O‘qituvchi bunday mashg‘ulotlarni tashkil etish orqali o‘quvchilarni erkin va
mustaqil
fikrlashga, o‘tilgan va o‘zlashtirilgan mavzularni eslashga, ularni yozma
yoki rasm, chizma ko‘rinishida
bayon etishga, fikrlarni umumlashtirishga
o‘rgatadi. Keyingi galda formulalar o‘rniga savollar,
yoki masalalar,
boshqotirmalar yozishi mumkin.
Ushbu mashg‘ulot o‘quvchilarni o‘tilgan yoki o‘tilishi kerak bo‘lgan
mavzular bo‘yicha yakka va kichik guruhlarga bo‘lingan holda fikrlash, hamda
xotirlash, o‘zlashtirilgan bilimlarni
eslashga ularni umumlashtirib, yozma, rasm,
hamda chizma ko‘rinishida ifodalay olishga o‘rgatadi.
Xuddi shu tarzda davom etgan uch qismli savol–javoblardan so‘ng
o‘quvchilarning barchasi baholanadi va ularni ham ishtiroklariga munosib
taqdirlanadi.
Klasster usuli
“Bumerang” texnologiyasi
Otilgan buyumning otuvchiga qaytib kelishini ta’minlovchi oʻroqsimon otish
quroliga bumerang deyiladi. Ta’limda bumerang metodining ma’nosi
pedagog
tomonidan tashlangan muammoli masala yoki mavzuning oʻquvchi-oʻquvchilar
tomonidan oʻzlashtirilgan holda oʻqituvchiga og‘zaki yoki yozma shaklda
qaytishidan iborat.
Texnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiya oʻquvchi (yoki oʻquvchi)larni
dars jarayonida, darsdan
tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilai ishlash,
oʻrganilgan
materialni yodida saqlab qolish, soʻzlab berish, fikrini
erkin holda bayon ega
olish, qisqa vaqt ichida koʻp ma’lumotga ega boʻlish hamda dars mobaynida
oʻqituvchi tomonidan barcha oʻquvchi (yoki oʻquvchi)larni baholay olishga
qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: