9-variyant Informatika va axborot texnologiyalarini kurslarining dasturiy ta’minoti


-variant 1.Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalarini kurslarini o’qitish maqsadi va vazifalari


Download 33.7 Kb.
bet11/13
Sana05.01.2022
Hajmi33.7 Kb.
#219538
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
9-variant

11-variant

1.Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalarini kurslarini o’qitish maqsadi va vazifalari.

Mamlakatimizda barcha sohalarda chuqur va keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilar ekan, unda uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirishga juda katta ahamiyat
berilmoqda. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy ishlar va sarqitlardan to’la xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash» kabi maqsadi ta’lim jarayoniga boshqacha nazar bilan qarashni talab etadi. Umuman, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida bunday muammolar o’z dolzarbligi bilan alohida ajralib turadi. Dunyoga yangi ko’z bilan qaraydigan, uddaburon, o’z ishining ustasi bo’luvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi yosh kadrlarni tayyorlash va ularga ta’lim berish respublikamiz pedagoglari oldida turgan muhim va mas’uliyatli vazifadir. Uzluksiz ta’lim tizimi va uni takomillashtirish yuzasidan ko’pgina olimlar
amaliy va ilmiy tadqiqot ishlari olib borayapti. Uzluksiz ta’lim tizimi va uning asosiy tuzilishi haqida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da atroflicha bayon
etilgan. Unda belgilanishicha, «Uzluksiz ta’lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim
standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi».
Ushbu ta’lim tizimining har bir bosqichida fanlarni o’qitishda ularning uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash kerak bo’ladi. Shu maqsadda fanlarni
o’qitishning kontseptsiyasini ishlab chiqish, u asosda o’quvchilarga bilimlar berish muhim ahamiyatga ega.


Download 33.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling