A bb b Bb V bb
Download 14.76 Kb.
|
Uyga
1-masala. Quyidagi genotipga ega bo‘lgan organizmlar qanday tipdagi gametalarni hosil qiladi? Ularning genotip bo‘yicha gomozigotali yoki geterozigotali ekanligini aniqlang. a) BB b) Bb v) bb 2-masala. No‘xat o‘simligida donning sariq rangi (B) yashil rangi (b) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Quyidagi genotipga ega bo‘lgan o‘simliklarni chatishtirishdan olingan keyingi avlod o‘simliklarining genotip va fenotiplarini aniqlang: a) BB x bb b) Bb x bb v) BB x Bb g) Bb x Bb 3-masala*. Donining rangi sariq bo‘lgan gomozigotali no‘xat o‘simliklari yashil donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda F1 va F2 o‘simliklarining genotipi va fenotipini hamda F1 o‘simliklarini sariq donli va yashil donli o‘simliklar bilan qayta chatishtirishdan olingan FB o‘simliklarning genotipi va fenotipini aniqlang. 4-masala*. Kulrang tanali drozofila pashshalari o‘zaro chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning hammasi kulrang tanali bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan pashshalarning genotipini aniq aniqlash mumkinmi? Aniq aniqlash uchun qanday chatishtirish o‘tkazish kerak? (Drozofila pashshasida tananing kulrang bo‘lishi - B qora bo‘lishi - b ustidan to‘liq dominantlik qiladi). 5-masala. Drozofila pashshasi qanotining uzun bo‘lishini dominant A geni va kalta bo‘lishini retsessiv a geni ta’minlaydi. Gomozigotali uzun qanotli pashshalar kalta qanotli pashshalar bilan chatishtirilganda, F1 pashshalarining qanoti qanday bo‘ladi? F1 da olingan urg‘ochi va erkak pashshalar o‘zaro chatishtirilsa, F2 da olinadigan pashshalarning genotipi va fenotipi qanday bo‘ladi? F1 pashshalari uzun va kalta qanotli pashshalar bilan qayta chatishtirilsa-chi? Download 14.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling