A fe'l yasovchi qo'shimchasi qo'shilganda so'z asosida qanday fonetik o'zgarish yuz berishi mumkin? 1 tovush tushishi; 2 tovush almashinishi; 3 tovush ikkilanishi; 4 tovush ortishi.// 1, 2 –a, -ay


Download 1.17 Mb.
bet8/19
Sana26.11.2020
Hajmi1.17 Mb.
#152322
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Ona tili O'yin2(1)


Ko'p asrlik o'zbek mumtoz she'riyatining so'nggi vakili sifatida e'tirof etilgan shoir nomi qaysi javobda ko'rsatilgan? - // Komil

  • Ko'plik shakli hurmat ma'nosini ifodalaganda, ko'plik va egalik qo'shimchasi qanday o'rinlashadi?// ko'plik qo'shimchasi hurmat ma'nosini ifodalaganda, qaysi shaxsdagi egalik qo'shimchasi bilan qo'llanishiga ko'ra undan oldin yoki keyin kelishi mumkin

  • Kapalakday kelib, qoshingga qo'nib, Ko'zingga termulib umrim o'tsaydi. (M. Yusuf) Mazkur gapda qoshineea qo'nib birikmasida ma'no ko'chishning qaysi turi kuzatiladi?// metonimiya

  • Ko'chma ma'noli so'z qaysi gap tarkibida qo'llangan? A) Bekorchidan bemaza gap chiqadi. B) Qora kunda qui Tarlon qizga qayg'udosh keldi.C) Qaddi rost shamning tilidan O'rtanur parvona ham. // Barcha gaplarda ko'chma ma'noli so'z qo'llangan.

  • Ko'makchili qurilmalar haqidagi qaysi hukm to'g'ri?//Ko'makchili qurilma bosh gap tarkibida qo'llanadi.

  • Ko'makchili qurilmalar bosh gapda ifodalangan qanday mazmunni bildiruvchi ergash gaplarni bosh gapga bog'laydi? // mazmunning sababini

  • Kimki jahon ahlida inson emr Bilki, nishoni anga iymon erur. Navoiy ushbu hikmatli misralarini qaysi asarida yozgan? // "Hayrat ul-abror"da

  • Kimning qaysi asarida saltanatni yuksaltiradigan 22 fazilat izohlangan?// Ogahiy, "Ogohnoma"

  • Komillikka erishish yo'lida nafsning zarari haqicja qaysi asarda "bir nafsning ishini yetmish shayton qilolmaydi" deb ta'kidlanadi? // "Qisasi Rabg'uziy"

  • Kimki o'zi ayladi yolg'on so'zin, Kizb, der el, chin desa, yolg'on so'zin. Navoiyning " Hayrat ul-abror" dostonidan olingan ushbu baytning nasriy bayoni qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? // Kimki o'zini yolg'onchi sifatida tanitgan bo'lsa, rost gapirsa ham, xalq uning hamma gapini yolg'on hisoblaydi.

  • Kimning asarida odam jamiyatning iskanjasida xuddi shu koloniyadagi malibus singari ojiz, nochor, huquqsiz va erki toptalgan holatda bo'ladi deb ta'rif qilinadi? // Frans Kafka

  • Kuz barglarini yuragidan to'kilgan olovga, kuz mezonlarini chuvalgan o'ylariga, kuz quyoshini esa olis yoshlikda qolgan muhabbatga qiyoslab yozgan shoir kim? // A. Oripov

  • Kimning she'rida o'zini jamiyatning egasi deb hisoblaydigan, o'zgalar taqdiriga xo'jalik da'vo qiladigan "zo'rlar" "Kibor cho'qqilarda muzlagan bahor" tamsili orqali beriladi? "Qor cho'qqilami ko'klainda ham tark etolmaganidek, "zo'rlar" ning viqorida, kibrida shunday muzlaganlik, jonsizlik bor". Bu o'xshatishlar kimning she'rida uchraydi? // Rauf Parfi

  • Ko'ngil shishasida mehring mayidir, Jafo birla anga tosh urmog'ing ne? Baytda qanday she'riy san'at qo'llangan?// tajnis

  • Kimning qaysi asarida 20 ta turkiy qabilalar nomi izohlari bilan keltirilgan?// M. Koshg'ariy, "Devonu lug'otit-turk"

  • Kim Sharq ko'proq nasihat yo'li bilan, G'arb esa hayotni real ko'rsatish orqali kishini tarbiyalashga moyilligini qayd etgan? // Abu Ali ibn Sino

  • Ko'zim namlik, dilim g'amlik, jon alamlik Nechuk iloj etorimni bilmam do'stlar. Bu hasratda, nadomatda yoshim oqib Qayu taraf ketorimni bilmam, do'stlar. A.Yassaviyning ushbu hikmati qaysi vaznda yaratilgan? // barmoq vaznining 4+4+4=12 ko'rinishida

    1734. Kim she'r uchun uch xususiyat - ezgulik, go'zallik, donolik shart bo'lishini ta'kidlaydi?//N.A.Dobrolyubov

    L harfi


    1. Lutfiyning "Ne bo'lursan?" g'azalida yoming chiroyli yurishi nimaga o'xshatilgan?//tog' kakligiga

    2. Lutfiyning quyidagi qaysi g'azali hazaji musaddasi mahzuf vaznida yaratilgan?//"Ayog'ingga tushar har lahza gisu"

    3. Lutfiyning "Xoh inon, xoh inonma" g'azalida ohang ustuvorligini nima ta'minlagan?// to'rt so'zdan iborat radifiling sakkiz misrada qaytarilishi

    4. Lutfiyning "Haq ul kunkim, jamoling bor etibdur" deb boshlanuvchi g'azalida manzar kim? //go'zal yor

    5. Lekin ko'ngilchan ona! "O'g'lim qo'lingni qavartirib qiynalib yurmasin", - deya, eridan o'g'rincha unga pul beradi ushbu gapda neshta so'z tovush o'zgarishiga uchragan? 114 ta.

    1740 Lekin bu musiqa jim-jimjitlikni buzmas, balki uni quyiltiradi (Oybek). Ushbu gapda qo'llangan balki so'zi qaysi so'z turkumiga tegishli? // bog'lovchi.

    1. Lirikada hamisha ta'sirchanlikni-hayajonni qalamga olinayotgan masalaga, voqea-hodisaga hissiy munosabatni kuchaytiruvchi omil nima? // She'r qofiyasi yoki adifning so'roq bilan tugashi.

    2. Lutfiyning qaysi g'azali she'riyatda sof milliy so'zlarni qofiyaga olishga uringanini ko'rsatadi? //"Haq ul kunkim, jamoiining bor etibdur"

    3. Lutfiyning qaysi g'azalida Yusuf payg'ambar hayotining bir qismi Misrda o'tganidan kelib chiqib lirik qahramon yor harakatini shirin deb tariflaydi-da yorini "Misming nabot-u shakari "ga o'xshatadi? // "Ne bo'lursan"

    4. Lutfiyning qaysi gazalida tanosub san'atiga qat'iy.amal qiiingan. // Ne bo'lursan

    5. Lutfiyning " Xoh inon, xoh inonma" radifli g'azaliga qaysi shoir nazira bitgan?// Mashrab

    6. Lutfiy Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafamoma" asarini kimning topshirig'iga ko'ra tarjima qilgan? // Shohrux Mirzo

    7. Lotin alifbosiga asoslangan imlo qoidasiga ko'ra Is'hoq so'zida ishlatiladigan tutuq belgisi qanday vazifa bajaradi?//oldin va keyin kelgan tovushlar alohida tovushlar ekanligini ifodalaydi

    8. Lug'at turlarining qaysi birida davlat so'zi "Davlat-jamiyatni qonun kuchi bilan boshqaruvchi tashkilot tarzida ifodalanishi mumkin? // izohli lug'atda

    9. Lekin me'morning awalo raiyat qolaversa saltanat oldidagi mavqei Xuroson-u Movarounnahrdagi shuhrati unga qarshi keskin chora ko'rishga yo'l qo'ymas edi. (Mirmuhsin) Berilgan gapda qo'yiladigan vergullar nima bilan bog'liq?//kiritma, uyushiq bo'lak

    10. Lekin me'morning awalo raiyat qolaversa saltanat oldidagi mavqei Xuroson-u Movarounnahrdagi shuhrati unga qarshi keskin chora ko'rishga yo'l qo'ymas edi. (Mirmuhsin) Berilgan gapda nechta vergul qo'yilishi kerak? // 5 ta

    1751. L.Tolstoyning "Iqrornoma" asarini kim tarjima qilgan? // O. Sharafiddinov

    1. Lola ochildi. Yig'ilish ochildi. Ushbu gaplarda berilgan fe'l nisbatini aniqlang. // 1-o'zlik nisbat, 2-majhul nisbat.

    2. Liliputiyada amaldorlar nima deyiladi? // Gurgo

    3. Lermontovning "Maskarad" asarini o'zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan adib...? // Oybek

    4. Lutfiyning "Bu ko'nguldir, bu ko'ngil" radifli g'azalida qofiyadosh bo'lib kelgan so'zlar qaysi tillarga mansub? - // arab-forsiy

    5. Lutfiyning "Bu ko'nguldir, bu ko'ngil" radifli g'azalida radif o'rnida kelgan so'zlar qaysi tilga mansub? - //turkiy

    6. Laylining otasi nima sababdan qizini Qaysga berishni lozim topmadi? //malomatga qolgani uchun

    M harfi

    1. Mashina uchun ehtivot qismlar birikmasidagi hokim so'zni aniqlang. // ehtiyot qismlar

    2. Men kecha uydan keldim. Ushbu gapda mantiqiy urg'u ostiga chizilgan bo'lakka tushganda, bu gap uchun mos keladigan so'roq gapni belgilang. // Sen qachon uydan kelding?

    3. Musofirman, g'aribman, bekasu ham benavodurman, Vujudim dardga to'ldi, emdi darmonimni sog'indim. Uvaysiy qalamiga mansub ushbu baytdagi benavo so'zining ma'nodoshi qaysi javobda berilgan? // baxtsiz, sho'rpeshona

    4. Menga sen bo'lmasang, jon hojat ermas, Bihishtu huru rizvon hojat ermas. Atoyining mazkur baytida so'zlaming shakl va ma'no munosabatiga ko'ra qaysi turi qo'llangan? // ma'nodosh so'zlar

    5. M. Ali tarjimalari // "Ramayana", R. Byorns she'rlari

    1763. M. Ali universitetni tugatgach dastlab kim bo'lib ishlagan? // oddiy muharrir

    1764. M. Alining milliy tarixchiligimiz taraqqiyotini bir necha yilga tezlashtirgan asari-// "O'z o'zingni


    anglab yet"

    M. Alining oktabr to'ntarishiga 50 yil to'lganda yozgan asari? // "Gumbazdagi nur"



    1. M. Alining tarixiy asarlari // "Mashrab", "Boqiy dunyo", "Ulug' saltanat", "Sarbadorlar"

    2. M.Yusufhing "Su'rat" she'rida nima tasvirlangan? /Shoirning o'z ichki dunyosini kashf etishga urinish Maxmurdan bizgacha qancha she'r yetib kelgan // 69 she'r

    3. Majoziy shakldag ibratli hikoyatlarning eng sara namunalari qaysi asarda uchraydi?//"Lison ut-tayr".

    4. Makon-zamon kelishigidagi so'z o'rin holi bo'lib kelgan gapni toping. // Shu yerdan boshlanur daryo va quyosh.

    5. Malika Mumtozmahal shohning ma'yusligini sezgach uni xushnud etish uchun g'azallar o'qib, xayollarini ezgu ishlarga undashga-harakat qilardi. Ushbu gapdagi fe'llarning vazifa shakllari qaysi qatorda to'g'ri izohlangan? // bitta payt, bitta holat ravishdoshi ikkita harakat nomi, bitta sof fe'l

    6. Malika Mumtozmahal shohning ma'yusligini sezgach, uni xushnud etigh uchun g'azallar o'qib, hayollarini ezgu ishlarga undashga harakat qiladi. Ushbu gapdagi fe'llarni tuzilish jihatdan izohlang. // 3ta sodda fe'l ,2ta qo'shma fe'l

    7. Mana, bobo quyosh charaqlab, kunlar iliy boshladi. Ona zamin qish uyqusidan uyg'ondi. Ushbu gap qaysi uslubga tegishli hisoblanadi? // publitsistika

    8. Maqsud Shayxzodaning "Jaloliddin Manguberdi" dramasidan olingan "Muhabbat! Bu so'zni kimlar to'qigan? Go'l shoir yozgan-u tentak o'qigan" degan satrlar kim tomonidan aytilgan? // Chingizxon.

    9. Mabodo so'zi qanday ergash gapli qo'shma gaplarda keladi? // shart ergash gapli qo'shma gaplarda.

    10. Mavhum ot yasovchi ushbu qo'shimchalardan qaysi biri tilimizga arab tilidan o'tgan? // -at, -ot, -yat, -yot.

    11. Mazmuni bo'yicha "To'maris" afsonasiga yaqin turuvchi rivoyat qaysi? // "Zarina va Straingiya".

    12. Maqsad ergash gapli qo'shma gapni aniqlang. // Gul barglari uchrashadi, tushmayin deb qo'lingga.

    13. Maqsad ergash gapli qo'shma gapni aniqlang.// Qizim xursand bo'lsin deb, qo'lidan kelgan ishni qildi.

    14. Maqsud Shayxzodaning "Mirzo Ulug'bek" asaridagi qahramon Piri Zindoniyga Amir Temur ozod qilish sharti bilan qanday taklif qo'yadi? // Katta jome' masjidiga jamoani yig'ib, sarbadorlarni qoralash.

    15. Mani ishq ichra shaydo aylagan oromijonimsan, Nigor-u guljabin-u mahvashi shirin zabonimsan (Avaz O'tar). Ushbu baytdagi qofiyalangan so'zlardagi raviyni toping.// jonimsan, zabonimsan so'zlaridagi birinchi л tovushi.

    16. Marv shohi, uning odamxo'r itlari, podshohning yosh xizmatkori, uning o'n yil davomida odamxo'r itlarga yegulik berishi, shoh g'azabiga uchrab o'limga hukm qilinishi va itlar o'rtasiga tashlanishi, xizmatkorning sadoqatni itlardan topishi haqidagi rivoyat Nizomiy "Xamsa" sining qaysi dostoni tarkibiga kiritilgan? // "Layli va Majnun".

    1781.Maryam, Xadicha, Nazokatxonimlar qaysi asar bosh qahramonlari hisoblanadilar? // "Yangi saodat".

    1. Matn tarkibidagi grammatik va mazmun jihatdan bir-biriga uzviy bog'lanib bir fikmi, tushunchani anglatadigan jumlalar yig'indisi; badiiy asarning ma'lum bir o'rnida beriladigan dialogik nutqi nima hisoblanadi? //murakkab sintaktik butunlik.

    2. Mahmud Koshg'ariyning "Devon-u lug'ot it-turk" asari qaysi tillarda yozilgan? // arab va turk tillarida.

    3. Maxmurning "Hapalak" she'ri Qo'qon xonlaridan qaysi birining hukmronligi davrida yozilgan? // Muhammadalixon.

    4. Mashrab she'rlaridagi "bo'sa" atamasi nimani anglatadi? // Ma'rifatni sir-u asrorlaridan bahramandlik vositasi.

    5. Ma'lumki, ko'p hollarda so'z oxiridagi b. d tovushlari jarangsizlanib, p va / tarzida yoziladi. Lekin so'z oxirida b yoki p, d yoki I yozish kerakligini aniqlash uchun uni qanday tekshirish mumkin? // b yoki d bilan tugagan so'zlarga egalik qo'shimchasini qo'shib tekshirish mumkin.

    1787. Maxmurning bizgacha yetib kelgan badiiy merosi qancha? //3417 misra, 69 she'r.

    1. Men ketarman yorim izlab, Bu jaholat bag'rim tuzlab, Yolg'izman bo'taday bo'zlab, Bobom xush qol endi. Bu yerda kim kim bilan xayrlashyapti? // Hakimbek Qultoy bilan.

    2. Mehmonlar iltifot ila bir necha aylana stolga taklif qilindi. Ushbu gapdagi yasama so'zlaming miqdorini aniqlang.// 3ta.

    3. Mirtemiming "Bu-men tug'ilgan tuproq" she'ridan keltirilgan quyidagi misralarda qanday badiiy san'at qo'llangan? Kayxusrav qilichidan kesikbosh bobom xoki, Kim noxos qadam qo'ysa haqoratga yo'yaman...? //taimeh.

    4. Mirtemiming "Surat" dostoni shoirning qaysi majmuasiga kirgan? // "Qoraqalpoq daftari".

    5. Mirtemiming quyidagi fikri kim haqida aytilgan: "Har yangi she'rida ilgarilayotgani, aniq parvozga uzoq yillar tayyorgarlik ko'rgani kundek ravshan"// Saida Zunnunova.

    6. Modem adabiyotining yetuk namoyandalaridan biri qaysi javobda ko'rsatilgan? //Rauf Parfi.

    7. Morflogiyaga oid atamalarni toping. // ismlar, lug'aviy shakllar, mavhum otlar.

    8. Muqimiy "Sayohatnoma"sida o'ndan ortiq qishloqlar haqida so'z yuritadi. SHundan qaysi bir qishloqni iqtisodiy rivojlangan qishloq sifatida tilga oladi? // Nursux.

    9. Muqimiyning zamon, turmush adolatsizliklaridan, taqdirdan shikoyat mazmunidagi hasbi hoi g'azalini ko'rsating? // "Podshoh yo'qlatsalar nogoh, gado deb axtaring".

    10. Mumtoz adabiyotdagi "jinos" san'ati qanday ta'riflanadi? // omonim so'zlar vositasida original so'z o'yinlari yasash.

    11. Mumtoz adabiyotimizda "shisha", "kosa", "ko'za" kabi ramziy obrazlarda qanday ma'no yashiringan? // qalb va yurak sirlari.

    12. Mumtoz adabiyotimizdagi topishmoq janrlar qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? // muarnmo. lug'z, chiston.

    13. Munis boshlab, Ogahiy davom ettirgan "Firdavs ul-iqbol" tarixiy asari kimning topshirig'i bilan yozilgan? // Eltuzarxon.

    14. Muhammad Hodiyning "Alvohi intiboh" ("Ozodlik lavhalari") asarini kim qaysi nom bilan o'zbek tiliga tarjima qilgan? // Rauf Parfi 1997-yilda "Hayot sadolari" nomi bilan.

    15. Muhammad Yusufning ilk to'plami... // "Tanish teraklar".

    16. Ma'nosi matn bilan bog'liq, ko'proq dialog nutqi qollanadigan kengayish chegaralangan gap qaysi qatorda berilgan. // Ho'p...qani, Malika masalani Akromga tushuntirib ber-chi.

    17. Maqsad holi ishtirok etgan gapni aniqlang. //Vatan uchun to'kkali yo'qmi bir qoshiq qoning?

    18. Ma'rifatsiz ta'miz afkomi iymon, Ilmsizga aytilmas komil musulmon. Misralari kimning she'ridan olingan? // Hamza

    19. Markaziy Osiyodagi barcha turkiy tillarning shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo'lgan til qaysi davrga tegishli? // Qorahoniylar davriga

    20. Markaziy Osiyodagi barcha turkiy tillarning shakllanishi va rivojlarnishi uchun asos bo'lgan til qanday nomlanadi? // eski turkiy til

    21. Men esa oshig'ing sening eng g'arib, Tundan so'z qarz olib, tongga tutguvchi. Sening yoningda ham seni axtarib, Sening yoningda ham seni kutguvchi. Misralarda egalik qo'shimchalri nechta? // 3ta

    1809. Men esa oshig'ing sening eng g'arib, Tundan so'z qarz olib, tongga tutguvchi. Sening yoningda ham seni axtarib, Sening yoningda ham seni kutguvchi. Qaysi qo'shimchalar qo'shilganda o'zgarish yuz bermagan? // bosh, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish

    1810. Men esa oshig'ing sening eng g'arib, Tundan so'z qarz olib, tongga tutguvchi. Sening yoningda ham seni axtarib, Sening yoningda ham seni kutguvchi. Egaiik qo'shimchalari qo'shilgan so'zlardan fonetik yozuv asosida yozilgan so'zlar nechta? Ill ta



    1. Men esa oshig'ing sening eng g'arib, Tundan so'z qarz olib, tongga tutguvchi. Sening yoningda ham seni axtarib, Sening yoningda ham seni kutguvchi. Kelishik qo'shimchalari qo'shilgan so'zlarda ... // -3 tasi morfologik yozuv, S tasi fonetik yozuv bilan yozilgan

    2. Men esa oshig'ing sening eng g'arib, Tundan so'z qarz olib, tongga tutguvchi. Sening yoningda ham seni axtarib, Sening yoningda ham seni kutguvchi Qanday fonetik hodisalar...?// tovush tushishi, tovush almashishi

    3. Men esa oshig'ing sening eng g'arib, Tundan so'z qarz olib, tongga tutguvchi. Sening yoningda ham seni axtarib, Sening yoningda ham seni kutguvchi. Qaysi kelishiklar qo'shilganda fonetik hodisa bo'lgan? // qaratqich, tushum

    1814. Men esa oshig'ing sening eng g'arib, Tundan so'z qarz olib, tongga tutguvchi. Sening yoningda ham seni axtarib, Sening yoningda ham seni kutguvchi. She'rda nechta ochiq bo'g'in bor?// 20 ta

    1. Men esa oshig'ing sening eng g'arib, Tundan so'z qarz olib, tongga tutguvchi. Sening yoningda ham seni axtarib, Sening yoningda ham seni kutguvchi. She'rda nechta yopiq bo'g'in bor? //24 ta

    2. Men esa oshig'ing sening eng g'arib, Timdan so'z qarz olib, tongga tutguvchi. Sening yoningda ham seni axtarib, Sening yoningda ham seni kutguvchi. She'rda nechta faqat ochiq bo'g'inli so'z bor? //3ta

    3. Maqsad ergashtiruvchi bog'lovchisi qatnashgan gapni toping. // Ona zaminni asraylik, toki, bu meros avlodlarga sog'-omon yetsin.

    4. Mavhum otlar berilgan qatomi toping, //qo'rqinch, odamiylik. tarovat

    5. Majlis ishtirokchilaridan - ularning soni unchalik ko'p emas edi - ko'zoynakli bir kishi qo'l ko'tarib, so'z so'radi. Ushbu gap haqidagi qaysi fikr to'g'ri? // Tarkibida ajratilgan bo'lak va kiritma mavjud.

    6. Mashrab targ'ib qilgan qalandarlik suluki qaysi tariqatni shaxobchasi hisoblanadi? // Naqshbandiya.

    7. Mashrabning boshqa sufiy shoirlardan farqi nima? // Mashrab Ollohga bo'lgan muhabbatni oshkora kuylaydi.

    8. Ma'lum afsonaviy yoki an'anaviy syujet asoslarining biror adib tomonidan qayta ishlangan, adabiy holga keltirilgan janr nomi? // xalq kitoblari.

    9. Men bir paytlar bu butxonada peshvo - yo'lboshchi edim. Men o'z haqimda bir tush ko'rishni orzu qilar edim. Lekin ilm-u hikmat bunga mone' edi. Ushbu so'zlar "Sab'ayi sayyor"dan kimga tegishli? //G'or ichidagi nuroniy cholga.

    10. Menga sen bo'lmasang jon ne hojat, Rashidu huru rizvon ne hojat. Atoyining ushbu baytida so'zlaming shakl va ma'no munosabatiga ko'ra qaysi qo'llangan? // ma'nodoshlik.

    11. Meni men istagan suhbatiga arjumand etmas, Meni istagan suhbatini ko'nglim pisand etmas. Navoiyning ushbu baytidagi "arjumand" so'zini ma'nodoshini toping. // Aziz, loyiq.

    12. Morfologiyaga xos bo'lmagan xususiyatni toping. // so'zning atash va grammatik ma'nosini o'rganadi.

    13. Muqimiyning "Sayohatnoma"sida qaysi joy Firdavs bog'iga qiyoslangan? // Roshidon.

    14. Muhammad Alinig nasrdagi birinchi asari qaysi? // "Sarbadorlar".

    15. Men undan so'radim: Bunchalar saralab gul terding kimga? Ushbu gapda nechta to'ldiruvchi bor, ulardan nechtasi mustaqil toldiruvchi sanaladi? IIЪ ta to'ldiruvchi, uchalasi ham mustaqil

    16. Miqdor daraja ravishlari ishtirok etgan gaplarni aniqlang? 1 Qaddini rostlab eshikni uzoq taqillatdi. 2. Yaxshiligingiz sira-sira yerda qolmaydi. 3. Kunduzi o'ralashib yurganlardan bu yerda bitta ham qolmagan. 4. Mehmondorchilik tugagach u uzundan-uzun duo qilib o'midan turibdi. 5. U aravani Nuriddin minganini ko'rib hiyla yengil tortdi. //1,2,3,4, 5.

    17. Mirtemir Samarqandda kim bilan do'stlashib qoladi? // H. Olimjon

    18. Mo'tabar eshikni sekin yopib chiqib ketdi. Ushbu gapda qaysi gap bo'lagi kesimga bilvosita bog'langan? // to'ldiruvchi

    19. Modal so'zlar berilgan qatomi toping. // umuman, afsus, hayriyat, attang, awalo

    20. Momolarimizdan qay biri ko'nglida g'am yo'qligi buyuk g'am, alam yo'qligi esa og'ir alam ekanligini ta'kidlagan? // Alishe'r Navoiy

    21. Muallifning so'z qo'llash mahorati fikriy, tafakkuriy ko'nikmasi bilim va dunyoqarashi savodi namoyon bo'ladigan ijod mahsuli... // Insho

    22. Muhabbatsiz kishi odam emasdur, Gar odamsan muhabbat ixtiyor et. Ushbu misralar muallifi... // Nodira

    23. Muqimiy "Sayohatnoma"da qayerda bir ikki hafta turmaganini armon qiladi? // Tikka Rabot

    24. Murakkablashgan sodda gap berilgan qatomi aniqlang. // Tursunali akaga, bunday katta olimga, kuyov bo'lish hazil gap emas.

    25. Musa Jalilning "Maobit daftari" to'plamini o'zbek-tiliga kim tarjima qilgan?//Mamarasul Boboyev

    26. Mutahasislaming aytishlaricha, o'zbeklar orasida kim birinchi bo'lib, 1908 yildayoq sahna asari yaratgan, shuningdek, roman va opera yozgan. // H. H. Niyoziy

    27. Medidativ nazm nima? // Hissiyot jilvalari aks etgan she'riyat

    28. Men ham eshitgan va ko'rganimni aytaman-da jo'ra Ismlar tarkibiga kiruvchi so'zlar va sintaktik vazifasi // 4 ta: ega, to'ldiruvchi, undalma

    29. Menyetim o'sganman, oh uyetimlik... // G'afur G'ulom

    30. Milliy bog'da Navoiy monumentida qaysi bayt // olam ahli bilingizkim...

    31. Milodiy 1508-1509-y illarda arab yozuvi asosida turkiy yozuvda ko'chirilgan asar..// "Muhabbatnoma"

    32. Mirtemiming "Qishlog'im" she'ri qaysi she'ming davomi // Baliq ovida

    33. Mumtoz she'rlarda asosiy tasvir manbai // Ko'ngil

    34. Musammatlarning bandlari... // musallas (3), murabba' (4), muhammas (5), musaddas (6), musabba'(7), musamman (8), mustasne' (9), muashshar(lO)

    35. Musammatlarning turlari... // mustaqil, tazmin musammatlar

    36. Muhabbat dardidan bemor qalblarmiz, O'gay bo'lsak, netong, sog'lar orasida. (A.Oripov) netone so'zining ma'nosini aniqlang. // ne ajab

    37. Ma'lumingiz, ulardan Azizbek bilan Yusufbek Toshkentda bilfe'l isyon chiqarib yotadirlar. (A.Qodiriy) Ma'naviyat insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir. Ushbu gapda nechta o'rinda ot turkumiga mansub so'z qo'llangan? //5

    38. Mavhum otlarni toping. // qo'rqinch, odamiylik, tarovat

    39. Mehmonlarning quvnoq qahqahasidan Mahmudning mudroq ko'zlari katta ochildi. Ushbu gapda birgina nutq tovushidan iborat qo'shimchalar miqdorini aniqlang. // 4

    40. Men vazifani bajaray. U hovlisini ancha kengaytirdi. Ushu gaplardagi fe'llar tarkibida kelgan -ay qo'shimchasi qaysi javobda to'g'ri izohlangan? //bu qo'shimcha shakldosh bo'lib, 1-gapda buyruq-istak mayli, 2-gapda fe'l yasovchi qo'shimcha

    41. Majhul nisbatdagi fe'l bilan ifodalangan gap berilgan qatomi toping?// Xat Sharifa tomonidan yozildi.

    42. Maqsud Qoriyevning "Qaldirg'ochlar bahorda keladi" hikoyasidagi voqealar qachon bo'lib o'tgan? // Toshkentda zilzila bo'lgan yili

    43. Maqsud Qoriyevning tarixiy romanlari to'g'ri sanalgan qatomi toping? // "Spitamen", "Ibn Sino", "G'aznaviylar"

    44. Maysalar oh qanday himoli. dunyoni qilma ko'p masxara. Shavkat Rahmonning she'ridan keltirilgan ushbu misradagi ostiga chizilgan so'zning ma'nosi to'g'ri izohlangan qatomi toping? // jalb etuvchi, chiroyli

    45. Download 1.17 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling