9-sinf uchun Informatika fanidan olimpiada uchun yozma ish savollari
I variant
1. Kiritilgan natural sonning birinchi va oxirgi raqamlarini o’rnini amashtiruvchi dastur tuzilsin.
2. n natural sonini tub ko’paytuvchilarga ajratuvchi dastur tuzing.
3. Raqamlar yig’indisi berilgan natural songa teng bo’lgan barcha uch xonali sonlar topilsin.
4. Raqamlari yig’indisi berilgan natural songa teng, barcha n 100000 natural sonlarni topish dasturini tuzing.
5. Raqamlarining yig’indisi kvadrati berilgan m songa teng bo’lgan, n dan kichik bo’lgan natural sonlarni chiqarish dasturi tuzilsin.
--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
10-sinf uchun Informatika fanidan olimpiada uchun yozma ish savollari
I variant
1. 2, 3, 4, 5, 6 sonlariga bo’lganda mos ravishda 1, 2, 3, 4, 5 qoldiqlarni beruvchi eng kichik natural son topilsin.
2. Raqamlar soni juft bo’lgan 131 ga karrali eng kichik natural son topilsin. Dastur tuzilsin.
3. Shunday uch xonali son topingki, uni 11 ga bo’lganda bo’linma uning raqamlari yig’indisiga teng bo’lsin.
4. a va b sonlarining EKUB ini toping.
5. Berilgan n soni tub son bo’lishini tekshiruvchi dastur tuzing.
--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
11-sinf uchun Informatika fanidan olimpiada uchun yozma ish savollari
I variant
1. Berilgan [n, m] oraliqda mavjud tub sonlarni topuvchi dastur tuzing.
2. O’nlik yozuvida ikkita bir xil raqam bo’lmagan barcha to’rt xonali sonlarni chop eting.
3. A(1..17) massiv berilgan. Massivning 0 ga teng elementlarining indeksini chiqaruvchi dastur tuzing.
4. Nuqtalar yordamida ekranni o’rtasidan bo’luvchi gorizantal chiziq hosil qiling.
5. Oy va yulduzlar tasvirlangan kechki osmon manzarasini chizing
Do'stlaringiz bilan baham: |