Baholash. Faol o’quvchilar baholanadi.
Vazifa. Mavzuni o’qish .Savollarga javob berish.
Sana__________________Sinf________________Jahon tarixi
Mavzu: XIVA XONLIGI USTIDAN ROSSIYA IMPERIYASI PROTEKTORATINING O’RNATILISHI
Darsning maqsadi: ta’limiy; O’quvchilarga Rossiya imperiyasi qo’shinlarining Xiva xonligi hududida istilochilik yurishlari haqida bilim berish .
tarbiyaviy: o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: siyosiy fikrlashga o’rgatish
Dars turi: yangi tushuncha , bilimlarni shakllantiruvchi
Dars metodi: “Zakovat” savollari, ”Slaydlar”, guruhlarda ishlash
Dars jihozlari :”O’zbekiston tarixi” darsligi , Dunyoning siyosiy xaritasi ,doska, bo’r, vatman , marker, skoch, tarqatma materiallar.
Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.
O’tilganni so’rash: “Zakovat”
1.Kaufman nima uchun Samarqandga yurish qildi ? 2. Zirabuloq jangi haqida nima bilasiz? 3.Samarqndda xalq harakatiga kimlar boshchilik qildi? 4.1868 y shartnomaga ko’ra amirlikni qaysi hududlari Rossiya imperiyasiga o’tdi? 5.1873 y shartnoma mohiyatini aytib bering.
6.Jo’rabek va Bobobek bu… 7.Vassal bu… 8.Protektorat bu..
Yangi mavzu: Kichik ma’ruza . Film namoyish etish
Rossiya Xiva xonligiga qarashli yurishga 5 yil tayorlandi .1873 yil may oyida mustamlakachi hukumatning asosiy qo’shinlari Xivaga yetib keldi .Kaufman hujum qilib muzokara olib boradi . 1873 yil 1 2 avgust kuni Xiva xoni Muxammad Rahimhon bilan Rossiya imperiyasi o’rtasida Gandimiyon qishlog’ida shartnoma imzolanadi Tovon puli 2 mln 200 ming so’m qilib belgilandi .Shartnoma shartlariga asosan Xiva xonligio faqat Rossiya bilan aloqa qiladi , boshqa biron davlat bilan Rossiyaning roziligisiz aloqa qila olmaydi . Amudaryoning o’ng sohili xon tasarrufidan chiqarildi . Rossiyalik savdogarlar bojsiz savdo qilish huquqini qo’lga kiritdi . Xiva xonligi Rossiya imperiyasiga tobe davlatga aylandi .
Mustahkamlsh. “ Klaster” usuli.
12- avgust
Gandimiyon shartnomasi
Kaufman 1873-yil
20 yil 2,2 mln
Do'stlaringiz bilan baham: |