A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Download 6.7 Mb.
Pdf просмотр
bet1/30
Sana15.12.2019
Hajmi6.7 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
75163

0 ‘Z B E K IS T 0 N   R E S P U B L IK A S I  O LIY  VA  0 ‘RTA 
M A X SU S  TA’L IM   V A Z IR LIG I
A B D U M A JID   M A D R A IM O V  
GAVHAR  FUZAILO VA
ШИ
MANBASHUNOSLIK
B a k a la vria t  t a ’lim   y o ‘n a lishi  talabalari  uchun  darslik
( ) ‘zbckiston  faylasuflari  milliy jam iyati  nashriyoti 
Toshkent 
2008

Taqrizchilar:
tarix  fanlari  doktori  Muhammadjon  Abdurahmonov
filologiya  fanlari  doktori,  professor  Ibrohim  Yo'Idoshev
Ushbu darslik m anbashunoslik fanidan oliy o ‘quv yurtlari uchun qabul qilingan 
D avlat  S tandartlari  va  nam unaviy  dasturiga  muvofiq  yaratilgan  b o 'liu b ,  u  ikki 
bobdan  iborat.  Birinchi  bobda  m anbashunoslikning  nazariy  m asalalari  bayon 
etiladi.  Ik k in ch i  bob  O 'z b e k isto n n in g   q ad im g i,  o 'r ta   asr  va  yangi  tarixini 
o'rganishga  nio'ljallangan  b o'lib,  u nda  y unon,  lotin,  xitoy,  arab,  fors  va  o'zb ek  
tillarda  yozilgan  va bizgacha  yetib  kelgan  qo'ly o zm a  m anbalar,  m anbashunoslik 
fanining  eng  m uhim   masalalari  va  dolzarb  m uam m olari  to 'g 'risid a  m a ’lum otlar 
keltirilgan.  K itobda  m utaxassislarning  m anbalardan  foydalanishi,  ularni  o 'qitish 
m etodikasi  ham   im kon  darajasida  yoritilgan.
Kitob oliy o 'quv yurti bakalavriat talabalari u chun  m o'ljallangan b o'lib,  undan 
tarix  fani  m uallim lari  va  boshqa  tarix  bilan  qiziquvchi  b archa  kitobxonlar  ham  
foydalanishlari  m um kin.
63.2(5Y )
E74
M adraim ov,  Abdumajid.
M anbashunoslik:  Bakalavriatning  5140600-tarix  yo'nalishi  talabalari 
uchun  d a r s lik /A .  M adraim ov,  G .  Fuzailova;  -Т.:  O 'zbekiston 
faylasuflari  milliy jam iyati  nashriyoti,  2008. 
—  264  b.
Fuzailova,  G avhar.
N312-2008/1903
BBK  6 3.2(5У )я73
NAMAN  f.N  DAVLAT
UNi\  -KSlTETi
A h t o r o w is u r - ,   m arkazl
IS B N   9 7 8 - 9 9 4 3 - 3 1 9 - 5 9 - 2
©   «O 'zb e k isto n   faylasuflari  m illiy  ja m iy ati  nashriyoti».  2008.

/
Akademik В.  Ahmedov 
xotirasiga  bag‘ishlanadi
S O ‘Z B O S H I
0 ‘zbekiston  istiqloli  (1991)  yurtim izda  ijtim oiy  fikr  erkinligi  uchun 
keng im koniyatlar yaratdi.  Biz boy va qadim iy tarixim izni qaytadan  kashf 
etish im koniga ega bo'ldik.  Respublikam iz  Prezidenti  I.A .K arim ov to ‘g ‘ri 
ta ’kidlaganidek,  “ 0 ‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi.  Isbottalab 
b o ‘lm agan  ushbu  haqiqat  davlat  siyosati  darajasiga  k o ‘tarilishi  za ru r” 1.
M anbashunoslik  fanidan  bir  necha  darslik,  q o 'lla n m a   va  to 'p la m la r 
y aratilg a n   b o ‘lib,  u la r  q u y id ag ilard a n   ib o rat:  B.  A.  A h m ed o v n in g  
“ 0 ‘zb e k isto n   xalqlari  tarix i  m a n b a la ri”  (1 9 9 1 ),  T .S .S a id q u lo v n in g  
“ 0 ‘zb e k isto n   tarixi  tarixnavisligidan  la v h a la r” (1993,  o ‘zbek  va  rus 
t i l l a r i d a ) ,   A .  H a b ib u ll a y e v n in g   “ A d a b iy   m a n b a s h u n o s l i k   va 
m a tn s h u n o s lik ”  (2 0 0 0 ),  B.  A.  A h m e d o v n in g   “ 0 ‘zb e k is to n   tarix i 
m anbalari”  (2001),  “ M an b ash u n o slik d an   m a ’ru z alar m ajm u asi”  (2001, 
tuzuvchi A.  A.  M adraim ov),  M .H asaniy «S harqqo iyozm alarin i tavsiflash 
va  fih ristlash » (2 0 0 4 ,  «Tarixiy  m an b ash u n o slik »   (2006,  tu z u v c h ila r
A .A .M adraim ov,  G .S.F uzailova),  «Tarixiy m anbashunoslikning dolzarb 
m uam m olari»  (2001,  2005,  tuzuvchilar A .A .M adraim ov,  G .S.F uzailova) 
va  «Tarixiy  m anbashunoslik  m uam m olari»(2003).
D arslikni  yaratishga  bergan  am aliy  yordam i  uchun  filologiya  fanlari 
d o k to ri  Ergash  U m arov,  tarix  fanlari  n o m zo d i  M uzaffar  A hm edov, 
o ‘qitu v ch lar  Askariy  M adraim ov  va  Y elena  Saitovaga  m ualliflar  o 'z  
m innatdorchiligini  bildiradi.
U shbu darslik qo'lyozm asi bilan tanishib foydali  m aslahatlarni  bergani 
uchun tarix fanlari  doktori,  M .A bdurahm onov,  filologiya fanlari doktori, 
professor  Ibrohim   Yo'Idoshev va  boshqalarga  o ‘z  m innatdorchiligim izni 
bildiram iz.
Biz  yaratgan  ushbu  darslik  ilk tajriba bo'lgani  sababli  un d a turli  bahs, 
m unozara  va  fikrlarni  paydo  qiladigan  o 'rin la r  mavjud.  Shuning  uchun 
uning  yuzasidan  bildiriladigan  fikr  va  m ulohazalarni  kutib  qolam iz.
M ualliflar
1  K arim ov  I.A.  T arixiy  xotirasiz  kelajak  y o ‘q  / /   M u loqot.  1998.  2-son.  2—3-bctlar.
3

I  BOB.  M A N BA SH U N O SLIK N IN G   NAZARIY 
MASALALARI
1-MAVZU.  MANBASHUNOSLIK  FANINING  MAQSAD 
YA  VAZIFALARI
Darsning mazmuni: Tarix ilmida m anbashunoslik fanining tutgan o 'm i, 
uning asosiy xususiyatlari,  m aqsad va vazifalari haqida m a’lum ot beriladi.
Reja:
1.1.  M anbashunoslik  fanini  o 'rganishdan  m aqsad.
1.2.  M anbashunoslik  fanining  m aqsadi  va  vazifalari.
1.3.  M anbalar turlari.
1.4.  M anbashunoslik  va  tarix  fanining  yordam chi  sohalari.
Asosiy tushunchalar: manba,  tarixiy manba, birlamchi manba, asl nusxa, 
avtograf,  bitik,  bitma,  yozma  yodgorlik,  q o ‘lyozma,  qo'lyozma  kitob, 
toshbosma,  litografik  kitob,  nashr,  ommaviy nashr,  ilmiy akademik nashr, 
faksimile, arxeografiya, asosiy arab yozuvlari, ro ‘yxatga olish,  tavsifga olish, 
tasniflash
  — 
kataloglashtirish,  fihrist  —  katalog,  kartochka,  annotatsiya, 
monografik  tavsif.
1.1.  Manbashunoslik fanini  o‘rganishdan maqsad
M anbashunoslik  fanini  o'rganishdan  m aqsad  talabalarda  ushbu  fan 
sohasi  to 'g 'risid a   u m um iy  tu sh u n c h a   hosil  qilish  va  u lard a  qiziqish 
uyg'otish  va  O 'zbekiston  tarixini  m an balar  asosida  m ustaqil  o'rganish 
malakasini  hosil  qilishdan  iborat.
Tarixiy  fakt  va  voqealar  bayoni  inson  xarakteri,  m a’lum ot  beruvchi 
shaxs,  guruh,  firqa,  sulola,  m azhab  va  m am lakatlar  m anfaati  y o 'lid a 
tu rlicha  talqin  qilinishi  m um kin.
M asalan,  O 'zbekiston  yaqin  tarixi  —  m am lakatim izn ing   X IX  asr 
ikkinchi  yarm i  va  XX  asr  boshlaridagi  siyosiy  voqealar  turli  davrlarda, 
m anbalarda  va  turli  m ualliflar  to m o n id an   turlicha  talq in   qilinm oqda. 
B ular  o 'z   davrida  yaratilgan  yozm a  yodgorliklar,  tarixiy  hujjatlar  va 
solnom alarda qanday bayon qilingan?  S ho'ro davrida qanday tushuntirildi?
Va  nihoyat  mustaqillik sharoitida tarixiy adolatni tiklash,  m anbalarga 
xolis va obyektiv yondoshib,  bo 'lib   o 'tg a n  voqealarni  bilishim iz  m um kin 
va kerak.  Bu  esa m anbashunoslik fanisiz,  m anbalarga ilmiy yondashuvsiz 
m um kin em as. C hunki,  o 'sha davrdagi yozm a yodgorliklarning aksariyati
4

arab  alifbosi  asosidagi  yozuvim izda,  b ir qism i  rus  tilida  h am   bitilgan  va 
o ‘sha  davrga  xos/tarixiy  xususiyatlarga  ega.
Xulosa,  m anbashunoslik fani yurtim iz tarixi to ‘g ‘risida xolis va obyektiv 
bilim   olishga,  o'zligim izni  anglashga,  boy  va  qadim iy  m adaniyatim izni 
bilishga  xizm at  qiluvchi  tarix  fanining  m u h im   sohalaridan  biridir.
1.2.  Manbashunoslik fanining maqsadi va vazifalari
M anbashunoslik fani tarix ilm ining  asosiy va  m u him  sohalaridan biri 
b o 'lib ,  turli  (yozm a,  b osm a  va  boshqa)  m anbalarni 
0
‘rganish  ham d a 
u lardan  ilm iy  foydalanishning  nazariy va  am aliy jihatlarini  tadqiq  etadi.
Tarixiy  m an b a  deganda  nim ani  tushunam iz?
M an b a  yoki  tarixiy  m an b a  tushunchasi  keng  qam rovli  b o 'lib ,  inson 
faoliyati  natijasida  yaratilgan  barch a  narsalam i  tushunam iz.
Inson
 faoliyati natijasida yaratilgan m oddiy m ah sulo t m a ’lum  vazifani 
bajarish  bilan  birga  ayni  zam o n d a  tarixiy  m an b a bo'lishi  m unkin.
M an b a  deb  o 'z id a   m a ’lu m   m a ’lum otga  ega  yodgoflik  tushuniladi. 
C hunki tarixiy m anbalardagi m a ’lu m o tlar tarixiy, ilm  asosini tashkil qiladi.
M anbashunoslik  fani  ijtim oiy  fan  sohasida,  asosan  ikki  xil  bo 'lishi 
m um kin  —  tarixiy  m anbashunoslik  va  adabiy  m anbashunoslik.  Bizning 
m aqsadim iz  tarixiy  m anbashunoslikni  o'rganishdir.
M anbashunoslik fanining vazifalari tarixiy m anbalarni turlari va ularni 
tad q iq   etish,  tam oyillarni  o 'rg atish d a n   iboratdir.
1.3.  Manbalar turlari
Tarixiy  m anbalarni,  ularning  um um iy  xarakteri,  o 'tm ish n i  o 'z id a   aks 
ettirishiga  qarab  quyidagi  olti  asosiy  guruhga  b o 'lish   m um kin.
1.3.1.  Yozma manbalar
Y o zm a  m an b ala r  tarixiy  m an b a la rn in g   m u h im   va  asosiy  tu rid ir. 
Insonning ijtimoiy faoliyati,  aniqrog'i kishilarning o 'zaro   m unosabatining 
natijasi  o 'laro q   yaratilgan  va  o 'sh a   zam on larda  sodir  bo'lgan  ijtim oiy- 
siyosiy  voqealarni  o 'zid a  aks  ettirgan  m an b a  sifatida  o 'rta   asr  (V I—XIX 
asrlar)  tarixini  o'rganishda  m uhim   o 'rin   tutadi.  Y ozm a  m anbalar  o 'z  
navbatida  ikki  guruhga  b o'linadi:
1.  Oliy va mahalliy hukm dorlar m ahkam asidan chiqqan rasmiy hujjatlar 
(yorliqlar,  farm onlar,  inoyatnom alar,  m oliyaviy-hisobot daftarlari,  rasmiy 
yozishm alar).  B unday  hujjatlam ing  34  tu rin i  m utaxassislar aniqlaganlar.
2.  N arrativ (Iotin. 
Narratio
 — qissa,  hikoya)  yozm a m anbalar.  B unday 
m anbalardan   biz  tarixiy,  geografik  va  kosm ografik,  biografik,  agiografik,
5

m em u ar asarlar,  sayyoh va elchilar esdaliklarini к о ‘rib chiqam iz.
Aksariyat  yozm a  asarlar  nasrda  ijod  etilgan.  A yrim   tarixiy  asarlar, 
jum ladan, Abulqosim  Firdavsiyning «Shohnom a»,  M uham m ad Solihning 
«Shayboniynom a»  asari  she’riy  y o ‘nalishda yozilgan.
Ijtim oiy-siyosiy,  ayniqsa,  iqtisodiy  m unosabatlarga  oid  m asalalam i 
o 'rganishda  rasm iy  hujjat,  m oliyaviy-hisobot  daftar va  yozishm alam ing 
aham iyati  benihoya  kattadir.  Rasm iy  hujjatlar  ijtim oiy-siyosiy  h ayo tn i 
m a ’lum   yuridik  shaklda  bevosita  va  k o 'p   hollarda  aynan  qayd  etishi 
bilan qim m atlidir.  Lekin ularning orasida, ayniqsa, rasm iy yozishm alarda 
soxtalari ham  uchrab turadi.  Shuning u ch u n  ham  ulardan foydalanilganda 
d iq q at-e’tib o r  va  z o 'r   ehtiyotkorlik  talab  qilinadi.  H ujjatlar  ustida  ish 
olib boiganda, u n d an  b iron ijtim oiy-siyosiy voqea yoki faktni talq in  etish 
uchun  foydalanish  jarayonida,  bittasi  bilan  kifoyalanm asdan,  o'xshash 
b ir  necha  hujjat,  m anbalarni  qo'sh ib   o 'ig an m o q   zarur.  C hunki,  b itta  
hujjatda  faqat  b ir  kelishuv  yoki  fakt  ustida  gap  boradi.  Shuning  u ch u n  
faqat  bir  hujjat  bilan  m a ’lum   ijtim oiy-siyosiy  m asala  ustida  q a t’iy  fikr 
yuritib,  um um lashtirib  q a t’iy  xulosaga  kelib  bo'lm aydi.
Ikkinchi  guruh  asarlar to 'g 'risid a  shuni  aytish  kerakki,  u lar h u k m ro n  
sinfning  topshirig'i  bilan  yozilgan  va  shu  tufayli  ularning  sahifalarida 
k o 'p ro q   podshohlar va xonlar,  am irlar va yirik  ruhoniylarning  hayoti  va 
faoliyati yoritilgan,  m oddiy boylik yaratuvchi  m ehnatkash xalqning tarixi 
esa  k o 'p   hollarda  chetlab  o'tilgan.
Xullas,  bu  asarlarda,  y a ’ni  yozm a  m anb alard a  h u k m ro n   sinfning 
dunyoqarashi o 'z   ifodasini topgan,  o 'sh a  sinfning  m aqsad va m anfaatlari 
ifoda  etilganligi  bilan  ajralib  turadi.
1.3.2.  Moddiy (ashyoviy)  manbalar
M a ’lum ki,  kishilik  jam iyati  tarixi  qariyb  40  m ing  yillik  davrni  o 'z  
ichiga  o lad i,  lekin  yozuv  p aydo  b o 'lg an ig a  esa  n isb atan   k o 'p   vaqt 
o 'tg an ich a  yo ‘q.
M asalan,  sivilizatsiyaning  ilk  o'cho q larid an   biri  b o 'lm ish   M arkaziy 
Osiyoda dastlabki yozuv orom iy xat negizida taxm inan eram izdan aw algi 
1  m ing yillik o'rtalarida paydo bo'lgan. Xat tarixchisi  Erkin Oxunjonovning 
m a ’lum otiga k o 'ra,  yurtim izda arab  istilosiga q ad ar o 'n  sakkiz yozuv turi 
mavjud  bo'lgan.  Lekin,  afsuski,  k o 'h n a   tarixim izni  o 'z id a   aks  ettirgan 
yo zm a  yodgorliklarning  k a tta   qism i  b iznin g  zam o n a m iz g ach a  yetib 
kelm agan.  U larning  ko'pchiligi  bosqinchilik  urushlari  vaqtida,  qolaversa 
tabiiy  ofatlar  oqibatida  y o 'q  b o 'lib   ketgan.
Ilk tarixning ayrim   lavhalari o 'tm ish d an   qolgan va  insonning ijtim oiy
6

faoliyati bilan b o g iiq  b o 'lg a n   m oddiy yodgorliklarda,  an iq ro g‘i ularning 
bizgacha  saqlangan  qoldiqlari  yetib  kelgan.
Xullas, m oddiy (ashyoviy)  m anba deganda ibtidoiy o d am lar istiqom at 
qilgan va dafn etilgan joylar, ularning m eh n at va u rush qurollari, b in o  va 
tu rli  in s h o o tla r  ( q a l’a  va  q a srla r,  h a m m o m la r  va  k a rv o n sa ro y la r, 
h u narm andchilik  ustaxonalari  ham d a  suv  inshootlari  va  boshqalar) ning 
qoldiqlari, u y -ro ‘zg‘o r buyum lari va zeb-ziynat taqinchoqlari tushuniladi. 
M oddiy yodgorliklam i qidirib topish va o ‘iganish ishlari bilan arxeologiya 
ilm i  (yunon. 
Arxeo —
 qadim iy, 
logos —
  ilm; o ‘tm ish haqidagi ilm; kishilik 
ja m iy a tin in g   u z o q   o ‘tm is h in i  o ‘rg a n u v c h i  ilm ,  q a d im s h u n o s lik ) 
shug‘ullanadi.
1.3.3.  Etnografik manbalar
Xalqlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq b o ‘lgan m aterial va m a ’lum otlar 
etnografik  m an ba  hisoblanadi.  M asalan,  xalq,  qabila  va  uru g ‘  n om lari, 
in so n q o ‘li va aql-zakovati bilan yaratilgan qurol va buyum lam ing naqsh 
va  bezaklari,  kishilar  ongida,  shuningdek,  og'zaki  va  yozm a  adabiyotda 
saqlanib  qolgan  o ‘tm ish  u rf-o d at  va  a n ’analari,  kishilarning  tu rm u sh  
tarzi etnografik m anba hisoblanadi.  B ulam ing barchasini etnografiya ilmi 
(yunon. 
Etnos  —
  xalq, 
grapxo  —
  yozam an,  xalq  haq id a  m a ’lum otlar; 
xalqshunoslik)  tekshiradi  va  o ‘rganadi.
1.3.4.  Lingvistik manbalar
Lingvistik  m anbalar  deb  tilim izdagi,  aniqrog‘i  uning  leksik  —  so ‘z 
boyligi tarkibidagi uzoq o ‘tm ish d an  qolgan,  ijtim oiy-iqtisodiy,  m a ’m uriy 
va  yuridik  atam alarga  aytiladi.  M asalan,  xiroj  —  o ‘rta  asrlarda  aho lid an, 
asosan  dehqonlardan  olinadigan  asosiy  soliq;  darom ad   solig'i;  u sh r  — 
darom adning  o ‘n d an   b ir  qism ini  tashkil  etgan  soliq;  zakot  —  chorva  va 
m ulkdan  kam bag‘allar u ch u n  yiliga b ir m arta olinadigan  soliq;  suyurg‘ol
—  shahzodalar va  am irlarga  to j-u   taxt  oldida  k o ‘rsatgan  k atta  xizm atlari 
u ch u n   beriladigan  yer-suv;  tansu q o t  —  kam yob,  e ’tiborga  m olik buyum , 
m ato;  podshohlar,  xonlar va  nufuzli  kishilarga  qilinadigan  tortiq;  cherik
—  qo 'sh in ;  qorovul  —  q o ‘shinning  oldi  va  yon  tom onlarida  boradigan 
maxsus harbiy bo ‘linma; xalifa —  M uham m ad payg‘am bam ing o ‘rinbosari, 
o ‘rta  asrlarda  arab  m u su lm o n   feodal  davlatining  boshlig‘i;  m irishkor  — 
t o ‘g ‘risi  —  m iri  sh ik o r,  p o d sh o h   va  x o n larn in g   ov  q u sh lari  va  ov 
hayvonlarini  tasarru f etuvchi  m ansabdor;  m irob  —  suv  taqsim oti  bilan 
shug‘ullanuvchi  m ansabdor;  qozi  —  shariat  asosida  ish  yurituvchi  sudya; 
yorlig‘  —  o ‘rta  asrlarda  h u k m d o r  tarafidan  beriladigan  rasm iy  hujjat;
7

vaqfnom a -  masjid,  m adrasa,  xonaqoh va m ozorlarga in ’o m  etilgan yer- 
suv haqida tuzilgan m axsus hujjat va boshqa atam alar ju d a  k o ‘p uchraydi. 
Bu  va  shunga  o'xshash  atam alar,  shubhasiz  qim m atli  tarixiy  m aterial 
bo'lib,  ajdodlarim izning  ijtim oiy  —  siyosiy  hayotini  o ‘rganishga  yordam  
beradi.  U larning  kelib  chiqishi  va  etim ologiyasini  lingvistika  fani  (lotin. 
Lingua —
 til)  o ‘rganadi.
1.3.5.  Xalq  og‘zaki  adabiyoti
Og‘zaki adabiyot m adaniyatning eng qadimgi qismi b o 'lib , uning ildizi 
ib tid o iy   ja m o a   va  ilk  fe o d alizm   tu zu m ig a  borib   ta q a la d i.  O g ‘zaki 
adabiyotning ayrim   nam unalari  qadim gi  yunon tarixchilari,  shuningdek, 
Tabariy,  M as’udiy,  Beruniy,  Firdavsiy,  Ibn al-Asir kabi Sharq olim larining 
asarlari  orqali  bizgacha  yetib  kelgan.  K ayum ars,  Jam shid  va  Siyovush 
haqidagi  afsonalar,  A m ort  va  S paretra,  T o 'm aris  va  S hiroq  haqidagi 
qissalar  shular jum lasidandir.
U ru g ‘ch ilik   d avri  ta rix in i,  a y n iq sa ,  p a tria rx a l  m u n o s a b a tla rin i 
o'rganishda  “A lpom ish” ,  “G o ‘ro ‘g ‘li”  kabi  dostonlar,  shuningdek,  xalq 
ertaklari,  m arosim   q o 'sh iq lari,  m atal  va  to p ish m o q larn in g   roli  h a m  
benihoyat  kattadir.  Bu  xalq  durdonalari  turli  ijtim oiy  tabaqaga  m ansub 
kishilarning turish -turm ushi,  m a’naviy qiyofasi,  u rf-od ati,  ayniqsa,  u zoq 
o ‘tm ishda hukm  surgan ijtimoiy m unosabatlar haqida qim m atli m a ’lum ot 
beradi.  Tarixiy  m anbalarning  b u   turi  bilan  folklor  fani  (nem . 
Folk  — 
xalq, 
lore
  —  bilim ;  donishm andlik,  xalq  donoligi)  shug'ullanadi.
1.3.6.  M o‘jaz rasm-miniatyuralar
X—XIX asrlar davomida qo'lyozm a kitoblarini ziynatlash uchun yaratilgan 
nafis m o'jaz rasmlar ham  tarixiy m anba bo'lib xizmat qiladi. Yurtimiz tarixi 
va  moddiy  ashyolar,  hunarmandchilik,  kiyim-kechak,  m e’morlik  obidalari 
va  um um an  m oddiy  m adaniyatimiz  xususiyatlarini  o'rganm oqchi  bo'lsak, 
nafis m o‘jaz tasviriy san’at namunalari — miniatyura rasmlar qimmatli m anba 
rolini  o'taydi.  Chunki,  ularda  tarixiy  ashyolar tasviri  aynan,  ba’zan  badiiy 
ijod  xususiyatlariga  moslashtirilgan  holda  aks  ettiriladi.
M asalan,  buyuk  m u saw ir  ustod  K am oliddin  B ehzodning  “ S am ar- 
qanddagi Bibixonim masjidining qurilishi”  nom li m ashhur rasm ini eslatish 
kifoya.  Bu  rasm da  XV asrdagi  m eh nat  qurollari,  qurilish jaray on i,  u n d a 
ishtirok etayotgan ustalar to 'g 'risid a m ukam m al ta sa w u r beriladi.  B unday 
rasm lardan tarixni o'rganishda tasviriy vosita sifatida unum li  foydalanish 
m um kin.  Biz so'nggi yillarda chop etilgan m anbalarda u lardan shunchaki 
befarq  foydalanishlarini  ko'rishim iz  m um kin.

U m u m an , bizgacha yetib kelgan qadim gi devoriy rasm lar va qo'lyozm a 
kitoblarga  ishlangan  h am d a  alohida  m u raq q a’lardagi  rasm larning tarixiy 
m an b a  sifatidagi  aham iyati ju d a   katta.
K o ‘rib chiqqanim izdek,  m anbashunoslik fani tadqiqot  m anbalari ju d a 
k o ‘p  va  xilm a-xil  b o ‘lib,  biz  eng  asosiylari  t o ‘g ‘risida  m a ’lum ot  berdik. 
Y ana  bosm a,  toshbosm a  kitoblar,  vaqtli  m atb u o t  —  jurnal  va  gazetalar 
h a m   tarix iy   m a n b a   h iso b la n a d i.  S h u   k u n la rd a   te x n ik a   tara q q iy o ti 
m unosabati  bilan  yana  tovushli  m anba,  foto  m anba,  kino-televidenie 
m anbalari  va  in tern e t  m ateriallari  h am   p ay d o   b o ‘lib,  u lar  a n ’anaviy 
m anbalarni  in k o r etm aydi,  balki  q o 'sh im ch a  vosita  b o 'lib   xizm at  qilishi 
m um kin.  A yniqsa  kom pakt  disklarning  yaratilishi  turli  yangi  pedagogik 
vositalarni  q o 'llash   im konini  yaratadi.
M anbashunoslik fani tarix ilm ining fu n d am en tal yo'nalish i b o 'lib ,  bu 
sohada faoliyat olib borish u ch u n  b ir n ech a tiln i bilish va yozm a m anbalar 
to 'g 'risid a   k atta  bilim   va  tajribaga  ega  b o 'lish   talab   qilinadi.
1.4.  Manbashunoslik va tarix fanining yordamchi  sohalari
M a n b a sh u n o slik   ta rix   fa n in in g   b ir  q a to r   y o rd a m c h i  so h alari  — 
paleografiya, diplom atika, geraldika,  sfragistika, epigrafika,  num izm atika, 
m etrologiya  va  xronologiya  q o 'lg a  kiritgan  yutuqlariga  tayanadi.
Paleografiya  (yunon. 
Paleo  —
  qadim iy, 
grapxo  —
  yozam an;  qadim iy 
yozuv)  qadim iy q o 'ly o zm a asarlarning qog 'o zi,  m uqovasi,  siyohi,  yozuvi 
va  yozish  usullarini  tekshiradi.
Diplomatika  (yunon. 
Diploma —
 ikki buklangan qog'oz;  hujjat)  rasmiy 
hujjatlarni  o'rganish  va  tahlil  qilish  bilan  shug'ullanadi.
Geraldika  (yunon. 
Gerald  —
  gerb,  belgi,  nishon)  qadim iy  gerblar, 
tu rli-tu m a n   nishon  va  belgilar  (m asalan,  qadim gi  turkiy  qabilalarning 
tam g 'alari)n i  o'rganadi.
Sfragistika  (yunon. 
Spragis
  —  m u hr)  qadim iy  m uhrlar  (podshohlar, 
xonlar,  am irlar va  qozilar  m uhrlari)  va  ularning  yozuvlarini  tekshiradi.
Epigrafika  —  (yunon. 
Epi
  —  ustida,  tepasida, 
grapxo
  —  yozuv;  biron 
narsa;  buyum  ustidagi  yozuv)  tosh,  m etall  buyum lar,  y og'och va boshqa 
qattiq   buyum lar ustiga  o 'y ib   yozilgan  qadim gi  bitiklarni  o'rganadi.
Numizmatika  (lotin. 
Numis  —
  pul)  qadim iy  pullarni:  ashyosi,  shakli, 
vazni,  yozuvlari,  zarb  etilgan joyi  va  vaqtini  tekshiradi.
M etrologiya  (yunon. 
Metron  —
  o'lch o v , 
logos  —
  tushuncha,  bilim; 
o'lch o v lar haqida tu shuncha)  o 'tm ish d a turli m am lakat va xalqlar orasida 
am alda  b o 'lg an   og'irlik,  m asofa  va  sath  o 'lchovlarini  o'rganadi.
Xronologiya  (yunon. 
Xronos  —
  vaqt, 
logos  —
  tushun cha,  bilim )  vaqt

haqida tushuncha, qadimgi xalqlar orasida va mamlakatlarda am alda b o ‘lgan 
yil hisobi va taqvim ni o 'rganuvchi soha. Abu R ayhon B eruniyning “ O sor 
ul-boqiya”  ( “ Qadim gi xalqlardan qolgan yodgorliklar”)  nom li asari turli 
taqvim lam i o ‘iganishga bag'ishlangani u ch u n  Y evropada  “X ronologiya” 
nom i bilan  m ashhur.
B ulardan tashqari  m anbashunoslik  filologiyaning  m atnshunoslik fani 
bilan  yaqindan  ham korlik  qiladi,  unin g  tajribasiga  asoslanib  tad qiqo t 
olib  boradi.*
Ayrim olim lam ing fikriga ko4ra, m anbashunoslik ham da arxivshunoslik, 
m uzeyshunoslik aynan b ir  m aqsadlam i  ko'zlaydi.  M anbalarni  o 'rg anish  
jarayonida filologiyaning m atnshunoslik ham d a germ enevtika (y unoncha
—  talqin  etish)  ham   m u h im   o ‘rin   tutadi.

Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling