901- guruh talabasi safarova feruza ilhomovna mavzu. Bosh miyaning infeksion kasalliklari. Bosh miyaning qon-tomir kasalliklari. Bosh miya jaroxatlari, miya falaji, astenik xolat
Download 448.02 Kb. Pdf ko'rish
|
1- Mavzu B.R
901- guruh talabasi SAFAROVA FERUZA ILHOMOVNA Mavzu. Bosh miyaning infeksion kasalliklari. Bosh miyaning qon-tomir kasalliklari. Bosh miya jaroxatlari, miya falaji, astenik xolat. Bosh miya boy shohlangan qon tomir to‘ri-arteriya va venalar bilan taminlangan. Turli sabablar ta’sirida bosh miya qon tomirlari ayniqsa, nerv elementlarini kislorodga boy qon bilan taminlovchi arteriyalarda buzilishlar ro‘y berishi mumkin, bu esa nerv hujayralari faoliyatida keskin aks etadi. Tomir tonusini o‘zgarishini asosiy sabablaridan biri tomir devorlaridagi sklerotik o‘zgarishlardir. Bu tomir elastikligini yo‘qolishiga, ularning torayishiga va qon aylanishinng buzilishiga sabab bo‘ladi. Tomirlarning patologik o‘zgarishlari fonida miyada qon aylanishini buzilishi, yani insult paydo bo‘lishi mumkin. Miyaga qon quyulishi, qon bosimininig oshishi (gipertoniya)da ko‘p kuzatiladi. Shu bilan birga, tomir devoriga qattiq qon elementlari, qon pufakcha, fibrinning yig‘ilishi natijasida arteriya bekilib qolishi mumkin (tromboz). Bu holat ko‘pincha qon bosimi pasayganda (gipotoniya), qonning tomirlarda oqishini sekinlashuvida sodir bo‘ladi. Va nihoyat tomirning bekilishi patologik o‘zgargan yurak klapanlaridan uyqu arteriyasi shohlariga trombning o‘tishi natijasida kelib chiqishi mumkin (yurakning revmatik hurujlari). Bu hollarda yurak klapanlarida o‘ziga xos soqolsimon o‘simtalar paydo bo‘ladi. Patologik o‘zgarishlarning uzilib ketgan to‘qimalari qon oqimi orqali miya tomirlariga o‘tishi va qon aylanishi buzilishini keltirib chiqarishi mumkin. Kasallik belgilari, kechishi va oqibatlari – miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi (qon quyilishi, tromboz) to‘liq yoki qisman behushlik, nafas va yurak-qon tomir faoliyatlarini buzilishi bilan birga kechadi. Qon quyilishida bu belgilar trombozga qaraganda keskin tusda bo‘ladi. Shu bilan birga falaj, parez, nutq buzilishlari (afaziya), psixikaning o‘zgarishida namoyon bo‘luvchi miya faoliyati buzilishlari sodir bo‘ladi. Biroq tomirlarning patologik o‘zgarishi keksa yoshdagina kuzatilmaydi. Masalan, bola va o‘smirlarda falaj, parez, afaziya kabi boshqa patologik simptomlar bilan namoyon bo‘luvchi miya qon aylanishining buzilishlari kuzatiladi. Bu kam uchraydigan hollarda tomirlar sifilis kasalligi, yallig‘lanish jarayonlari (ensefalit) yoki bish miya jarohatlari natijasida zararlanadi. Shuni qayd etish joizki, bolalar nevrologiyasi amaliyotida bosh miya qon aylanishining buzilishi, ko‘pincha, og‘ir travmatik tug‘ruq jarayonida miya pardalari venalarining ezilishi yoki uzilishi holatlarida namoyon bo‘ladi. Ularning oqibati sifatida falaj yoki tutqanoqsimon hurujlar rivojlanishi mumkin. Keyinchalik nutqni rivojlanmasligi – alaliya, dizartriya kuzatiladi. Mayda qon tomirlarda qon quyilishi bilan birga keladigan orttirilgan bosh Download 448.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling