A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Domino oyini. (tavsifi) slayd orqali namoyish etib boriladi
Download 366.69 Kb. Pdf ko'rish
|
2PQri5PSVmkyY6Hcy72tNSBBfc0bzVwrANeKH85E
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Zinama-zina” texnologiyasi
Domino oyini. (tavsifi) slayd orqali namoyish etib boriladi.
Keyingi o‘yinimiz fizik kattaliklardan tashkil topgan domino o‘yini. Bunda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan ikki guruhga ajratiladi. Fizik so‘zlardan tashkil topgan domino o‘yinida o‘qituvchi birinchi so‘zni aytib yozadi, oxirgi harfidan fizik atamalar bilan davom ettiriladi. Qaysi guruh berilgan vaqt davomida ko‘proq atama so‘zlar yozib, ushbu yozgan atamalarini sharhlab bersa, o‘sha guruh g‘olib hisoblanadi. Bu usuldagi mashg‘ulotni nafaqat o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lgan holda balki, individual tarzda har bir o‘quvchilardan bir boshdan boshlab so‘rash orqali o‘tkazish mumkin. Bunda o‘qituvchi birinchi so‘zni aytadi va o‘quvchilar oxirgi harfidan boshlab fizik atamalarni davom ettirishadi. Bilmagan ya’ni, davom ettirolmagan o‘quvchi o‘yindan chiqadi va keying o‘quvchi davom ettiriladi. Shu tarzda berilgan vaqt davomida nechta o‘quvchi o‘yinda qoldi shunga qarab rag‘batlantiriladi. Bu o‘yinni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshirish, o‘quv materialiga qiziqtirish, bilimlarini oshirish. Chunki bir o‘quvchi javob berguncha qolgan o‘quvchilar o‘ylay boshlaydi ya’ni, nima desam ekan, meni navbatim kelganda qaysi harf bilan tugar ekan, kabi savollar bera boshlaydi o‘ziga va miyasida qidirish jarayoni kechadi, hatto eng passiv o‘quvchilar ham javob berishga harakat qilishadi. “Zinama-zina” texnologiyasi Navbatdagi texnologiyamiz bu “Zinama- zina” o‘yini bo‘lib bunda o‘quvchilar oqituvchi tomonidan ikki guruhga bo‘linadi va berilgan har bir zinadagi savollarga to‘g‘ri javob berilgandagina keyingi zinalarga ko‘tariladi. Shu tarzda qaysi guruh birinchi bo‘lib zinaning yuqori qismiga chiqsa g‘olib hisoblanadi va oldindan o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan sirli sovringa ega bo‘ladi. Bunda har bir zinada 6-7–sinflarda o‘tilgan mavzularga doir formulalar keltirib yozilgan va ular mavhum ya’ni korinmaydi. Qachonki o‘quvchi birinchi zinadagi formulani tog‘ri topib uning nomi, birligi hamda kattaliklarini ayta olsagina, shunda keying zinaga chiqa oladi va ikkinchi zinaga chiqqanidan keyin navbatdagi formula paydo bo‘ladi. Shu tariqa barcha formulalar, ularning nomi, birligi, formulalardagi kattaliklar, ularning nomi va birliklari, bu formulalar fizikaning qaysi bo‘limiga oidligi hamda ularning qo‘llanilishi haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlab boriladi. Chunki o‘quvchi asosiy formulalarni, ularning birliklarini, tabiat va texnikada ularning o‘rni va ahamiyatini, bo‘layotgan hodisaning mohiyatini tushunsagina o‘z ustida mustaqil ishlay oladi va qolgan formulalarni keltirib chiqara oladi hamda berilgan masalani mustaqil ishlay oladi. Chunki fizika tili-bu asosan fizik formulalar hisoblanib, ulardan o‘rinli va izchil foydalanish natijasida qonunlar va tamoillar hamda nazariyalar yotadi. Shuning uchun ham fizikani bilish, dastavval fizik formulalar tilini tushuntirish orqali o‘quvchilarni formulalar zamirida qanday fizik mohiyat yashiringanligini, ya’ni formulalar bilan fizik hodisalar orasidagi munosabat qandayligini anglashga o‘rgatish kerak. Formulalar bilan ishlash jarayonida o‘quvchilar tarqoq dalillar va alohida dalillar to‘plamini emas, balki fizik hodisalar o‘zaro bog‘liqligini hamda bir biridan kelib chiqadigan yagona fan sifatidagi tushunchani ilg‘ab oladilar. Nafaqat formulalar, kattaliklar, butun belgilar tizimi bu bog‘lanishni aks ettirib o‘quvchilarga o‘rganilayotgan materialni ixcham yozuv ko‘rinishida yaqqol tasavvur qilishiga yordam beradi. Shuningdek o‘quvchilarda tahlil va sintez qilish ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi. Xuddi shu tarzda davom ettiriladi va g‘olib guruh aniqlanadi. Download 366.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling