Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar, tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzular ro‘yxati:
Ichki sindromlar
Tashqi sindromlar
Patogen omillar
Meridianlar
Nuqtalar
Xitoy a’nanaviy tibbiyotni tarihi
Sariq Xitoy imperatorni traktati
Aromaterapiya asoslari, turli kasalliklarda qo‘llanishi
Psixoterapiya usullari
Ayuverda bo‘yicha davolovchi usullar
Gomeopatiya, zamonaviy yondashuvlar
Ta-chi gimnastikasi, bo‘g‘imkasalliklarda qo‘llanishi
Chi-Gong asoslari, yurak qon tomir kasalliklarda qo‘llanishi
Geriatriyada davolovchi usullarni xususiyatlari
Chiniqish usullari
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning shakllari:
Sharq tabobatida patologik sindromlar moduli bo‘yicha tavsiya etilayotgan mustaqil ishlar modul tizimida turli xil keys, vaziyatli masala va krossvordlar shaklida amalga oshiriladi.
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha umumiy ko‘rsatma va tavsiyalar:
Sharq tabobatida patologik sindromlar moduli bo‘yicha mustaqil ish auditoriyada o‘tkaziladi.
Talaba mustaqil ishni tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
auditoriya mashg‘ulotlarida taqdimot ko‘rinishida;
ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayerlash;
modulning bo‘limlari yoki mavzulari ustida maxsus yoki ilmiy
adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo‘yicha ishlash va ma’ruzalar qilish;
vaziyatli va klinik muammolarga yo‘naltirilgan vaziyatli masalalar yechish;
CASE (real klinik vaziyatlar va klinik vaziyatli masalalar asosida sase- study) yechish.
modellar yasash, krossvordlar tuzish, organayzerlar tuzish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |