66-rasm. Tog‘ayli baliqlar: 1 – akula; 2 – dengiz tulkisi – skat baliq;
3 – tikandum skat
Skatlarning anal, aksariyat hollarda dum suzgichlari hambo'lmaydi, ko'krak suzgichlari juda kengayib borgan. Yassi ortodentintipida tuzilgan tishlari kuchli qirg'ichni hosil qiladi. Aksariyat turlarisuv tubida, ayrim turlari (mantasimonlar, tikandumlilar) suv qa'ridahayot kechiradi. Asosan dengizlarda, deyarli barcha mintaqalardabirmuncha sayozlikdan 2700 m chuqurlikkacha hayot kechiradi.Ayrim turlari tropik daryolarda (Amazonka va boshqa daryolarda)uchraydi. Bentos organizmlar bilan oziqlanadi yoki yirtqich hayotkechiradi. Tirik tug'adi yoki tirik tuxum qo'yib ko'payadi. Faqat rombo skatsimonlar suv tubiga yirik tuxum qo'yadi. Skatlarning 350dan ortiq turi bor.
Elektr skatlar (Torpedinidae) ta n a si y u m a lo q , tum sh u g'i(rostru m i)b o‘lm aydi. Dumi kalta, suzgichlari sferik shaklda. Tanasining ikki yonida ko'krak suzgichlari bilan boshi oralig'ida elektr organi joylashgan. Bu organ shaklan o’ zgargan muskul to’qimasidan iborat. Har bir elektr organi vertikal joylashgan teri katakchalariga o'xshaydigan yuzlab ustunchalardan iborat. Ustunchalarning orasi g'ovak to'qima bilan to'lgan. Har bir ustuncha elektr batareyasiga o'xshash quyuq modda bilan to'ldirilgan 350 -400 diskdan iborat. Skat hosil qilgan elektr razryadi 8 voltdan 220 voltgacha yetadi. Elektr skatlar dengiz tubida kam harakat qilib yashaydi. Hamma okeanlarning subtropik va tropik qism ida uchraydi.
Oddiy elektr skat (Torpedo marmorata) Atlantikaning sharqiy sohillarida va O'rta yer dengizida keng tarqalgan. Tog'ayli baliqlar dunyo miqyosida ushlanadigan baliqlarning 1,5 — 2 foizini tashkil etadi. Avstraliya va Yaponiyada ko'pchilik tog'ayli baliqlar ozuqa sifatida ishlatiladi.Akulaning jigaridan vitamin "A"ga boy bo'lgan baliq yog'i olinadi. Bulardan tashqari, akula va skatlaming terisidan poyabzal va galantereiya mahsulotlari tayyorlanadi.
Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang
Do'stlaringiz bilan baham: |