A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


siyalash 2 , ayrim adabiyotlarda determinlashish


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   152
siyalash
2
, ayrim adabiyotlarda determinlashish
3
deb keltirilgan. 
Terminlarning determinologizatsiyalashishi lingvistik ifodani 
ekspressivligini kuchaytirishi mumkin, qiyoslang; jismoniy madaniyat 
sohasidagi termin qora tuynuk va uning asosida paydo bo‘lgan idioma 
qora tuynuk
Terminlar nafaqat terminologik maqomini yo‘qotishi, balki bir 
1
Мельников Г.П. Основы терминоведения. М.: Изд-во ун-та дружбы народов, 1991. - С. 37-39. 
http://www.rema44.ru/resurs/conspcts/all/trmnved.html: Косова М.В. Терминологизация как процесс 
переосмысления русской общеупотребительной лексики. Дисс... докт.филол.наук. - Волгоград, 2004. 
http://www.dissland.com/catalog/131416.html 
2
Баранов А.Н. Введение в прикладную лингвистику: Учебное пособие. — М.: Эдиториал УРСС, 2001. - С. 
50.
3
Ҳозирги ўзбек адабий тили. 1-қисм. –Тошкент,


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
125 
fandan 
boshqasiga 
o‘tishi 
mumkin. 
Ushbu 
jarayon 
reterminologizatsiya
1
deb 
ataladi. 
Masalan, 
fizika 
fanida 
"o‘zgaruvchan" termini matematik tanlangan matnlar to‘plami ko‘rib 
chiqiladigan tushunchani anglatadi.
Terminning struktur tarkibi, V.P.Danilenkoning ko‘rsatishicha, uch 
lug‘aviy qatlamni o‘z ichiga oladi: 1) noterminologik leksika; 2) 
umumilmiy leksika; 3) terminologik leksika. Agar umumilmiy terminlar 
bir fan doirasi bilan chegaralanmaydigan umumiy ma’nolarni ifodalasa, 
terminologik leksika (konkret terminotizimning maxsus so‘zlari) ilm-fan 
tilining eng ko‘p ma’no tashuvchi qismidir
2

Z.I.Komarova leksemalarni stilistik nuqtai nazardan me’yoriy 
(so‘zning 
o‘z 
ma’nosidagi 
terminlar) 
va 
g‘ayrime’yoriy 
(professionalizm, terminoid individual obrazli iboralar) guruhlarga 
ajratadi. Terminlar – ilm-fan, texnika, san’at, inson faoliyati boshqa 
sohalarining mutaxassislar doirasida keng qo‘llanadigan maxsus 
nomlardir. Ular, o‘z navbatida, proteterminlarga, ilk terminlarga va 
terminoidlarga bo‘linadi
3

Demak, termin odatdagi so‘zlardan farq qiladi. Termin bilan 
odatdagi muomala chog‘ida qo‘llanadigan so‘zlar orasidagi farqlar 
aniqlanar ekan, bu bilan terminning o‘ziga xos xususiyatlari ham 
ochiladi. Terminlar «paydo bo‘lib qolmaydi», aksincha, ularning 
zaruriyati anglangan holda «o‘ylab topiladi», «ijod qilinadi». 
Shuningdek, oddiy so‘zdan farqli ravishda, terminning ma’nosi 
kontekstga bog‘liq bo‘lmaydi, maxsus so‘z-termin o‘z terminlik 
ma’nosida va o‘z terminologik maydonida qo‘llanar ekan, uning ayni 
ma’nosi saqlanib qolaveradi. Shuning uchun quyida bu atamalarning eng 
1
Баранов А.Н. Введение в прикладную лингвистику: Учебное пособие. — М.: Эдиториал УРСС, 2001. - С. 
51. 
2
Даниленко В.П.
Введение в языкознание. Курс лекций (с грифом УМО Министерства образования РФ). 5-е 
изд. - М: Флинта: Наука, 2017.
3
Комарова З.И. Технология научных исследований в системной методологии современной лингвистики. -
Екатеринбург, 2016. – C.54-59. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
126 
muhimlariga, terminlarning o‘ziga xos xususiyatlariga to‘xtab o‘tishga 
to‘g‘ri keladi. 
1. Ma’lumki, so‘zning ma’nosi ko‘p hollarda murakkab bo‘ladi, 
uning asosini tushuncha tashkil qilib, tushuncha ustiga kishiga ta’sir 
qiladigan qo‘shimcha emotsional-ta’sirchan ottenka - «bo‘yoq» 
qo‘shiladi. Bundan tashqari, so‘z nutqning turli xillarida (oddiy 
muomalada, publitsistik matnlarda, she’riyatda, ilmiy asarlarda, 
jamoatchilik oldida so‘zlanadigan nutqlarda, idora qog‘ozlarida va 
boshqa shu kabilarda) qo‘llanishga xoslangan bo‘ladi, boshqacha 
aytganda, stilistik (uslubiy) belgiga ega bo‘ladi. Shu jihatdan qaraganda, 
so‘z emotsional - ta’sirchanlik xususiyatga ham ega bo‘lib, tushuncha va 
stilistik belgi ifodalaydi. Uning stilistik belgisi ma’lum ishlab chiqarish, 
fan sohasiga oid bo‘lgan aloqa jarayoni ilk ilmiy asarlar bilan 
bog‘langanligida va bu belgi shunday maxsus sharoitida sezilib 
turmagandan, odatda, aniq bir tushuncha ishlatilishiga e’tibor qilinadi. 
Terminlardagi tushuncha bilan bog‘langanlikning bo‘rtib turishi 
uni mantiq qoidasi asosida ta’riflash imkoniyatini beradi. Masalan: 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling