A. A. Eshbekov SamDU, «Qattiq jismlar fizikasi» kafedrasi dotsenti, f m. f n


 MALAKAVIY AMALIYOT BO‘YICHA HISOBOT


Download 292.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana08.01.2022
Hajmi292.8 Kb.
#243757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Malakaviy amaliyot. 205.

 

4. MALAKAVIY AMALIYOT BO‘YICHA HISOBOT 

VA UNI HIMOYA QILISH TARTIBI 

 

Malakaviy  amaliyot  bo‘yicha  hisobot  quyidagi  tarkibiy  qismga  ega  bo‘lishi 



kerak: 

- titul varag‘i; 

- mundarija; 

- kirish; 

- tahliliy (asosiy) qism; 

- xulosalar; 

- ilovalar. 

Hisobotning      kirish      qismida      uning      maqsadi,      vazifalari,      amaliyot 

subyekti  va  obyekti,  erishilgan  natijalar,  ularning  ahamiyati,  hisobotning  hajmi  va 

tarkibi yoritiladi. 

Hisobotning  tahliliy  (asosiy)  qismida  malakaviy  amaliyot  dasturiga  kiritilgan 

mavzular  (savollar)  bo‘yicha  o‘rganish  natijalari,  ya’ni  korxonada  u  yoki  bu 

obyektning  amaldagi  holati,  undagi  yutuq  va  kamchiliklar  ochib  beriladi.  Ushbu 

qismda  o‘rganilgan  mavzu  (savol)larni  yoritishda  quyidagi  ketma-ketlikka  amal 

qilish tavsiya etiladi: 

hisobot qisqacha mohiyati

• hisobning hujjatlar bilan rasmiylashtirish tartibi; 

• hisobot bo‘yicha xulosa va qaydnomalarni yuritish tartibi




Talabaning      o‘z      husnixati      bilan      yozilgan      hisobotning      jami  hajmi 

(ilovalardan  tashqari)  35-40  betdan  oshmasligi  kerak.  Unda  har  bir  bet  va  ilovalar 

tartib  bilan  raqamlab  chiqiladi.  Mundarijada  hisobotning  har  bir  qismi 

(bo‘limlari)ning boshlang‘ich tartib raqami ko‘rsatiladi. 

Hisobotning      xulosa    qismida      korxonada      o‘rganilgan      obyekt      bo‘yicha 

fikr, mulohazalar va tavsiyalar beriladi.  

Hisobotning      ilova      qismida      o‘rganilgan      mavzu      (dastgoh)ga      doir 

boshlang‘ich  hujjatlar  va  hujjatlaridan  nusxalar,  ko‘chirmalar  keltiriladi.  Ularga 

berilgan  tartib  raqamlar  hisobot  matnida  keltirilgan  tartib  raqamlar  bilan  bir  xil 

bo‘lishi kerak. 

Malakaviy  amaliyot  bo‘yicha  tayyorlangan  hisobot  va  korxona  tomonidan   

imzolangan   hamda   tasdiqlangan   kundalik   kafedraga   amaliyot tugagan kundan 

boshlab 3 kun muddatda topshirilishi lozim.  

Kafedraga  topshirilgan  hisobotlar  «Kafedraga  kelib  tushgan  va  taqriz  uchun 

qabul qilingan amaliyot bo‘yicha hisobotlarni qayd etish jurnali»da ro‘yxatga olinadi 

va kafedradan berkitilgan rahbarlarga   taqriz   uchun beriladi.    

  

Rahbarlar  hisobotning  rasmiylashtirilishi,  mazmuni  jihatdan  qo‘yilgan 



talablarga  muvofiqligiga  baho  beradi  va  o‘z  mulohazalarini  taqrizda  aks  ettiradi.   

Taqrizda   ishning   ijobiy   tomonlari,   mavjud   kamchiliklari batafsil e’tirof etilishi, 

so‘nggida  esa,  hisobotning  himoyaga  qo‘yilishi  yoki  qo‘yilmasligi  to‘g‘risida 

rahbarning xulosasi keltirilishi kerak.   

To‘g‘ri  rasmiylashtirilgan,  dasturda  ko‘zda  tutilgan  savollar  nazariy,  amaliy 

jihatdan to‘liq yoritilgan hisobotlarga ijobiy taqriz beriladi va himoyaga qo‘yiladi.    

Rasmiylashtirilishi      va      mazmuni      jihatdan      qo‘yilgan  talablarga  javob 

bermaydigan  ishlar  himoyaga  qo‘yilmaydi.  Bunday  hollarda  talaba      taqrizda   

ko‘rsatilgan      kamchiliklarni      belgilangan      muddatlarda  bartaraf  qilishi  va  ishni 

qaytadan  taqrizga  berishi  kerak.  Oldingi  taqrizda  keltirilgan    kamchiliklar    to‘liq 

bartaraf qilingan taqdirda hisobot himoyaga qo‘yiladi.  

Ijobiy  taqriz  berilgan  hisobotlar  kafedra  yig‘ilishi  qarori  bilan  tasdiqlangan 

komissiya  oldida  himoya  qilinadi.  Himoyada,  dastlab,  talabaga  o‘z  hisobotining 

mazmunini,  xulosa  va  takliflarini  bayon  qilishi    uchun  5-10  daqiqa  muhlat  beriladi. 

So‘ngra,  komissiya  a’zolari  hisobot  bo‘yicha  savollar  berish  orqali  talabaning 

bilimiga oydinlik kiritadilar.  

Hisobot  himoyasi  komissiya  a’zolari  tomonidan  hisobotning  mazmuni, 

savollarga berilgan javoblar inobatga olingan holda baholanadi. Bunda,    

«a’lo» baho uchun                           90-100 ball, 

«yaxshi» baho uchun                       80-90 ball, 

«qoniqarli» baho uchun                   60-80 ball qo‘yiladi. 

Himoya  vaqtida  talaba  berilgan  savollarga  yetarlicha  javob  bera  olmaganda 

«qoniqarsiz» baho qo‘yiladi. «Qoniqarsiz» baho olgan talaba     hisobotni belgilangan 

tartibda qaytadan himoya qiladi. 



Download 292.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling