A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a
.1 .3 . «Kitobi M ullazoda»
Download 6.54 Mb. Pdf ko'rish
|
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- C horshanbadagi m ozorlar, Safidm un va xoja Jandi qishloqlaridagi mozorlar
6 .1 .3 . «Kitobi M ullazoda»
“ Kitobi Mullazoda” (“ Mullazoda kitobi”) - Buxoroyi sharifning X IV - XV asrlardan qolgan osori-atiqalari va mashhur ziyoratgohlari, u yerda dafn etilgan valiylar, shayxlar, umuman mashhur kishilar haqida ma’lumot beruvchi asar bo'lib, XIV asr oxiri—XV asr boshlarida yozilgan. Muallifning ismi sharifi Ahmad ibn Mahmud bo'lib, M o'in ul-fuqaro (faqirlar tayanchi) taxallusi bilan mashhur bo'lgan. Bu kitob yaqin-yaqinlatgacha ko'pchilik tadqiqotchilarga ma’lum emas edi. Bunga uning qo'lyozm a nusxalari m a’lum bo'lmaganligi sabab bo'lgan. 1960-yili asaming forscha matni Tehronda Gulchin M a’oniy tomonidan chop etilgandan keyin ilmiy jamoatchilik orasida bu kitobga qiziqish birmuncha kuchaydi. Asar 1992-yili ms tilida R.L.G'afurova tomonidan e’lon qilindi. “ Kitobi Mullazoda” — qabristonlami erkak va ayollar ziyorat qilsalar bo'ladi va bu ziyoratni qanday ado etish haqidagi ikki maxsus bob va ikki qismdan iborat asar. Kitobning birinchi qismida shahar ichidagi va uning tashqarisida, shahardan yarim farsax masofada dafn etilgan ulug' shaxslar, shayxlar, din ulamolari va ulaming muqaddas mozorlari haqida m a’lumot beradi. Bular ichida mashhur shayx, imom va ilohiyot olimi xoja Hafs kabir, xoja Abu Hafs ibn al-Zabarkan ibn Abdulloh ibn al-Bahr al-Ijliy al- Buxoriy (7 6 7 -8 3 2 ), shogirdi xoja Abdulloh Safidm uniy, Saffariya 52 ’m o m larin in g mozorlari, Ismoliya imomlarining mozorlari, Talli xoja C horshanbadagi m ozorlar, Safidm un va xoja Jandi qishloqlaridagi mozorlar shular jumlasidandir. K ito b n in g ik k in c h i q ism id a B u x o ro y i s h a rifn in g m a s h h u r a is h lo q la rid a n Fathoboddagi muqaddas ziyoratgohlar, masalan, shayx A b u lm a o liy (1190—1261), uning ikki o'g'li Xovand Jaloliddin va Xovand M u t a h i r u d d i n l a m i n g mozorlari va o ‘zlari haqida m a’lumot keltiriladi. Shu qismdan joy olgan Buxoro sadrlari, Burxoniylar haqida keltirilgan ma’lumotlar ham o ‘ta muhimdir. Ikki og‘iz so‘z Buxoro sadrlari haqida. Aslida ular kim edilar? Buxoro sadrlari bir xonadonga mansub bo'lgan va muxtasib, rais lavozimini egallagan oliy nasab shaxslar edilar. «Kitobi mullazoda*da ulam ing kelib chiqishi, shajaralari haqida, hayoti va vafot etgan yili haqida qimmatli ma’lumotlar keltiriladi. Buxoroyi sharifda o'tgan buyuk shaxslar xoja Abubakrtarxon, mavlono Hofizuddin Kabir, Abu Abdulloh M uham m ad al-Buxoriy, yetti qozi - Abu Zayd Abdulloh U m ar ibn Iso ad-Dabusiy, Abu Ja ’far M uhammad ibn Amr ash-Sha’biy, Ismoil Mustamoliy va boshqalar haqida keltirilgan m a’lum otlar ham diqqatga sazovordir. M asalan, im om Abu Zayd Ubaydulloh Um ar ibn Iso ad-Dabusiy ham yirik fiqh va ilohiyot olimi bo'lgan. Uning musulmon qonunchiligiga oid «Omad ul-Aqso* ( “So'nggi hudud”) nomli asari o 'z zamonasida juda m ashhur bo'lgan. Download 6.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling