A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 366.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana08.03.2023
Hajmi366.69 Kb.
#1254381
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2PQri5PSVmkyY6Hcy72tNSBBfc0bzVwrANeKH85E

Texnologiyaning 
maqsadi. 
Oʻquv jarayoni mobaynida tarqatilgan 
materiallarni oʻquvchi (yoki oʻquvchi)lar tomonidan yakka va guruh holatida 
oʻzlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara va turli savollar orqali tarqatma 
materiallardagi matnlar qay darajada oʻzlashtirilganligini nazorat qilish va 
baholash. Oʻquv jarayoni mobaynida har bir oʻquvchi (yoki oʻquvchi) tomonidan 
oʻz baho (yoki ball)larini egallashga imkoniyat yaratish. 
Texnologiyaning 
qoʻllanishi. 
Amaliy 
mashg‘ulotlar, seminar yoki 
laboratoriya mashg‘ulotlari hamda suhbat-munozara shaklidagi darslarda yakka 
tartibda, kichik guruh va jamoa shaklida foydalanilishi mumkin.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar. Oʻquvchi (yoki oʻquvchi) dars 
jarayonida mustaqil oʻqishlari, oʻrganishlari va oʻzlashtirib olishlari uchun 
moʻljallangan tarqatma materiallar (oʻtilgan mavzu yoki yangi mavzu boʻyicha 
qisqa matnlar, suratlar, ma’lumotlar).
Mashg‘ulotni oʻtkazish tartibi. Ushbu texnologiya bir necha bosqichda 
oʻtkaziladi:
oʻquvchi (yoki oʻquvchi)lar kichik guruhlarga ajratiladi;
oʻquvchi (yoki oʻquvchi)lar dars (mashg‘ulot)ning maqsadi va tartibi bilan 
tanishtiriladi;
oʻquvchi (yoki oʻquvchi)larga mustaqil oʻrganish uchun mavzu boʻyicha 
matnlar tarqatiladi; 
berilgan matnlar oʻquvchi (yoki oʻquvchi)lar tomonidan yakka tartibda 
mustaqil oʻrganiladi;
har bir guruh a’zolaridan yangi guruh tashkil etiladi;
yangi guruh a’zolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil 
oʻrgangan
matnlari bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga soʻzlab beradilar, 
matnni
oʻzlashtirib olishlariga erishadilar;
berilgan ma’lumotlarni oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh 
ichida ichki nazorat oʻtkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol - javob 
qiladilar;
yangi guruh a’zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar; 
darsning qolgan jarayonida oʻquvchilar (yoki oʻquvchi) bilimlarini baholash 
yoki toʻplagan ballarini hasoblab borish uchun har bir guruhda «guruh hisobchisi» 
tayinlanadi;


oʻquvchi (yoki oʻquvchi)lar tomonidan barcha matnlar qay darajada 
oʻzlashtirilganligini aniqlash maqsadida oʻqituvchi (yoki opponent guruh) oʻquvchi 
(yoki oʻquvchi)larga savollar bilan murojaat egadilar, og‘zaki soʻrov oʻtkazadilar;
savollarga berilgan javoblar asosida guruhlarni toʻplagan umumiy ballari 
aniqlanadi;
har bir guruh a’zosi tomonidan guruhldagi matnning mazmunini hayotga 
bog‘lagan holda bittadan savol tuziladi;
guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi 
(«guruh hisobchilari» berilgan javoblar boʻyicha ballarni hisoblab boradilar);
guruh a’zolari tomonidan toʻplangan umumiy ballar yig‘indisi aniqlanadi; 
guruhlar toʻplagan umumiy ballar guruh a’zolari oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Izoh: oʻqituvchi darsni shu tartibda tugatishi yoki oʻquv materialini 
oʻquvchilar (yoki oʻquvchi) tomonidan yakka tartibda qanday oʻzlashtirilganini 
yana bir bor oʻz-oʻziga baho berish tartibida nazorat qilish uchun «Charxpalak» 
texnologiyasidan foydalangan holda oʻqilgan va oʻzlashtirilgan matnlar asosida 
tayyorlangan tarqatma materiallarni oʻquvchilar (yoki oʻquvchi) ga tarqatib, oʻz 
bilimlarini tekshirib olishlariga imkoniyat yaratishi mumkin.
dars (mashg‘ulot)ni yakunlash, uyga vazifa berish. 
Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot davomida oʻquv materialini chuqur va 
yaxlit holatda oʻrganish, ijodiy tushunib etish, erkin egallashga yoʻnaltirilgan. U 
turli mazmun va harakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega boʻlgan 
mavzularni oʻrganishga yaroqli boʻlib, oʻz ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini 
qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli 
topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan oʻquvchi yoki oʻqituvchi rolida boʻlishi, 
kerakli ballni toʻplashiga imkoniyat beradi, oʻquvchi-oʻquvchilarni dars 
jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, oʻrganilgan 
materialni yodida saqlab qolish, soʻzlab bera olish, fikrini erkin bayon eta olish 
hamda bir dars davomida barcha oʻquvchilarni baholay olishga qaratilgan. 
Nazorat ta’lim jarayonining ajralmas qismidir. Nazoratning muntazamligi va 
izchilligi o‘quvchilarni faol aqliy mehnat qilishga undaydi, ularda ma‘suliyat, 
burch, diqqat, xotira, o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash ko‘nikmalarini 
rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. 
Nazoratning to‘liqliligi, haqqoniyligi, keng ko‘lamliligi, muntazamliligi 
barcha metodlar kabi bu metodlarning ta‘limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va 
o‘quvchilarga tafovutlab yondashish kabi funksiyalarini amalga oshirish imkonini 
beradi. 
Bu metodlarga og‘zaki va yozma nazorat, laboratoriya va amaliy ish 
yordamida nazorat, o‘z-o‘zini nazorat, o‘zaro nazorat varag‘i va testlar yordamida 
nazorat metodlari misol bo‘ladi va quyidagi uslublardan iborat: 
a) og‘zaki va yozma nazorat metodlari o‘quvchilarning bilimlarni mantiqiy 
izchil bayon qilishga o‘rgatish, nutqni o‘stirish, o‘quvchilar javobidagi tipik 
xatoliklarni aniqlash va unga barham berish; 
b) laboratoriya va amaliy ish yordamida nazorat metodlari o‘quv va amaliy 
ko‘nikmalarni aniqlash, o‘quvchilarning o‘quv jihozlari va asboblar bilan ishlash 
ko‘nikmalarini aniqlash, bajarilgan topshiriqlarning sifatini aniqlash va baholash, 


ish mazmuniga bog‘liq holda ob‘ektlar va asboblarni to‘g‘ri tanlash, ishni 
yakunlash va natijasini rasmiylashtirish, olingan natijalarning to‘g‘riligini aniqlash; 
v) o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari o‘quv materiali yuzasidan qisqa reja, 
savollar tuzish, asosiy g‘oyani ajratish, savollarga javoblar topish, masalalar 
yechish va ularni namunaga muvofiq tekshirib ko‘rish, taqqoslash, olingan 
natijalarning to‘g‘riligini tekshirish; 
g) o‘zaro nazorat varag‘i yordamida nazorat metodlari o‘rganilgan bob, mavzu 
bo‘yicha nazorat savollarini tuzish, savollarning metodik jihatdan to‘g‘riligi, 
mantiqiy ketma-ketligi, o‘quvchilar bilimini nazorat qilishning haqqoniyligi, keng 
ko‘lamliligi; 
d) testlar yordamida nazorat metodlari o‘rganilgan bob, mavzu bo‘yicha nazorat 
testlarini tuzish, test savollari va javoblarning metodik jihatdan to‘g‘riligi, mantiqiy 
ketma-ketligi, o‘quvchilar bilimini nazorat qilishning haqqoniyligi, keng 
ko‘lamliligi. 
Barcha metodlar kabi o‘qitishdagi nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlarining 
ham ta‘limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasi mavjud. Nazoratning ta‘limiy 
vazifasini o‘qituvchi barcha o‘quvchilarni o‘z o‘rtog‘ining javobini tinglashga, 
javobdagi xato va kamchiliklarni to‘g‘rilashga, tuzatishlar va qo‘shimchalar 
kiritishni taklif etish orqali ta‘minlaydi. Shu tufayli ushbu jarayonda 
o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlari tizimga solinadi, takrorlanadi va 
mustahkamlanadi. 
Nazoratning 
tarbiyaviy 
vazifasi 
uning o‘quvchilarni 
rag‘batlantirishni ta‘minlash, tahsil olishdagi ma‘suliyat va burchni tarkib toptirish, 
hissiyotni shakllanishida namoyon bo‘ladi. Nazoratning rivojlantiruvchi funksiyasi 
o‘quvchilarda barqaror diqqat, xotirani mustahkamlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish va 
baholash ko‘nikmalarini egallashlarida ko‘zga tashlanadi.
Nazorat savollar: 
1. Tezlik, o‘rtacha tezlik mavzularini tushuntirishda qaysi metodlardan 
foydalanish samaraliroq bo‘ladi deb hisoblaysiz? 
2. Dinamikadagi 
kuchlar 
mavzusini 
oson 
tushuntirishning 
qanday 
usullaridan foydalanasiz? 
3. Taqqoslash tahlil qilishda nimalarga etibor berish lozim? 

Download 366.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling