9-variant Talaba Shomurodova Laylo


Download 304.51 Kb.
bet3/8
Sana11.09.2023
Hajmi304.51 Kb.
#1676002
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-variant Shomurodova Laylo

4. ICOR korsatkichi haqida nimalarni bilasiz?

Bir vaqtning o’zida, investitsiyalar samaradorligini aniqlash ularni safarbar etishning istiqbollarini bashoratlashda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, iqtisodiyot bo’yicha investitsiyalar taqsimotining to’g’ri yo’nalishlarini aniqlab olishga imkon beradi. Shu maqsadda foydalaniladigan ICOR (incremental capital-output ratio) koeffitsienti asosiy kapitalga qo’yilgan mablag’larning kelgusi yilda YaIMning o’sishiga ta’sirini aniqlashga imkon beradi va YaIMda investitsiyalar salmog’ining keyingi yildagi YaIMning qo’shimcha o’sish sur’atiga nisbatini ifodalaydi.
ICOR koeffitsienti investitsiya resurslarining samarali ishlatilishini belgilab beruvchi ko’rsatkich hisoblanib, u qanchalik kichik bo’lsa, shunchalik ahamiyatli hisoblanadi va aksincha52.
Investitsiyalar iqtisodiy o’sishni ta’minlash bilan birga kelgusida investitsiyalash manbalarini yaratish uchun ham xizmat qiladi. Shu sababli yalpi investitsiyalarning YaIMga nisbatan ulushi YaIMning o’sish sur’atidan 4-8 marotaba ko’p bo’lishi lozim. Qolaversa, yalpi investitsiyalarning aholi jon boshiga to’g’ri kelgan miqdorini va uning o’tgan yilga nisbatan o’sish darajasini aniqlash investitsiyalar samaradorligini real baholashning muhim sharti hisoblanadi. Shuningdek, muayyan bir tarmoq bo’yicha yalpi investitsiyalarning samaradorligini aniqlashda joriy davrda tarmoqda band bo’lgan kishilar boshiga nisbatan to’g’ri kelgan o’rtacha investitsiyalar miqdorini hisoblash ham foydalidir.
ICOR = I : ∆YaIM (5.1),bu erda: I – o’tgan yilda YaIMda investitsiyalarning ulushi; ∆YaIM – yalpi ichki mahsulotning o’tgan yilga nisbatan qo’shimcha o’sish sur’ati.
O’zbekiston iqtisodiyoti uchun ICOR ko’rsatkichi darajasini quyidagi jadval orqali ko’rish mumkin.


Download 304.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling