A. F. Xamrayev O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti logistika fanidan referat


-chizma. Zaxiralarni davr oralig’i zaxirasi holati ustidan nazorat qilish tizimining jadval


Download 44.16 Kb.
bet5/5
Sana22.11.2023
Hajmi44.16 Kb.
#1793486
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Referat mavzu logistika tizimida zaxiralarni boshqarish tayyor-fayllar.org

2-chizma. Zaxiralarni davr oralig’i zaxirasi holati ustidan nazorat qilish tizimining jadval 
modeli
Bu yerda:

T - buyurtma qaytarilishining vaqt oralig’i - tizim uchun o’zgarmas kattalik (bu misolda


3 kun);
t - buyurtmani berish va bajarish uchun zarur bo’lgan vaqt (bu misolda - 1 kun);
R1 Rz... Ri - alohida i buyurtmaning kattaligi;
Z max - me’yor bilan ko’zlangan maksimal zaxira;
Zx - tekshirish vaqtida haqiqiy zaxira;
Zg - buyurtmani berish va bajarish uchun zarur bo’lgan 1 vaqt ichida ishlatilgan zaxira;
A - qat’iy talab bo’lgan vaqt oralig’i;
V - talab bo’lmagan vaqt oralig’i.
Zaxiralarning o’zgarishini ko’rsatuvchi chiziqlar maydonlarining og’ish burchaklari bilan tavsiflangan talab shiddatli bu modelda o’zgaruvchan kattalikdir (siniq chiziq har xil maydonlarining og’ish burchagi bir xil emasdir). Buyurtma bir xil vaqt oralig’i ichida berilgani uchun har
xil oraliqdagi buyurtma qilinadigan to’dalarning hajmi ham har xil bo’ladi. Tabiiyki,
bu tizimni har xil hajmdagi partiyalarni buyurtma qilish imkoniyati mavjud bo’lgan holda qo’llash mumkin
(masalan, buyurtma qilingan tovar konteynerda yetkazib berilishi holatida bu tizimni
qo’llash mumkin emas). Undan tashqari, agar buyurtmaning yetkazib berilishi yoki joylashtirish qimmatga tushsa, bu tizim qo’llanilmaydi. Masalan, agar o’tgan davrda talab yuqori darajada bo’lgan bo’lsa, buyurtma ham kam bo’ladi. Buni esa
buyurtmani bajarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar sezilarli bo’lmagan sharoitda amalga oshirish mumkindir.
Ta’riflanayotgan tizimning xususiyati shundaki, bu tizim kamyob tovar mavjud
bo’lishiga imkon beradi. Chizmadan ko’rinib turibdiki, agar talab birdaniga o’sib ketsa (ya’ni, chizma keskin pastga tushib ketsa - A maydon), zaxira buyurtmani berish muddatidan oldin tugab qoladi. Bu shuni bildiradiki,
kamyob tovar ehtimolli yo’qotishlar korxona uchun sezilarli darajada bo’lmasa, nazorat tizimi
qo’llanishi mumkin.
Buyurtmaning qat’iy belgilangan davr oralig’i zaxiraning holati ustidan nazorat qilish
tizimi quyidagi hollarda qo’llaniladi:
- yetkazib berish sharoitlari har xil hajmda, to’dalarda buyurtmalarni olishga imkon tug’diradi;
- buyurtmani joylashtirish va yetkazib berish bo’yicha xarajatlar yuqori emas;
- ehtimolli kamyob tovar bo’lgan yo’qotishlar nisbatan katta emas.
Amaliyotda bu tizim bo’yicha bir yetkazib beruvchidan olinadigan ko’p tovarlardan
birining talab darajasi nisbatan bir qator bo’lgan tovarlar, qimmatli tovarlar va hokazolarni
buyurtma qilish mumkin.
Buyurtmaning qat’iy belgilangan hajmdagi zaxiralari holati ustidan nazorat tizimi.
Zaxiralar holati ustidan nazoratning bu tizimida zaxiraning to’ldirilishiga buyurtmaning
hajmi
o’zgarmas kattalik hisoblanadi. Buyurtma berish vaqt oraliqlari bu holda har xil bo’lishi mumkin
Buyurtmaning qat’iy belgilangan hajmi tizim zaxira nuqtasini aniqlash uchun qoldiqlarning uzluksiz hisobotini o’z ichiga oladi. Materiallar keng nomenklaturaning yoki savdo korxonasi uchun keng assortimentning mavjudligida tizimni qo’llashning muhim sharti ingichka chiziqli
(shtrix) kodlarning avtomatlashtirilgan identifikatsiya texnologiyasining qo’llanilishi
hisoblanadi.


http://fayllar.org

Download 44.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling