini ko’rsating. 
 mingboshi 
11. Rus hukumatining o’lkadagi katta vakolatlarga ega bo’lgan ijrochi organini aniqlang. 
 general-gubernatorlik devoni 
12. Quyidagi xato javobni toping. 
 uchastkalarni uchastka pristanlari boshqargan 
13. Turkistonda rus yuqori organlari nazoratida bo’lgan mahalliy aholi vakillaridan iborat 
quyi…..saqlanib qolgan. 
 boshqaruv organlari va soliq tizimi 
14. Rossiya imperiyasining dastlab boshqaruv sohasida katta o’zgarishlar qilmagan sabablarni 
aniqlang. 
 A va B 
15. Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi quyi boshqaruvni saqlab qolishi sabablari xato berilgan 
javobni ko’rsating. 
 boshqaruv tizimida faoliyat olib boruvchi kadrlarning yetarliligi 
16. 1867-yilgi “Nizom” loyihasiga asosida o’troq aholi ….ga birlashtirilgan. 
 oqsoqoliklarga 
17. 1867-yilgi “Nizom” loyihasiga asosida chorvador aholi ….ga birlashtirilgan. 
 B va C 
18. 1867-yilgi “Nizom” loyihasiga asosida tashkil qilingan har bir oqsoqollik ….dan iborat bo’lgan. 
 100-200 xonadon 
19. 1867-yilgi “Nizom” loyihasiga asosida tashkil qilingan har bir ovul ….dan iborat bo’lgan. 
 100-200 o’tov 
20. Rossiya imperiyasining markaziy rayonlaridan O’rta Osiyoga aholi ko’chirib kelib 
joylashtirildi.Bundan maqsad………. 
 mahalliy aholini ruslashtirish 
21. “Shahar nizomi” qachon va qayerda joriy qilingan? 
 1877-Toshkent 
22. 1877-yilda joriy qilingan “Shahar nizomi”ga ko’ra shahar boshqaruvi…..ga o’tgan. 
 Duma 
23. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang. 
 shaharning 80 ming aholisidan 21 ta deputat, 3900 nafari asosan ruslardan iborat aholidan 47 
deputat qatnashgan 
24. Yangi “Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi Nizom” qachon va qaysi rus imperatori 
tomonidan tasdiqlandi? 
 1886-yil 12-iyul-Aleksandr III 
25. 1886-yil 12-iyulda Aleksandr III tomonidan qabul qilingan yangi “Turkiston o’lkasini idora 
qilish to’g’risidagi Nizom” ni qabul qilishdan asosiy maqsad…… 
 A va B 
26. 1886-yil 12-iyulda Aleksandr III tomonidan qabul qilingan yangi “Turkiston o’lkasini idora 
qilish to’g’risidagi Nizom” ga muvofiq Zarafshon okrugi qaysi viloyatga aylantirildi? 
 Samarqand 

 
27. 1886-yil 12-iyulda Aleksandr III tomonidan qabul qilingan yangi “Turkiston o’lkasini idora 
qilish to’g’risidagi Nizom” ga muvofiq Samarqand viloyati tarkibiga kiritilgan uyezdlarni 
ko’rsating. 1.Xo’jand 2.Jizzax 3.Kattaqo’rg’on 4.Samarqand 5.Andijon 6.Namangan 7.Toshkent 
 1,2,3,4 
28. 1886-yil 12-iyulda Aleksandr III tomonidan qabul qilingan yangi “Turkiston o’lkasini idora 
qilish to’g’risidagi Nizom” ga muvofiq Amudaryo bo’limining bir qismi qaysi viloyatga o’tkazildi? 
 Sirdaryo 
29. 1886-yil 12-iyulda Aleksandr III tomonidan qabul qilingan yangi “Turkiston o’lkasini idora 
qilish to’g’risidagi Nizom” ga muvofiq Qurama uyezdi qanday uyezdga aylantirildi? 
 Toshkent 
30. Turkiston general-gubernatorligining umumiy maydoni qancha bo’lgan? 
 1,7 mln kv.km 
31. Turkiston general-gubernatorligining aholisi qancha bo’lgan? 
 5,2 mln 
32. Turkistondagi o’zbeklar va tub aholining 1897-yildagi sonini aniqlang. 
 5 mln 
33. Turkistondagi o’zbeklar va tub aholining 1911-yildagi sonini aniqlang. 
 6 mln 
34. Turkistondagi rus aholisining umumiy soni ukrainlar va beloruslarni ham qo’shib hisoblaganda 
1897-yildagi sonini aniqlang. 
 197 ming 
35. Turkistondagi rus aholisining umumiy soni ukrainlar va beloruslarni ham qo’shib hisoblaganda 
1911-yildagi sonini aniqlang. 
 400 ming 
36. 1886-yildagi “Nizom”ga muvofiq Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy boshqaruvi 
yangi idora……bilan to’ldirilgan. 
 Turkiston general-gubernatorligining Kengashi 
37. Turkiston general-gubernatorligining Kengashi doimiy a’zolari xato berilgan javobni toping. 
 Turkiston uyezdi pristavi 
38. Rossiya imperiyasining siyosiy agentligi qayerda ta’sis etilgan? 
 Buxoro 
39. Rossiya imperiyasining qonun chiqaruvchi hokimiyati, shahar dumasi-shaharning o’zini o’zi 
boshqarish organi bu…… 
 Duma 
40. Tumanlarga teng (tumandan katta, viloyatdan kichik) ma’muriy-hududiy bo’linma bu…. 
 uyezd 
41. Uyezd tarkibiga kirgan bir necha qishloq yoki ovullardan iborat bo’linma bu…. 
 volost 
42. Qal’a yoki tumandagi barcha qo’shinlar qo’mandoni…. 
 komendant 
43. Aholi yashash joyi nazoratchisi bu…. 
 uchastka pristavi
 
 
13-Turkiston o'lkasida Rossiya imperiyasining yer-suv siyosati (15) 
Savollar va javobi 
1. 1886-yildagi “Nizom”ning qaysi bo’limida Turkiston o’lkasida shakllanib kelayotgan ananaviy 
yerga egalik qilish munosabatlari o’zgartirib yuborildi? 
 “Turkiston o’lkasining yer tuzilishi” 
2. 1886-yildagi “Nizom” ning “Turkiston o’lkasining yer tuzilishi” bo’limida berilgan ma’lumot 
xato berilgan javobni toping. 

 
 Katta yer egalariga katta imtiyozlar berildi 
3. 1886-yildagi “Nizom” ning “Turkiston o’lkasining yer tuzilishi” bo’limida vaqf yerlari 
to’g’risida xato ma’lumotni toping. 
 masjid tasarrufidagi yerlar davlat solig’iga tortilmaydigan bo’ldi 
4. Turkistonda masjidlar va maktablarning moddiy ahvoli yomonlashishiga sabab….. 
 vaqf mulklarini nazorat qilish mustamlakachi hukumat qo’liga o’tishi 
5. Qaysi hujjatda bo’sh turgan davlat yerlariga rus aholisini joylashtirish muhim ekanligi qat’iy 
qilib belgilab qo’yilgan? 
 1886-yildagi “Nizom”da 
6. Rossiyadan Turkistonga ko’chirib keltirilgan aholiga berilgan imtiyozlar xato berilan javobni 
toping. 
 ko’chirib kelinganlar keyingi 6 yil davomida soliqlarning yarmini to’lagan 
7. Rossiyadan Turkistonga kelgan dehqonlarning I-manzilgohi qachon va qayerda paydo bo’lgan? 
 1875-Avliyoota 
8. Quyidagi xato ma’lumotni toping. 
 1890-1892 –yillarda 25 ta rus dehqonlarining manzilgohi tashkil topdi 
9. Turkistonda 1891-1892-yillarda ko’chib kelgan rus dehqonlarining qancha manzilgohi paydo 
bo’lgan? 
 25 ta 
10. 1875-1890-yillarda Turkiston o’lkasiga qancha oila ko’chib kelib joylashgan? 
 1300 ta 
11. Turkiston o’lkasida Toshkent shahridan tashqari yana qaysi shaharlarida ko’chib kelganlarning 
posyolkalari paydo bo’ldi? 
 Yangi Marg’ilon, Samarqand, Andijon 
12. Toshkentdagi qaysi anhor Toshkentni 2 qismga ajratadigan chegara bo’lgan? 
 Bo’zsuv 
13. Qachondan boshlab o’zboshimchalik bilan kelgan kishilar ham ma’muriyat ruxsati bilan 
ko’chirilganlarga berilgan imkoniyatlaridan foydalanish mumkinligi e’lon qilindi? 
 1892-yil 
14. Rossiyadan Turkistonga ko’chib kelganlar necha yil soliqlardan ozod qilingan? 
 5 yil 
15. 1875-1890-yillarda Turkiston o’lkasida qancha rus qishlog’I tashkil qilindi? 
 19 ta
 
 
14-Turkistonda sud tizimining tashkil etilishi (32) 
Savollar va javobi 
1. Xonlik davrlarida qozilarning chiqargan qaroridan norozi bo’lgan shaxslar kimga murojaat 
qilishgan? 
 qozikalon 
2. Qozikalon ishni ko’rib chiqishni kimning hukmiga havola qilgan? 
 diniy ulamolar 
3. Quyidagi xato ma’lumotni toping. 
 qozilar davlatdan maosh olishgan 
4. 1867-yilgi “Nizom” loyihasi bo’yicha Turkistonda tashkil qilingan sudlarni ko’rsating. 1.qozilar 
sudlari 2.biylar sudlar 3.uyezd sudlari 4.muvaqqat harbiy sudlov komissiyalari 5.viloyat 
boshqaruvining sud bo’limlari 6.general-gubernatorligining sudlov bo’limlari 7.oqsoqol sudlari 
8.konstitutsiyaviy sud 
 1,2,3,4,5,6 
5. Turkistonda volost boshliqlari, qishloq oqsoqollari, ovul boshliqlari va ularning yordamchilari 
aholi tomondan necha yil muddatga saylangan? 

 
 3 yil 
6. Rossiya imperiyasi yerlik aholiga o’z ta’sirini kuchaytirish uchun qachon va qayerda mahkama 
joriy qildi? 
 1866 yil-Toshkent 
7. Rossiya imperiyasi yerlik aholiga o’z ta’sirini kuchaytirish uchun joriy qilgan mahkama tarkibiga 
kimlar kirgan? 
 qozi va 7 nafar a’lam 
8. Quyidagi xato ma’lumotni toping. 
 mahkama faoliyati general-gubernator amaldori vakili tomonidan nazorat qilib borilgan 
9. Qozi sudlarining vakolatiga…….kirgan. 
 davo hajmi 100 rubldan oshmaydigan jinoyat va fuqarolik ishlarini ko’rib chiqish. 
10. Turkistonda rus bosqinidan keyin yirik davolar qayerda ko’rib chiqilgan? 
 qozilar va biylar qurultoyida 
11. Qozilar va biylar qurultoyi yig’ilishi qanday nom bilan atalgan? 
 xalq sudyalari qurultoyi 
12. Xalq sudyalari qurultoyi qanday ishlarni ko’rib chiqqan? 
 davo hajmi 1000 rubldan oshmaydigan jinoyat va fuqarolik ishlarini ko’rib chiqish 
13. Turkistonda qaysi bosqich sudlari turli volostlar va uyezdlar aholisi o’rtasida yuzaga kelgan 
bahsli ishlarni hal qilgan? 
 III-bosqich 
14. Turkistonda III-bosqich sudlari qanday ishlarni hal qilgan? 
 turli volostlar va uyezdlar o’rtasida yuzaga kelgan bahsli ishlarni hal qilgan 
15. Turkistonda qozilar soni qanday qilib belgilangan? 
 aholi soniga qarab 
16. Toshkentda necha qozi bo’lgan? 
 4 ta 
17. Samarqand shahrida necha qozi bo’lgan? 
 2 ta 
18. Samarqand volostida qancha qozi bo’lgan ? 
 1 ta 
19. Turkiston o’lkasida yashaydigan rossiyalik aholi uchun qanday sudlar faoliyat olib borgan ? 
 imperiya qonunlari asosidagi sudlar 
20. Turkiston general –gubernatori o’lkada yana qanday vazifalarni ham bajargan ? 
 A va B 
21. Turkistonda viloyat va o’ka sudlari vazufalari qaysi organlar zimmasiga yuklatilgan ? 
 A va B 
22. Rus bosqinidan keyin Turkistonda qozilar va biylar sudlari a’zolarining poraxo’rligini avj 
oldirgan sababni ko’rsating. 
 sudlarga joriy etilgan saylovlar mustamlakachi hukumat ixtiyorida bo’lishi 
23. 1886-yildagi «Nizom » ga ko’ra xato ma’lumotni aniqlang. 
 sud ekspertiza, tuman prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi 
24. Turkiston o’lkasida viloyat sudlari qachon tugatilgan? 
 1898-yil 
25. Quyidagi xato ma’lumotni toping. 
 Toshkent sud palatasi faqat imperiyaning oliy sudi-hukumat dumasiga bo’ysungan 
26. Turkistonda okrug sudlari vakillari xato berilgan javobni aniqlang. 
 sud ekspertizasi 
27. Rossiya imperiyasining oliy sudi qanday nom bilan ataladi ? 
 hukumat senati 
28. Turkistonda sudyalar va ikkita sud a’zosi qarori ustidan berilgan apelyatsiyani kim ko’rib 
chiqqan? 
 hukumat senati 

 
29. Lotincha-shikoyat, norozilik bildirish-sud hukmidan norozi bo’lgan, uning ustidan shikoyat 
arizasi berilishining bir shakli bu….. 
 apellyatsiya 
30. Ruscha-vakolati cheklab qo’yilgan mahkama idora bu..... 
 zemstvo 
31. Shariat qoidalari asosida ish ko’rgan sud bu...... 
 qozi sudi 
32. Qabila urf-odatlariga tayanib ish ko’radigan sud bu..... 
 biy sudi
Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling