9-sinf O’zbekiston tarixi test
-
Raim qal’asining yana bir nomi?
A) Qizilo’rda
B) Gorgan
C) Kaspiy
D) Orol
-
“Vabo isyoni” nomini olgan qo’zg’alon Toshkentda qachon boshlandi?
A) 1892-yil 24-iyul
B) 1892-yil 24-iyun
C) 1892-yil 24-sentyabr
D) 1892-yil 24-avgust
-
XIX asr oxirida Turkistonda din peshvolarining keskin noroziligini keltirib chiqargan rus hukumatining siyosatini aniqlang.
A) vaqf yerlarining tugatilishi
B) vaqf yerlari katta qismining davlat yerlariga aylantirilishi
C) A va B
D) vaqf mulklarining qisqartirilishi
-
1898-yilgi Andijon qo’zg’aloni haqida xato ma’lumotni toping.
A) Dukchi Eshon mutaasib dindorlardan edi
B) Dukchi Eshon 1845-1898-yillarda yashab o’tgan
C) Dukchi Eshonning haqiqiy ismi Muhammad Ali edi
D) qo’zg’alonga Dukchi Eshon rahbarlik qildi
-
“Qoraqalpoq ulusi”ni shakllantirgan Xiva xonini aniqlang.
A) Rahimqulixon
B) Olloqulixon
C) Muhammad Aminxon
D) Muhammad Rahimxon I
-
Qoraqalpoqlardan olinadigan yer solig’i bu…..
A) qozon puli
B) ushr
C) solg’ut
D) zakot
-
1858-1859-yillarda qoraqalpoqlarning Xiva xonligiga qarshi ko’targan qo’zg’alonini qaysi sarkarda bostirgan?
A) Muhammadniyoz
B) Otamurod
C) Mirkarimboy
D) Muhammad Yaqub mehtar
-
Rossiyadan Amudaryo bo’limiga ko’chib kelganlar soni qancha edi?
A) 4 ming
B) 1 ming
C) 2 ming
D) 3 ming
-
Ural kazaklari asosan qaysi soha bilan shug’ullanishgan?
A) ovchilik
B) baliqchilik
C) dehqonchilik
D) chorvachilik
-
Qoraqalpoq xalq ijodida kulgu qahramonini aniqlang?
A) Manas
B) O’mirbek laqqi
C) O’lmas botir
D) Afandi
-
Qoraqalpoqlarda Tosh madrasa qachon va kim tomonidan bunyod etilgan?
A) 1842-Muhammad Yaqub
B) 1841-Xo’janiyoz
C) 1841-Ajiniyoz
D) 1842-Olloqulixon
-
Qoraqalpoqlarning qaysi shoirining taxallusi Zevar bo’lgan?
A) Kunxo’ja
B) Berdaq
C) Otash Olshinboy
D) Ajiniyoz
-
Berdaqning ijodi to’g’ri berilgan javobni aniqlang. 1.”Xalq uchun” 2.”Ahmoq podsho” 3.”Bo’zatov” 4.”Qiz Mengesh bilan aytishuv” 5.”Avlodlar” 6.”Omongeldi” 7.”Qirqqiz” 8.”Oydo’stbiy” 9.“Ernazarbiy” 10.“Manas”
A) 1,3,4,5,6,7
B) 2,3,4,5,7,10
C) 2,4,7,8,9,10
D) 1,2,5,6,8,9
-
Qachondan boshlab Turkistonda ma’rifatparvarlik harakati vujudga keldi?
A) XIX asrning II-yarmi
B) XIX asrning I-yarmi
C) XIX asrning oxirlaridan
D) XIX asrning boshlaridan
-
Butun turkiy xalqlar o’rtasida yoyilgan jadidchilik harakatining asoschisini aniqlang.
A) M.Behbudiy
B) U.Xo’jayev
C) Ismoil Gaspirali
D) Cho’lpon
-
Ismoil Gaspirali qachon va qayerda I-jadid maktabiga asos soldi?
A) 1885-Qrimdagi Kavkazdarvozasida
B) 1884-Qrimdagi Muyelida
C) 1884-Qrimdagi Bog’chadarvozada
D) 1884-Qrimdagi Bog’chasaroyda
-
Jadid so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
A) forscha-yangi
B) arabcha-sifatli
C) turkcha-ta’lim
D) arabcha-yangi
-
Jadidchilik g’oyalarining yoyilishida qaysi gazeta katta o’rin tutgan?
A) “Oyna”
B) “Tarjimon”
C) “Millat ko’zgusi”
D) “Sharq”
Do'stlaringiz bilan baham: |