944-yil; Samarqand


Download 21.1 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi21.1 Kb.
#1497496
Bog'liq
motrudi


Aqida (arab.) — dindorlar uchun majburiy hisoblangan, shak keltirmasdan, muhokama yuritmasdan eʼtiqod qilinishi lozim boʻlgan diniy talablar. Islom aqidalarining asosi Qur’onda berilgan, hadislardagi koʻrsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Islomning sunniylik yoʻnalishi ilohiyotida eʼtirof etiladigan aqidalar yoki imon talablari 7 ta: Allohning yagonaligiga, farishtalarga, muqaddas bitiklarga, paygʻambarlarga, oxiratga, taqdirga va inson qazo qilganidan soʻng qayta tirilishiga ishonish (qarang Sunniylik). 

Абу Мансур Мотуридий (870-yil; Samarqand — 944-yil; Samarqand) сунний эътиқодидаги икки йирик таълимотлардан бири бўлмиш мотуридия таълимотининг асосчиларидан ҳисобланади. Унинг тўлиқ исми Абу Мансур Муҳаммад ибн Муҳаммад ибн Маҳмуд Ҳанафий Мотуридий Самарқандийдир. Буюк калом имоми ва фиқҳ олими асли Самарқанднинг Мотурид қишлоғидан бўлиб, унинг тахаллуси шу қишлоққа нисбатан олингандир. Абу Мансур Мотуридий дастлабки таълимни шу қишлоқда олиб, кейинчалик Мовароуннаҳрнинг ўша даврдаги диний ва маърифий маркази бўлган Самарқандда давом эттиради.
Motrudiy — imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. Kalom — o‘rta asr musulmon adabiyotida: diniy falsafiy mavzudagi barcha mulohazalar, shu o‘rinda, alohida ma’noda islom dinidan kelib chiqadigan fikrlarda diniy aqidaparstlikka ergashish emas, balki aqlga asoslangan sharhni beruvchi spekulyativ tartibdir.
„Imom al-hudo“, „Imom al-mutakallimin“ („Hidoyat yoʻli imomi“, „Mutakallimlar imomi“) nomlari bilan ulugʻlangan.
Shuningdek buyuk imom Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida oʻqidi va mahalliy hanafiy faqihlardan taʼlim oldi.
Moturidiyning asosiy asarlari „Kitob at-tavhid“ („Yakkaxudolik haqidagi kitob“), „Taʼvilat ahl as-sunna“dir („Sunniylik anʼanalari sharhi“). „Kitob at-Tavhid“ bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohiyotshunosligining birinchi asari hisoblanadi. Kitobning kalom ilmi taʼrifi berilgan muqaddimasida bilimning 3 manbai: hissiy (sezgi) aʼzolari vositasida, naql — rivoyatlar vositasida va aql-idrok vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. Moturidiy sof din doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulugʻlaydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini taʼkidlaydi. Kitobda oʻsha davrdagi adashgan firqalar qarashlarining haqiqatdan yiroq ekanligi tahlil etilgan. Moturidiy „Din yoʻlidagi barcha adashuvlarning sababi — riyokor kimsalarga koʻr-koʻrona ergashishdadir“, deb taʼkidlagan edi.


Moturidiy Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abul Hasan al-Ashʼariy (873—935) ishlab chiqqan Islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik eʼtiqodiga kirib qolgan notoʻgʻri, gʻayri sahih aqidalardan tozaladi.

Kalomning bir qator savollariga Moturidiy va uning izdoshlari asharitlari kabi javob berishgan: ular Qur’onning ma’nosiga ko‘ra uni abadiy deb bilishgan, solihlar Allohni narigi dunyoda qay holatda bo‘lsa-da ko‘ra olishadi, inson xatti-harakati Alloh tomonidan amalga oshiriladi, inson esa bor-yo‘g‘i irodasi va qobiliyati orqali ularni o‘zlashtiradi, Allohni (uning bilimi, qudrati va hokazo) haqiqiy va abadiy deb hisoblashgan. Ammo asharitlardan farqli o‘laroq, Moturidiy abadiylikni Allohning nafaqat belgilar mohiyati bilan, balki harakatlarining abadiyligini tan olgan; xuddi mutazilitlar insonda tanlash huquqi bor deb hisoblashganliklari singari, shu o‘rinda, Yaratganga ishonish diniy marosimlar orqali emas, balki Allohga bo‘lgan nutqiy iqrorlik kabi ikki qarama-qarshiliklar orasidagi tanlov kabidir.
Download 21.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling