A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 366.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana08.03.2023
Hajmi366.69 Kb.
#1254381
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2PQri5PSVmkyY6Hcy72tNSBBfc0bzVwrANeKH85E

“Aqliy hujum” metodi 
“Aqliy hujum” guruhning barcha a‘zolarini, ayniqsa, passiv, tortinchoq 
a’zolarini faollashtirishi bilan foydalidir. Aqliy hujumni tashkil etganda ma’lum 
me’yorga rioya etish kerak. Mavzuga oid tushunchalarni izohlashda, mavzuni 
yakunlashda foydalanish mumkin. “Aqliy hujum”ni oʻtkazishda ma’lum bir 
muammo yoki tushuncha guruhga ma’lum qilindi va unga doir fikr va 
mulohazalarni, bilimlarni bayon etish taklif etiladi. Biror kishi fikrlarni qayd etib 
boradi. Barcha fikrlar qayd etiladi. Soʻngra ularning ahamiyati muhokama qilinadi. 
Fikrlarning ahamiyatiga qarab oʻrnini belgilash ham mumkin. Har bir fan 
oʻqituvchisi “Aqliy hujum” uchun tavsiya etiladigan mavzularni aniqlashi kerak. 
“Aqliy hujum” kichik va katta guruhlarda ham oʻtkazilishi mumkin. Aqliy hujum 
guruhni faollashtiradi, darsni jonlantiradi. “Aqliy hujum” chog‘ida bayon etilgan 
fikr va takliflarni oʻrganish va eng maqbulini tanlab olish zarur. 


Afzalligi. Aytilgan fikrlar tanqid qilinmaydi yoki baholanmaydi. Oʻquvchining 
ilmiylikka chuqurroq jalb qilinishi ta’minlanadi. Barchaga oʻz fikrini bayon etish 
imkoniyati beriladi.
Qoʻllanilishi. Mavzuni yoritishda erkin fikrlaydi. Muammoni hal qilish 
qobiliyatini oshirishda, oʻquvchilarning faolligini oshirishda, fanga kirish va asosiy 
mavzu mazmunini bilib olishda qoʻllaniladi.
Ta’lim jarayonida hukmron bo‘lib kelgan an’anaviy ta’lim metodlarida ijobiy 
tomonlar bilan birga, qator kamchiliklar ham mavjud. Jumladan, an’anaviy ta’lim 
metodlari o‘quvchilarni yalpi o‘qitish va ularning bilish faoliyatini passiv o‘quvchi 
sifatida tashkil etishni nazarda tutadi. Odatda Davlat Ta’lim Standartlari o‘rtacha 
bilimli o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv faoliyati 
o‘qituvchi tomonidan boshqarilib, natijada o‘quvchilarning mustaqilligi, erkin 
mushohada yuritishiga e’tibor berilmaydi. 
Ta’lim jarayonining bunday kamchiliklarini bartaraf etish, ta’lim 
samaradorligini oshirish uchun o‘quvchilarni yalpi o‘qitish bilan bir qatorda, 
individual va kichik guruhlarda o‘qitishni tashkil etish maqsadga muvofiq. 
O‘quvchilarning bilish faoliyatlarini individual tarzda tashkil etilgan holatda ular 
o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtiradilar hamda, aqliy rivojlanishi, qiziqishi, 
ehtiyoji,iqtidori, bilimlarini oshiradilar va topshiriqlarni mustaqil bajara oladilar. 
Bu tarzda tashkil etilgan darsda vaqtdan unumli foydalaniladi,natijada ta’lim 
samaradorligi ortadi. Ta’limning zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o‘tilgan 
darslarda o‘quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etiladi va 
ta’limning yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish katta samara beradi. 
Chunki darslikdan o‘qib yoki oqituvchining bayonidan,fizik hodisalar, qonunlar, 
formulalar, ularning mohiyatini anglay olish, tasavvur qilish mushkul bo‘ladi. 
O‘quvchilarni darsga tayyorlab, jonli muhit yaratish uchun oldin o‘tilgan 
mavzular takrorlanadi, ya’ni tabiatdagi kuchlar va ular ta’sirida jismlar harakatiga 
doir savollar bilan murojaat qilinadi. Bunda “Charxpalak” texnologiyasidan 
foydalaniladi. 
Bunda o‘quvchilardan individual tarzda qatorlardagi savollarga mos ravishda 
gorizontal joylashtirilgan formulalarni so‘rash orqali o‘tilgan mavzular ya’ni, 
tabiatdagi kuchlar va ular ta’sirida jismlar harakati haqidagi bilimlar takrorlanadi, 
mustahkamlanadi. O‘quvchilardan ko‘z oldiga yana bir bor yuqorida sanab o‘tilgan 
hodisalarni keltirish so‘raladi. 
So‘ngra “Charxpalak” texnologiyasi slayd orqali qiziqarli o‘yin tarzida o‘tkaziladi. 

Download 366.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling