A 2 bosqichga
Download 42 Kb.
|
TEST O\'zb eng yangi tarixi (142 javoblar
TEST 1. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘lining mazmun-mohiyati va xususiyatlarini ob’yektiv baholagan holda mustaqillik davri nechta bosqichga bo‘lib o‘rganiladi? A) 2 bosqichga. B) 3 bosqichga. C) 4 bosqichga. D) 5 bosqichga. 2. O’zbekistonning mustaqillik davri tarixi birinchi bosqichi qaysi yillarni qamrab oladi? A) 1991-2016-yillar. B) 1991-2000-yillar. C) 1991-2005-yillar. D) 1991-1997-yillar. 3. Nechanchi yildan O’zbekistonda faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatilgan? A) 2000-yil. B) 1997-yil. C) 1991-yil. D) 2005-yil. 4. Nechanchi yildan O’zbekistonda demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonini yanada chuqurlashtirish masalasi ilgari surildi? A) 2010-yil. B) 2005-yil. C) 2000-yil. D) 2015-yil. 5. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi nechanchi yilda ishlab chiqilgan? A) 2010-yil. B) 2005-yil. C) 2000-yil. D) 2015-yil. 6. O’zbekistonning eng yangi tarixida demokratik an’analar asosida yangi davlat boshqaruv tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tashkil etish, hamda fuqarolik jamiyati asoslari yaratilish, erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish qaysi yillariga to‘g‘ri keladi? A) 1991–2000-yillar. B) 2000–2010-yillar. C) 2010–2016-yillar. D) 2017-yildan keyingi yillar. 7. Strategik taraqqiyotga asoslangan keng ko‘lamli jadal islohotlar davri O’zbekistonning eng yangi tarixini qaysi bosqichiga to’g’ri keladi? A) Ikkinchi davrga. B) Birinchi davrga. C) Uchinchi davrga. D) To’rtinchi davrga. 8. O’zbekistonning eng yangi tarixini qaysi bosqichida “xalq bilan muloqot”, “xalq qabulxonalari”, “virtual qabulxona”, “tanqidiy tahlil”, “qat’iy tartib-intizom”, “arzon uylar”, “texnoparklar”, “o‘z bolangni o‘zing asra”, “yo‘l xaritasi”, “kafolatlangan xavfsizlik” singari tushunchalar kirib keldi va hayotimizning ajralmas qismiga aylandi? A) Ikkinchi bosqichida. B) Birinchi bosqichida. C) Uchinchi bosqichida. D) To’rtinchi bosqichida. 9. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining XI sessiyasi «O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi Qonunni qachon qabul qilgan? A) 1989-yil 21-oktyabr. B) 1925-yil 17-noyabr. C) 1990-yil 23-mart. D) 1991-yil 31-avgust. 10. O‘zbekiston “Mustaqillik Deklaratsiyasi” qabul qilingan sanani belgilang. A) 1990-yil 20-iyun. B) 1989-yil 21-oktabr. C) 1990-yil 20-may. D) 1990-yil 1-avgust. 11. “O‘zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston SSRning davlat mustaqilligini e’lon qiladi” jumlalari quyidagi qaysi tarixiy hujjatda ilk bor tilga olingan? A) O‘zbekiston “Mustaqillik Deklaratsiyasi”. B) O‘zSSR Konstitutsiyasi. C) “O‘zR Davlat Mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi Qonun. D) “O‘zSSR Konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonun. 12. 1991-yil 17-mart kuni O‘zbekistonda qanday masala bo‘yicha birinchi referendum o‘tkazildi? A) O‘zbekistonning mustaqil, teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida bo‘lishi masalasida. B) O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi masalasida. C) I.A. Karimovning Prezidentlik vakolatini uzaytirish masalasida. D) O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lib kirishi masalasida. 13. 1991-yilning 19-21-avgustida Moskvada davlat to‘ntarishi qilishga urinib ko‘rildi. Fitnachilarning maqsadlari… A) Ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarning mustaqilligini qo‘lga kiritishlariga yo‘l qo‘ymaslik edi. B) M.S. Gorbachevga iste'foga chiqarish edi. C) Barcha Ittifoqdosh respublikalarga mustaqillik berish edi. D) Bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun etarli shart-sharoit yaratish edi. 14. Mamlakatda vujudga kelgan ahvolni e’tiborga olib va respublika manfaatlarini himoya qilish maqsadida Respublika Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi komiteti O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olish hamda Respublika hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston SSR Prezidentiga bo‘ysundirish to’g’risida O‘zbekiston SSR Prezidentining maxsus farmoni e’lon qilingan sanani belgilang. A) 1991-yil 25-avgust. B) 1991-yil 21-avgust. C) 1991-yil 19-avgust. D) 1991-yil 31-avgust. 15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash haqidagi qaror qachon qabul qilingan? A) 1991-yil 26-avgust. B) 1991-yil 21-avgust. C) 1991-yil 29-iyul. D) 1991-yil 1-iyun. 16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi qachon o‘z ishini boshlagan? A) 1991-yil 31-avgust. B) 1991-yil 28-avgust. C) 1991-yil 1-sentyabr. D) 1991-yil 26-avgust. 17. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari nechanchi sessiyasida ko’rilgan? A) VI sessiyada. B) V sessiyada. C) VII sessiyada. D) VIII sessiyada. 18. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining nechanchi sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti” qabul qilingan? A) VI sessiyada. B) V sessiyada. C) VII sessiyada. D) VIII sessiyada. 19. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonun nechta moddadan iborat? A) 17 modda. B) 12 modda. C) 8 modda. D) 21 modda. 20. 1990-yil 20-iyun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining II sessiyasida Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti boshchiligida necha kishidan iborat komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilgan? A) 64 kishidan. B) 32 kishidan. C) 40 kishidan. D) 54 kishidan. 21. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini yaratish ustida konstitutsiyaviy komissiya qancha vaqt mobaynida ishlagan? A) 2,5 yil. B) 2 yil. C) 1,5 yil. D) 3 yil. 22. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasining dastlabki varianti qachon tayyorlangan? A) 1991-yilning oktyabr-noyabr oyida. B) 1991-yilning sentyabr-oktyabr oyida. C) 1992-yilning mart-aprel oyida. D) 1992-yilning oktyabr-noyabr oyida. 23. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining dastlabki loyihasi nechta moddadan iborat bo’lgan? A) 158 modda. B) 162 modda. C) 134 modda. D) 149 modda. 24. 1992-yil martda ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasining ikkinchi varianti nechta moddadan iborat edi? A) 149 modda. B) 162 modda. C) 134 modda. D) 158 modda. 25. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun ikkinchi marta matbuotda qachon e’lon qilingan? A) 1992-yil 26-noyabrda. B) 1992-yilning aprel oyida. C) 1991-yil 26-sentyabrda. D) 1992-yilning mart oyida. 26. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? A) 1992-yil 8-dekabr, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida. B) 1991-yil 31-avgust, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasida. C) 1991-yil 30-sentyabr, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida. D) 1991-yilning 18-noyabri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida. 27. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tarkibiy qismi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. A) 6 bo‘lim, 26 bob, 128-modda. B) 6 bo‘lim, 28 bob, 126-modda. C) 6 bo‘lim, 8 bob, 120-modda. D) 6 bo‘lim, 26 bob, 149-modda. 28. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan “O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qilingan sanani belgilang. A) 1991-yil 15-fevral. B) 1992-yil 1-sentyabr. C) 1992-yil 2-iyul. D) 1991-yil 18-noyabr. 29. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan sanani belgilang. A) 1991-yil 18-noyabr. B) 1992-yil 4-iyun. C) 1992-yil 8-dekabr. D) 1992-yil 18-noyabr. 30. O’zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni nechta moddadan iborat? A) 13 modda. B) 15 modda. C) 24 modda. D) 10 modda. 31. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan? A) 1992-yil 2-iyul. B) 1991-yil 18-noyabr. C) 1992-yil 8-dekabr. D) 1992-yil 10-dekabr. 32. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonun qachon qabul qilingan? A) O‘zR Oliy Kengashining XI sessiya, 1992-yil 10-dekabr. B) O‘zR Oliy Kengashining X sessiya, 1992-yil 2-iyul. C) O‘zR Oliy Kengashining XI sessiya, 1992-yil 8-dekabr. D) O‘zR Oliy Kengashining VIII sessiya, 1991-yil 18-noyabr. 33. Lotincha “majlis”, “yig’ilish” ma’nolarini anglatib, ish, mashg‘uloti davriy ravishda amalga oshiriladigan vakolatli organlarning, sud yoki jamiyatlarning ish, yig‘ilish o‘tkazadigan davri mazmunini ifodalovchi atama – bu … A) Sessiya. B) Kongress. C) Plenum. D) Qurultoy. 34. Lotincha “yuborilgan, vakil qilingan” ma’nolarini bildirib, vakolatli davlat organiga saylangan kishi, vakil mazmunini ifodalovchi atamani belgilang. A) Delegat. B) Deputat. C) Kongressmen. D) Konsul. 35. O‘zbekistonda sobiq Ittifoqning rubl zonasi bo‘lib turgan yillarni aniqlang. A) 1991-1993-yillar B) 1993-1995-yillar. C) 1988-1990-yillar. D) 1992-1994-yillar. 36. O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘mning muomalaga kiritilgan sanasini aniqlang. A) 1994-yil 1-iyul. B) 1993-yil 1-noyabr. C) 1992-yil 18-oktabr. D) 1996-yil 10-dekabr. 37. O‘zbekistonda Prezidentlik lavozimi qachon ta’sis etilgan? A) 1990-yil 24-mart. B) 1985-yil 1-fevral. C) 1989-yil 21-oktyabr. D) 1991-yil 31-avgust. 38. O‘zbekistonda davlat boshqaruvining uyg‘un tizimini yaratish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini bir-biridan qat’iy farqlab qo‘yish muhim ekanligini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborilgan sanani belgilang. A) 1990-yil 1-noyabr. B) 1990-yil 20-iyun. C) 1990-yil 24-mart. D) 1991-yil 15-fevral. 39. Mamlakatimizda prezidentlik saylovlarini tartibga soluvchi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun qachon qabul qilingan? A) 1991-yil 18-noyabr. B) 1989-yil 23-iyun. C) 1992-yil 4-yanvar. D) 1990-yil 24-mart. 40. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabridagi VIII sessiyasida qabul qilingan qonunni belgilang. A) «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi qonun. B) «O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi qonun. C) «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun. D) «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonun. 41. Ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida saylov bo‘lib o‘tgan sanani belgilang. A) 1991-yil 29-dekabr. B) 1991-yil 30-sentabr. C) 1991-yil 18-noyabr. D) 1990-yil 1-noyabr. 42. Ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida bo‘lib o‘tgan saylovda O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi va O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi kimning nomzodini ilgari surgan? A) Islom Abdugʻaniyevich Karimov. B) Saloy Madaminov. C) Shukrullo Rahmatovich Mirsaidov. D) Jalolov Abdulhafiz Marahimovich. 43. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tgan sanani belgilang. A) 1995-yil 26-mart. B) 1994-yil 28-dekabr. C) 1995-yil 15-fevral. D) 1995-yil 27-yanvar. 44. 2002-yil 27-yanvarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan referendum natijalariga ko’ra … A) Prezidentlik lavozimi vakolati 5-yildan 7-yilga uzaytirildi. B) Bosh vazir va siyosiy partiyalarning vakolatlari kengaytirildi. C) Prezidentlik lavozimi vakolati 2005-yildan 2007-yilga uzaytirildi. D) Ikki palatali parlament chaqirishga qaror qilindi. 45. I.A. Karimov ilk bor 7 yil muddatga O’zbekiston Prezidenti etib saylangan sanani belgilang. A) 2007-yil 23-dekabr. B) 1995-yil 26-mart. C) 2000-yil 9-yanvar. D) 2015-yil 29-mart. 46. Islom Abdugʻaniyevich Karimov so’nggi bor O’zbekiston Prezidenti etib saylangan sanani belgilang. A) 2015-yil 29-mart. B) 1995-yil 26-mart. C) 2000-yil 9-yanvar. D) 2007-yil 23-dekabr. 47. Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan sanani aniqlang. A) 2016-yil 4-dekabr. B) 2018-yil 5-dekabr. C) 2016-yil 8-sentabr. D) 2017-yil 24-dekabr. 48. Prezident Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni qachon qabul qilindi? A) 2017-yil 7-fevral. B) 2016-yil 10-noyabr. C) 2016-yil 9-fevral. D) 2017-yil 17-mart. 49. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasinng tarkibiy tuzilishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. A) 5 yo‘nalish va 21 band. B) 4 yo‘nalish va 28 band. C) 5 yo‘nalish va 22 band. D) 4 yo‘nalish va 27 band. 50. 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang. A) Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquqtizimini yanada isloh qilish. Iqgisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhsagi tashqi siyosat yuritish. B) Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash. C) Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish. Sud-huquqtizimini isloh qilish. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. D) Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquqtizimini yanada isloh qilish. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. 51. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishga oid masalalar Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishida belgilangan? A) Birinchi yo‘nalishida. B) Beshinchi yo‘nalishida. C) Ikkinchi yo‘nalishida. D) To‘rtinchi yo‘nalishida. 52. O‘zbekiston Respublikasi Harakatlar strategiyasining ikkinchi yo‘nalishi nechta banddan iborat? A) 6 banddan iborat. B) 2 banddan iborat. C) 5 banddan iborat. D) 7 banddan iborat. 53. O‘zbekistonda milliy parlamentning bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan shartli ravishda nechta asosiy davrga bo’lish mumkin? A) 3 davrga. B) 2 davrga. C) 4 davrga. D) 5 davrga. 54. O‘zbekistonda milliy parlament tarixiy taraqqiyotining birinchi davri qaysi yillarni qamrab oladi? A) 1991-1994-yillar. B) 1995-2004-yillar. C) 1990-2005-yillar. D) 1991-2000-yillar. 55. O’zbekiston milliy parlamenti qaysi yillarda Oliy Kengash deb atalgan? A) 1990-1994-yillar. B) 1991-1994-yillar. C) 1990-1995-yillar. D) 1999-2004-yillar. 56. O‘zbekistonda milliy parlament tarixiy taraqqiyotining ikkinchi davri qaysi yillarni qamrab oladi? A) 1995-2004-yillar. B) 1991-1994-yillar. C) 1990-2005-yillar. D) 1991-2000-yillar. 57. O‘zbekistonda milliy parlament tarixiy taraqqiyotining uchinchi davri nechanchi yildan boshlangan? A) 2005-yil. B) 2002-yil. C) 2004-yil. D) 2000-yil. 58. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning bir palatali parlament sifatida faoliyati davrini aniqlang. A) 1995-2004-yillar. B) 2000-2010-yillar. C) 1990-2000-yillar. D) 1994-2004-yillar. 59. 2002-yil 27-yanvarda O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan umumxalq referendumi qanday masalalarga bag‘ishlangan edi? A) Ikki palatali parlamentga o‘tish haqida va Prezident vakolatini 5 yildan 7 yilga uzaytirish haqida. B) Oliy Majlis vakolatini kengaytirish va Prezident vakolatini 7 yildan 5 yilga qisqartirish haqida. C) EXHT va Evropa Kengashiga kirish haqida. D) Mahalliy hokimiyat organlari vakolatini 5 yildan 7 yilga uzaytirish haqida. 60. Nechanchi yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasida Oliy Majlisi ikki palatadan iborat tarzda o‘z faoliyatini boshlagan? A) 2005-yil. B) 2002-yil. C) 2004-yil. D) 2000-yil. 61. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida berilgan? A) 79-modda. B) 80-modda. C) 128-modda. D) 17-modda. 62. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida berilgan? A) 80-modda. B) 105-modda. C) 12-modda. D) 99-modda. 63. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida jami necha nafar deputat va senator faoliyat yuritib kelmoqda? A) 250 ta. B) 150 ta. C) 220 ta. D) 100 ta. 64. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida necha nafar deputat faoliyat yuritmoqda? A) 150 ta deputat. B) 120 ta deputat. C) 135 ta deputat. D) 100 ta deputat. 65. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tarkibida necha nafar senator faoliyat yuritib kelmoqda? A) 100 ta. B) 84 ta. C) 120 ta. D) 135 ta. 66. O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Sеnatiga … Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi, viloyatlar va Toshkеnt shahridan tеng miqdorda nechta a’zo saylanadi? A) 6 kishi. B) 16 kishi. C) 5 kishi. D) 10 kishi. 67. O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyaga muvofiq, el-yurtda obro‘-e’tibor qozongan kishilardan necha nafar kishi O’zbekiston Prezidenti tomonidan Senat a’zosi sifatida tayinlanadi? A) 16 kishi. B) 12 kishi. C) 6 kishi. D) 5 kishi. 68. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga ko‘ra, necha yoshga to‘lgan fuqarolar Oliy Majlis deputatligiga saylanish huquqiga ega bodadilar? A) 25 yoshga. B) 30 yoshga. C) 35 yoshga. D) 21 yoshga. 69. Mustaqil O‘zbekistonda ilk bor «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Qonun qachon qabul qilingan? A) 1993-yil 6-mayda. B) 2003-yil 29-avgust. C) 2000-yil 16-iyun. D) 1992-yil 8-dekabr. 70. «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri qachon qabul qilingan? A) 2019-yil 10-dekabr. B) 2018-yil 1-may. C) 2016-yil 27-yanvar. D) 2020-yil 8-mart. 71. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatlari doirasida kirmaydigan javobni aniqlang. A) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi. B) Iqtisodiyoning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni ta’minlaydi. C) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari ijrosini ta’minlaydi. D) Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi. 72. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimi qachon ta’sis etilgan? A) 1992-yilda. B) 1995-yilda. C) 1990-yilda. D) 1994-yilda. 73. O‘zbekiston Respublikasida 1992-yil 4-yanvarda qabul qilingan qaysi qonunga ko‘ra hokim lavozimi joriy etilgan? A) «O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi qonun. B) «Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonun. C) «Fuqarolar muhofazasi to‘g‘risida»gi qonun. D) «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonun. 74. O‘zbekiston Respublikasida hokimlarning vakolat muddati necha yil hisoblanadi? A) 5 yil. B) 3 yil. C) 4 yil. D) 7 yil. 75. O‘zbekiston Respublikasida Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputatlar necha yil muddatga saylanadi? A) 5 yil. B) 2,5 yil. C) 3 vil. D) 7 yil. 76. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ilk bor «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun qachon qabul qilingan? A) 1993-yilda. B) 1995-yilda. C) 1998-yilda. D) 2000-yilda. 77. O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi qachondan bekor qilindi? A) 2008-yil 1-yanvar. B) 2005-yil 1-avgust. C) 2006-yil 1-yanvar. D) 2016-yil 4-dekabr. 78. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning PF-4850-sonli Farmoni bilan sud sohada qanday asosiy ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berildi? A) Harbiy sudlar bilan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarini birlashtirish. B) Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash. C) Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish. D) Odil sudlovga erishish darajasini oshirish. 79. 2017-yil 1-iyundan O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi sohada qanday o‘garishlar yuz berdi? A) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi. B) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda sudlar tuzish yo‘lga qo‘yildi. C) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Konstitutsion sudi birlashtirildi. D) Sudyalik lavozimiga birinchi marotaba 6-yil muddatga va keyin 10-yil muddatga shundan so‘ng muddatsiz tayinlash (saylash)ni nazarda tutuvchi tartib joriy etildi. 80. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlangan? A) 31-modda. B) 18-modda. C) 76-modda. D) 24-modda. 81. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida «O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi» degan qoida belgilab qo‘yilgan? A) 8-moddasida. B) 76-moddasida. C) 2-moddasida. D) 31-moddasida. 82. Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekiston Respublikasida dastlab qaysi siyosiy partiya tashkil topgan? A) «O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O‘zbekiston XDP)». B) O‘zbekiston «Adolat» sotsial – demokratik partiyasi. C) O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi (O‘zMTDP). D) «Vatan taraqqiyoti» partiyasi. 83. «O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O‘zbekiston XDP)»ga qachon asos solingan? A) 1991-yil 1-noyabr. B) 1990-yil 20-noyabr. C) 1989-yil 5-may. D) 1991-yil 31-avgust. 84. O‘zbekiston «Adolat» sotsial – demokratik partiyasi qachon tuzilgan? A) 1995-yil 18-fevral. B) 1996-yil 18-fevral. C) 1994-yil 24-may. D) 1995-yil 3-iyun. 85. O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi (O‘zMTDP)ning tashkil topgan sanasini aniqlang? A) 1995-yil 3-iyun. B) 1992-yil 24-may. C) 1998-yil 28-dekabr. D) 2008-yil 20-iyun. 86. 2003-yil 15-noyabrda O‘zbekistonda qanday siyosiy partiya tuzilgan? A) O‘zbekiston Liberal – demokratik partiyasi (O‘zLiDep). B) O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi. C) «Vatan taraqqiyoti» partiyasi. D) O‘zbekiston «Fidokorlar» milliy-demokratik partiyasi. 87. O‘zbekiston ekologik partiyasi qachon tashkil topdi? A) 2019-yil 8-yanvar. B) 2019-yil 22-yanvar. C) 2003-yil 15-noyabr. D) 2008-yil 2-avgust. 88. Mamlakatimiz ekolog olimlari, shu sohada ish olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va faol jamoatchilikning tashabbusi bilan “O‘zbekiston ekologik harakati” qachon tashkil topgan? A) 2008-yil 2-avgust. B) 2003-yil 15-noyabr. C) 2019-yil 22-yanvar. D) 2000-yil 14-aprel. 89. O‘zbekiston Liberal – demokratik partiyasi (O‘zLiDep) qachon tashkil topgan? A) 2003-yil 15-noyabrda. B) 1995-yil 3-iyunda. C) 1995-yil 18-fevralda. D) 2003-yil 8-yanvarda. 90. O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi va O‘zbekiston «Fidokorlar» milliy-demokratik partiyasini birlashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rilgan qurultoy qachon bo‘lib o‘tgan? A) 2008-yilda. B) 1997-yilda. C) 1996-yilda. D) 2000-yilda. 91. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining nechanchi yildagi farmoni bilan sakkizta viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi? A) 1992-yil. B) 1999-yil. C) 1997-yil. D) 1995-yil. 92. O‘zbekiston Respublikasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilingan yilni belgilang. A) 1997-yil. B) 1995-yil. C) 2000-yil. D) 1999-yil. 93. O‘zbekistonda 12 yillik majburiy ta’lim tizimidan 11 yillik ta’lim tizimiga o‘tish qachon yo‘lga qo‘yildi? A) 2017 – 2018 o‘quv yilidan boshlab. B) 2021-yilidan boshlab. C) 2018 – 2019 o‘quv yilidan boshlab. D) 2016-yilidan boshlab. 94. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida»gi PF-6003-sonli Farmoni qachon qabul qilingan? A) 2020-yil 2-iyun. B) 2017-yil 1-yanvar. C) 2018-yil 2-sentabr. D) 2019-yil 2-may. 95. 1994-yilda qaysi vatandoshimiz tavalludining 600-yilligi nishonlangan? A) Mirzo Ulug‘bek. B) Imom al-Moturidiy. C) Mahmud az-Zamaxshariy. D) Zahiriddin Muhammad Bobur. 96. Tokiodagi Soka universiteti hududida qaysi vatandoshimizning haykali o‘rnatilgan? A) Alisher Navoiy. B) Mirzo Ulug‘bek. C) Ahmad al-Farg‘oniy. D) Ibn Sino. 97. Qoraqalpoq xalqining atoqli shoiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining 175-yilligi nechanchi yilda keng nishonlangan? A) 1999-yil. B) 1998-yil. C) 1996-yil. D) 1997-yil. 98. Nechanchi yilda Kamoliddin Behzod tavalludining 545-yilligi keng nishonlandi? A) 2000-yilda. B) 1998-yilda. C) 2007-yilda. D) 1993-yilda. 99. Yurtimizdagi qaysi shaharda Kamoliddin Behzod nomidagi memorial bog‘ barpo etilgan? A) Toshkent shaharda. B) Buxoro shaharda. C) Andijon shaharda. D) Samarqand shaharda. 100. Quyidagi qaysi shahar 1996-yilda «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlangan? A) Shahrisabz shahri. B) Termiz shahri. C) Buxoro shahri. D) Qarshi shahri. 101. O‘zbekiston Respublikasida «Xorazm Ma’mun akademiyasi»ning 1000-yilligi qachon nishonlangan? A) 2001-yilda. B) 2006-yilda. C) 1997-yilda. D) 1996-yilda. 102. 2007-yilda qaysi tashkilot tomonidan Toshkent shahri «Islom madaniyatining 2007-yildagi poytaxti» deb e’lon qilindi? A) Islom konferensiyasi tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha muasassasi – ISESSO (AYSESKO) tomonidan. B) Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi tomonidan. C) Birlashgan Millatlar tashkilotining Maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti – YUNESKO tomonidan. D) Birlashgan Millatlar tashkilotining asosiy jamgʻarmalaridan biri – YUNESIF tomonidan. 103. 2009-yilning 26–27-may kunlari quyidagi qaysi shaharning 2200-yillik yubileyi nishonlangan? A) Toshkent shahri. B) Samarqand shahri. C) Marg‘ilon shahri. D) Termiz shahri. 104. O‘zbekiston Respublikasida «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik Markazi qachon tashkil etilgan? A) 1994-yilda. B) 1995-yilda. C) 1996-yilda. D) 1990-yilda. 105. «O‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi tashkil etilgan yilni toping. A) 1996-yil. B) 1999-yil. C) 1998-yil. D) 1997-yil. 106. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tashkil etilgan yilni belgilang. A) 1997-yil. B) 2000-yil. C) 2002-yil. D) 1999-yil. 107. «O‘zbekmuzey» Respublika jamg‘armasi tuzilgan yilni belgilang. A) 1998-yil. B) 1996-yil. C) 1994-yil. D) 1997-yil. 108. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «O‘zbekistonda teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmoni nechanchi yilda e’lon qilingan? A) 1998-yil. B) 1995-yil. C) 1996-yil. D) 1997-yil. 109. Nechanchi yilda O‘zbek davlat akademik drama teatriga O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining farmoni bilan «Milliy teatr» maqomi berilgan? A) 2001-yilda. B) 2003-yilda. C) 1999-yilda. D) 2000-yilda. 110. O‘zbek milliy kurashi bo‘yicha birinchi xalqaro musobaqa qachon o‘tkazilgan? A) 1992-yilda. B) 1989-yilda. C) 1997-yilda. D) 1995-yilda. 111. O‘zbek milliy kurashi bo‘yicha birinchi xalqaro musobaqa qaysi shaharlarda o‘tkazilgan? A) Termiz va Shahrisabz. B) Buxoro va Samarqand. C) Buxoro va Shahrisabz. D) Termiz va Samarqand. 112. O‘zbekiston Respublikasida 2007-yil ... deb e’lon qilingan. A) «Ijtimoiy himoya yili». B) «Sihat-salomatlik yili». C) «Barkamol avlod yili». D) «Yoshlar yili». 113. O‘zbekiston Respublikasida 2017-yil … deb e’lon qilingan. A) «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili». B) «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili». C) «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili». D) «Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili». 114. O‘zbekistonda BMTning vakolatxonasi ish boshlagan yilni belgilang. A) 1993-yil. B) 1998-yil. C) 2000-yil. D) 1995-yil. 115. O‘zbekistonda nechta diniy konfessiya faoliyat ko‘rsatmoqda? A) 17 ta. B) 10 ta. C) 20 ta. D) 100 dan ortiq. 116. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach Toshkentda birinchi bo‘lib qaysi davlat elchixonasi ochilgan? A) AQSh. B) Buyuk Britaniya. C) Eron. D) Rossiya. 117. 1991-yil 8-dekabrda Minskda quyidagi qaysi davlat rahbarlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tuzilganligini e’lon qilgan? A) Rossiya, Ukraina, Belorusiya. B) Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina. C) Latviya, Litva. Estoniya. D) Rossiya, Ukraina, Belorusiya, O‘zbekiston. 118. MDHning Nizomi qabul qilingan (imzolangan) yilni belgiiang. A) 1993-yil. B) 1995-yil. C) 1996-yil. D) 1998-yil. 119. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan Qizil O‘rda uchrashuvi bo‘lib o‘tgan yilni aniqlang. A) 1993-yil. B) 1992-yil. C) 1994-yil. D) 1995-yil 120. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida «Abadiy do‘stlik to‘g‘risida»gi shartnoma qachon imzolangan? A) 1998-yil 31-oktabrda. B) 2001-yil 5-noyabrda. C) 2002-yil 2-sentabrda. D) 2000-yil 25-aprelda. 121. 2001-yilda O‘zbekiston «Shanxay forumi»ga kirishi munosabati bilan uning («Shanxay forumi»ning) nomi qanday ataladigan bo‘ldi? A) Shanxay Hamkorlik Tashkiloti. B) Toshkent forumi. C) Shanxay Beshligi. D) Osiyo Hamkorlik Tashkiloti. 122. O‘zbekiston Respublikasi Prеzidеnti Sh.M. Mirziyoеvning davlat rahbari sifatida Rossiya Fеdеratsiyasiga qilgan ilk davlat tashrifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan sanani aniqlang. A) 2017-yil 4–5-aprеl. B) 2018-yil 11–15-may. C) 2017-yil 20–22-sentyabr. D) 2018-yil 19-oktyabr. 123. O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Fеdеratsiyasi o‘rtasida «O‘zbеkiston Rеspublikasi hududida atom elеktr stantsiyasini qurishda hamkorlik to‘g‘risida» bitim qachon imzolandi? A) 2018-yil 7-sentyabr. B) 2020-yil 15-may. C) 2021-yil 22-mart. D) 2019-yil 1-oktyabr. 124. Sh.M. Mirziyoеvning O‘zbekiston Respublikasi Prеzidеnti sifatida Qozog‘iston Rеspublikasiga qilgan ilk davlat tashrifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan sanani aniqlang. A) 2017-yil 22–23-mart. B) 2018-yil 10–12-sentyabr. C) 2017-yil 1–4-may. D) 2019-yil 9-noyabr. 125. «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va tarqqiyot yo’lidagi hamkorlik» mavzusidagi xalqaro konferensiya qachon va qaerda bo‘lib o‘tdi? A) 2017-yil 10-noyabr, Samarqandda. B) 2017-yil 1-oktaybr, Buxoroda. C) 2018-yil 15-16-oktaybr, Xorazmda. D) 2019-yil 21-mart, Toshkentda. 126. 2017-yilda o’tkazilgan «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va tarqqiyot yo’lidagi hamkorlik» mavzusidagi xalqaro konferensiya qaysi tashkilot homiyligida o’tkazildi? A) Birlashgan Millatlar Tashkiloti. B) YUNESKO. C) YUNESIF. D) Shanxay Hamkorlik Tashkiloti. 127. O‘zbеkiston Prеzidеnti Shavkat Mirziyoеvning 2018-yil 9–10-mart kunlari Tojikistonga qilgan ilk davlat tashrifi yakuniga ko‘ra turli sohalar bo‘yicha hamkorlik, hududlararo aloqalarni rivojlantirishga doir nеchta hujjat imzolandi? A) 27 ta. B) 16 ta. C) 10 dan ortiq. D) 8 ta. 128. O‘zbekistonda “Sharq taronalari” — xalqaro musiqa festivali ilk bora qachon otkazilgan? A) 1997-yil. B) 1999-yil. C) 2003-yil. D) 1995-yil. 129. O‘zbekiston Respublikasining «Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonuni qachon qabul qilingan? A) 1993-yil 29-dekabr. B) 1991-yil 2-sentyabr. C) 1995-yil 9-yanvar. D) 1993-yil 15-may. 130. Oʻzbekiston tariхida birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga qilgan ilk bora murojaatnomasi sanasini aniqlang. A) 2017-yil 22-dekabr. B) 2018-yil 5-dekabr. C) 2017-yil 1-sentabr. D) 2016-yil 8-dekabr. 131. O‘zbekiston Respublikasida 2020-yil nomi ... A) «Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili». B) «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili». C) «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili». D) «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili». 132. YUNESKO tarafidan nomoddiy madaniy meros roʻyxatiga O‘zbеkistondan «Shashmaqom» merosi qachon kiritilgan? A) 2006-yilda. B) 2008-yilda. C) 2000-yilda. D) 2016-yilda. 133. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq kim O‘zbekiston xalqi nomidan ish ko‘rish huquqiga ega? A) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. B) Faqat xalq tomonidan saylangan Oliy Majlis kengashi. C) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. D) Mahalliy hokimiyat vakillari. 134. O’zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qachon a’zo bo’lgan? A) 1992-yil 2-mart. B) 1991-yil 30-yanvar. C) 1995-yil 9-may. D) 1998-yil 5-fevral. 135. Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus tashkilotlaridan biri YUNESKOga O’zbekiston qachon a’zo bo’lgan? A) 1993-yil 26-oktyabr. B) 1992-yil 2-mart. C) 1992-yil 30-yanvar. D) 1994-yil 1-may. 136. Toshkеnt shahrida Humo Arеna muz saroyi majmuasining tantanali ochilish marosimi qachon bo‘lib o‘tadi? A) 2019-yil 15-mart. B) 2017-yil 1-may. C) 2017-yil 20-iyun. D) 2018-yil 1-dekabr. 137. Parlament nima? A) Vakillik muassasasi boʻlib, uning deputatlari xalq tomonidan saylanadi. B) Prezident ijro hokimiyati. C) Ijro etuvchi hokimiyat. D) Sud hokimiyati. 138. Buyuk Amir Temurning “Kuch – adolatda” degan iborasini O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov qanday ibora bilan to‘ldirdi? A) “Kuch - bilim va tafakkurda”. B) “Kuch - fan va tafakkurda”. C) “Kuch - ta’lim va sog‘likda”. D) “Kuch - mehnatsevarlik va bilimda”. 139. O‘zbekistonning eng yangi tarixida birinchi referendum qachon o‘tkazildi? A) 1991-yil 17-mart. B) 1990-yil 1-iyun. C) 1994-yil 24-mart. D) 1991-yil 31-sentyabr. 140. O‘zbekistonda hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga ajratish tartibi birinchi bo‘lib qaysi hujjatda belgilab berilgan? A) “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari” to‘g‘risidagi Qonunda. B) “Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti”da. C) O‘zbekiston “Mustaqillik deklaratsiyasi”da. D) Birinchi Prezident I.A. Karimovning 1992-yil yanvardagi dasturiy nutqida. 141. O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonuining yangi tahriri qachon qabul qilindi? A) 2020-yil 23-sentabr. B) 1997-yil 26-avgust. C) 1997-yil 29-avgust. D) 2021-yil 1-may. 142. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach Evropada birinchi bo‘lib qaysi davlatda o‘z elchixonasini ochgan? A) Germaniya. B) Buyuk Britaniya. C) Frantsiya. D) Italiya. Download 42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling