9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana09.10.2020
Hajmi1.76 Mb.
#132978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
22-Soliq va majburiyatlar_Xalq qo'zg'olonlari (23) 
Testlar 
1. Qoraqalpoqlardan olinadigan yer solig’i bu….. 
A) qozon puli 
B) ushr 
C) solg’ut 
D) zakot 
2. Qoraqalpoqlardan ruhoniylar foydasiga olinadigan soliq bu…… 
A) solg’ut 
B) qozon puli 
C) ushr 
D) zakot 
3. Urush paytlarida qoraqalpoqlar qanday soliq to’laganlar? 
A) ushr 
B) zakot 
C) qozon puli 
D) solg’ut 
4. XIX asrning II-yarmida qoraqalpoqlarda aholidan 40 bosh qoramol uchun pul hisobida qancha 
miqdorda zakot olingan? 
A) 9 so’m 
B) 2 so’m 50 tiyin 
C) 2 so’m 
D) 9 so’m 50 tiyin 
5. Qoraqalpoqlarda chorvachilik bilan shug’ullangan har bir oila chorva mollarining qancha qismini 
zakot solig’i tariqasida to’lashgan? 
A) 1/10 
B) 1/40 
C) 1/30 
D) 1/8 
6. Qoraqalpoqlar qatnashgan ariq qazish majburiyati necha kun davom etgan? 
A) 10 kun 
B) 24 kun 
C) 16 kun 
D) 12 kun 
7. Qoraqalpoqlarning har bir jamoasi Xiva xonligiga qancha askar yetkazib berishi shart bo’lgan? 
A) 2000 tadan-4000 tagacha 
B) 1000 tadan-2000 tagacha 
C) 1000 tadan-3000 tagacha 
D) 2000 tadan-3000 tagacha 
8. Qoraqalpoqlarda askar yetkazib bera olmagan jamoalardan qancha miqdorda pul yig’ilgan? 
A) 180 ming so’mdan 260 ming so’mgacha 
B) 190 ming so’mdan 250 ming so’mgacha 
C) 180 ming so’mdan 250 ming so’mgacha 
D) 180 ming so’mdan 160 ming so’mgacha 
9. 1845-1855-yillarda hukmaronlik qilgan Xiva xonini aniqlang. 
A) Olloqulixon 
B) Muhammad Aminxon 
C) Muhammad Rahimxon I 
D) Said Muhammad 
10. Qoraqalpoqlarning Xiva xonligiga qarshi Ernazarbiy qo’zg’aloni qachon boshlangan? 

 
A) 1856-yil 
B) 1857-yil 
C) 1854-yil 
D) 1855-yil 
11. Qoraqalpoqlarning Xiva xonligiga qarshi qo’zg’aloni rahbari Ernazarbiy qaysi qabiladan 
bo’lgan? 
A) mo’yten 
B) yuz 
C) qo’ldovli 
D) qipchoq 
12. Ernazarbiy Rossiya ta’sirida bo’lgan qozoq urug’ boshliqlaridan kimni xon qilib ko’tarish va 
natijada imperiya tobeligiga o’tishga intildi? 
A) Muhammad Yaqub 
B) Zarliq 
C) Chibil bo’lis 
D) Omongeldi 
13. Xiva taxtiga 1856-yilda kim o’tirgan? 
A) Said Muhammad 
B) Muhammad Rahimxon I 
C) Muhammad Aminxon 
D) Olloqulixon 
14. Ernazarbiy qo’zg’alonini bostirish uchun otlangan Xiva sarkardasi kim? 
A) Otamurod 
B) Mirkarimboy 
C) Muhammad Yaqub mehtar 
D) Muhammadniyoz 
15. 1858-1859-yillarda qoraqalpoqlarning Xiva xonligiga qarshi ko’targan qo’zg’alon markazini 
aniqlang. 
A) Nukus 
B) Kegayli 
C) Xo’jayli 
D) Qo’ng’irot 
16. 1858-1859-yillarda qoraqalpoqlarning Xiva xonligiga qarshi ko’targan qo’zg’alonini qaysi 
sarkarda bostirgan? 
A) Muhammadniyoz 
B) Otamurod 
C) Mirkarimboy 
D) Muhammad Yaqub mehtar 
17. Bobo Go’klan qo’zg’aloni qaysi yillari bo’lib o’tgan? 
A) 1880-1890-yillar 
B) 1882-1892-yillar 
C) 1871-1891-yillar 
D) 1881-1891-yillar 
18. Ernazarbiyning o’zi qurdirgan qo’rg’oni qaysi? 
A) Yangidaryo 
B) Qozoqdaryo 
C) Qozondaryo 
D) Quvondaryo 
19. Bobo Go’klan qo’zg’aloni qaysi volostlarda bo’lib o’tgan? 
A) Biybozor va Xo’jayli 
B) Nukus va Qo’ng’irot 
C) Xo’jayli va Nukus 

 
D) Biybozor va Nukus 
20. Qoraqalpoq dehqonlarining ahvoli og’irlashuvi oqibatida 1900-yilda qaysi bekliklarda 
qo’zg’alon bo’lib o’tdi? 
A) Nukus va Qo’ng’irot 
B) Biybozor va Nukus 
C) Xo’jayli va Nukus 
D) Biybozor va Xo’jayli 
21. Qachonga kelib qoraqalpoqlar deyarli o’troq turmush kechira boshladilar? 
A) XIX asrning 70-yillari 
B) XIX asrning 90-yillari 
C) XIX asrning 80-yillari 
D) XIX asrning 60-yillari 
22. Qoraqalpoqlar Amudaryoning har ikala qirg’og’ini o’zlashtirib, qaysi ekinlarni ekishgan? 
1.sholi 2.bug’doy 3.arpa 4.paxta 5.makkajo’xori 6.tariq 7.javdar 8.kanop 
A) 1,3,5,7 
B) 2,4,6,8 
C) 5,6,7,8 
D) 1,2,3,4 
23. Ernazarbiy qo’zg’alonidan ajralgan bir guruh qo’zg’alonchilar qaysi qal’adan panoh topishgan? 
A) Chimkent 
B) Xo’jand 
C) Avliyoota 
D) Oqmachit
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
23-Qoraqalpoqlar Turkiston general-gubernatorligi tarkibida (25) 
Testlar 
1. Qachon va qayerda chiqqan gazetada “Bu xalqning asosiy va birdan bir hunari dehqonchilikdir, 
mehnatsevarlik sharofatidan qoraqalpoq yerlari yaxshi sug’oriladi va hech qayerda hatto chig’ir 
bilan ko’tariladigan joylarda ham suv taqchilligi sezilmaydi” so’zlari yozilgan? 
A) 1869-yil Eronda 
B) 1870-yil Hindistonda 
C) 1867-yil Fransiyada 
D) 1868-yil Rossiyada 
2. Gandimiyon shartnomasidan keyin qayerda joylashgan qoraqalpoqlar yashaydigan yerlari 
Rossiya imperiyasi tarkibiga qo’shib olindi? 
A) Amudaryoning o’ng qirg’og’i 
B) Sirdaryoning chap qirg’og’i 
C) Sirdaryoning o’ng qirg’og’i 
D) Amudaryoning chap qirg’og’i 
3. Amudaryo bo’limi turkiston general-gubernatorligiga kiruvchi qaysi viloyat tarkibida tashkil 
qilingan? 
A) Samarqand 
B) Turkiston 
C) Yettisuv 
D) Sirdaryo 
4. Gandimiyon shartnomasidan keyin Xiva xonligi tarkibida qolgan qoraqalpoqlar joylashgan 
hududni aniqlang. 
A) Amudaryoning o’ng qirg’og’i 
B) Sirdaryoning o’ng qirg’og’i 
C) Sirdaryoning chap qirg’og’i 
D) Amudaryoning chap qirg’og’i 
5. Amudaryo bo’limida qoraqalpoqlar soni qancha edi? 
A) 80 ming 
B) 70 ming 
C) 90 ming 
D) 60 ming 
6. Rossiyadan Amudaryo bo’limiga ko’chib kelganlar soni qancha edi? 
A) 4 ming 
B) 1 ming 
C) 2 ming 
D) 3 ming 
7. Rossiyadan Amudaryo bo’limiga ko’chib kelib yashagan aholi hududlari xato berilgan javobni 
aniqlang. 
A) To’rtko’l 
B) Chimboy shahri 
C) Uralskiy posyolkasi 
D) Nukus qishlog’i 
8. Ural kazaklari asosan qaysi soha bilan shug’ullanishgan? 
A) ovchilik 
B) baliqchilik 
C) dehqonchilik 
D) chorvachilik 
9. Ural kazaklari qachon va nima sababdan Amudaryo bo’limiga surgun qilingan? 
A) 1875-armiya to’g’risidagi yangi nizomga bo’ysunmagani uchun 

 
B) 1878-rus hukumati chiqargan qonunlariga bo’ysunmagani uchun 
C) 1876-hukumatga qarshi qo’zg’alon ko’targani uchun 
D) 1877-yangi soliqlarni to’lashdan bosh tortgani uchun 
10. Xiva xonligi hududida qoraqalpoqlar qancha kishini tashkil etar edi? 
A) 30 ming 
B) 20 ming 
C) 35 ming 
D) 25 ming 
11. Xiva xonligi hududida qoraqalpoqlar necha %ni tashkil etar edi? 
A) 70 % 
B) 80 % 
C) 48,6% 
D) 3,8 % 
12. Amudaryo bo’limi va Xiva xonligi tarkibida yashovchi qoraqalpoqlarning qancha qismi yersiz 
dehqonlar bo’lib, ular asosan yollanib mehnat qilishar edi? 
A) 80 % 
B) 3,8 % 
C) 70 % 
D) 48,6% 
13. Qoraqalpoqlarda Tovar-pul munosabatlarni rivojlantirib yuborgan sabablarni aniqlang. 
A) qoraqalpoqlarda savdoning rivojlanishi 
B) qoraqalpoqlar hayotida hunarmandchilikning rivojlanishi 
C) qoraqalpoqlar yashab turgan hududda dehqonchilikning rivojlanishi 
D) qoraqalpoqlar yashab turgan hududga Rossiya kapitalining kirib kelishi 
14. Qoraqalpoqlarda qaysi sohalarda dastlabki sanoat korxonalari paydo bo’ldi? 
A) paxta tozalash va baliqchilik 
B) yog’ va paxta tozalash 
C) paxta tozalash va teri oshlash 
D) teri oshlash va baliqchilik 
15. Qaysi davrda qoraqalpoqlarda savdo-sotiq munosabatlari rivojlanib bordi? 
A) XIX asrning 90-yillari 
B) XIX asrning 70-yillari 
C) XIX asrning 60-yillari 
D) XIX asrning 80-yillari 
16. XIX asrning 70-yillarida qoraqalpoqlarning qaysi shahrida aholi yashaydigan tumanlarni 
iqtisodiy jihatdan birlashtirgan shahar bozori vujudga keldi? 
A) Nukus 
B) Xo’jayli 
C) Chimboy 
D) Qo’ng’irot 
17. Qoraqalpoq dehqon va hunarmandlari bozor bo’ladigan kunlarda o’z mahsulotlarini sotish 
uchun qayerga borishgan? 
A) Xo’jayli 
B) Chimboy 
C) Qo’ng’irot 
D) Nukus 
18. Rossiya imperiyasini Xiva xonligining asosiy iqtisodiy markazlari bilan bog’lagan shahar 
qaysi? 
A) Chimboy 
B) Xo’jayli 
C) Nukus 
D) Qo’ng’irot 

 
19. 1914-yilda qoraqalpoqlar yashaydigan hududlarda xizmat ko’rsatish sohalari xato berilgan 
javobni aniqlang. 
A) feldsherlik punktida 3 shifokor ishlar edi 
B) 2 ta kasalxona mavjud edi 
C) 1 ta universitet tashkil qilingan edi 
D) to’rtta umumta’lim maktabi mavjud edi.unda 200 nafar o’quvchi o’qir edi 
20. 1 tanob qanchaga teng? 
A) 2500 kv,m 
B) 3500 kv.m 
C) 2 ming kv.m 
D) 3000 kv.m 
21. Qoraqalpoqlarda ayrim biylar, yuzboshilar, mulla va eshonlarning yer-mulklari qancha bo’lgan? 
A) 13 tanob 
B) 10 ming tanob 
C) 15 ming tanob 
D) 1-2 tanob 
22. Qoraqalpoqlarda oddiy xalq tomorqalari qancha bo’lgan? 
A) 15 tanob 
B) 10 tanob 
C) 1-2 tanob 
D) 13 tanob 
23. Qachongi ma’lumotga ko’ra qoraqalpoqlarda urug’ning aksariyat oddiy a’zolari chorvaga ega 
bo’lishmagan? 
A) 1870-1871-yillarda 
B) 1873-1874-yillarda 
C) 1871-1872-yillarda 
D) 1872-1873-yillarda 
24. Qoraqalpoqlarning boy-badavlat a’zolari yordam sifatida o’z qarindoshlariga yerni hosilning 
teng yarmi-……..sharti bilan berishardi? 
A) jarmshi 
B) zakot 
C) solg’ut 
D) yarimchi 
25. 1871-1872-yil ma’lumotlariga ko’ra urug’ning ayrim boylari qancha qoramol va qo’y-qo’ziga 
ega bo’lishgan? 
A) 1,3 ming qoramol va ming bosh qo’y-qo’zi 
B) 1,4 ming qoramol va 1,5 ming qo’y-qo’zi 
C) ming bosh qo’y-qo’zi va 1,5 ming qoramol 
D) ming bosh qoramol va 1,5 ming qo’y-qo’zi
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
24-XIX asr oxiri XX asr boshlarida qoraqalpoqlar madaniyati (35) 
Testlar 
1. Qoraqalpoqlarda quyidagilarning qaysi birida nasihat qo’shiqlarda ifoda etilgan? 
A) maqol 
B) doston 
C) lapar 
D) “otalar so’zi” 
2. Qoraqalpoq xalq ijodida kulgu qahramonini aniqlang? 
A) Manas 
B) O’mirbek laqqi 
C) O’lmas botir 
D) Afandi 
3. “Qirqqiz” dostonining obrazlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni ko’rsating. 
A) Omongeldi, Sarkub, Guloyim 
B) Xudoyor, Guloyim, Mambet 
C) Olloyor, Guloyim, Arslon 
D) Olloyor, Omongeldi 
4. “Qirqqiz” dostoniga ko’ra Guloyimning otasi Olloyor qayerning hukmdori edi? 
A) Xo’jayli 
B) Sarkub 
C) Muyeli 
D) Mo’ynoq 
5. “Qirqqiz” dostonida hukmdor Olloyor o’z qizi Guloyimga qayerni tortiq qiladi? 
A) Xo’jayli 
B) Muyeli 
C) Sarkub 
D) Mo’ynoq 
6. O’z yurtini ozod qilishda Guloyimga qaysi bohodir yordam beradi? 
A) Arslon 
B) Sarkub 
C) Omongeldi 
D) Muyeli 
7. Qoraqalpoqlarda bugungi kunda xalq og’zaki ijodi durdonalaridan biri sanalgan dostonni 
aniqlang. 
A) “Manas” 
B) “Omongeldi” 
C) “Qirqqiz” 
D) “Alpomish” 
8. XIX asr boshlari-XX asr boshlarida qoraqalpoqlarda mavjud madrasalarning eng kattalarini 
aniqlang. 
A) Qoraqum Eshon va Tosh madrasalari 
B) Mo’ynoq va Tosh madrasalari 
C) Sherg’ozixon va Chahorminor madrasalari 
D) Qoraqum Eshon va Mo’ynoq madrasalari 
9. Qoraqum Eshon qachon qurilgan ? 
A) XIX asr o’rtalari 
B) XX asr boshlari 
C) XIX asr oxiri 
D) XIX asr boshlari 
10. Qoraqalpoqlarda Tosh madrasa qachon va kim tomonidan bunyod etilgan? 

 
A) 1842-Muhammad Yaqub 
B) 1841-Xo’janiyoz 
C) 1841-Ajiniyoz 
D) 1842-Olloqulixon 
11. Tosh madrasani qurdirgan Xo’janiyoz qayerning hukmdori edi? 
A) Nukus 
B) Mang’it 
C) Qo’ng’irot 
D) Chimboy 
12. Quyidagi xato javobni aniqlang. 
A) Tosh madrasada ta’lim 2 bosqichli bo’lgan 
B) Tosh madrasada ta’limning I-bosqichida fors tili grammatikasi o’rgatilgan 
C) II-yili diniy huquqiy bilimlar o’rgatilgan 
D) Tosh madrasa 1841-yilda Mang’it hukmdori Xo’janiyoz tomonidan qurdirilgan 
13. Qachondan qoraqalpoqlarning ilk yozma asarlari paydo bo’la boshladi? 
A) XX asr boshlari 
B) XIX asr o’rtalari 
C) XIX asr boshlari 
D) XIX asr oxiri 
14. Qoraqalpoq shoirlari nomlari xato berilgan javobni aniqlang. 
A) Otash Olshinboy 
B) Kunxo’ja 
C) Mambet 
D) Ajiniyoz 
15. Kunxo’ja qaysi yillarda yashab ijod qilgan? 
A) 1827-1800 
B) 1788-1875 
C) 1799-1880 
D) 1824-1878 
16. Otash Olshinboy qaysi yillarda yashab ijod qilgan? 
A) 1799-1880 
B) 1824-1878 
C) 1827-1800 
D) 1788-1875 
17. Ajiniyoz qaysi yillarda yashab ijod qilgan? 
A) 1827-1800 
B) 1799-1880 
C) 1824-1878 
D) 1788-1875 
18. Berdaq qaysi yillarda yashab ijod qilgan? 
A) 1788-1875 
B) 1827-1800 
C) 1799-1880 
D) 1824-1878 
19. Qoraqalpoqlarda o’z ijodiyotini ovullarning oddiy ahliga , ularning kundalik mehnati va 
turmushiga bag’ishlagan shoir qaysi? 
A) Berdaq 
B) Otash Olshinboy 
C) Kunxo’ja 
D) Ajiniyoz 
20. Qoraqalpoqlarning qaysi shoirining taxallusi Zevar bo’lgan? 
A) Kunxo’ja 

 
B) Berdaq 
C) Otash Olshinboy 
D) Ajiniyoz 
21. O’qimishli kishi, xalq dostonlarining mahoratli kuychisi so’ziga yeng keluvchi so’zni toping. 
A) xalifa 
B) salim 
C) oxund 
D) otin 
22. Qoraqalpoq ziyolilari orasida I-bo’lib oxund darajasiga erishgan shoir kim? 
A) Otash Olshinboy 
B) Berdaq 
C) Ajiniyoz 
D) Kunxo’ja 
23. Ajiniyozning bilgan tillari xato berilgan javobni aniqlang. 
A) qirg’iz 
B) turkman 
C) o’zbek 
D) qozoq 
24. Ajiniyoz qayerlarda ta’lim olgan? 
A) Dastlab Mo’ynoqdagi eski maktabda, so’ngra Xivadagi Sherg’ozixon madrasalarida ta’lim 
olgan 
B) Dastlab Muyelidagi eski maktabda, so’ngra Xivadagi Sherg’ozixon madrasalarida 
C) Dastlab Muyelidagi eski maktabda, so’ngra Xivadagi Muhammad Aminxon madrasalarida 
D) Dastlab Mo’ynoqdagi eski maktabda, so’ngra Xivadagi Muhammad Aminxon madrasalarida 
ta’lim olgan 
25. Quyidagi qaysi dostonda qoraqalpoq xalqi hayoti, ayniqsa ularning yurtma-yurt ko’chib yurish 
jarayoni bilan bog’liq voqealar katta mahorat bilan tasvirlangan? 
A) “Qiz Mengesh bilan aytishuv” 
B) “Bo’zatov” 
C) “Omongeldi” 
D) “Ernazarbiy” 
26. Ajiniyoz adabiy me’rosidan bizga qancha she’rlar va dostonlar yetib kelgan? 
A) 200 ga yaqin 
B) 100 dan ortiq 
C) 100 ga yaqin 
D) 100 ta 
27. Kimning dostonlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalari kuylangan. 
A) Kunxo’ja 
B) Berdaq 
C) Mambet 
D) Ajiniyoz 
28. “Ajiniyoz” romanining muallifini aniqlang. 
A) E.Vohidov 
B) X.Sultonov 
C) K.Sultonov 
D) A.Oripov 
29. Berdaq qaysi qabilaga mansub edi? 
A) qipchoq 
B) qo’ng’irot 
C) mang’it 
D) qiyot 
30. Berdaq qayerda tug’ilgan? 

 
A) Nukusda 
B) Orolbo’yida 
C) Mang’itda 
D) Xivada 
31. Berdaq dastlab ovul maktabida so’ngra qayerda ta’lim olgan? 
A) Qoraqum Eshon mardrasasida 
B) Tosh madrasada 
C) Mo’ynoqdagi eski maktabida 
D) Sherg’ozixon madrasasida 
32. Berdaq necha yoshidan she’rlar yoza boshlagan? 
A) 20 yosh 
B) 19 yosh 
C) 22 yosh 
D) 21 yosh 
33. “Xalq uchun” she’rining muallifi kim? 
A) Berdaq 
B) Kunxo’ja 
C) Ajiniyoz 
D) Otash Olshinboy 
34. Berdaqning ijodi to’g’ri berilgan javobni aniqlang. 1.”Xalq uchun” 2.”Ahmoq podsho” 
3.”Bo’zatov” 4.”Qiz Mengesh bilan aytishuv” 5.”Avlodlar” 6.”Omongeldi” 7.”Qirqqiz” 
8.”Oydo’stbiy” 9.“Ernazarbiy” 10.“Manas” 
A) 1,3,4,5,6,7 
B) 2,3,4,5,7,10 
C) 2,4,7,8,9,10 
D) 1,2,5,6,8,9 
35. XIX asr boshlariga kelib qoraqalpoq adabiyotidagi demokratik ananalarni kimlar davom 
ettirdilar? 1.Umar 2.Usmon 3.Qulimbet 4.Sariboy 5.Julqunboy 6.Qulmurot 7.Zevar 8.Sodiq 
9.Ahmad 
A) 1,3,4,6,8 
B) 2,4,6,9 
C) 1,3,5,7,9 
D) 1,2,3,4,5
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
25-Jadidchilik harakatining vujudga kelishi (42) 
Testlar 
1. XIX asrning II-yarmidan kimlar Turkiston xalqi orasida ilg’or g’oyalarni tarqatishda maorif 
tizimini asosiy vosita deb bildilar? 
A) ruhoniylar 
B) savdogarlar 
C) ziyolilar 
D) dehqonlar 
2. Qachondan boshlab Turkistonda ma’rifatparvarlik harakati vujudga keldi? 
A) XIX asrning II-yarmi 
B) XIX asrning I-yarmi 
C) XIX asrning oxirlaridan 
D) XIX asrning boshlaridan 
3. XIX asrning II-yarmidan mustamlaka zulmi ostidagi …..lar o’z xalqlarini ma’rifatli qilish va 
ularning taraqqiyot darajasini ko’tarishga qaratilgan harakatlarni boshladilar? 
A) ziyolilar 
B) ruhoniylar 
C) savdogarlar 
D) dehqonlar 
4. XIX asrning II-yarmida Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan qaysi hududlarda o’z xalqini 
ma’rifatli qilish g’oyalari tarqala boshlandi? 1.Qrim 2.Kavkazorti 3.Turkiston 4.Xiva 5.Buxoro 
6.Qozoqlar yeri 7.Dog’iston 8.Boshqirdiston 9.Checheniston 10.Asetiya 11.Yoqutiston 
A) 1,2,3,4,5 
B) 6,7,8,910 
C) 1,3,5,7,9 
D) 2,4,6,8,10 
5. Butun turkiy xalqlar o’rtasida yoyilgan jadidchilik harakatining asoschisini aniqlang. 
A) M.Behbudiy 
B) U.Xo’jayev 
C) Ismoil Gaspirali 
D) Cho’lpon 
6. Ismoil Gaspirali yashagan yillarni aniqlang. 
A) 1853-1916 
B) 1852-1915 
C) 1850-1913 
D) 1851-1914 
7. Ismoil Gaspirali qachon va qayerda I-jadid maktabiga asos soldi? 
A) 1885-Qrimdagi Kavkazdarvozasida 
B) 1884-Qrimdagi Muyelida 
C) 1884-Qrimdagi Bog’chadarvozada 
D) 1884-Qrimdagi Bog’chasaroyda 
8. I.Gaspirali o’zi tuzgan dastur asosida 40 kun ichida qancha o’quvchining savodini chiqardi? 
A) 10 ta 
B) 16 ta 
C) 12 ta 
D) 14 ta 
9. « «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh » asarining muallifi kim ? 
A) U.Xo’jayev 
B) Cho’lpon 
C) Ismoil Gaspirali 

 
D) M.Behbudiy 
10. 1888-yilda ….. 
A) Qrimdagi Bog’chasaroyda I-jadid maktabi ochildi 
B) Qo’qon shahrida Salohiddin domla II-jadid makltabini ochdi 
C) I.Gaspirali “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh” asarini chop qildirdi 
D) Buxoro amirligida I-yangi usul maktabi ochildi 
11. I.Gaspiralining xat-savod chiqarish usuli qanday ataladi? 
A) barcha javoblar to’g’ri 
B) “usuli jadid” 
C) “harf tovushi usuli” 
D) “usuli savtiya” 
12. I.Gaspiralining “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh” asarida bayon bayon etilgan 
ta’lim tizimini ko’rsating. 1.ta’lim tizimi 2.dars o’tish 3.darsning tashkil qilinishi 4.zamonaviy 
ta’lim metodlari 5.o’quv xonalarining jihozlanishi 6.maktablarda o’tkaziladigan har xil tadbirlar 
7.dars jadvali 8.ta’tillar 9.kundalik daftar 10.imtihonlar 
A) 1,2,3,5,7,8,10 
B) 4,5,6,9 
C) 1,2,4,6,9 
D) 1,2,3,4,6 
13. Jadid so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi? 
A) forscha-yangi 
B) arabcha-sifatli 
C) turkcha-ta’lim 
D) arabcha-yangi 
14. Jadidlar musulmon xalqlarining maktab va madrasalarida yoshlarga o’qitilishi zarur deb 
topilgan fanlar xato berilgan javobni aniqlang. 
A) fiqh, falakiyot 
B) tibbiyot va kimyo 
C) fors va rus tillari 
D) diniy ta’lim, arab tili 
15. Turkiston o’lkasida millat istiqbolini o’ylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning qaysi 
tabaqalarida mavjud edi? 
A) barcha javoblar to’g’ri 
B) savdogarlar va mulkdorlar 
C) hunarmand va dehqonlar 
D) ulamolar 
16. Jadidchilik g’oyalarining yoyilishida qaysi gazeta katta o’rin tutgan? 
A) “Oyna” 
B) “Tarjimon” 
C) “Millat ko’zgusi” 
D) “Sharq” 
17. 1893-yilda….. 
A) Qrimdagi Bog’chasaroyda I-jadid maktabi ochildi 
B) I.Gaspirali “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh” asarini chop qildirdi 
C) Qo’qon shahrida Salohiddin domla II-jadid makltabini ochdi 
D) Buxoro amirligida I-yangi usul maktabi ochildi 
18. 1910-yilda O’rta Osiyolik jadid ma’rifatparvarlarining eng kichigi kim edi? 
A) Cho’lpon 12 yoshda 
B) Behbudiy 12 yoshda 
C) Behbudiy 36 yoshda 
D) Cho’lpon 13 yoshda 
19. 1910-yilda O’rta Osiyolik jadid ma’rifatparvarlarining eng kattasi kim edi? 

 
A) Behbudiy 36 yoshda 
B) Cho’lpon 32 yoshda 
C) Behbudiy 52 yoshda 
D) Cho’lpon 43 yoshda 
20. O’rta Osiyoda taraqqiyparvarlik harakatining rivojlanishi necha bosqichda bo’ldi? 
A) 4 
B) 3 
C) 5 
D) 2 
21. O’rta Osiyo jadidchilik harakati qaysi yilga kelib o’zining II-bosqichi siyosiy ko’rinishdagi 
harakatga aylandi? 
A) 1918 
B) 1919 
C) 1917 
D) 1916 
22. O’rta Osiyodagi milliya taraqqiyparvarlik harakati hududiy xususiyatlarga ko’ra qanday 
turlarga bo’linadi? 
A) Turkiston, Toshkent, Samarqand jadidlari 
B) Toshkent, Farg’ona, Buxoro 
C) Farg’ona, Buxoro, Jizzax 
D) Turkiston, Xiva,Buxoro jadidlari 
23. O’rta Osiyo taraqqiyparvarlik kuchlari qachon shakllangan? 
A) XIX asr oxiri 
B) XX asr boshlari 
C) XIX asr o’rtalari 
D) XIX asr boshlari 
24. Turkiston jadidchiligining asosiy tarkibini kimlar tashkil qilishgan? 
A) hunarmandlar 
B) dehqonlar 
C) ziyolilar 
D) mulkdorlar 
25. Buxoro jadidchiligining asosiy tarkibi kimlardan iborat edi? 1.ziyolilar 2.mayda do’kondorlar 
3.o’qituvchilar 4.hunarmandlar 5.savdogarlar 6.katta mulkdorlar 7.dehqonlar 8.chorvadorlar 
9.mardikorlar 
A) 1,2,3,4,5 
B) 2,4,6,8,9 
C) 4,5,6,7,8,9 
D) 1,3,5,7,9 
26. O’rta Osiyodagi qaysi jadidchilik ayrim mutaasib mullalar, yangilik va islohotlarni xush 
ko’rmaydigan qadimchilar oqimi qarshiligiga uchradi? 
A) Turkiston 
B) Samarqand 
C) Buxoro 
D) Xiva 
27. Qachondan boshlab Buxoro jadidchilik harakati tashkiliy tus olib, siyosiy tashkilot sifatida 
shakllana boshladi? 
A) 1912 
B) 1910 
C) 1909 
D) 1911 
28. Qachondan Buxoro taraqqiyparvarlari vaziyatga tanqidiy yondashib, ichki boshqaruv tizimi 
zamon talablariga javob bermasligini, mehnatkash xalqning turmush darajasi nihoyatda past 

 
ekanligini chuqur anglay boshladilar? 
A) XX asr boshlari 
B) XIX asr boshlari 
C) XIX asr oxiri 
D) XIX asr o’rtalari 
29. Xiva xonligida jadidchilik necha oqimga bo’lingan? 
A) 4 
B) 5 
C) 3 
D) 2 
30. Xivada jadidchilikning o’ng oqimiga kim rahbarlik qilgan? 
A) bosh vazir Islomxo’ja 
B) qushbegi Islomxo’ja 
C) mehtar Bobooxun Salimov 
D) qozikalon Bobooxun Salimov 
31. Xivada jadidchilikning so’l oqimiga kim rahbarlik qilgan? 
A) mehtar Bobooxun Salimov 
B) qushbegi Islomxo’ja 
C) qozikalon Bobooxun Salimov 
D) bosh vazir Islomxo’ja 
32. Xivadagi jadidlarning o’ng oqimi o’z oldiga qanday g’oyalarni maqsad qilib qo’ydi? 
A) mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda islohotlar o’tkazilishini 
B) yangi usul maktablarini tashkil qilish orqali xalq ommasining siyosiy faolligiga erishish 
C) mamlakatdagi barcha madrasalarda diniy bilimlarni o’qitishni kuchaytirish 
D) mamlakatda xon hokimiyatini tugatish 
33. Xivadagi jadidlarning so’l oqimi o’z oldiga qanday g’oyalarni maqsad qilib qo’ydi? 
A) mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda islohotlar o’tkazilishini 
B) mamlakatda xon hokimiyatini tugatish 
C) mamlakatdagi barcha madrasalarda diniy bilimlarni o’qitishni kuchaytirish 
D) yangi usul maktablarini tashkil qilish orqali xalq ommasining siyosiy faolligiga erishish 
34. 1898-yilda….. 
A) Qo’qon shahrida Salohiddin domla II-jadid makltabini ochdi 
B) Qrimdagi Bog’chasaroyda I-jadid maktabi ochildi 
C) Buxoro amirligida I-yangi usul maktabi ochildi 
D) I.Gaspirali “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh” asarini chop qildirdi 
35. 1899-yilda Andijonda kim jadid maktabini ochdi? 
A) Salohiddin domla 
B) Mannon qori 
C) M.Behbudiy 
D) Shamsiddin domla 
36. 1899-yilda Toshkentda kim jadid maktabini ochdi? 
A) Mannon qori 
B) M.Behbudiy 
C) Shamsiddin domla 
D) Salohiddin domla 
37. O’rta Osiyodagi I-jadid maktabi qachon va qayerda ochildi? 
A) 1898-Qo’qon 
B) 1899-Andijon 
C) 1899-Toshkent 
D) 1893-Buxoro 
38. O’rta Osiyodagi II-jadid maktabi qachon va qayerda ochildi? 
A) 1899-Toshkent 

 
B) 1893-Buxoro 
C) 1899-Andijon 
D) 1898-Qo’qon 
39. Andijon va Toshkentda qachon jadid maktabiga asos solindi? 
A) 1899 
B) 1893 
C) 1884 
D) 1898 
40. O’rta Osiyoda jadid maktablariga asos solgan shaxslar xato berilgan javobni aniqlang. 
A) Mannon qori 
B) Shamsiddin domla 
C) I.Gaspirali 
D) Salohiddin domla 
41. Qaysi hududda milliy ziyolilarning harakati Turkiston o’lkasiga nisbatan og’ir ijtimoiy 
sharoitda yuzaga keldi? 
A) Xiva 
B) Buxoro 
C) Samarqand 
D) Toshkent 
42. Insonlarning bilimi va tafakkurini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya bu…. 
A) maorif 
B) muxolifot 
C) ma’naviyat 
D) ma’rifat
Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling