A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 366.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana08.03.2023
Hajmi366.69 Kb.
#1254381
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2PQri5PSVmkyY6Hcy72tNSBBfc0bzVwrANeKH85E

Texnologiyaning tavsifi: Ushbu texnologiya o‘quvchilarni o‘tilgan 
mavzularni yod olishga, mantiqan fikrlab beriladigan savollarga mustaqil 
ravishda to‘gri javob berishga va o‘z-o‘zini baholashga o‘rgatishga hamda qisqa 
vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘quvchilarning egallagan bilimlarini 
baholashga qaratilgan. Texnologiya o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida 
dars boshlanishi yoki dars oxirida yoki o‘quv predmetining biron bir bo‘limi 
tugallanganda, o‘tilgan mavzularni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganlik 
darajasinini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat 
o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Ushbu texnologiyani mashg‘ulot jarayonida yoki 
uning bir qismida yakka, kichik va jamoa shaklida tashkil etish mumkin. 


 “Charxpalak” texnologiyasi

Yakuni nimadan iborat bo‘ladi?
Ushbu qiziqarli o‘yinni o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchilarni dars jarayonida 
mantiqiy fikrlash, o‘z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, ya’ni 
dinamikaning asosiy qonunlaridan biri hisoblangan harakat qonunlari, ular ta’sirida 
jismlarning harakati, tabiatdagi kuchlar hamda ushbu kuchlar ta’sirida jismlar 
harakatining o‘zgarishi, ularning formulalari, kattaliklari, birliklari va ularning 
farqi hamda o‘xshash tomonlarini farqlay olish, misollar bilan yana bir bor ko‘z 
oldiga keltirish orqali bilimlarini orttirish hamda mustahkamlab borish. 
Misol qilib ishqalanish kuchini olamiz: O‘quvchilardan uning formulasi 
so‘raladi. So‘ngra ishqalanish kuchiga doir savollar birin ketin beriladi, ya’ni 
ishqalanish kuchi deganda nima tushuniladi, tabiat va texnikada uning ahamiyati, 
ishqalanish kuchining foydali hamda zararli tomonlari, ishqalanish foydali 
bo‘lganda nima qilish kerak, ishqalanish zararli bo‘lganda nima qilish kerak, 
ishqalanish umuman bo‘lmaganda nima bo‘lar edi, kabi savollar beriladi. Shu 
usulda nafaqat ishqalanish kuchi balki, dinamika bo‘limidagi barcha kuchlar 
to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlab boriladi. 

Download 366.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling