Ҳақ эвазига хизмат кўрсатиш


Auditorlar va auditorlik firmalari


Download 97.5 Kb.
bet4/5
Sana06.02.2023
Hajmi97.5 Kb.
#1170358
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekiston axolisiga maishiy xizmat ko\'rsatish tarmog\'ini rivojlanish taxlili

2.1 Auditorlar va auditorlik firmalari

Shunday qilib, yuridik xizmatning huquqlari, majburiyatlari va mas`uliyatini qonun hujjatlari bilan belgilab berilishi uning huquqiy davlatni shakllantirish va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tish sharoitlarida qonuniylikni ta`minlash borasidagi faoliyatini takomillashtirishda, obro`-e`tiborini va ahamiyatini oshirishda muhim rol o`ynaydi.


Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish vaqtida ijrochi majburiyatini umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida ko`rsatilgandan kuchaytirilgan javobgarlik nazarda tutilishi mumkin».
Shartnoma umumiy qoida bo`yicha taraflarning kelishuviga muvofiqo`zgartirilishi yoki bekor bo`lishi mumkin. Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasini bekor qilishni buyurtmachi xshmatlarning belgilangan bahosini batamom to`lash sharti bilan talab qilishga haqli, shartnoma ijrochining aybli harakatlari tufayli bekor qilingan hollar bundan mustasno. Ijrochi shartaoma bekor qilinganda buyurtmachiga yetkaziltn zararning hammasini to`lash sharti bilangana haqevaziga xizmat ko`rsatish shyartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma buyurtmachining aybi bilan bekor qilingan hollar bundan mustasno.
Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi bir necha turlarga ajratiladi. Ular xizmat ko`rsatishning xususiyatiga qarab alok^ xizmati, tibbiy xizmat, veterinariya xizmati, auditorlik xizmati, huquqiy xizmat, maslahat xizmati, axborot xizmati, ta`lim berish (pullik) xizmati, sayyohlik xizmati va shunga o`xshash boshqa xizmatlardan iborat. Bu xizmatlar o`z xususiyati, xizmat ko`rsatish holati, xarakteri va huquqiy tartibga solinishi jihatidan biri ikkinchisvdan farqlanadi. Ammo ularning umumiy o`xshashligi ham mavjud. Chunonchi, mazkur shartnomada bir tomonda xizmat ko`rsatuvchi (ijrochi), ikkinchi tomonda esa undan foydalanuvchi-buyurtmachi ishtirok etadi. Shu sababli ularga haq evaziga xyzmat ko`rsatish shartnomasi sifatida ta`rif berilgan.
Fuqarolar, shuningdek, yuridik shaxslar, haq evaziga xizmat ko`rsatish huquqiga ega bo`lgan va xizmat ko`rsatish uchun belgilangan tartibda ruxsat olgan tashkilotlar ijrochi sifatida qatnashadilar. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun ruxsatnoma olgan fuqarolar ham haq evaziga xizmat ko`rsata oladi.
Haq evaziga xizmat ko`rsatuvchi korxonalar davlat ro`yxatidan o`t^an paytdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi va xizmat ko`rsatish faoliyatiga ega bo`ladi.
Xizmat ko`rsatuvchi korxonalar bilan shu xizmatdan foydalanuvchilar o`rtasida shartnoma tuziladi. Shartnoma yozma tartibda rasmiylashtiriladi.
Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi bo`yicha har ikki tarafda ham huquq va burch kelib chiqadi. Chunonchi, aloqa xizmati ko`rsatish shartnomasiga muvofiq xizmat ko`rsatuvchi tashkilot buyurtmachilarga pochta hujjatlarini belgilangan manzilga jo`natish, mijozlarga kundalik matbuot xabarlari, shuningdek, gazeta-jurnallarni uyiga ski boshqa belgilangan joylarga vaqtida yetkazib berish, telefon xizmati ko`rsatish bo`yicha tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan vazifalarni o`z vaqgida maromiga yetkazib bajarish bo`lsa, buyurtmachilar buning uchun belgilangan xizmat haqini to`lab turishga majbur bo`ladi.
Tibbiy xizmat ko`rsatish huquqiga xizmatni bajarishga ixtisoslashgan tashkilot, shuningdek, yetarlicha tibbiy xizmat ko`rsatish bilimiga va bu haqsa tegishli hujjatlarga ega bo`lgan hamda belgilangan tartibda ruxsat olgan shaxslar ega bo`ladilar. Tibbiy xizmatdan foydalanuvchilar esa, agar bunday xizmat ko`rsatish tekinga bajariladigan bo`lmasa, kelishilgan haqni to`lashga majbur bo`ladi.
Veterinariya xizmati bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi tashkilot buyurtmachi fermerlarga yoki aholiga ularning molini davolash bo`yicha malakali xizmat ko`rsatish majburiyatini olsya, buyurtmachi shartnoma bo`yicha belgalangan xizmat haqi va boshqa majburiyatlarni bajarishi shart bo`ladi.
Axborot, maslahat berish va sayyohlik xizmati ko`rsatish bo`yicha ushbu vazifalarni bajaruvchi tashkilot tegishli xizmatni shartnoma bo`yicha sifatli qilib bajarishga, buyurtmachi esa kelishilgan xizmat haqini o`z vaqgida to`lashga majbur.
Notariat, advokatura va boshqa xuquqiy xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar, firmalar qonunga muvofiq va taraflar o`rtasida tuZilgan shartnomaga muvofiq huquqiy xizmat ko`rsatishga, buyurtmachilar esa kelishilgan haqni belgilangan vaqt va tartibda to`lashga haqpi bo`ladi,
Ta`lim (repititorlik) xizmati tegishli guvohnomasi, ya`ni ruxsatnomasi bo`lgan va malakali ixtisosga ega xususiy tadbirkor tomonidan yoki bu faoliyat bilan shurullanish huquqiga ega bo`lgan firma tomonidan ko`rsatiladi. Mijoz, ya`ni ta`lim olishga muhgoj shaxs belgilangan yoki kelishilgan xizmat haqini to`lashga majbur. 3. Auditorlik xizmati. Bu xizmat tadbirkorlikning bir turi xisoblanadi. O`zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to`g`risida»gi qonunining 1-moddasida audit tushunchasi berilgan. Unda belgilanishicha, Audit muayyan vakolatlar berilgan shaxslar auditorlar (audigorlik firmalari) tomonvdan xo`jalik yuritayotgan, subyektlar moliyaviy hisobotlarning to`g`riligini, ular amalga oshirgan moliyaviy va xo`jalik operatsiyalari O`zbekiston Respublikasining qonunlari hamda boshqa me`yoriy hujjatlariga qay darajada muvofiqligini, shuningdek mukammalligi va asosliligini, buxgalteriya hisob-kitobi va boshqa moliyaviy hisobot yuritishga doir talablarga qay darajada monandligini tekshirish maqsadida o`tkaziladigan moliya hujjatlarining ekspertizasi va taxlilidir. Audit shuningdek konsaltingni — mijoz bilan shartnoma asosida xizmatlar ko`rsatishni o`z ichiga oladi`.
Auditor — belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqini olgan va auditorlarning kasb ro`yxatiga kiritilgan mutaxassisdir.
Auditorlik xizmati auditorlik firmasi tomonidan olib boriladk. Auditorlik firmasi — yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan, belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan ustaviga ko`ra faoliyat sohasi auditorlik xizmatlari ko`rsatishdan iborat bo`lgan korxonadir.

Auditorlik firmalari kichik korxonalar, mas`uliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalar tarzida tuzilishi mumkin.


Auditorlar va auditorlik firmalari davlat ro`yxatidan o`tib, litsenziya olganlaridan keyin o`z faoliyatlarini boshlaydilar.
Ma`lumki, iqgisodiyotning bozor munosabatlari tomon yuz tutishi moliyaviy nazoratning mohiyati, maqsadi va vazifalarini tubdan qayta ko`rib chiqish zaruriyatini tugdiradi. Moliyaviy nazoratning muqaddam davlat tomonidan tashkil etilgan taftish tizimi mulkchilikning turli shakllariga asoslanib tuzilgan yanga korxonalarning extiyojlarini qondira olmay qolgan edi, u bilan birga nodavlat korxonalarining tashkil topishi va ularning manfaatlari ham audit xizshtining tashkil etilishi, shuningdek, yuzaga kelgan yangi iqtisodiy sharoitda paydo bo`lgan muammolarni yechish borasida amaliy yordam ko`rsatuvchi hamda faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarda qonunchilik buzilishining oldini oluvchi audit xizmati ko`rsatuvchi tashkilotning bo`lishini taqozo etgan edi.



Download 97.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling