A adabiyotshunoslik b mantiq


Download 405.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.02.2023
Hajmi405.9 Kb.
#1177939
  1   2   3
Bog'liq
Adabiyotshunoslik nazariyasi



1. Badiiy adabiyotning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy
aloqalarini har jihatdan va atroflicha o'rganuvchi fan?
A) adabiyotshunoslik B) mantiq
C) tilshunoslik D) falsafa
2. Adabiyot nazariyasi nimani o`rganadi?
A) Badiiy adabiyotning mohiyati, adabiyot taraqqiyotining umumiy
qonuniyatlarini, jamiyat hayotidagi o'rni va vazifalari, badiiy asar
tabiati hamda uning tuzilishini
B) Muayyan хalqlarning rivоjlanish bоsqichlarini, adiblarning hayoti
va ijоdini
C) Hоzirgi adabiy jarayondagi o`zgarishlarni, yaratilgan asarlarni
bahоlashni, taraqqiyot yo`nalishlarini izоhlashni
D) Badiiyat qonuniyatlarini
3. Mumtoz Sharq adabiyotshunosligida, jumladan, Adabiyot nazariyasi
sоhasida kеng o`rganilgan masalalar?
A) Ilmi qоfiya, ilmi badia, ilmi aruz
B) Turоqlanish, ritmik bo`lak, shе’riy nutq
C) Ilmi aruz, ritm, turоq
D) Ilmi badia, ilmi aruz, radif
4. O`zbek adabiyotshunоsligida adabiyot nazariyasining alohida tarmoq
sifatida shakllanishi qachon amalga oshgan?
A) XX asrda B) XIX asrning 2-yarmida
C) XVII asrning 1-yarmida D) XVII asrning oxirlarida
5. Adabiy tanqidchilikning shakllanishi qaysi davrlarga to`g`ri keladi?
A) XIX asr oxiri XX asr boshiga
B) XIX asrning ikkinchi yarmiga
C) XVIII asr охiri XIX asr bоshiga
D) XX asr boshiga
6. Adabiy jarayon adabiyotshunoslikning qaysi qismida o`rganiladi?
A) Adabiy tanqid B) Adabiyot nazariyasi
C) Bibliografiya D) Adabiyot tarixi
7. Badiiy adabiyotning tarixiy taraqqiyot yo`li adabiyotshunoslikning
qaysi qismida o`rganiladi?
A) Adabiyot tarixi B) Adabiyot nazariyasi
C) Adabiy tanqid D) Bibliografiya
8. XX asr boshlarida qaysi ulug' yurtdoshimiz "Adabiyot nadir?" degan
savolni o'rtaga tashlagan va shu nomli maqolasida unga baholi qudrat
javob izlagan edi?
A) Cho`lpon B) Fitrat
C) Abdulla Avloniy D) Behbudiy
9. XX asr boshlarida ulug' yurtdoshimiz Cho'lpon "Adabiyot nadir?"
degan savolni o'rtaga tashlagan va shu nomli maqolasida unga baholi
qudrat javob izlagan edi. Asrimizning o'rtalarida qaysi ulug' fransuz
yozuvchisi va adabiyotshunosi xuddi shu nomli maqola bilan chiqqan
hamda ayni shu savolga o'zicha javob bergan edi.
A) J.P.Sartr B) R.Bart
C) I.Ten D) Sent Byov
10. Badiiy adabiyotga ta'rifini "eng umumiy tushuncha — inson faoliyati"
degan so'zlar bilan boshlagan rus adabiyotshunosi kim edi?
A) A.Potebnya B) Yu.Lotman
C) V.Belinskiy D) M.Baxtin
11. Badiiy adabiyot borliqni badiiy bilish orqali bizning olam, odam va
jamiyat haqidagi bilim va tasavvurlarimizni boyitadi.  Bu badiiy
adabiyotning qaysi funksiyasi (vazifasi) sanaladi?
A) Bilish (evristik) funksiyasi
B) Tarbiyaviy (didaktik) funksiyasi
C) Kommunikativ funksiyasi
D) Badiiy-konseptual funksiyasi
12. Badiiy adabiyot hayotni, jamiyatning joriy holatini badiiy tahlil
qilish orqali olam va odam haqida yaxlit badiiy hukm — badiiy
konsepsiyani ishlab chiqishga intiladi.  Bu badiiy adabiyotning qaysi
funksiyasi (vazifasi) sanaladi?
A) Badiiy-konseptual funksiyasi
B) Bilish (evristik) funksiyasi
C) Kommunikativ funksiyasi
D) Tarbiyaviy (didaktik) funksiyasi
13. Badiiy adabiyot shaxslararo, avlodlararo, millatlararo muloqotning
amalga oshishiga xizmat qiladi.  Bu badiiy adabiyotning qaysi
funksiyasi (vazifasi) sanaladi?
A) Kommunikativ funksiyasi
B) Bilish (evristik) funksiyasi
C) Badiiy-konseptual funksiyasi
D) Tarbiyaviy (didaktik) funksiyasi
14. Badiiy adabiyot shaxsni aqlan va ruhan kamolga yetkazadi,
jamiyatning ma'nan tozarishi va yuksalishiga xizmat qiladi.  Bu
badiiy adabiyotning qaysi funksiyasi (vazifasi) sanaladi?
A) Tarbiyaviy (didaktik) funksiyasi
B) Badiiy-konseptual funksiyasi
C) Kommunikativ funksiyasi
D) Bilish (evristik) funksiyasi
15. Badiiy adabiyotda inson o'z hayotida ko'rmaganini ko'radi, undan

Download 405.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling