A. F. Xamrayev O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti logistika fanidan referat


Moddiy zaxiralarni boshqarish tizimi


Download 44.16 Kb.
bet4/5
Sana22.11.2023
Hajmi44.16 Kb.
#1793486
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Referat mavzu logistika tizimida zaxiralarni boshqarish tayyor-fayllar.org

Moddiy zaxiralarni boshqarish tizimi
Zaxiralarni boshqarish ularning haqiqiy holatini nazorat qilishni tashkil etishni ham
ko’zlaydi. Zaxiralarning holati ustidan nazorat-zaxiralarning me’yorlari cheklanishini aniqlash maqsadida ishlab chiqarish texnik
tayinlanishidagi mahsulotlar va xalq iste’mol tovarlarining zaxiralar darajasini o’rganish,
boshqarish va chetlanishlarni yo’q qilish uchun tezkor choralarni ko’rish hisoblanadi.
Zaxiralar holati ustidan nazoratning kerakligi zaxiralarning me’yorida ko’zlangan
chegaralardan haqiqiy zaxira hajmining chiqib ketish holatida xarajatlarning ortishi bilan
shartlangan. Zaxira holati ustidan nazorat zaxiralarning hisobi, moddiy resurslarning qayta
ro’yxatga olinishi, inventarizatsiya ma’lumotlari asosida yoki kerak bo’lganda amalga
oshirilishi mumkin. Amaliyotda nazoratning har xil uslublaridan foydalaniladi. Quyida ulardan
eng ko’p uchraydigan ikki uslubi ko’rib o’tilgan. Birinchi uslubda, korxona yetkazib
beruvchiga buyurtmani yuborish davr oralig’i o’zgarmasdir (buyurtmaning qat’iy belgilangan
davr oralig’i tizimi). Ikkinchi uslubning mohiyati shundaki, biror - bir tovarning zaxirasi oldindan belgilangan eng kam qiymatiga yetish bilan, bu tovar buyurtma
qilinadi. Bunda buyurtirilgan partiyaning hajmi har doim bir xildir (buyurtmaning qat’iy
belgilangan hajmi tizimi).
Buyurtmaning qat’iy belgilangan davr oralig’idagi zaxiralarning holati ustidan 
nazorat qilish tizimi. Bu tizim bo’yicha zaxiralarning holati ustidan nazorat bir xil vaqt oralig’ida qoldiqlar inventarizatsiyasini o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Tekshirish natijalari
bo’yicha tovarning yangi partiyasini yetkazib berishga buyurtma belgilanadi. Buyurtma
qilinayotgan tovar partiyasining hajmi maksimal tovar zaxirasining ko’zlangan me’yoriy va
haqiqiy zaxirasi orasidagi farq bilan aniqlanadi. Buyurtmani bajarish uchun aniq vaqt oralig’i
kerak bo’lgani uchun, buyurtma qilinayotgan partiyaning o’lchami bu davrda kutilayotgan
xarajat o’lchamiga ortadi. Buyurtma qilinayotgan partiya hajmi (R) quyidagi formula orqali
hisoblanadi:
Bu yerda: 3 max - me’yori bilan ko’zlangan maksimal zaxira;
3x-tekshirish vaqtida haqiqiy zaxira;
3t-buyurtma berish va bajarish vaqtida ishlatiladigan zaxira.
Buyurtmaning qat’iy belgilangan davr oralig’i zaxirasi holati ustidan nazorat qilish tizimining jadval modeli 2-chizmada ko’rsatilgan.


Download 44.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling