9-Tajriba ishi “scada” asosida avtomatik rostlash tizimini tadqiq qilish nazariy ma’lumotlar


-rasm. ARTning struktura sxemasi. Tajriba uskunasi tasnifi


Download 1.07 Mb.
bet2/3
Sana19.11.2021
Hajmi1.07 Mb.
#175794
1   2   3
Bog'liq
9-ТАЖРИБА

10.1-rasm. ARTning struktura sxemasi.
Tajriba uskunasi tasnifi:

10.2-rasmda tajriba qurilmasi ko`rsatilgan. Rostlash ob’yetki bo`lib elektropech 8 hisoblanadi. Pechda harorat datchigi (platinali termometr Pt100) 9 o`rnatilgan. Boshqarish ob’yektining inertsionlik xossasini o`lchash uchun, unda ventilyator 10 va boshqarish bloki 11 o`rnatilgan. Boshqarish bloki yordamida ventilyator yuritgichining aylanishlar sonini o`zgartirish mumkin. Ventilyatorni ishga tushirish uchun ulab-uzgich 12, elektropech isitgichini esa – ulab-uzgich 13 bilan ishga tushiriladi.




10.2-rasm. ARTni tadqiq qilish uchun tajriba uskunasi sxemasi.

1-asboblar bloki; 2-rostlagich; 3-USB adapter; 4-kompyuter; 5-asboblar va sensor panelini o`chirish uchun tugmalar; 6-TTC 25 simistorli kuchlanish rostlagichi;

7-operator paneli; 8-roshlash ob’yekti (elektopech); 9-harorat datchigi (PT100 qarshilik temometri); 10-ventilyator; 11-ventilyatorni boshqarish bloki;

12-ventilyatorni ishga tushirish kaliti; 13-elektropech isitgichini yoqish uchun kalit.

Laboratoriya uskunasida DMKdan olingan ma’lumotlarni yig`ish, saqlash va qayta ishlash funktsiyasini SCADA-tizimi amalga oshiradi.

Tizimda ma’lumotlar kadrlar (oynalar) va ularda o`rnatilgan boshqarish va namoyish etish elementlari yordamida aks ettiriladi. Vizualashtirish tizimining barcha kadrlari tizimning bosh kadrida mavjud (10.3-rasm). U quyidagi namoyish etish va boshqarish elementlaridan iborat:

a) qurilmani ishga tushirish uchun ulab uzgich va hozirgi ishchi holatni aks ettiruvchi indicator;

b) boshqarish rejimini (avtomatik va qo`lda) o`zgartirish sohasi;

v) rostlagich parametrlarini sozlash sohasi;



g) oynaning pastki qismida datchik va ijro etuvchi mexanizmlarning controller bilan ulanish sxemasi ko`rsatilgan.


10.3-rasm. Mnemosxemaning bosh kadri (oynasi) ko`rinishi.

1-bosh kadr tugmasi; 2-trendlarning ekran ko`rinishiga o`tish tugmasi; 3-jadvallarga o`tish tugmasi; 4-treglarga o`tish tugmasi; 5-parametrlarni sozlash oymasiga o`tish tugmasi; 6- foydalanuvchilarni ro`yxatdan o`tkazish oynasiga o`tish tugmasi;

7-tizimdan chiqish tugmasi; 8-tizimni virtual ishga tushirish tugmasi; 9-boshqarish rejimini tanlash (avtomatik, qo`lda); 10-qo`lda boshqarish rejimida boshqaruchi ta’sirni %da o`rnatish sohasi; 11-avtomatik rejimda haroratni belgilash sohasi;

12-rostlagich zanjirini o`rnatish sohasi; 13-ob’yektdagi ayni haroratni ko`rsatuvchi soha; 14-rostlagich zanjirlarining operator sozlamalarini o`rnatish sohasi.

10.4-rasmda PID-rostlagichni o`rganish oynasi (trend) ko`rsatilgan.




10.4-rasm. Ob’yektda haroratni avtomatik rostlash trendining ekran ko`rinishi.
SCADA tizimida parametr ko`rsatkichlari arxiv ma’lumotlarini jadval ko`rinishida aks ettirilishi mukin (10.5-rasm).



Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling