A. A. Ganiyev
Download 0.8 Mb.
|
Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Tuzilishiga ko‘ra signallar analogli va raqamli
- Xavfli signallar va ularning manbalari.
Axborot signali tushunchasi. Turli fizik tabiatga ega bo‘lgan signallar moddiy axborot tashuvchilari bo‘lishi mumkin. Tor ma’noda signal degan- da elektr toki, kuchlanishining tebranishlari – elektromagnit to‘lqinlar, mexanik tebranishlar tushuniladi. Axborot signallari ma’lum bir qonuniyatlar asosida axborot tashuvchining u yoki bu kattaliklarini o‘zgarishi orqali hosil bo‘ladi. Demak, kattaliklari uzatiluvchi axborotga bog‘liq ravishda o‘zgaruvchi ixtiyoriy fizik jarayon – axborot signali bo‘lishi mumkin.
Signalning fizik muhit orqali o‘tishida unga turli muvozanatdan chiqaruvchi omillar (faktorlar) ta’sir ko‘rsatadi. Buning oqibatida turli tabiat- ga ega bo‘lgan shovqinlar va xalaqit berishlar yuzaga keladi (2-rasm). Signal Signal halaqit berishlar bilan 2-rasm. Tuzilishiga ko‘ra signallar analogli va raqamli turlarga bo‘linadi. Analogli signal uzluksiz argumentning uzluksiz funksiyasi sifatida ifoda- lanadi. Bunday signallar vaqt davomida uzluksiz bo‘lib, ularning manbai sifatida ixtiyoriy fizik jarayonlar yoki hodisalarni olish mumkin. Raqamli signallar 0 yoki 1 ko‘rinishidagi signallar bo‘lib, ular vaqt davomida signalning bor yoki yo‘qligini anglatadi. Xavfli signallar va ularning manbalari. G‘arazgo‘y kimsalar tomo- nidan tutib olinib, keyinchalik ularni ochish mumkin bo‘lgan himoyalan- gan ma’lumotlarni uzatuvchi signallar xavfli signallar deb ataladi. Bunday signallar ikki ko‘rinishga bo‘linadi: funksional va tasodifiy. Funksional signallar ma’lumotlarni qayta ishlovchi texnik vositalar tomonidan ularga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun hosil qilinadi. Bunday signallarning asosiy manbalariga quyidagilar kiradi: aloqa tizimi manbalari; radiotexnik tizimlar uzatkichlari; o‘zidan akustik signal chiqaruvchilar; insonlar. Funksional signallarning tasodifiy signallardan farqli jihati shundaki, axborot egasi ularning xavfsizligi buzilishiga tahdidlar mavjudligini oldin- dan biladi va ularni oldini olish yoki kamaytirish choralarini ko‘rishi mumkin. Biroq zamonaviy axborotni qayta ishlash, saqlash va uzatish vositalari o‘zlarining ish jarayonida yondosh radio- yoki elektr signallarini hosil qilishi mumkin. Bunday signallar tasodifiy xavfli signallar deb nomlanadi. Ushbu signallar axborot egasining xohishiga bog‘liq bo‘lmagan holda hosil bo‘ladi va ularni maxsus tadqiqotlar o‘tkazmay turib aniqlab bo‘lmaydi. Tasodifiy xavfli signallar manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan texnik vositalarga quyidagilar kiradi: o‘tkazgichli telefon aloqasi vositalari; mobil aloqa va radioaloqa vositalari; elektron pochta vositalari; hisoblash texnikasi vositalari; audioqurilmalar va tovush kuchaytirgich vositalari; radio qabul qiluvchi qurilmalar; videoqurilmalar; televizion vositalar; chiziqli radioefir vositalari. Tasodifiy xavfli signallar quyidagi elektr jihozlari tomonidan paydo bo‘lishi mumkin: tizimda vaqtni elektron taqsimlash vositalari; qo‘riqlash signalizatsiyasi vositalari; yong‘in xavfsizligi signalizatsiyasi vositalari; orgtexnika (shu jumladan printerlar); sovitish va ventilatsiya tizimi vositalari; tarkibida akustik axborotlarni elektromagnit signallarga aylantirib beruvchi elementlarga ega bo‘lgan maishiy va boshqa texnikalar; nazorat qilinuvchi hududdan o‘tuvchi elektr o‘tkazuvchi aloqa inshootlari. Texnik vositalar asosiy texnik vositalar va tizimlar (ATVT) hamda yordamchi texnik vositalar va tizimlar (YOTVT)ga bo‘linadi. Bunda e’tiborli jihati shundaki, YOTVT himoyalangan axborotni qayta ishlamaydi. Ammo ular ATVT bilan birgalikda nazorat zonasida joylashgan bo‘lishi mumkin. Ma’lum bir sharoitlarda YOTVT tasodifiy xavfli signallar manbai bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun ular ham himoyaga muhtoj hisoblanadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling