A. A. Leonev ta’kidlaydiki, ta’limning yo‘nalishi, mazmuni bolani shaxs sifatida shakllanishida etakchi o‘rin tutadi. Xususan, bu yo‘nalish istiqbolida bolalarni o‘zlarini hayotlarida faoliyat ko‘rsatishlari uchun


Download 27.8 Kb.
Sana12.11.2023
Hajmi27.8 Kb.
#1769244
Bog'liq
Farangiz 56



Tasvir faoliyat mashgʻulotlarini loyihalashtirish.
Reja:


I.Kirish
I.1.Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy faoliyatga o‘rgatish masalalarining o‘rganilganligi.
1.2 Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari turlari va mazmuni


II.Asosiy qism
II.1Kichik va o‘rta guruhda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tashkil etish tartibi.
II.2.Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o‘rgatish.
II.3. Katta va tayyorlov guruhda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tashkil etish mazmuni.


III.Xulosa.

Komil inson tarbiyasi kompleks ta’sir etuvchi vositalar negizida amalga oshiriladi. Bu kompleksda badiiy-estetik mazmundagi, bilimlar tasavvurlarning ham muhim o‘rni bor. SHuning uchun ham barcha davrlarda yosh avlodning estetik tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qaralgan. Jumladan, yosh avlodning dunyoning anglashi, atrof muhitdagi voqea va xodisalarga nisbatan o‘z munosabatlarini namoyon etishda estetik tasavvurlar, bilimlar, muayyan ko‘nikmalar va malaka shakllangan bo‘lishi lozim. Aynan mana shu sifatlar vositasida bolalar o‘zining «men»ining dastlabki chizgichlarini ifodalab, tasvirlay boshlaydi. Uning sifati va shakllanish jarayonining sur’ati, tezligi mavjud pedagogik shart-sharoitlar, pedagogik ta’sir etuvchi omillarga bog‘liq. Zero, estetik mazmundagi faoliyat umumiy dunyoqarashning tarkibiy qismidir.
A.A.Leonev ta’kidlaydiki, ta’limning yo‘nalishi, mazmuni bolani shaxs sifatida shakllanishida etakchi o‘rin tutadi. Xususan, bu yo‘nalish istiqbolida bolalarni o‘zlarini hayotlarida faoliyat ko‘rsatishlari uchun muayyan ijtimoiy tajribalar to‘playdi, dunyo, tevarak atrof haqida yaxlit tasavvurni shakllantirish, bolalarni o‘z-o‘zini namoyon etishi borasidagi harakat, intilishlarini rag‘batlantirishga qaratiladi. Bu borada estetik mazmundagi mashg‘ulotlar asosiy o‘rinni egallaydi, ya’ni bu yoshdagi bolalarda olam haqidagi ilmiy dunyoqarash elementlarini tasavvurlarini shakllantirishda badiiy-estetik mazmundagi mashg‘ulotlar ustivor ahamiyat kasb etadi. CHunki ular hammaga, barcha yoshdagilar uchun ham umumiy hisoblanadi. Zero, musiqiy, tasviriy ijodiyot, drama, raqs, adabiyot insonning ma’naviy madaniyatining ajralmas qismidir. Ayni paytda bular insoniyat tomonidan atrof-muhitni, zamon va makonni, uning qonuniyatlarini, bir suz bilan aytganda, badiiy ijodiyot namunalarini o‘rganishning, o‘zlashtirishning umumiy universal yo‘lidir.
Bolaning estetik mazmundagi mashg‘ulot, ya’ni badiiy ijodiyotning u yoki bu turi bilan shug‘ullanishi, bu jarayonning ishtirokchisi sifatida dunyoning bir bo'lagi sifatida olamni anglashlari demakki, uning muayyan dunyo qarashini tasavvurlarini shakllantirishning pedagogik jihatidan kafolatlangan shaklidir.
Bolalarda dunyoqarashni shakllantirishda musiqiy tarbiyaning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, bugungi kunda aynan musiqa insoniyat hayotiga eng chuqur kirib borgan, ijtimoiy-madaniy xodisa sifatida badiiy-estetik jixatidan yuqori ta’sir kuchiga ega. Tarixdan ma’lumki, bizning buyuk qomusiy olimimiz Abu Nasr Forobiy dunyodagi asosiy fanlarni to‘rt guruhga bo‘lib, shulardan biri musiqa ekanligini ilmiy jihatdan asoslab bergan.
YOsh avlodning dunyoqarashini shakllantirishda badiiy adabiyotning ham ahamiyati katta. Buyuk shaxslar, taniqli ijodkorlarning xayotlari bilan tanishar ekanmiz, ularda dunyoqarashlarining shakllanishida, ijodkorlik kurtaklarini yoyilishida badiiy adabiyotning o‘rni beqiyos bo‘lganligining guvohi bo‘lamiz. O‘zbeklardan Hamid Olimjon, ruslardan A.S.Pushkinlarni eslashning o‘zi kifoya, ular buvilari, enagalarining ertaklari orqali dunyoni taniganlar. SHu ma’noda yosh avlodga ertak aytib berish, bu jarayonni maqsadli ta’limiy va tarbiyaviy tadbir sifatida taqdim etilishiga urg‘u berish lozim, ya’ni bola ertakning passiv eshituvchisi emas, balki ertak syujeti asosida olamni, faol anglovchi sub’ekt sifatida qabul qilinishi lozim. Bu jarayonni pedagogik jahitidan to‘g‘ri tashkil etishida bolaning ertak syujetini o‘z tafakkurida «qayta ishlash» ga o‘rgatish, syujet bo‘yicha savollar tuzish va ularga javob topish, javoblardan xulosalar yasash, umumlashtirish orqali shaxsiy mulohazalar bildira olishga o‘rgatish muhim ta’limiy va tarbiyaviy tadbirdir.
YOsh avlodning dunyoqarashini tarkib toptirishida badiiy-estetik manba - ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati bu jarayonning qimmati shundaki, katta yoshdagilardan farqli o‘laroq ertakdagi voqea-hodisalar bolalar tomonidan u qanday aytilgan bo‘lsa o‘shanday qabul qilinadi. Bunda yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik kabilarga bolalar o‘z munosabatlarini bildira boshlaydilar. O‘zlaricha ertak bo‘yicha u yoki bu syujetlarni to‘qiy boshlaydilar, ya’ni nimalarnidir ixtiro qila boshlaydilar. SHu tariqa bolalar dunyoqarashida aniq chizmalar shakllana boradi. Bular ko‘p hollarda ijodiy xarakter kasb etadi. SHu tariqa ularning xayoliy tasavvurlari o‘sadi.
Ertaklar mazmuni asosida tasviriy faoliyat ko‘rsatish tasavvurdagi hodisalar, undagi obrazlarni qayta talqin qilish, unga o‘z «tahriri» ni singdirish, shaxsiy faoliyatining yangi qirralarini, usullarini o‘zlashtirishga keng yo‘l ochib beradi. SHuningdek bu jarayon bolada fikrlashga, o‘z tasavvurlarini tushuntirishga, pirovard natijada mustaqil xolda fikrlashga o‘rgatadi.
Mustaqil fikrlash dunyoni anglash, muayyan dunyoqarashga ega bo‘lishning dastlabki bosqichidir. Zero, yosh avlodning tajribasida tasviriy faoliyatning ulushi katta. SHu bois bolalarda estetik tasavvurlarning nafaqat umumiy dunyoqarash- larini shakllantirish vositasi, balki ularni umumiy rivojlanishi, muhim ijtimoiy hodisa- vositasi sifatida qarash joiz. Zero, ta’lim yo‘nalishlari, tamoyillari, uning mazmuni, uslublari qanchalik takomillashtirilmasin, bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishmas ekan, ularning bilimi ongli, mustahkam bo‘lmaydi, demak, uning amaliy tadbiqi ham oqsaydi.
Mustaqil fikrlash haqida mulohaza yuritar ekan, har bir fan sohasi vakillari aynan o‘sha damni bu borada ustun qo‘yishiga intiladi. Bu holat bolalar «bisoti» dagi faoliyati turlariga ham bog‘liq. Bunda shubhasiz, tabiiy- ijobiy ma’no bor. Biroq, mustaqil fikrlash genezisini fiziologik tahlili, kuzatuvi tasviriy faoliyatni mustaqil fikrlashda odamning, keyinchalik insonning ichki ruhiyatiga tabiiy- fiziologik jihatidan eng yaqin faoliyat ekanligini anglash qiyin emas.Faktlarga murojaat etamiz.


Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari turlari va mazmuni
Tasviriy faoliyati bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasasi dasturi va maktabda tasviriy san’at dasturi bolalarda tevarak atrofga nisbatan, san’at bolalarda estetik munosabatni tarbiyalash ijodiy qobiliyat va tasvirlashlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mashg‘ulotlarida, maktabda muvoffaqiyatli o‘qib ketishlari uchun zarur bo‘lgan vazifalar xal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlarini bajarish jarayonida bolalarda fikr yuritishning analiz, sintiz, takrorlash, aniqlashtirish kabilar shakllanadi. SHuningdek bu jarayonda bolalar jamoada ishlashga, o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysindirishga o‘rganadilar.
Maktabgacha ta'lim muassasasi tasviriy faoliyati mashg‘ulotlari bolalarda, o‘quv faoliyatida zarur bo‘lgan malaka ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Bular : Topshirikni tinglash va edda tutish malum vaqt orasida bajarish o‘z ishini rejalashtirish va baholashga, boshlangan ishni oxiriga etkazishga, xato va kamchiliklarini topishga va uni to‘zatishga material qurollarini va ish joyini tartibga saqlash va boshqalar.
Pedagoglarning olib borgan tekshirishlari shuni ko'rsatadiki maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim-tarbiyaning bunday tizimi bolalarni maktabga tayyorlashga ta’sir ko'rsatadi. SHuningdek boshqa psixologlar E.A. Labunskiy va boshqalar tomonidan maktab bolalarining tasvirlash faoliyatini urganish jarayonlari shuni ko'rsatib utadi, maktabda tasviriy san’at darslarini tuzilishi, bolalarning maktabgacha ta'lim muassasasida olgan bilim, malaka va ko‘nikmalar asosida ularni hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarda bolalar asosan amaliy ish bajaradilar, sa’nat asarlarini bilan rasmga qarab hikoya qilish kitobdagi ilyustratsiyalarni ko'rib chiqish jarayonida tanishadilar, maktabda tasviriy san’atning turlari rang tasvir, grafik, xaykaltaroshlik va dekorativ san’at asarlar bilan yanada chuqurroq tanishadilar.Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari xilma-xildir, rasm, mazmunli dekorativ va loy applikatsiya mashg‘ulotlari. Maktabgacha ta’lim muassasasida mashg‘ulotlarning hammasiga katta ahamiyat beriladi. Maktabda esa tasviriy san’at darslarida rasm (naturaga qarab) mavzu asosida va dekorativ turlari o‘tkaziladi.
Bunda predmetli rasm bo'yicha naturaga karab rasm chizish o‘quv predmeti ahamiyatiga ega bo'ladi. Loy applikatsiya, qurish-yasash bo'yicha amaliy ishlar maktabda ishlar qo‘l mehnatiga kiritiladi. Boshlangich sinf tasviriy san’at dasturini analizi, ishni ko'rsatadiki, predmetli, rasm bo'yicha o‘quv vazifalarini ancha murakkablik qilishidan tashqari bolalar maktabgacha ta'lim muassasasi dasturi bo'yicha ayrim takrorlash ishlari kiritildi.
Bolalar doira, kvadrat, turtburchak, oval kabi tuzilishga ega bo‘lgan predmetlarni aniqlashga o‘rganadilar, bolalar oldiga maktabgacha ta'lim muassasasida qo'yilgan vazifa rasm chizish texnikasini egallash bo'yicha quyiladi. Bunga sabab, hamma bolalar maktabgacha ta'lim muassasasidan maktabga kelmaydilar va shu sababli bolalar bilan ishni maktabga kelguncha tayyorlov guruhda olgan bilimlaridan boshlash lozim. Mavzu asosida rasm chizish maktabgacha ta'lim muassasasisida o‘tkaziladigan mazmunli rasmni davomi sifatida o‘tkaziladi. Bolalar tevarak -atrofdagi hodisa va predmetlarni kuzatib, ko‘rib chiqadilar, so‘ng xotiralariga asoslanib, ularni chizadilar. Bolalar obektlar o‘rtasidagi mazmunli bog‘lanishlarni tasvirlashga uzoqdagi predmetlarni kichiklashtirib tasvirlaydilar.
Dekorativ rasm maktabda texnik tartiblar bo‘yicha vazifalar qo‘yiladi, ya’ni naqsh tuzilishi ketma-ketligida tasvirlash bilan birgalikda yordamchi chiziqlardan foydalanish va o‘z ishlarda xalq amaliy dekorativ san’at elementlaridan foydalanishga san’at xakida o‘tkaziladigan dars suxbat jarayonida urganadilar. Bolalarni tasviriy sanatga o'rgatish metodlaridan bolalarni xususiyatlarini hisobga olgan xolda foydalanish lozim. Katta maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar va kichik bolalarining ish xususiyatlari o‘rtasida kup yakinlik bor. SHuning uchun u yoki bularni o'rgatish metodikasi o'rtasida ham ko'p o'xshashlik bor. Maktabda o'qituvchining rasmini ba’zi bir elementini ko'rsatish va shu jarayonda tushuntirish tarbiyachining ish usullarini ko‘rsatib berishga yaqin turadi. Maktabda ishning ketma-ketligi tartibli ko'rinishda bo'ladi Agar tasvirlanadigan predmetning tuzilishi sodda bo'lsa, tartib tushintirilgandan sung, o‘chirib tashlanadi. Agarda murakkab tuzilishga ega bo‘lgan predmetni tasvirlanganda esa, o'qituvchining doskada ko'rsatib berishi bilan ketma-ket tasvirlaydilar. O'qituvchi predmetni umumiy konturini qalamning uchi bilan engilgina belgilab chiqib, uning kengligini balandligini ham belgilab ko‘rsatadi.So‘ng bola predmetni xomaki rasmi bilan naturani solishtirib uning qismlarini, shaklini va aniqlaydi, tuzatadi. Ish jarayonida ko‘rsatish va analiz qilish uchun rasmlar to‘plami, bolalar kitobchalaridagi rangli rasmlar, shuningdek, o‘quv harakteriga ega bo‘lgan alohida rasmlaridan foydalanadi. Rasm bo‘yicha o‘tkaziladigan har bir dars ukituvchining suhbatidan va tushuntirishdan va rasmni nimadan boshlash kerakligini tushuntirishdan boshlanadi. Ishni amaliy bajarilishga o‘tishda o‘qituvchi bolalarining tartibli ravishda chizishi va qoida va yullarni eslatib turadi. Katta maktabgacha yoshidagi bolalar va kichik maktab o‘quvchilarining ishiga yoki rasmiga qo‘yilgan talablar bir-biriga juda yaqin. Bolalar ishini analiz qilishda diqqatni predmet proporsiyasi, konstruksiyasi, qismlarining bog‘liqligi, rang va kompozitsion to‘zilishiga tortish lozim. SHunday qilib maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim-tarbiya masalalarining muvoffaqiyatli hal etilishi, bolalar maktabgacha ta'lim muassasasida olib boriladigan tasvirlash faoliyati mashg‘ulotlari bilan uzviy ravishda olib boriladi. Bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari katta guruxdagi Kuzatishlar bo‘yicha rasm chizishga katta e’tibor beriladi, chunki bu narsa bolalarni naturaga qarab rasm chizishga tayerlashda etap hisoblanadi. Bu narsa bolalarda ko‘rish xotirasini rivojlantiradi, ba’zida predmet bolalarda natura sifatida to‘g‘ri tasvirlashga yordam beradi. Bolalar guruxdagi olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida, qalamdan, mo‘yqalamdan erkin foydalanishga o‘z harakterini va qo‘l kuchini idora etishga o‘rganadilar.
Bu malakani egallash, bolalarda qo‘lini engil, erkin bir tekisdagi harakat qilish xususiyatlarini rivojlantiradi. Bolalar turli shakldagi, kattalikdagi, turli
proporsiyadagi predmetlarni chizish jarayonida predmetning ish xususiyatiga qarab yo‘nalishni saqlash zarurligiga, harakatini, predmetning uzunligiga mos ravishda harakatlanishga o‘rganadilar. Bolalar bog‘chasida olib boriladigan tasviriy faoliyat materialdan toza va tartibli foydalanishga o‘rganadilar ularni toza saqlashga faqat zarur materiallardan foydalanishga, ularni ishlatish yo‘llarini rejalashtirishga o‘rganadilar. Bu mashg‘ulot bolalarda diqqatni, ko‘rish xotirasini rivojlantiradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasining tayyorlov guruhida naturaga qarab rasm chizish yoki tasvirlashga nisbatan talablar oshadi va bu talablar maktab talabiga yaqinlashadi . Bolalar naturani analiz qilishga butun umumiy formani xomaki qog‘ozga tushirib olishga, rasmni naturaga solishtirishga, xato va kamchiliklarini to‘g‘rilashga, naturaga o‘xshatishga urinadilar. Naturaga qarab tasvirlashda ishning ketma-ketligini ko‘rsatib, bolalar bog‘chasining tayyorlov va katta guruhida o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidagina amalga oshiriladi. Ko‘rsatishda doimo foydalanish, bolalarni rasmni mexanik ravishda ishlashga odatlantirib qo‘yadi. Bolalar naturaga qarab tasvirlash bularning barchasi bolalarni barcha darslarda ayniqsa mehnat darslarida o‘quv faoliyatining muvaffaqiyatli bo‘lishiga ta’sir etadi.
Bolalarni tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari geometrik shakllarni topa yoki ko‘ra olishga, ularni terminlar bilan atashga, kengligi kattaligi, uzunligi, balandligini, qismlarning bir-biriga nisbatan fazoviy joylashishini bilan tanishishni bolalarni maktabni 1-sinfda elementar matematik tushunchalarini puxta egallashlariga yordam beradi. Bolalar bog‘chasida kerakli materiallardan qurish, yasash bolalarda ko‘z bilan chamalashni shakllantiradi va bolalarni maktabdagi texnik darslarni egallashga yoki o‘zlashtirishga yordam beradi. Bolalar maktabgacha ta'lim muassasasining katta guruhidagi naturaga qarab rasm chizish mashg‘ulotlarda mantiqiy fikr yuritishga, kuzatishga asosiy ajratib ko‘rishga predmetni fazoviy xususiyatlarini analiz qilishga o‘zlari mustaqil ravishta tasvirlash vositalarini tanlashga o‘rganadilar. Bularning hammasi esa maktabda o‘qish protsessida zarurdir. SHunday qilib, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalardagi badiiy did va ijodiy qobiliyatlar o‘sadi va bu orqali maktabda o‘qishga tayyorlanib boriladi .

Bolani rasm chizishga qiziqtirish, atrof-olam haqidagi tasavvur va taassurotlarini tasvirlashga o‘rgatish. Yil davomida bolaning ranglar (qizil, ko‘k, sariq, yashil, oq, qora) haqidagi tushunchalarini aniqlash va mustahkamlab borish lozim.
Bolaga qalam va mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlashni o‘rgatishda davom etish. Qalamni bosh, o‘rta va ko‘rsatkich barmoq bilan uchi ochilgan joydan yuqoriroqdan, mo‘yqalamni temir bilan qoplangan qismidan yuqoriroq joyidan (yog‘och qismidan) to‘g‘ri ushlagan holda barmoqlarini siqmasdan, qog‘oz sathida erkin, bemalol harakatlantirib rasm solish, turli ko‘rinishdagi gorizontal, vertikal, to‘lqinsimon, egri chiziqlarni chizish, dog‘larni surkab yubormasligiga alohida e’tibor berish shart.
Bolada rasmni (qalam va mo‘yqalam bilan) bo‘yash malakasini tarkib toptirish. Qalamni qattiq bosmay bir tekisda harakatlantirib yuqoridan-pastga, chapdan-o‘ngga yoki qiyalatib; mo‘yqalamda esa tuklarini faqat bir tarafga yo‘naltirib yuqoridan, chapdan o‘ngga uzib-uzib bo‘yash. Mo‘yqalamga etarli bo‘yoqni surkash, ortiqchasini suvli idish chetiga surib, siqib tashlash; boshqa rangdan foydalanish uchun mo‘yqalamni suvli idishga solib yaxshilab yuvish. Mo‘yqalamni qog‘oz salfetka yoki doka bo‘lakchasi yordamida quritishga odatlantirish lozim bo'ladi.
Bolani rangli qalam va mo‘yqalamda ketma-ket takrorlanib keluvchi harakatlarni tasvirlayotganda so‘z va o‘yinga bog‘lab (“Tomchi tomar - chak- chak”, “Barg to‘kilar - shitir-shitir”, “Qor yog‘adi - gup-gup”) ifodalashga o‘rgatish kerak.
Doira va kvadrat shakllarni tasvirlash bo‘yicha tushuncha berish. Qo‘l sezgisi va ko‘z bilan chamalash ko‘nikmasini tarkib toptirish: bolaga turli hajmdagi (katta-kichik) kvadart va doira shakllarni qo‘lida ushlab ko‘rish, kvadratning tomonlari bo‘ylab qo‘lni yurgizish, burchakda to‘xtab, yana davom etishni; doira (yoki koptok)ning silliq sathi bo‘ylab aylanali, ohista, sirg‘aluvchi harakat orqali shakl va mutanosiblikni his qilish, chamalash malakasini hosil qilish joiz bo'ladi.
Doiradan - katta-kichik sovun ko‘piklari, rangli pufaklar, koptok, olma; kvadratdan - dastro‘mol chizishni o‘rgatish kerak.
Bolani rasmda ranglardan to‘g‘ri foydalanishga, turli narsalar yoki tabiat hodisalari (quyosh - sariq, archa - yashil, qor - oq)ni tasvirlash uchun muvofiq rang tanlashga o‘rgatish. Rang tanlashga qiynalayotgan bolaga yordam berish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Tabiat go‘zalligi (ko‘m-ko‘k osmonda oppoq bulutlar, charaqlab turgan quyosh); fasllarning o‘zgarishi: kuzda rang-barang yaproqlar; qish faslida qor bola, qor parchasi; bahor faslida gullar, kamalak; yozda o‘rik, olcha, olmalarni tasvirlashga o‘rgatish hamda murakkab bo‘lmagan voqeaband rasmlar chizish (“O‘tloqda sariq va qizil koptok”) ga o'rgatish lozim.
Xohishiga ko‘ra o‘yinchoq va turli tabiat manzaralarini chizish, jamoa bilan ishlashga o‘rgatish (“Ko‘m-ko‘k maysalar va gullar”) hamda tabiiy bo‘yoqlar (lavlagi, o‘sma, sabzi, turp suvi)dan foydalangan holda noan’anaviy usullarda (barmoqlar, ka^lar, tayyor shakllar asosida) rasm solishga qiziqtirishni davom ettirish kerak.
Tasviriy faoliyatda foydalaniladigan ish qurollariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga odatlantirish.
Rasm chizishda qomatni to‘g‘ri tutishni shakllantirishga (erkin o‘tirish, qog‘oz varag‘i ustida boshni juda past egiltirmaslik), barmoq va qo‘l harakatlarini rivojlantirishga doimo e’tibor berish. Qalam, mo‘yqalam va bo‘yoqlardan foydalangach, qo‘llarini tozalab yuvish va suvdan to‘g‘ri foydalanishga odatlantirish lozim.
Loy, plastilin (tuzli hamir va rangli shamcha)lar bilan ishlash. Bolada loy, plastilin (tuzli hamir, rangli shamcha)lardan narsalar yasashga qiziqish uyg‘otish. Plastik material (loy, plastilin, tuzli hamir, rangli shamcha)larning xususiyatlari haqida tushuncha berish, bola narsani qo‘llari bilan ushlab, his qilishiga erishish; ikkala qo‘lidan foydalangan holda narsa yasash usullarini o‘rgatishda davom etish. Qo‘l kaftlari orasidagi loy bo‘lagini ishqalash harakati bilan - qo‘g‘irchoq uchun konfet, sabzi, tayoqchalar hosil qilish; aylanali harakatlar bilan ritmik tarzda dumaloqlash va bo‘g‘irsoq, olma yasash, yumaloqlangan loyni ikkala qo‘l kafti bilan ezib yapaloqlab - kulcha non, holva; barmoqlar bilan yassilangan guvala o‘rtasida chuqurcha qilib - kichkina va katta likopcha, piyola yasash va ular bilan turli o‘yinlar o‘ynash samarali natija beradi.
Loy yoki plastilin bo‘lagidan tayyorlangan bir necha yumaloq shakllarni birlashtirib, turli buyumlar va o‘yinchoqlar (qorbola, sarak-sarak qo‘g‘irchoq, jo‘jacha)ni yasash. CHimdish usulidan foydalanib o‘yinchoqlarning xarakterli jihatlari (burni, tumshuqchasi, quloqchasi)ni hosil qilishga o‘rgatish shart.
Qaysi plastik materialdan qanday predmetlar yasash mumkinligini tushuntirish, to‘g‘ri va aylanali harakat, yassilash, yulish, pachoqlash, uzib olish va cho‘zish, barmoq uchi bilan chetlarini chimchilab tugib qo‘yish usullaridan foydalangancha 2-3 qismli bir xil yoki har xil shakldagi predmetlarni mustaqil yasashga qiziqtirib boriladi.
Bolada loydan yasalgan o‘zbek xalq o‘yinchoqlaridagi go‘zallikni ko‘ra olish va yasalgan narsalarni bezashga havas uyg‘otish kerak.
Applikatsiya. Bolani applikatsiya bilan tanishtirish, applikatsiyali tasvir tayyorlashga qiziqish uyg‘otish. SHakl (doira, kvadrat, uchburchak)lar va ranglar bo‘yicha tushunchalarini aniqlash va mustahkamlash. Bolani tarbiyachi tomonidan kesib tayyorlangan bitta shaklni (olma) qog‘oz sathiga to‘g‘ri qo‘yish va elimlashni o‘rgatish. Tayyor shakllar (hajmi bir xil, ranglari har xil bo‘lgan qizil, sariq, yashil koptoklar)ni qog‘oz sathiga oraliq masofani hisobga olib, rangiga ko‘ra navbatma-navbat joylashtirish va elim surtilgan shaklni bosma qog‘oz yordamida qattiq bosib, yaxshilab elimlashga o‘rgatish lozim.
Bolada turli shakllardan naqsh yasash, shakl va ritmning o‘zaro mosligini his qilish ko‘nikmasini tarkib toptirish. SHakli bo‘yicha doira va kvadratni qog‘ozda tartib bilan qo‘yish va elimlash orqali muayyan tasvir hosil qilishga erishish. Rangiga ko‘ra geometrik shakllarni (doira,uchburchak va kvadratlar) va o‘simliklarni (gullar va yaproqlar) navbatma-navbat qo‘yish yo‘li bilan 2-3 qismli naqsh hosil qilish. Yaxlit tasvir tuzish va qog‘oz sathiga elimlash kerak.
Bolaga tabiiy materiallardan bezakli kompozitsiyalar (qizil va sariq gullar, yashil barglar) tuzishni; uchburchak, kvadrat va yumaloq shakldagi (archa,bo‘g‘irsoq) narsalarni tasvirlashni, qog‘ozni yirtish yo‘li bilan turli applikatsiyalar hosil qilishni o‘rgatish lozim.
Jamoa bo‘lib sodda kompozitsiyalar tuzish, masalan, “YAproqlar o‘yin tushar” mavzusi bo‘yicha tarbiyachi katta (vatman) qog‘ozga daraxt shaklini elimlaydi. Bolalarga ko‘p miqdorda qirqib tayyorlangan har xil rangdagi (qizil, sariq, yashil) barglar siluetini daraxtga va uning atrofiga elimlashni taklif qilish orqali kuzgi go‘zal manzarani aks ettirishga yoki noan’anaviy usuldan foydalanib, qizil, sariq, yashil rangli qog‘ozlarni yirtish yo‘li bilan barg yasash va elimlashni o‘rgatish mumkin bo'ladi.
Bolaga ijodiy applikatsiya ishlarini amalga oshirishiga imkon berish va o‘zi yasagan ishdan zavqlanish, quvonish hissini uyg‘otish.


Applikatsiya so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «joylashtirish» degan ma’noni anglatadi. Applikatsiya tasviriy faoliyatning bir turidir. Applikatsiyada ishlatiladigan ashyo o‘ziga xosligi bilan ajraladi. Qog‘oz, somon, quritilgan o‘simlik o‘ramga joylashtirilib, turli xil elim bilan elimlanadi. Mato, charm, jun, paxmoq -ularga esa tikiladi. Applikatsiya bir xil rangli yoki rangli bo‘ladi. Bir xil applikatsiya grafik tus bersa, ko‘p ranglisi esa go‘zallik. Uni ham buni ham badiiylik bo‘ladi. Applikatsiyaing chamalash asosiy belgisi bo‘lib hisoblanadi.
Applikatsiya o‘ziga xosligi katta doirachalardan iborat. Rang applikatsiyaning ifodalash darajasini oshiruvchi vositadir. SHuning uchun applikatsiya ishida ranglarning uyg‘unlashuviga mos tushishi xayoliy va dekorativ kompozitsiyaning ifodaliligi garmoniyasini izlab topishdir.
Applikatsiya qog‘ozda kompozitsion uquvni bilishga sharoit yaratadi.
Tarbiyalanuvchi tayyorlagan applikatsiya ishi estetik talabga javob berishi kerak. Applikatsiya predmetning umumiy, tipik va individualdan belgisini ko‘ra olishiga o‘rgatadi, ularni o‘zaro bog‘liqligi, butun, qismlar, simmetrik chamalash
rivojlanadi, predmetning shaklini, rangini bosqichma-bosqich ko‘rsatish malakasini ko‘rsata oladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida applikatsiya mashg‘ulo tlari birinchi kichik guruhdan boshlab olib boriladi.
Bu guruhda barcha mashg‘ulotlarda bolalar kattalar tomonidan qilib berilgan tayyor shakllarni qog‘ozga to‘g‘ri, turli xil joylashishda terib chiqib va yopishtirshga qaratilgandir. Bu guruhda asosiy vazifa - bolalarni elimlash usullarini o‘rgatishdir. Kattalar uchun oddiy hisoblangan, bu malaka qator harakatlarni ketma-ket bajarishdan iborat bo‘ladi, ya’ni mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlab, unda ozgina elim olish, shaklni teskarisi bilan qo‘yib, elimni butun shaklga tekis qilib surib chiqish, surayotgan chap qo‘lining barmog‘i bilan shaklni tutib turish, so‘ng mo‘yqalamga ehtiyotkorlik bilan qo‘yib, shaklni sekin rang tomoni bilan o‘girib, qog‘oz varag‘ining kerak joyiga qo‘yish va salfetka yordamida sekin bosish, chetlaridan chiqib ketgan ortiqcha elimni sekingina artib olish.Bu yoshdagi bolalarga ana shu harakatlarni egallab olish, albatta oson emas.Eng sodda shakl - kvadrat va doira uning uchun shu shakllardan ishni boshlash__ lozim.
Yil davomida bolalar shu shakllarni nomini to‘g‘ri aytishni egallab olishlari lozim. Lekin butun yil davomida o‘tkazila digan applikatsiya mashg‘ulotlarida faqat shu shakllar bilan kifoyalanib qolish bo‘lmaydi. Bu guruhda bolalarda dastlab bir; keyin 2-3 qismdan tuzilgan predmetlarni (qo‘ziqorin, bayroqcha, qorbobo, uy) yopishtirishga o‘rganadilar.
SHuningdek, yil oxiriga borib bolalar olti- etti xil rangni qizil, ko‘k, sariq, yashil, jigarrangni to‘g‘ri aytib berishlari lozim.
Bu guruh bolalariga qaychi berilmaydi, chunki bolalarning qo‘l harakati etarli taraqqiy etmagan va hali qurish nazorati etarli bo‘lmaganligi sababli bolalar qo‘lidagi qaychi xavf tug‘dirishi mumkin. Kichik guruhda bolalarni applikatsiya qilishga o‘rgatishida ish uchun beriladigan materiallar va mashg‘ulotni tashkil etish ahamiyatiga egadir. materialning rangi bolalarni dikkatini tortib ularni chalg‘itadi. SHuning uchun dastlabki mashg‘ulotlarda material alohida paketlarda, tushuntirilib bo‘lgandan so‘ng tarqatiladi. Tarbiyachi mavzuni tushuntirib bo‘lganidan so‘ng material tarqatilib, bolalar materialni topshiriqqa mos ravishda kesmaga terib chiqadilar.
Tarbiyachi dastlab elementlarni qo‘yib chiqilganini tekshiradi, shundan keyingina bolalarga elim ishlatish uchun beriladi. Bu guruhda tarbiyachi bolalar bilan naturani kuzatish namuna bilan birgalikda
olib borish kerak. namunani ko‘rsatish jarayonida tarbiyachi shaklning rangini aniq atash va barmog‘i bilan uni ko‘rsatib, shu shaklning xususiyatlarini bolaga aniq ko‘rsatib beradi. Tarbiyachi tomonidan ishni bajarilishini ko‘rsatib berilishi, bolalarni turli malaka va o‘quvini vujudga kelishida muhimdir. SHuningdek, tarbiyachi ish tartibini ham boshidan ko‘rsatib boradi. Qanday shaklni oldi, qanday ishlab qo‘yib elim surtdi va boshqalar.
Tarbiyachi o‘zining har bir harakatini so‘z bilan birgalikda olib boradi. Kichik maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar esa tayyor shakllarni va ularning rangini bir-biriga moslab, tanlab yopishtiradilar. Juda yaxshi estetik effekt bilan qilingan ishlar, ayniqsa dekorativ bezaklar guruh xonasini bezatish mumkin. SHunday qilib, olib borilgan tekshirish ishlari shuni ko‘rsatadiki, yaxshi uyushtirilgan appilikatsiya mashg‘ulotlari, bolalarni boshqa mashg‘ulotlarga, dekorativ, predmetli va syujetli mashg‘ulotlariga ijobiy ta’sir etadi. Bolalarda sensor madaniyat oshadi, qo‘l bilan tahlil qobiliyati o‘sadi va badiiy didlari shakllanadi.
O ‘rta guruhda applikatsiyaga o ‘rgatish. Tasviriy faoliyat (4-5 yosh) Bola hayotining 5yoshida ham psixologik, ham jismoniy tomondan o‘sadi. Bu esa bolaning applikatsiya bo‘yicha bajaradigan ishning sifat jihatidan o‘zgarishiga olib keladi.Bolalar tuzilish jihatdan ancha murakkab bo‘lgan predmetlarni tasvirlashga o‘rganadilar. O‘rta guruh bolalari kichik guruhga nisbatan malaka va ko‘nikmalarini ancha egallagan bo‘ladilar. Bu guruh bolalari 2­3 qismli emas, balki 4-5 qismdan iborat predmetlarni tuzishga o‘rganadilar. Dastlab, bu guruhga qaychi bilan ishlash kiritiladi. Bolalar qaychini to‘g‘ri ushlashga, uni richagini yopishga va ochish to‘g‘ri qirqim olishga o‘rganadilar. Buning uchun oldin eskiz, keyin esa enli yoki keng qog‘oz lentalar qirqishga o‘rganadilar. Bu guruhda bolalar elimlash malakasini egallashi davom ettiradilar.
Bola hayotining 5 yilida doira, kvadratdan tashqari uchburchak, oval, o‘zun to‘g‘ri to‘rtburchakni biladilar. Trapetsiya shaklini esa kichik guruhda bo‘lgani kabi obrazli tasvirida davom etadi. Masalan: tom, qayiqcha, kichik guruhga yana qo‘shimcha havo rang, pushti, kulrangni sezishga va to‘g‘ri aytishga o‘rganadilar. Ular qog‘oz varog‘ida tez va osonlik bilan mo‘ljal olishga o‘rganadilar. Ular orqada, ketma-ket, teng masofada va boshqa fazoviy tushunchalarni egallaydilar. Bolalar to‘g‘ri kesmalar qirqishdan tashqari aylanaviy shakllar qirqishga o‘rganadilar. Ular kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakning burchaklarini dumaloqlashga o‘rganadilar. Ana shu qirqib olingan aylanaviy shakllardan qo‘ziqorin, minorcha, qorbobo kabi predmetlarni hosil qilishga o‘rganadilar.YOpishtiriladigan qismlar soni ham ko‘payadi, masalan: uychani tasvirida faqat devori emas, balki eshik va derazalarni ham tasvirlaydilar. SHakl va rang bilan ishlash ham rivojlanadi: to‘rtburcha, kvadrat, doira, uchburchak, pushti rang, kulrang, havo rang va boshqalar. Bu guruhda qog‘oz varag‘ida to‘g‘ri mo‘ljallashga o‘rganadilar va quyidagi tushunchalar bilan tanishib boradilar.
Masalan, orasida, chekkada, bir xil masofada va boshqalar. O‘rta guruhda tarbiyachi o‘zining asosiy diqqatini bolalarni qaychi bilan ishlashga qaratiladi. Yil davomida tarbiyachi bolalarni qirqishning turli usullari bilan tanishtiradi.O ‘rta guruhda applikatsiyaga o ‘rgatish. Tasviriy faoliyat (4-5 yosh) Bola hayotining 5yoshida ham psixologik, ham jismoniy tomondan o‘sadi. Bu esa bolaning applikatsiya bo‘yicha bajaradigan ishning sifat jihatidan o‘zgarishiga olib keladi.Bolalar tuzilish jihatdan ancha murakkab bo‘lgan predmetlarni tasvirlashga o‘rganadilar. O‘rta guruh bolalari kichik guruhga nisbatan malaka va ko‘nikmalarini ancha egallagan bo‘ladilar. Bu guruh bolalari 2­3 qismli emas, balki 4-5 qismdan iborat predmetlarni tuzishga o‘rganadilar. Dastlab, bu guruhga qaychi bilan ishlash kiritiladi. Bolalar qaychini to‘g‘ri ushlashga, uni richagini yopishga va ochish to‘g‘ri qirqim olishga o‘rganadilar. Buning uchun oldin eskiz, keyin esa enli yoki keng qog‘oz lentalar qirqishga o‘rganadilar. Bu guruhda bolalar elimlash malakasini egallashi davom ettiradilar.
Bola hayotining 5 yilida doira, kvadratdan tashqari uchburchak, oval, o‘zun to‘g‘ri to‘rtburchakni biladilar. Trapetsiya shaklini esa kichik guruhda bo‘lgani kabi obrazli tasvirida davom etadi. Masalan: tom, qayiqcha, kichik guruhga yana qo‘shimcha havo rang, pushti, kulrangni sezishga va to‘g‘ri aytishga o‘rganadilar. Ular qog‘oz varog‘ida tez va osonlik bilan mo‘ljal olishga o‘rganadilar. Ular orqada, ketma-ket, teng masofada va boshqa fazoviy tushunchalarni egallaydilar. Bolalar to‘g‘ri kesmalar qirqishdan tashqari aylanaviy shakllar qirqishga o‘rganadilar. Ular kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakning burchaklarini dumaloqlashga o‘rganadilar. Ana shu qirqib olingan aylanaviy shakllardan qo‘ziqorin, minorcha, qorbobo kabi predmetlarni hosil qilishga o‘rganadilar.YOpishtiriladigan qismlar soni ham ko‘payadi, masalan: uychani tasvirida faqat devori emas, balki eshik va derazalarni ham tasvirlaydilar. SHakl va rang bilan ishlash ham rivojlanadi: to‘rtburcha, kvadrat, doira, uchburchak, pushti rang, kulrang, havo rang va boshqalar. Bu guruhda qog‘oz varag‘ida to‘g‘ri mo‘ljallashga o‘rganadilar va quyidagi tushunchalar bilan tanishib boradilar.
Masalan, orasida, chekkada, bir xil masofada va boshqalar. O‘rta guruhda tarbiyachi o‘zining asosiy diqqatini bolalarni qaychi bilan ishlashga qaratiladi. Yil davomida tarbiyachi bolalarni qirqishning turli usullari bilan tanishtiradi.


Bolada atrof-olamga estetik munosabatni, tasviriy san’at asarlarini idrok etish va go‘zallikni his qilish tuyg‘usini tarbiyalashda davom etish. Bolaning taassurotlarini boyitish, tasavvur, tafakkur va mushohada quvvatini orttirish, badiiy-ijodiy qobiliyatini o‘stirishga alohida ahamiyat berish.
Bolani taniqli rassomlar asari (Alisher Mirzaevning “Toshkent-tinchlik va do‘stlik shahri”, Alisher Aliqulovning “Kurash”, “Tosh ko‘tarish”, Akmal (Nur) Ikromjonovning qum bilan ishlagan asarlari) bilan tanishtirish lozim. Bu rasmlarda aks ettirilgan voqea-hodisalardagi holat va kayfiyat mutanosibligini his etishga, ranglar uyg‘unligiga e’tibor berishga undash lozim.
Bola e’tiborini tevarak-atrofga, tabiat manzaralariga, turfa ranglar jilosiga, rang-barang o‘simliklarga, qushlarning sayrashiga, yayrab uchishlariga qaratish, ulardagi umumiylik va o‘ziga xoslikni tushuntirish.
Bolada tabiatni kuzatish orqali kun davomidagi yoki mavsumiy o‘zgarishlarni payqashga, yorqin va sokin ranglarni his etishga, “Oltin kuz”; “Kumush qish”; “Zumrad bahor”, “Gullar”; “Quyoshli yoz”, “Mevazor” va boshqa mavzularda manzarali rasmlar chizishga o‘rgatish.
Turli o‘yinchoqlar, meva va sabzavotlar, gullarni asliga (naturaga) qarab chizishda aniqlikka, rang va tusga e’tibor berish kerak bo'ladi.
Tasvirlanayotgan odamlarni, buyumlar, o‘simlik va jonivorlarni o‘ziga xos xususiyatlarini, harakatni (shamolda gullar yoki daraxt shoxlarining egilishi; pishgan mevalarning, sarg‘aygan barglarning, bahorda gullagan daraxtdan gul yaproqchalarining to‘kilishi), oila a’zolarini (“Dadam va men”, “Oyijonim va men”); hayvon va qushlar tanasining harakat o‘zgarishlarini (“Tovuq jo‘jalari bilan donlamoqda”, “Qushlar uchmoqda”) aks ettirishga o‘rgatish lozim.
Bayram manzaralari (“Mustaqillik mushaklari va bayroqchalari”, “O‘lkamda Navro‘z”) asosida rasmlar ishlash. Hayotiy mavzular bilan birga adabiy asarlar - rivoyat (“Kabutar” - “Bobur va kabutar”) ertaklar (Zumradning sandig‘i), hikoya (paltochani bezaymiz - H.Nazir “Paltocha”); she’r (“Yomg‘ir va qushlar” -
Rahmat “YOmg‘ir yog‘ar”); yoqtirgan multfilmlari mavzusi bo‘yicha rasm chizishga undash lozim.
MTT maydonchasida yoki sayr vaqtida bolaning e’tiborini tevarak-atrofdagi kattaligi turlicha bo‘lgan bir turdagi: baland va past daraxtga, baland va past bino, katta odam va bola, katta va kichik hayvonlar (hayvonot bog‘i, qushchalar)ga qaratish yoki rasmini, o‘yinchoqlarini ko‘rsatish orqali narsalarning uzunligi, kengligi va balandligiga ko‘ra o‘zaro qiyoslash, o‘xshash va farqli tomonlarini belgilash, umumlashtirish, tahlil qilish ko‘nikmasini rivojlantirish. SHuningdek, tasvirda shakllarni makonga nisbatan (yuqorida-pastda, o‘rtada-chetda, o‘ngda- chapda, yonma-yon) to‘g‘ri joylashtirish tartibiga; uzunligiga (uzunroq, juda uzun, qisqa, qisqaroq), keng va torligiga e’tibor berishga o‘rgatish zarur.
Bolaning turli transport vositalari: engil mashina, yuk mashinasi, avtobus, samolyot, raketa, qayiqcha rasmini solishga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish.
Bolaga akvarel bo‘yoqlari bilan rasm solishni (mo‘yqalam tuklarini suvga botirish, ehtiyotkorlik bilan bo‘yoq ustiga surtish, boshqa rang olayotganda har safar mo‘yqalamni idishdagi suvda yaxshilab yuvish, idishdagi suvni yangilab turish v.b.), asosiy ranglarni va ularning yorug‘lik hamda soya joyda, bo‘rttirib tasvirlangan o‘rinlarni aniq ko‘rsatishda tuslari bo‘yicha farqlashni, nomlarini aytishni o‘rgatish. Ranglarni aralashtirib, yangi (omuxta) rang hosil qilish (masalan, guash va akvarelning oq va qizil rangi aralashtirilsa, pushti rang paydo bo‘ladi v.b.) haqida tushuncha berish. Bolaning ranglar haqidagi mavjud bilimlarini mustahkamlash va yangi bilimlar (och binafsha, sarg‘ish va siyoh rang) bilan boyitib borish kerak.
Bolaga rangli va oddiy qora qalamlar, rangli bo‘rlar, guash, akvarel bo‘yoqlari, turli mo‘yqalamlar bilan rasm solishning oddiy usullarini tanishtirishda davom etish kerak.
Bolada bezakli rasm solishga qiziqish, xalq ustalarining mehnatiga nisbatan hurmat va havas hissini tarbiyalashni, milliy naqsh elementlari va ranglar uyg‘unligi bilan tanishtirish (“Gullar vabarglardan naqsh”)ni davom ettirish. Milliy o‘yinchoqlar (toycha, uloqcha)dagi naqshlar - ranglar, tasvir aniqligi, izchillik, kompozitsiyada elementlarning joylashish tartibi bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish zarur.Applikatsiya. Bolaning qog‘oz qirqish va tasvir hosil qilishga oid ko‘nikma va malakalarini shakllantirish. Biron-bir narsaning tasvirini qisqa va uzun yo‘l-yo‘l chiziq bo‘ylab kesishga; kvadratdan doiralar, to‘g‘ri to‘rtburchakdan oval shaklini qirqishga; qismlardan tasvir (bayroq), ikki-to‘rt uchburchakdan kvadrat hosil qilishga o‘rgatish zarur.
Bolani simmetrik shakldagi narsalarning (guldon, piyola v.b.) siluetini kesishga o‘rgatish. Masalan, guldon hosil qilish uchun to‘g‘ri to‘rtburchakni uzunasiga buklab, buklangan tarafiga guldon rasmining yarmi qalamda chiziladi va chiziq bo‘ylab qirqiladi.
Gulqog‘ozni qat-qat qilib taxlab qirqish yo‘li bilan marjongul, archa o‘yinchog‘i va boshqalarni hosil qilinadi.
Obrazni ifodali tasvirlash uchun applikatsiyani uzib olish usullaridan foydalanishga; syujetli kompozitsiya tuzishga o‘rgatish. Turli shakllar qirqish, yaproq va gullardan naqshlar tuzishga oid ko‘nikmalarini mustahkamlash lozim.
Applikatsiya ishlarida rasm chizish elementlaridan foydalanish mumkin. Masalan, guldondagi gullarni yasashda, guldon, gul va barglarni qog‘ozdan qirqish, gulning novdalarini mo‘yqalam uchi bilan chizish. Varrak siluetini yasashda ham ba’zi elementlarni mo‘yqalam yoki qalam bilan chizish mumkin, masalan: ipini, dumini va boshqalar.
Kvilling usuli bilan tanishtirish va narsalar (guldondagi gullar, gilam) yasashga qiziqtirish. Qat-qat qilib taxlangan qog‘ozdan tasmalar qirqib, uni qalamga o‘rab shakl chiqara olishga o‘rgatish lozim.
Bolani maxsus idishdan elimni siqib chiqarishga, narsalarni ohista va sifatli elimlashga o‘rgatishda davom etish kerak.
Kichik guruhchalar tarkibida kompozitsiyalar (gulzor) tuzish. Jamoa bo‘lib maktabgacha ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan bayramlar uchun turli bezaklar, ota-onalarga va do‘stlariga sovg‘alar tayyorlash hamda guruh xonalarini jihozlashda bolalarning mustaqil faoliyatini rag‘batlantirish lozim.


Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Mirziyoev SH.M. Erkin va faravon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz- Toshkent, O’zbekiston, 2016, 13-bet




  1. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. Toshkent, 1997.




  1. Karimov I.A. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevoridir. Toshkent, 1997.




  1. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat engilmas kuch. Toshkent, 2008.




  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida». 2016 yil 29 dekabr PF - 2707 -sonli qarori.




  1. 6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” gi PF-3261-sonli Qarori.




  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5198-sonli Farmoni.




  1. O‘zbekistonda «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi». T, 1997.




  1. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun. Toshkent, 1997.




  1. “Bolajon” tanch dastur. T., 2016 yil




  1. Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari. T., 2017




  1. Ishmuxamedov R.J., YUldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.T.: “Nihol” nashriyoti, 2013, 2016.-279b.




  1. Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari T.: 2006. - 163



Xulosa


Xulosa qilib aytganda shuni ta’kidlash joizki ilmiy izlanuvchan ijodkor, pedagogik mahoratga ega bo‘lgan tarbiyachilar qaerda, qanday o‘quv maskanida ta’lim, tarbiya jarayonini olib borishdan qat’iy nazar tarbiyachilik faoliyati ijodiy izlanishlar bilan boyitib borsa shundagina yosh avlodga shu kasbga bo‘lgan mehrni bolaligidanoq tarkib toptirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tasviriy faoliyat maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya - bu tasviriy faoliyat turlari bo‘lib, ularning asosiy vazifasi-tevarak atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari- boshlagan ishini oxiriga etkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni engish, o‘rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarga bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlari tarbiyalanadi. Bolalar, ishni baholash jarayonida, bolalarni o‘rtoqlarining ishga nisbatan real munosabatda bo‘lish to‘g‘ri baholash, o‘z ishidan va o‘rtoqlarining ishidan xursand bulish kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini ma’naviy sog‘lom, estetik jixatdan etuk bo‘lishini ta’minlashda ularning go‘zallikka bo‘lgan qiziqishini oshirishda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarining imkoniyatlari juda kengdir. Eng asosiy maqsad zamonaviy tasviriy san’at mashg‘ulotlari orqali bolalarda kompozitsion hislarlarni shakllantirish va yuzaga chiqarishdir.


Download 27.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling