A *B. Turdievning "Yozma nutqni o‘stirish yuzasidan praktikum"


Download 27.45 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi27.45 Kb.
#209268
Bog'liq
test. ijodiy ishlar


Ona tili o‘qitish metodikasiga oid darslik va o‘quv qo‘llanmalarda yozma ishlarni tashkil etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berilgan . Ayniqsa, bu borada B.Turdievning “Yozma nutqni o‘stirish yuzasidan praktikum” o‘quv qo‘llanmasida atroflicha fikrlar bildirilgan.

1. Yozma ishlarni tashkil etish bo‘yicha uslubiy o’quv qo’llanma qaysi javobda berilgan?

A) *B.Turdievning “Yozma nutqni o‘stirish yuzasidan praktikum”

B) K.Tirkashevning “Yozma nutqni o‘stirish yuzasidan praktikum”

C) A.Niyazovning ,,Nutq asoslari”

D) Sh.Qahhorovning ,,Ona tili darslarida yozma nutq”

2. Qachon o‘quvchilarning ona tilidan olgan bilimlari haqiqiy va mustahkam hisoblanadi?

A) *amalda xatosiz yoza olsalar, ifodali o‘qiy bilsalar va adabiy tilda so‘zlay olsalargina

B) Qoidalarni xatosiz yodlay olsalargina

C) Ifodali o’qish yetarli

D) Imloviy xatolarga yo’l qo’ymasalargina

3. Fanning maqsadi nimaga qaratilgan?

A) ona tilidagi asosiy muammolarni bartaraf etishga e’tiborni qaratish

B) ta’limiy yozma ishlarning yozma savodxonlikni shakllantirish , ifodali o’qishni shakllantirish

C) * ta’limiy yozma ishlarning yozma savodxonlikni shakllantirish va o‘stirishdagi ahamiyatini ko‘rsatish, ta’limiy yozma ishlarni tashkillashtirish va samaradorligini oshirish usullarini ishlab chiqish

D) ona tilidagi asosiy muammolarni bartaraf etishga e’tiborni qaratish, o’quvchilarda imloviy savodxonlikni kuchaytirish orqali tilni rivojlantirish

4. Ona tili ta’limi oldida qanday bosh maqsad turadi?

A) ona tilidagi asosiy muammolarni bartaraf etishga e’tiborni qaratish, o’quvchilarda imloviy savodxonlikni kuchaytirish orqali tilni rivojlantirish

B) * ona tili mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nuqt sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilishi lozim.

C) ta’limiy yozma ishlarning yozma savodxonlikni shakllantirish , ifodali o’qishni shakllantirish

D) amalda xatosiz yoza olsalar, ifodali o‘qiy bilsalar va adabiy tilda so‘zlay olish

5. Fan bu- …

A) * barcha javob to’g’ri

B) qonuniyatlarini o‘zlashtirish

C) ko‘nikma o‘rganilgan bilimlarni turli vaziyatlarda qo‘llay olish

D) malaka esa o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni hayotga tatbiq etish mahoratidir

6. O’quvchi nutqiy ko‘nikma va malakaga ega bo’lishi uchun nima qilishi lozim?

A) ko’proq bilimlarga ega bo’lishi lozim

B) yozma ishlarga e’tibor qaratish lozim

C) ko’proq qoidalarni yodlashi lozim

D) * olgan bilimlarni qo‘llagan holda nutqiy mashqlar o‘tkazilishi lozim

7. Qachon muayyan ko‘nikma avtomatik ravishda malakaga aylanadi?

A) * O‘zlashtirilgan bilim va shakllangan ko‘nikma asosida o‘quvchi o‘qituvchining nazorati va ko‘rsatmasisiz mustaqil holda mashqlar bajarishi natijasida

B) O‘zlashtirilgan bilimlar asosida o‘qituvchining nazorati ostida o‘quvchi muayyan mashqlarni bajaradi

C) olgan bilimlarni qo‘llagan holda nutqiy mashqlar o‘tkazilishi lozim

D) yozma ishlarga e’tibor qaratish lozim

8. O‘quvchini baholashda, asosan, nimalar hisobga olinishi lozim?

A) olingan bilimlar yetarli

B)* shakllangan ko‘nikma va malaka

C) yozma ish

D) ifodali o’qish va yozma savodxonlik

9. Madaniy nutq …. ?

A) yozma ishlarga e’tibor qaratish

B) ifodali o’qish va yozma savodxonlik

C) shakllangan ko‘nikma va malaka

D) * orfoepiya, orfografiya hamda uslub talablariga muvofiq so‘zlash va yozish

10. Ona tili mashg‘ulotlarining asosiy vazifasi?

A) * har bir so‘z, birikma va gapni barcha qirralari bilan to‘g‘ri, o‘rinli ishlata olishni o‘rgatish, o‘z nutqiga nisbatan ehtiyotkorlik, mas`uliyat tuyg‘usini shakllantirish

B) olgan bilimlarni qo‘llagan holda nutqiy mashqlar o‘tkazilishi lozim

C) ifodali o’qish va yozma savodxonlik

D) yozma ishlarda bexato yozishga erishish, ifodali o’qish va yozma savodxonlik, olgan bilimlarni qo‘llagan holda nutqiy mashqlar o‘tkazilishi lozim

11. …. fikr bayon qilish vositasi bo‘lib, og‘zaki va yozma shaklda ifodalanadi?

A) * Nutq –

B) Fikr-


C) So’z-

D) Gap-


12. Arab alifbosi qachongacha amal qilingan?

A) 1999-yilgacha

B) o’tgan asrning 30-yillari oxirigacha

C) * o’tgan asrning 20-yillari oxirigacha

D) asrimizning 40-yillari oxirigacha

13. .Qachondan lotin alifbosiga asoslangan o'zbek alifbosiga o'tildi?

A) * 1993 -yil 2 -sentyabrdan

B) 1995-yil 5- sentyabrdan

C) 1994-yildan

D) 1995-yil maydan

14. “Davlat tili tog’risida”gi qonunda birinchi bo’lim necha qismga bo’lingan?

A) 3


B) 5

C)* 2


D) bo’linmagan

15. ,,Harflar imlosi” bo’limi necha paragrafdan iborat?

A)* 32

B) 30


C) 33

D) 50


16. Unlilar imlosi bo'limida nimalar berildi?

A) unlilar tasnifi va qo’llanilishi

B)* tovushlar amaldagi qoidalarda berilgan asosda joylandi,faqat oldin keng unlilar, oxirida o'rta keng unlilar berildi

C) unlilar haqida ma’lumot berildi

D) unlilar va undoshlar farqi berildi

17. II bo’limda paragraflar miqdorining keskin kamayishi qanday sababga ko'ra yuz berdi?

A) ayrim hodisalar yangi imlo qoidalariga kiritilmadi;

B) ayrim hodisalar imlo qoidalarining boshqa qismiga o'tkazildi

C) ayrim hodisalar o'zaro bir paragrafga birlashtirildi.

D) * barcha javoblar to’gri

18. III bo’lim qanday nomlanadi?

A) * qo’shib yozish

B) unlilar imlosi

C) undoshlar imlosi

D) ajratib yozish

19. Qaysi qatorda so’zlar chiziqcha bilan yozish qoidasiga muvofiq yozilgan?

A) * bordi-keldi, ming-minglab, ishlay-ishlay,

B) yaqin yaqinlargacha, hamma-hammasi

C) uy-uyiga, ich ichidan

D) to’g’ri javob berilmagan

20. “Davlat tili tog’risida”gi qonunda beshinchi bo’lim necha qismga bo’lingan?

A)32


B) 60

C) * 58


D) 78

21. VII.Ko'chirish qoidalari. Joriy etilayotgan imlo qoidalarining qaysi qismi o’zgartirildi?

A) * oxirgi qismi «Bo'g'in kuchirilishi» deb nomlangan

B) birinchi qismi

C) ikkinchi qismi

D) uchinchi qismi

22. “Davlat tili tog’risida”gi qonunda A harfi aka, alanga, aloqa, og‘a; sentabr, noyabr kabi so‘zlarda qanday tovushni ifodalash uchun yoziladi?

A) * old qator keng unlini

B) orqa qator keng unlini

C) o’rta qator tor unlini

D) old qator o’rta tor unlini

23. O harfi qanday so‘zlarda orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi?

A) moped, ona, omon

B) ona, omon, quyosh, aktyor

C) * ona, omon, quyosh, fido, baho, xola, lotin; mukofot, mahorat

D) to’g’ri javob yo’q

24. Qanday so‘zlarda u harfi orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi?

A) uy, kun; buzoq, buloq,

B) Buxoro; butun, uchuq, usul, yulduz;

C) mafkura; ko‘zgu, uyqu; aluminiy, yubiley

D) barchasi to’g’ri

25. Qanday so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida o unlisi kelsa, keyingi yopiq bo‘g‘in boshidagi v undoshidan keyin u aytiladi va yoziladi?

A) qovun, sovun, tovush, yovuz, qirg‘ovul, chirmovuq

B) Buxoro; butun, uchuq, usul, yulduz;

C) uy, kun; buzoq, buloq

D) to’g’ri javob berilmagan

26. Buzoq, buloq, Buxoro; butun, uchuq, usul, yulduz kabi so’zlarda U harfi qanday tovushni bildirish uchun qo’llaniladi?

A) keyingi yopiq bo‘g‘in boshidagi v undoshidan keyin u aytiladi va yoziladi

B)* orqa qator tor unlini ifodalash uchun

C) oldingi bo‘g‘inida o‘ unlisi keladigan so‘zlarning keyingi bo‘g‘inida i aytiladi va yoziladi.

D) orqa qator o‘rta-keng unlini ifodalash

27. O‘o‘ harfi qanday so‘zlarda orqa qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi?

A) * o‘t, o‘q, o‘zbek, o‘simlik, do‘ppi; bo‘tako‘z, semizo‘t, gulko‘rpa, noo‘rin

B) o‘zbek, o‘simlik, do‘ppi;

C) o‘t, o‘q, o‘zbek, o‘simlik

D) barchasi to’g’ri

28. Qanday so‘zlarda E harfi old qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi?

A) * barchasi to’g’ri

B) ekin, esla, evara, ekran, eksport; telefon, teatr;

C) kel, zehn; kecha, behi;

D) poyezd, atelye; e’lon, ne’mat, she’r

29. unlilar orasiga ba’zan y undoshi qo‘shib aytilsa ham, yozilmaydi.

Ta’rifga mos so’zlar qatori xato berilgan javobni toping.

A)* aerostat, poema

B) teatr, okean, laureate

C) alkoloid, ellipsoid, doim, shoir, oila

D) biologiya, million, stadion, radio

30. ae, oe unlilar so‘z ichida kelganda ikkinchi unli y aytilsa ham, asliga muvofiq e yoziladi

Ta’rifga mos so’zlar qatorini toping.

A) * aerostat, poema

B) teatr, okean, laureate

C) alkoloid, ellipsoid, doim, shoir, oila

D) biologiya, million, stadion, radio

31. Boshqa hollarda yonma-yon kelgan unlilar odatda aynan aytiladi va yoziladi.

Ta’rifga mos so’zlar qatorini toping.

A) manfaat, kauchuk, aorta, saodat, burjua

B) shuaro, inshoot, sanoat, vakuum,

C) muammo, matbuot, tabiiy, rioya

D)* barchasi to’g’ri

32. Bobo, bahor, bir, majbur, zarb so’zlarida B harfi qanday tovushni ifodalaydi?

A) * jarangli portlovchi lab undoshini ifodalash

B) so‘zlar oxirida p aytilsa ham, b yoziladi

C) ba’zan v aytilsa ham, b yoziladi.

D) ovozdor sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash

33. Qanday so‘zlarda ba’zan v aytilsa ham, b yoziladi?

A) majbur, zarb

B) bobo, bahor, bir,

C) kitob, yuzlab, kelib

D) * qibla, tobla

34. V harfi qanday so‘zlarda ovozdor sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi?

A) qibla, tobla

B) * ov, suv, kuyov; ovoz, savol; volida, vatan

C) avtobus, avtomat

D) asfalt, juft; insof, isrof

35. F harfi qanday so‘zlarda jarangsiz sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi?

A) qibla, tobla

B) * fan, fe’l, futbol, fizika; asfalt

C) avtobus, avtomat

D) asfalt, juft; insof, isrof

36. Qanday so‘zlarda f tovushi ba’zan p aytilsa ham, asliga muvofiq f yoziladi?

A) * fasl, fayz, Fotima, fursat

B) fan, fe’l, futbol, fizika; asfalt

C) avtobus, avtomat

D) asfalt, juft; insof, isrof

37. Qanday so‘zlarda M harfi ovozdor lab-lab burun undoshini ifodalash uchun yoziladi?

A) * moy, muborak, tomon, ilhom

B) fan, fe’l, futbol, fizika; asfalt

C) avtobus, avtomat

D) asfalt, juft; insof, isrof

38. D harfi dala, odat, bunyod, modda, jiddiy kabi so’zlarda qanday tovushni ifodalash uchun yoziladi?

A) ovozdor lab-lab burun undoshini ifodalash uchun yoziladi

B)* til oldi jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;

C) jarangsiz sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;

D) ovozdor sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;

39. V harfi ov, suv, kuyov; ovoz, savol; volida, vatan kabi so’zlarda qanday tovushni ifodalash uchun yoziladi?

A) ovozdor lab-lab burun undoshini ifodalash uchun yoziladi

B)* til oldi jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;

C) jarangsiz sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;

D) ovozdor sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;

40. F harfi qanday so‘zlarda jarangsiz sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi?

A) fasl, fayz, Fotima, fursat

B) * fan, fe’l, futbol, fizika; asfalt

C) avtobus, avtomat

D) asfalt, juft; insof, isrof

41. D harfi qanday so‘zlarda til oldi jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi?

A) * dala, odat, bunyod, modda, jiddiy

B) odob, savod, marvarid; zavod, pud, sud; badqovoq, badxo‘r

C) tong, tun;

D) butun, o‘tin, o‘t, kut

42. zar, zamon; toza, o‘zbek; yoz, g‘oz kabi so’zlarda Z harfi qanday tovushni ifodalaydi?

A) ovozdor lab-lab burun undoshini ifodalash uchun yoziladi

B) til oldi jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;

C) jarangsiz sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;

D) * til oldi jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;

43. Qanday so’zlarda jarangsiz sirg‘aluvchi bo‘g‘iz undoshi ifodalangan?

A) xabar, xo‘roz, xohish, xushnud

B) * hosil, hamma, bahor; isloh, nikoh

C) baland, Samarqand, poyezd; do‘st, artist, g‘isht

D) metall, kilogramm, kilovatt

44. Qanday so‘zlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi?

A) baland, Samarqand, poyezd;

B) do‘st, artist, g‘isht

C) xabar, xo‘roz, xohish

D) * metall, kilogramm, kilovatt

45. a unlisi bilan tugagan fe’llarga qaysi qo‘shimcha qo‘shilganda a unlisi o aytiladi va shunday yoziladi?

A) * -v, -q, -qi

B) –kor, –chi, -v, -q, -qi

C) –dosh, -ni, -chi

D) egalik va kelishik qo’shimchalari

46. k, q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga, shuningdek, bek, yo‘q kabi ayrim bir bo‘g‘inli so‘zlarga qaysi qo‘shimcha qo‘shilganda k undoshi g undoshiga, q undoshi g‘ undoshiga aylanadi va shunday yoziladi?

A) * egalik qo’shimchasi

B) –kor, –chi, -v, -q, -qi

C) –dosh, -ni, -chi

D) egalik va kelishik qo’shimchalari

47. u, bu, shu, o‘sha olmoshlariga qanday qo‘shimchalar qo‘shilganda n tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi?

A) egalik qo’shimchasi

B) –kor, –chi, -v, -q, -qi

C) –dosh, -ni, -chi

D) * -da, -dan, -day, -dagi, -da, -gach, -cha

48. Ba’zi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda ikkinchi bo‘g‘indagi unli aytilmaydi va yozilmaydi.

Shu so’zlar berilgan qatorni toping.

A) * o‘rin, qorin, burun, o‘g‘il, bo‘yin, ko‘ngil

B) qayir, ayir

C) ikki, olti, yetti

D) tilak, yurak, kubok

49. Parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga I, II shaxs egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda

A) * bir y tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi

B) ikkinchi bo‘g‘indagi unli aytilmaydi va yozilmaydi.

C) n tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi

D) ikkinchi bo‘g‘indagi unli aytilmaydi va yozilmaydi

50. Men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda ….

A) ikkinchi bo‘g‘indagi unli aytilmaydi va yozilmaydi.

B)* qo‘shimchadagi n tovushi aytilmaydi va yozilmaydi

C) n tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi

D) ikkinchi bo‘g‘indagi unli aytilmaydi va yozilmaydi

51. k undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh tovushi qanday aytiladi va shunday yoziladi?

A) k

B) g


C) k va k

D) k va g

52. O’quvchi nutqiy ko‘nikma va malakaga ega bo’lishi uchun nima qilishi lozim?

A) ko’proq bilimlarga ega bo’lishi lozim

B) yozma ishlarga e’tibor qaratish lozim

C) ko’proq qoidalarni yodlashi lozim

D) * olgan bilimlarni qo‘llagan holda nutqiy mashqlar o‘tkazilishi lozim

53. Qachon muayyan ko‘nikma avtomatik ravishda malakaga aylanadi?

A) * O‘zlashtirilgan bilim va shakllangan ko‘nikma asosida o‘quvchi o‘qituvchining nazorati va ko‘rsatmasisiz mustaqil holda mashqlar bajarishi natijasida

B) O‘zlashtirilgan bilimlar asosida o‘qituvchining nazorati ostida o‘quvchi muayyan mashqlarni bajaradi

C) olgan bilimlarni qo‘llagan holda nutqiy mashqlar o‘tkazilishi lozim

D) yozma ishlarga e’tibor qaratish lozim

54. O‘quvchini baholashda, asosan, nimalar hisobga olinishi lozim?

A) olingan bilimlar yetarli

B)* shakllangan ko‘nikma va malaka

C) yozma ish

D) ifodali o’qish va yozma savodxonlik

55. Madaniy nutq …. ?

A) yozma ishlarga e’tibor qaratish

B) ifodali o’qish va yozma savodxonlik

C) shakllangan ko‘nikma va malaka

D) * orfoepiya, orfografiya hamda uslub talablariga muvofiq so‘zlash va yozish

56. Ona tili mashg‘ulotlarining asosiy vazifasi?

A) * har bir so‘z, birikma va gapni barcha qirralari bilan to‘g‘ri, o‘rinli ishlata olishni o‘rgatish, o‘z nutqiga nisbatan ehtiyotkorlik, mas`uliyat tuyg‘usini shakllantirish

B) olgan bilimlarni qo‘llagan holda nutqiy mashqlar o‘tkazilishi lozim

C) ifodali o’qish va yozma savodxonlik

D) yozma ishlarda bexato yozishga erishish, ifodali o’qish va yozma savodxonlik, olgan bilimlarni qo‘llagan holda nutqiy mashqlar o‘tkazilishi lozim

57. Qanday so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yozilad

A) * barchasi to’g’ri

B) Xona, nota, poya, bop, xush,

C) ham, baxsh, kam, umum, rang,

D) mijoz, sifat, talab kabi

58. Takror taqlid so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish bilan yasalgan ot va fe’llar…

A) * qo‘shib yoziladi

B) ajratib yoziladi

C) chiziqcha bilan yoziladi

D) to’g’ri javob yo’q

59. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), o‘xshatish yo‘li bilan bildiruvchi qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar….

A) * qo‘shib yoziladi

B) ajratib yoziladi

C) chiziqcha bilan yoziladi

D) to’g’ri javob yo’q

60. Narsani uning rangi, mazasi, o‘zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qo‘shma otlar …..

A) * qo‘shib yoziladi

B) ajratib yoziladi

C) chiziqcha bilan yoziladi

D) to’g’ri javob yo’q

61. Juft so‘z va takror so‘z qismlari …..

A) alohida yoziladi

B) ajratib yoziladi

C) * chiziqcha bilan yoziladi

D) qo‘shib yoziladi

62. Juft so‘z qismlari orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa…

A)* undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi

B) ajratib yoziladi

C) chiziqcha bilan yoziladi

D) qo‘shib yoziladi

63. yetakchi va ko‘makchi fe’l bir xil shaklda bo‘lsa….

A) undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi

B) ajratib yoziladi

C) * chiziqcha bilan yoziladi

D) qo‘shib yoziladi

64 . Belgini kuchaytiruvchi qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi, to‘ppa-to‘g‘ri, bab-baravar kabi so‘z shakllari…

A) undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi

B) ajratib yoziladi

C) * chiziqcha bilan yoziladi

D) qo‘shib yoziladi

65. Qo‘shma fe’lning qismlari ……

A) qo‘shib yoziladi

B) * ajratib yoziladi

C) chiziqcha bilan yoziladi

D) to’g’ri javob yo’q

66. Sifat oldidan kelib, belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan to‘q, jiqqa, tim, liq, lang, och kabi so‘zlar…

A) qo‘shib yoziladi

B) * ajratib yoziladi

C) chiziqcha bilan yoziladi

D) to’g’ri javob yo’q

67. Ko‘pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchalari -m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -si (yoki-lari) shaklida tovush orttirmay qo‘shiladi.

Ta’rifga mos javobni toping.

A) * bobom, bobong, bobosi; bobomiz, bobongiz, bobosi

B) parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz;

C) obro‘yim, obro‘ying; obro‘yimiz, obro‘yingiz

D) meni, mening, meniki; seni, sening, seniki

68. Narsaning biror maqsad, ish uchun mo‘ljallanganligini bildiruvchi qo‘shma otlar …..

A) * qo‘shib yoziladi

B) ajratib yoziladi

C) chiziqcha bilan yoziladi

D) to’g’ri javob yo’q

69. Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi.

Ta’rifga mos so’zlar berilgan qatorni toping.

A) olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq

B) molqo‘ra, nosqovoq, ko‘zoynak

C) kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon,

D)* tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul

70. Narsani uning rangi, mazasi, o‘zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi.

Ta’rifga mos so’zlar berilgan qatorni toping.

A)* olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq

B) molqo‘ra, nosqovoq, ko‘zoynak

C) kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon,

D) tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul

71. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod so‘zi bilan ifodalangan joy nomlari qo‘shib yoziladi.

Ta’rifga mos so’zlar berilgan qatorni toping.

A) * Yangiyo‘l, To‘rtko‘l, Mirzacho‘l, Sirdaryo, Kosonsoy, Yangiobod, Xalqobod

B) O‘rta Osiyo, Ko‘hna Urganch, O‘rta Chirchiq kabi.

C) tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon

D) sheryurak, bodomqovoq, qirg‘iyko‘z

73. Qo‘shma fe’lning qismlari ….

A) qo‘shib yoziladi

B) * ajratib yoziladi

C) chiziqcha bilan yoziladi

D) to’g’ri javob yo’q

74. Sifat oldidan kelib, belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan to‘q, jiqqa, tim, liq, lang, och kabi so‘zlar….

A) qo‘shib yoziladi

B) * ajratib yoziladi

C) chiziqcha bilan yoziladi

D) to’g’ri javob yo’q

75. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at boyligi asosan besh manba negizida tarkib topgan. Bular qaysilar?

A) * umumturkiy so‘zlar, o‘zbekcha so‘zlar, tojik tilidan kirgan so‘zlar, arab tilidan kirgan so‘zlar, rus tilidan kirgan so‘zlar

B) qadimgi turkiy so‘zlar, o‘zbekcha so‘zlar, tojik tilidan kirgan so‘zlar, arab tilidan kirgan so‘zlar, qozoq tilidan kirgan so‘zlar

C) eski turkiy so‘zlar, o‘zbekcha so‘zlar, tojik tilidan kirgan so‘zlar, qozoq tilidan kirgan so‘zlar, turkman tilidan kirgan so‘zlar

D) turkiy so‘zlar, o‘zbekcha so‘zlar, tojik tilidan kirgan so‘zlar, qozoq tilidan kirgan so‘zlar, turk tilidan kirgan so‘zlar

76. Qaysi javobda bo’g’inga bo’lishda xatolik yuz bergan?

A) si-lin-drik

B) pe-shay-von

C) * sin-gil, den-giz

D) di-a-gram-ma

77. Narsaning biror maqsad, ish uchun mo‘ljallanganligini bildiruvchi qo‘shma otlar …..

A) * qo‘shib yoziladi

B) ajratib yoziladi

C) chiziqcha bilan yoziladi

D) to’g’ri javob yo’q

78. Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi.

Ta’rifga mos so’zlar berilgan qatorni toping.

A) molqo‘ra, nosqovoq, ko‘zoynak

B) kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon

C) olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq

D)* tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul

79. Narsani uning rangi, mazasi, o‘zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi.

Ta’rifga mos so’zlar berilgan qatorni toping.

A) tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul

B) molqo‘ra, nosqovoq, ko‘zoynak

C) kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon,

D)* olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq

80. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod so‘zi bilan ifodalangan joy nomlari qo‘shib yoziladi.

Ta’rifga mos so’zlar berilgan qatorni toping.

A) tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon

B) O‘rta Osiyo, Ko‘hna Urganch, O‘rta Chirchiq kabi.

C) * Yangiyo‘l, To‘rtko‘l, Mirzacho‘l, Sirdaryo, Kosonsoy, Yangiobod, Xalqobod

D) sheryurak, bodomqovoq, qirg‘iyko‘z

81. Bo’g’in ko’chirishda so‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa….

A) * so‘z boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi oldingi satrda qoldirilmaydi

B) so‘z boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi oldingi satrda qoldiriladi

C) so’z to’lig’icha keyingi satrga yoziladi

D) soz keying satrga ko’chirilmaydi

82. Bo’g’in ko’chirishda o‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh qay holatda ko‘chiriladi?

A) B va C javoblar to’g’ri

B) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi

C) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi

D) to’g’ri javob berilmagan

83. Ko’chirma gapli qoshma gaplarda ko‘chirma gapdan keyin kelgan muallif gapining birinchi so‘zi (agar u atoqli ot bo‘lmasa) qanday harf bilan yoziladi?

A) * kichik harf bilan yoziladi

B) katta harf bilan yoziladi



C) ham kichik ham kata harf bilan yoziladi

D) to’g’ri javob berilmagan

84. Bosh harflar imlosiga ko’ra Davlatlarning, davlat oliy tashkilotlari va mansablarining, xalqaro tashkilotlarning nomidagi har bir so‘z to’g’ri yozilgan javobni toping.

A) O‘zbekiston Respublikasi, Rossiya federatsiyasi, Misr Arab respublikasi,

B) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi oliy majlisining Raisi,

C) O‘zbekiston Respublikasi oliy sudining raisi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti,

D) * Jahon Tinchlik Kengashi

85. Murakkab son qismlari…

A) qo‘shib yoziladi

B) * ajratib yoziladi

C) chiziqcha bilan yoziladi

D) to’g’ri javob yo’q

86. Birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan birikmalar…

A) qo‘shib yoziladi

B) * ajratib yoziladi

C) chiziqcha bilan yoziladi

D) to’g’ri javob yo’q

87. Belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko‘pdan ..ko‘p, tekindan… tekin, yangidan…. yangi, ochiqdan….ochiq, qizigandan ….qizidi kabilar qanday yoziladi?

A) qo‘shib yoziladi

B) chiziqcha bilan yoziladi

C) * ajratib yoziladi

D) to’g’ri javob yo’q

88. So‘zning -ma, ba- yordamida birlashgan qismlari….

A) qo‘shib yoziladi

B) *chiziqcha bilan yoziladi

C) ajratib yoziladi

D) to’g’ri javob yo’q

89. Juft so‘z va takror so‘z qismlari to’g’ri berilgan javobni toping.

A) * el-yurt, mehr-shafqat, qovun-tarvuz, omon-eson,

B) kecha kunduz, yozin qishin, asta sekin, uch-to‘rt,

C) o‘n-o‘n beshta (10-15 ta), bilinar bilinmas, bordi keldi,

D) kuydi pishdi, don dun, oz moz

90. Rus tilidan aynan o‘zlashtirilgan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan hosil qilingan qo‘shma so‘zlar qanday yoziladi?

A) * qo‘shib yoziladi

B) chiziqcha bilan yoziladi

C) ajratib yoziladi



D) to’g’ri javob yo’q
Download 27.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling