A. A. Ganiyev


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AXBOROTNI MUHOFAZA QILISHNING DAVLAT TIZIMI


Download 0.8 Mb.
bet36/45
Sana22.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1377607
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45
Bog'liq
Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AXBOROTNI MUHOFAZA QILISHNING DAVLAT TIZIMI




    1. Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi


Ma’lumki, yurtimizda axborot xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish borasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosiy qonun hisoblanadi. Konstitutsiya- mizning 29-moddasiga binoan: “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.”


Axborot xavfsizligi tizimi har qanday davlatning axborot sohasidagi siyosatini milliy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati bilan chambarchas bog‘laydi. Bunda axborot xavfsizligi tizimi davlat siyosati- ning asosiy tashkil etuvchilarini yaxlit bir butunlikka birlashtiradi. Bu esa axborot xavfsizligining roli va uning mamlakat milliy xavfsizligi tizi- midagi mavqeini belgilaydi. Axborot sohasidagi O‘zbekistonning milliy manfaatlarini, ularga erishishining strategik yo‘nalishlarini va ularni amalga oshirish tizimlarini o‘zida aks ettiruvchi maqsadlar yaxlitligi davlat axborot siyosatini anglatadi.
Axborot xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga imkon beruvchi sharoitlarni yaratish, mamlakatni iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotiga ko‘maklashish, axborotni muhofaza qilishning usul va vositalarini yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi axborotni himoyalovchi texnikani qo‘llaydigan idoralar va ijro etuvchilar hamda himoya obyektlari majmuini ifodalaydi. Bu tizim axborotni muhofaza qilish sohasidagi huqu- qiy, tashkiliy-boshqaruv va normativ hujjatlarga muvofiq tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Shu bilan birga mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat xavfsizligini axborot sohasidagi ichki va tashqi tahdidlardan himoyalashga yo‘naltirilgan.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling