A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 366.69 Kb. Pdf ko'rish
|
2PQri5PSVmkyY6Hcy72tNSBBfc0bzVwrANeKH85E
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakuni nimadan iborat bo‘ladi
Texnologiyaning tavsifi: Ushbu texnologiya o‘quvchilarni o‘tilgan
mavzularni yod olishga, mantiqan fikrlab beriladigan savollarga mustaqil ravishda to‘gri javob berishga va o‘z-o‘zini baholashga o‘rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘quvchilarning egallagan bilimlarini baholashga qaratilgan. Texnologiya o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida dars boshlanishi yoki dars oxirida yoki o‘quv predmetining biron bir bo‘limi tugallanganda, o‘tilgan mavzularni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasinini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Ushbu texnologiyani mashg‘ulot jarayonida yoki uning bir qismida yakka, kichik va jamoa shaklida tashkil etish mumkin. “Charxpalak” texnologiyasi . Yakuni nimadan iborat bo‘ladi? Ushbu qiziqarli o‘yinni o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchilarni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o‘z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, ya’ni dinamikaning asosiy qonunlaridan biri hisoblangan harakat qonunlari, ular ta’sirida jismlarning harakati, tabiatdagi kuchlar hamda ushbu kuchlar ta’sirida jismlar harakatining o‘zgarishi, ularning formulalari, kattaliklari, birliklari va ularning farqi hamda o‘xshash tomonlarini farqlay olish, misollar bilan yana bir bor ko‘z oldiga keltirish orqali bilimlarini orttirish hamda mustahkamlab borish. Misol qilib ishqalanish kuchini olamiz: O‘quvchilardan uning formulasi so‘raladi. So‘ngra ishqalanish kuchiga doir savollar birin ketin beriladi, ya’ni ishqalanish kuchi deganda nima tushuniladi, tabiat va texnikada uning ahamiyati, ishqalanish kuchining foydali hamda zararli tomonlari, ishqalanish foydali bo‘lganda nima qilish kerak, ishqalanish zararli bo‘lganda nima qilish kerak, ishqalanish umuman bo‘lmaganda nima bo‘lar edi, kabi savollar beriladi. Shu usulda nafaqat ishqalanish kuchi balki, dinamika bo‘limidagi barcha kuchlar to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlab boriladi. Download 366.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling