“A” – sinf o‘quvchisi Ibragimov Farruxga pedagogik-psixologik tavsifnoma


Download 11.9 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi11.9 Kb.
#1831088
Bog'liq
O`quvchiga tavsifnoma


Surxondaryo viloyati Sho'rchi tuman 73 – sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi 8“A” – sinf o‘quvchisi Ibragimov Farruxga pedagogik-psixologik
TAVSIFNOMA

8“A” – sinf o‘quvchisi Ibragimov Farrux ning sinfda fanlardan bo‘sh o‘zlashtiruvchi va jamoat ishlaridan ham o‘zini chetga olishga harakat qiladigan o‘quvchilardan biri bo‘lib, fanlardan har doim uch baholarga o‘qiydi va choraklik yakunlarini ham faqat uch baholar bilan tugatgan. Fanlar ichida, ayniqsa, matematika, fizika, kimyo, tarix fanlariga e‘tibori sust.


Ibragimov Farrux maktab va sinf jamoat ishlarida ham passiv ishtirokchi, uning qaloqligi sinfga ham katta ta’sirini o‘tkazadi, uning orqasida ko‘pincha sinf faollari va sinf rahbari e’tirozlarga sababchi bo‘ladi. Sinf o‘quvchilari ichida yana shu kabi ikki nafar o‘rtog‘i bor. Ular bilan ko ‘pincha darslarga kechikib keladi, darslarda bo‘lar-bo‘lmas savollar berishga va darsning borishiga qisman bo‘lsa-da, to‘sqinlik qilishga sababchi bo‘ladi. Sinfdan tashqari tadbirlarga ham qatnashmaslik yo‘lini izlab bahona qidirishga, o‘zini chetga olishga moyil o ‘quvchidir.
Ibragimov Farrux ning hamisha maktab rahbariyati, sinf rahbari nazoratiga olingan bo‘lib, uning xatti-harakatlarini kuzatib, iloji boricha yaxshi yo‘lga solishga va buzg‘unchilik ishlariga yo‘l qo‘ymasdan sinfning faol o‘quvchilari qatoriga qo‘shish maqsadida ota-onasi bilan hamkorlik to‘g ‘ri yo‘lga qo‘yilgan va ko‘proq ishlashga e’tibor qaratilgan.
Kelajakda Ibragimov Farrux ning jamiyatimiz uchun foydasi tegadigan kadr bo‘lib o‘zgarishiga ishonaman.

Maktab derektori: A.Xudoyberdiyev



Surxondaryo viloyati Sho'rchi tuman 73 – sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi 8“A” – sinf o‘quvchisi Rustamova Shodiya ga pedagogik-psixologik


TAVSIFNOMA

8“B” – sinf o‘quvchisi Rustamova Shodiya sinfda faol o‘quvchilardan biri


bo‘lib, fanlardan har doim a’lo baholarga o‘qiydi va choraklik yakunlarini ham faqat besh baholar bilan tugatadi. Fanlar ichida matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlariga juda qiziqadi va “Yosh matematik” to‘garagining faol a’zosi. 2019–2020-o‘quv yilida o‘tkazilgan bilimlar bellashuvida matematika fani bo‘yicha faxrli ikkinchio‘rinni egallashga muyassar bo‘lgan.
Rustamova Shodiya maktab va sinf jamoat ishlarida ham faol ishtirokchi, uning a a’lochiligi, jamoatchiligi, tashkilotchi va tashabbuskorligini hisobga olib, 5-sinfda 6-sinfdan buyon sinf sardori bo‘lib saylangan. Sinf o‘quvchilari bilan inoq,Sinfdan tashqari turli tadbirlarni tashkil etishda hamisha sinf rahbariga yordamchi, sinf o‘quvchilarini ham o‘zining ortidan ergashtirishga va tadbirlarda faol ishtirok etishlariga harakat qiladi.
Rustamova Shodiya ning faolligini hiso bga olib, maktab ma’muriyati va jamoat tashkilotlari tomonidan bir necha marta yozma “Faxriy yorliq”lar va og‘zaki tashakkurnomalar olishga erishgan. Men ham kelajakda Abdullayev Maftuna jamiyatimiz uchun o‘z o‘rniga ega bo‘lgan kadr bo‘lishiga ishonaman.

Maktab derektori: A.Xudoyberdiyev




Download 11.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling