9-sinflar uchun ona tili va adabiyot fanidan olimpiada savollari


Download 32.5 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi32.5 Kb.
#1264409
Bog'liq
9olimpiada


9-sinflar uchun ona tili va adabiyot fanidan olimpiada savollari

1.Bog’langan qo’shma gap berilgan qatorni toping.


A)Shu onda chiroq o’chdi va birdaniga o’q uzildi
B)Mana,sen ketding-u,bo’ldim xayolkash
S)Kishini tabiatini vujudga keltiradi,ammo uni jamiyat kamol toptiradi
D)A,B,S

2.Quyidagi gaplarning qay birida yuklama bog’lovchi vazifasida qo’llangan?


A)To’lagan ro’molchasini cho’ntagidan oldi va boshqatdan qatladida ,yana cho’ntagiga solib qo’ydi.
B)Yo’q , faqat meni bilishmaydi ,lekin boshqalarni,jumladan,seni ham,yaxshi bilishadi.
S)Gapni cho’zma,chunki hayot qisqadir. D)A,B

3.Ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapni aniqlang.


A)To’satdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada Ertoyev paydo bo’ldi.
B)Bu daraxtning bo’yi baland,lekin mevasi kam.
S)Uzoqlardan keng vodiy quchog’idan goh ko’m-ko’k o’t bosib yotgan yaylovlar ko’rinadi,goh qop-qorong’u daralar ko’zga tashlanadi
D)Rejadagi zarur ishlarni amalgam oshirishga vaqt yetkaza olmayapman,sen bo’lsa faqat dam olaylik deysan

4.Ergash gapli qo’shma gap berilgan qatorni aniqlang


A)Olim bo’lsang,olam seniki
B)Kamtar bo’l,chunki kamtarlik insonni kamolotga boshlaydi
S)Nodon mol-dunyo yig’adi,aqlli odam bo’lsa boshqalarga yordam berib,bundan rohatlanadi.
D)A,B

5.Bitta kesimlik belgisiga,mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo’lgan gap…


A)qo’shma gap S)murakkab qo’shma gap
B)soda gap D)A,B,S

6.Gap uchun eng muhim belgi nima?


A)ohang S)kesimlik
B)mazmun D)A,B,S

7.Nima gaplarni sodda va qo’shma gaplarga ajratishga asos bo’ladi?


A)Grammatik munosabatning shakllanishi
B)mazmuniy munosabat
S)tugal fikr miqdori
D)kesimlik belgisining miqdori

8.Qo’shma gap qismlarini aniqlang.


A)so’z birikmasi S)sodda gaplar
B)so’z (gap bo’laklari) D)A,B,S

9.Kitob insondan hech narsani tilamaydi,


U odob-axloqning koni bilimning bulog’idir.Mazkur soda gaplarni qaysdi bog’lovchi vosita yordamida qo’shma gapga aylantirish mumkin?
A)Chunki S)-sa
B)shuning uchun D)A,B
10.Qanday holatga ko’ra qo’shma gaplarni guruhlarga bo’lamiz?
A)mazmuniga ko’ra
B)qismlarning qanday bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanishiga ko’ra
S)gap bo’laklarining ishtirokiga ko’ra
D)tuzilishiga ko’ra

11.Qo`shma gaplar bog`lovchilardan boshqa yana nimalar bilan bog`lanadi?


A)vergul ohang S)yuklamalar
B)modal so`zlar D)A,S

12.“... Ana endi 16 urug’ qo’ng’irot elida bir chupronto’y bo’ldi . Xaloyiqlarni , elatiyalarni to’yga xabar qildi ...” “ Alpomish” dostondan olingan ushbu parchada elatiyalar deb kimlar nazarga tutilmoqda ?


A) Elatiya aholisi S) Elatiya qullari
B) ko’chmanchi chorvadorlar D) jazoga hukm etilganlar

13.A.Navoiy ilk devonini aniqlang?


A).Navodir un- nihoya B)Badoye ul-bidoya
S)Hayrat ul-Abror D)Navodir-ush shabob

14. .A.Navoiy va Boburning aruz vazniga bag`ishlangan asarlarni ko`rsating?


A)“Muhokamatul-lig`atayin”,“Muxtasar” B)”Mezon ul-avzon”,”Mubayyin”
S) “Majolis-un nafois”, “Muxtasar “ D)“Mezon ul-avzon”,“Muxtasar”

15.A.Navoiy “Xamsa”dostonlarini yoza boshlagan va Bobur tug`ulgan yili – ikki o`zbek dahosiga tegishli sana qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?


A)1483 B)1485 S)1476 D)1482

16. To`ldiruvchining grammatik belgilarini yozing?


17.Navoiyning so`nggi asari nomini belgilang?


18.Yo’lovchining o’zi ichkariga kirdi-yu,ikki ko’zi tashqarida qoldi.Ushbu gap qanday bog’langan?Qolipini chizib bering.


19.Gap bo’laklari deb nimaga aytiladi?


20.Boborahim Mashrabga “Mashrab” taxallusini kim bergan?


21.A.Navoiyning “Arbain”asari qanday mazmunga ega?


22.Bobur yashagan shaharlarni qayd eting?


23. “Bu kitobni tuzgan,toat yo’lida tizgan ma’siyat yobonin kezgan,oz ozuqliq ko’p yazuqliq…”kishi kim edi?


24.Farhodning ustozlari kimlar bo’lgan?




25. “Odami ersang demagil odami,oniki yo’q xalq g’amidin g’ami”Ushbu misralar kimning qaysi asaridan olingan?
Download 32.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling